21
AMERIKA VA BRITAN INGLIZ TILLARINING EVOLYUTSION SHAKILLANISHI
VA TASNIFI
Mamadiyorov Mirjalol Samatovich
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti filologiya va tillarni o'qitish ingliz tili
2-bosqich talabasi
tel: +99888-075-70-55
Madiyeva Madina Yusupovna
E-mail:mamadiyorovmirjalol41@gmail.com Ilmiy rahbar:
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
"Xorijiy til va adabiyoti" kafedrasi katta o'qituvchisi (PhD)
tel: +99893-794-50-00
E-mail:madinayusupovna1984@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14842298
Annotatsiya:
Ushbu maqola Amerika ingliz tilining evolyutsiyasi, tarixiy va madaniy
o‘zgarishlari, shuningdek, yangi emigratsiya to‘lqinlari, ijtimoiy o‘zgarishlar, texnologik
taraqqiyot va global kommunikatsiyasining ta'sirida shakllangan omillarni, shuningdek
bugungi kunda dunyo miqyosida eng ko‘p ishlatiladigan ingliz tili variantlari bo’lmish o‘ziga
xos talaffuz, grammatikani qo‘llash va so‘z boyligiga ega bo’lgan Amerika va Britaniya ingliz
tillari o‘rtasidagi bir nechta muhim farqlarni tahlil qiladi.
Kalit so'zlar:
Mahalliy hindu tili, Evolyutsiya bosqichlari, Globallashuv jarayoni, Ilm fan
va texnalogiya, leksikalogik shakillar.
Kirish:
Amerikaning mahalliy hindular tillari asirlar osha tarixchi va tilshunoslik
sohalari uchun qiziqarli lingvistik mavzu bo'lib kelgan.
Amerika qit’asining asl aholisi – hindular (indigenous peoples) juda boy va xilma-xil
tillarda gaplashishgan. Amerika hindularining tillari bir butun til oilasi emas, balki turli til
oilalariga mansub bo‘lgan.
Bugungi kunda Qo‘shma Shtatlarda 170 dan ortiq mahalliy hindular tillari mavjud, lekin
ularning ko‘pchiligi yo‘qolish xavfi ostida. Amerika ingliz tilining evolyutsiyasi, ya'ni uning
vaqt o‘tishi bilan qanday rivojlanib, o‘zgarib borishi, Britaniya ingliz tilidan ajralgan davrni o‘z
ichiga oladi. Bu jarayon bir nechta omillar, jumladan tarixiy, madaniy, siyosiy va ijtimoiy
ta'sirlar orqali shakllangan.
Mana, uning asosiy bosqichlari:
1. Kolonial davr (17–18 asrlar)
Amerika ingliz tilining rivojlanishida boshlang‘ich davr sifatida kolonial davrni ko‘rish
mumkin. 1607-yilda Jamestown (Virjiniya)da birinchi ingliz mustamlakasi tashkil topganidan
so'ng, Britaniya imperiyasi tomonidan yuborilgan muhojirlar Amerika qit'asida o‘zlarining tili
va madaniyatini olib kelishdi. Bu davrda ingliz tilining grammatikasi, lug'ati va talaffuzi
Britaniya ingliziga juda o‘xshar edi, ammo yangi muhitda tilda ba'zi o‘zgarishlar boshlandi,
chunki yangi xalqlar va etnik guruhlar (masalan, fransuzlar, nemislar, va mahalliy
amerikaliklar) bilan aralashish boshlandi.
2. Amerika inglizining o‘ziga xos xususiyatlari (19-asr)
Amerikaning o‘ziga xos siyosiy va ijtimoiy sharoitlari tilning shakllanishiga ta'sir
ko'rsatdi. 19-asrda sanoat inqilobi, emigratsiya va kengayish jarayonlari Amerika inglizining
rivojlanishiga ta'sir etdi. Xususan, Amerika inglizining talaffuzi, so‘z boyligi va sintaksisida
22
ko'plab farqlar yuzaga keldi. XIX va XX asrda ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar.
Amerikadagi ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar, shuningdek, ilm-fan va texnologiyadagi
yutuqlar, ingliz tilining rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatdi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida:
Yangi immigratsiya davrida Evropadan kelgan ko‘plab emigrantlar Amerika ingliziga
yangi so‘zlar va ifodalar qo‘shdi. Bu davrda tilga boshqa etnik guruhlarning so‘zlari (italyan,
nemis, yiddish, ispan, va boshqalar) kirdi.
Televidenie va kino sohalari jadal rivojlana boshlagach Amerika inglizi ham o'zining turli
lingvistik qirralarini qolibga sola boshladi. XX-asrning boshlarida kino va televidenieda ingliz
tilining standart shakllari, jumladan Amerikaning "Hollywood" tilining keng tarqalishi,
Amerika inglizining yanada mustahkamlanishiga olib keldi.
Bugungi kunda Amerika ingliz tili dunyodagi eng keng tarqalgan va keng ishlatiladigan
ingliz tili variantlaridan biri hisoblanadi. Uni nafaqat AQShda, balki boshqa ko‘plab
mamlakatlarda ham keng ishlatishadi. Hozirgi kunda uning asosiy xususiyatlariga quyidagilar
kiradi:
Texnologik ta'sir: Internet, ijtimoiy tarmoqlar va zamonaviy texnologiyalar Amerika
inglizining lug‘atiga yangi so‘zlar qo‘shdi. Masalan, "google", "selfie", "hashtag" kabi so‘zlar.
Global dominatsiya: Amerika inglizi biznes, ilm-fan, kino va madaniyatda dominatsiya
qilganligi sababli, u dunyo bo‘ylab keng tarqalgan va boshqa ingliz tilida so‘zlashuvchilar
orasida asosiy muloqot vositasi hisoblanadi. Amerika inglizining leksikologiyasi.
Amerika inglizi Britaniya inglizidan nafaqat talaffuz va imlo jihatidan, balki lug‘at tarkibi
(leksikologiya) bo‘yicha ham farq qiladi. Ushbu farqlar tarixiy, ijtimoiy va madaniy ta’sirlar
natijasida shakllangan.
1. Amerika inglizidagi so‘zlarning kelib chiqishi
Amerika inglizi quyidagi asosiy manbalardan so‘zlar o‘zlashtirgan:
Britaniya inglizi – tilning asosiy bazasi.
Autumn (BrE) → Fall (AmE)
Holiday (BrE) → Vacation (AmE)
Mahalliy hindular tillari – tabiat va hayot tarziga oid so‘zlar.
Moose (los), Raccoon (qoplon), Tomahawk (bolta)
Ispan tili – AQShning janubiy hududlari orqali kirgan so‘zlar.
Canyon (darali vodiy), Mustang (yovvoyi ot), Rodeo (kovboy musobaqasi)
Fransuz tili – tarixiy ta’sir (Luiziana hududi va diplomatiya orqali).
Depot (ombor), Cuisine (oshxona san’ati), Entrepreneur (tadbirkor)
Nemis tili – XIX asrda AQShga immigratsiya tufayli kirgan so‘zlar.
Kindergarten (bolalar bog‘chasi), Pretzel (krendel), Deli (delikates do‘koni)
Afrika tillari – quldorlik davrida afro-amerikaliklar madaniyatidan kirgan so‘zlar.
Jazz (musiqa janri), Juke (tez harakat qilish, juke-box)
2. Amerika va Britaniya inglizidagi lug‘aviy farqlar
Bu farqlar imlo va talaffuzdan tashqari, ma’lum bir narsaga har xil nom berilishida
namoyon bo‘ladi.
3. Amerika inglizining o‘ziga xos so‘z va iboralari
Amerika inglizida Britaniya variantida uchramaydigan yoki kamdan-kam ishlatiladigan
so‘zlar mavjud:
23
Sidewalk – piyodalar yo‘lagi (BrE: Pavement)
Subway – metro (BrE: Underground)
Fall – kuz fasli (BrE: Autumn)
Mail – pochta (BrE: Post)
Cell phone – mobil telefon (BrE: Mobile phone)
Drugstore – dorixona (BrE: Chemist’s)
Bundan tashqari, Amerika inglizida ko‘plab idiomatik ifodalar va slang so‘zlar
rivojlangan:
Kick the bucket – vafot etmoq
Break a leg – omad tilash
Hit the books – o‘qishni boshlash
Piece of cake – juda oson
4. Amerika inglizidagi yangi so‘zlar va tendensiyalar
Amerika inglizi doimiy ravishda rivojlanib, yangi texnologiyalar va ijtimoiy o‘zgarishlar
bilan bog‘liq yangi so‘zlarni qabul qiladi. Masalan: Selfie – o‘zini suratga olish
Binge-watch – serial yoki filmlarni ketma-ket tomosha qilish Influencer – ijtimoiy
tarmoq yulduzi
Ghosting – suhbatni to‘satdan to‘xtatib, yo‘qolib ketish
Zooming – onlayn muloqot qilish (pandemiya paytida ommalashgan)
Xulosa
Amerika inglizining leksikasi boy va xilma-xil bo‘lib, u turli tillardan so‘zlarni
o‘zlashtirgan, Britaniya inglizidan ajralib chiqqan va doimiy ravishda rivojlanib bormoqda.
Amerika madaniyatining global ta’siri tufayli uning so‘z boyligi butun dunyoga tarqalmoqda.
References:
1.
O'zbekiston Milliy entsiklopediyasi. T.: "O'zbekiston milliy entsiklopediyasi" milliy
nashriyoti 2001-2006. 1-11 jildlar
2.
Jabborov N.M. Jahon etnalogiya asoslari. T.: 2005
3.
A.Qo'ldoshev, S.Xamzaev "Ingliz tili tarixi'' O'quv qo'llanma Filologiya va tillarni o'qitish
(ingliz tili) ta'lim yo'nalishi talabari uchun. Toshkent-2015. (17-bet)
4.
Jalolov J.J. ''Chet til o'qitish metodikasi'' T.: O'qituvchi, 2012.(128-bet)
5.
Общее языкознание формы существования и функции языков. М. Наука, 1970, 656
стр.
6.
Смирницкий А.И. "Хрестоматия по истории английского языка", Москва, 2008.
7.
Tursunovich S.E. (2021, November). The English language: standard or non standard? In
Archive of Conferences(pp.103-104)
