Авторы

  • Bilol Muhammadiyev
    Namangan davlat unversiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix yo`nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.68179

Ключевые слова:

Qassob amir Doniyol devonbegi Shahrisabiz Chiroqchi Jizzax Muhammad Alixon Ost-Indiya Stodart va Konolli.

Аннотация

Ushbu maqolada Buxoro amirligini eng mashhur amirlaridan biri Amir Nasurullohxoni tug`ulishi hokimyat tepasiga kelishi, mamalakat sarhadlarini birlashtirishi kabi ishlari yoritiladi.


background image

101

AMIR NASIRULLOH

Muhammadiyev Bilol Ismoil o`g`li

Namangan davlat unversiteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix yo`nalishi 2-bosqich talabasi

E-mail: bilolmuhammadiyev5@gmail.com

Tel: +998957707796

https://doi.org/10.5281/zenodo.14882185

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Buxoro amirligini eng mashhur amirlaridan biri Amir

Nasurullohxoni tug`ulishi hokimyat tepasiga kelishi, mamalakat sarhadlarini birlashtirishi kabi
ishlari yoritiladi.

Kali so`zlar

: Qassob amir, Doniyol devonbegi, Shahrisabiz, Chiroqchi, Jizzax, Muhammad

Alixon, Ost-Indiya, Stodart va Konolli.

Amir Nasurullohxon shubhasiz Buxoro amirligini eng qudratli amiri. Uning uzoq

hukumronlgi davrida Buxoro amirligi mintaqada ham iqtisodiy ham siyosiy va harbiy qudratda
ham yetakchiligini mustahkamlab oldi. Amir Nasurulloxon mamalakat ichidgi bo`ysinmagan
viloyatlar, qo`shni davlatlari Xiva va Qo`qon xonliklariga qarshi muvaffaqiyatli kurashlar olib
bordi. Harbiy islohot o`tkazib Buxoro amirligi qurolli kuchlarini har tomonlama
takomilashtirdi. Ammo shunday bo`lsada Rassiya imperyasini dastlabki tahdidlari shu davirda
bo`ldi.

Amir Nasurulloh 1806-yil 1-iyun kuni Buxoroda dunyoga keladi. U oilada ikkinchi o`g`il

farzand edi. Nasurullohxoni otasi Amir Haydar uning otasi Amir Shohmurod uning otasi Amir
Doniyolbiy uning otasi Xudoyorbiy otalq bo`lgan. O`zbeklar sulolasini 7- hukumdori Mang`itlar
sulolasini 5- amiri hisoblanadi. Amir Nasurullohxon ajdodlari bir tomondan Chingizxonga,
ikkinchi tomondan Payg`ambarimiz avlodlar saidlarga borib taqaladi. Nasurrullohxon
yoshligidan qatiatli va qo`rqmasligi bilan Amir Haydarni boshqa o`glilaridan ajralib turardi. Shu
sabali Amir Haydar urushlarda uning olib yurar ba’zan o`zini yuborar edi. Amir Nasurullohxon
dastlabki hokimligini Qarshida boshladi 1821-1826-yilar.

Amir Haydar 1826- yilda vafot etgach uning ikki o`g`li Umar va Husainlar taxga bir necha

oygina o`tirdilar ulardn biri zaxarlab o`ldir, ikkinchisiga esa suiqasd amalga oshirildi. Ulardan
keyin taxtga Nasurulloh kelib axtga davo qiladigaan ko`plab yaqinlarini yo`q qilib yubordi.
Hokimyatga qarshi chiqanlarni jumladan yirik yer egalarini jazolay boshladi.[2.-B 55]

Amir Nasurullohxon akasini hokimyatdan tushurib Buxorodan haydab yuborgach,

mamlakat ichida tartibsizlik boshlanib ketdi. Jumladan Nasurullohxon Buxoroni qamali bilan
mashg`ul bo`lgan paytida Doniyol devonbegi Shahrisabizdan otlanib, ota -bobolari dafin etilgan
Chiroqchi qal’asini qamal qildi. Qiyinchilik bilan egalagandan so`ng u yerni hokimi Hakim
dodxohga tegmadi va uni chiqib ketishga ruxsat berdi. Doniyol devonbegi ko`plab boyliklarni
talon-taroj qilib Kesh tomonga qaytib ketdi.

Amir Nasurulloh Chiroqchini qaytarib olish uchun katta qo`shin bilan otlandi. Doniyolbiy

Shaxrisabiz qo`shini bilan qarshi chiqdi. Amir Nasurulloh bilan aka-uka Doniyol devonbegi va
ukasi Fozilbiy o`rtasida qattiq kurash bo`ldi. Nasurullohxon g`alabaqilishi qiyindligini bilib
o`rtada sulh tuzdilar. Jumladan Doniyolbiy otaliq mazhabiga ko`tarildi, ukasi Fozilbiy esa
davlatdagi dodxohlik mazhabiga ko`tarildi. Nasurullohxon Buxoroga qaytib keldi. Oradan vaqt
o`tgandan keyin Amir Nasurullohxon Jizzax tomon qo`shin torti. Muhammadsodiqbek,
Ibrohimbek va Is’hoqbek devonbegi singari ko`plab kishilar janglarda mardlk ko`rsatdilar.


background image

102

Sakkiz kundan so`ng axoli darvozani ochib berdilar. O’zaro kelishuv bo`lib Jizzax Amir
Nasurullohxon ixtiyoriga otdi. Jizzaxdi Hakim dodxohga qoldirib Samarqand tomon ravona
bo`ldi.

1830-yili Amir Nsuruhlohxon Shahrisabiz tomon qo`shin torti. Yo`l -yo`lakay buzulib

yotgn Chiroqchi qal’asini yangidan bino etdi. Amir Nasurullohni kelayotganini eshitgan Doniyol
otaliq o`z qoshini bilan qarshi chiqdi. Ikkala qo`shin Kitobdan bir yarim tosh keladigan
Beshterak mavzeyiga ro`para keldilar. Urush ancha davom etdi. Amir Nasurullohxon dushmani
yenga olmadi. Shunday bo`lsada urushni davom etirib bir-necha qal’alarni zabt etib ularga
hokimlar tayinladi. Doniyol otaliq bilan sulh tuzuldi. Amir Nasurulloh Buxoroga qaytib keldi.[6.-
B 70-96].

Amir Nasurullohxon Shahrisabz ustiga 30 yil mobaynida 32 marta yurish qiladi. Faqat

1856-yilga kelgandagina kenagaslar qarshiligini yengib Shahrisabz va Kitobni o‘ziga
bo‘ysundira oladi. Nasrullohxon askarlari Shahrisabz va Kitob aholisini talab ko‘p
noma’qulchilik ishlarini amalga oshiradilar. Amirning o‘zi esa Shahrisabz begining malikasi -
Kenagasoyimni zo‘rlik bilan Buxoroga olib kelib o‘ziga xotinlika oladi. Xonliklarni birlashtirish
uchun kelgan ingliz emissarlari Konolli va Stoddartlarni amir Nasrullo so‘ydirtiradi.[3.-B 86 ].

Amir Nasurullohxon 1837-yilda harbiy islohot o`tkazdi. Piyoda askarlardan iborat

sarbozlar va to`pchilarning muntazam qo`shinini tuzdi. Dastlab bu mutazam qo`shin asosini
Buxoro amirligidagi asirlar tashkil etgan edi. 1837- yildaoq 1000 dan ortiq asirlrdan 800
kishilik muntazam piyoda askar-sarbozlikka, 250 dan ortiq kishi esa artilleriya qoshinlari-
to`pchilar qo`shiniga qabul qilingan edi.

Buxoroda harbiy kuchlarning asosini tashik etgan sarbozlar tarkibi jihatdan bir qancha

qisimlardan tashkil topgan edi. Jami 700 kishidan iborat sarbozlar har bir 100 talik 7 ta dastaga
bo`lingan edi. O`z navbatida xar bir dasta 2 ta nim dastaga, 4 ta rassadga va 8 ta baraga
bo`lingan. Yuz kishidan iborat harbiy dastani yuzboshi boshqargan. Ushbu bosqaruvda
yuzboshiga uning yordamchisi qorovulbegi yordam bergan. “Rassad” larni panjaboshi
boshqargan. Xarbiy qismni boshqarishda bu mansab egasiga uning movuni panshajaboshi-xurd
yordam bergan. Sarbozlarning o`n kishidan iborat qismiga “dahboshi” boshchilik qilgan.

Amir Nasurullohxon muntazam qo`shini bir yerga to`plash maqsadida Buxoro devori

tashqarisiga – O`g`lon va Talipoch darvozalarini o`rtasidagi yerga har bir sarboz va to`pchini
oilasi uchun uy qurub berilgan edi.[4.-B127 ].

Buxoro amirlari mintaqada o`zlarini yetakchi hukumdor sifatida ko`rar edi. Shu sababli

Xiva va Qo`qon xonligi ichki ishlariga aralashib turgan. Jumladan Qo`qon xonligida bu davrda
hukumrinilik qilib turgan Muhammad Alixoni ko`plab nomaqul ishlari, Amir Nasurulohxonga
borib yetgach ko`plab xatlar orqali Muha- mmad Alixoni ogohlantirdi. Ko`p o`tmay Amir
Nasurullohxon Qo`qonga yurish qildi.

Amir Nasurullohxon Qo`qonga bostirib kirgach, Muhammad Alixon 1841-yil noyabirda

ukasi Sulton Maxmud foydasiga taxtdan kechdi. Amir Nasurullohxon janglar bilan Qo`qon
shaxrini egallagandan keyin, hechkimga shafqat qilmadi. Muhammad Alixon Marg`ilonga
qochdi, lekin u yerni axolisi uni tutub berdilar. Amir Nasurullohxon Muammad Alixon, ukasi
Maxmud Sulton, onasi Noirabegm va Muhammad Ali xoni o`gay onasi(mashuqasi) kabilarni
birin – ketin qilichdan o`tkazdi. Amir Nasurullohxon bu shafqatsizligi sababli “qassob amir”
nomini oldi.

Amir Nasurulohxon Qo`qonda 14 kun davomida bo`ldi. Amir Nasurullohxon tomonidan


background image

103

qoldirilgan noib Ibrohim dodxoh, Qo`qon axolisiga ko`plab soliqlar va majburyatlarni
yuklagandan keyin, Qo`qon axolisi qo`zg`alon ko`tarib, Ibrohim dodxohni quvub yubordilar.
Amir Nasurullohxon ikkinchi bor Qo`qonga harbiy yurish qilishga majbur bo`ldi. 1842-yil 20-
iyulida ko`p sonli qo`shin bilan Qo`qon tomonga yurish qildi. Amir Nasurullohxon Qo`qonga
kelgch, Mo`y Muborak qishlog`iga to`xtadi. 2 oydan ortiqroq bu yerda turub qolgan
Nasurullohxon Qo`qoni to`rt tomondan o`rab olinsa, axoli ochlikdan taslim bo`ladi deb o`yladi.
Xarbiy boshliq bo`lgan Musumonqulni xiyonati sababli va shu paytda Xiva xonligini Buxoro
sarhadlarig bostirib kirishi oqibatida Amir Nasurullohxon Qo`qoni tashlab chiqishiga majbur
bo`ldi. Qo`qon mustqilika erishdi.[5.-B 31-32].

Amir Nasurullohxon hukumronligi davrida Buxoroga ko`plab chet el sayoh va josuslari

kelib turgan. Jumladan Hindistonga mustahkam o`rnashib olgan ingilizlarning Ost-Indiya
kompanyasi yangi yerlarni egalashga harakat qilgan. XIX asrni birinchi yarmida ushbu
kompanyani bir nechta vakilari Ulyam Murkroft, Jorj Trebek 1821-1825-yillar. Aliksandir
Biyorns 1831-1832-yillar. Bu asrni 30-yillar oxirida Charlz Stoddart, Artur Konollilar kelishdi.

Ingilizlarning O`rta Osiyoda olib boradigan siyosatidan Rossiya imperyasi hukumati

norozi bo`ldi. Chunki bu hududlar uchun Rassiya ham kurashga tayorlanayotgan edi. Natijada,
1839-yilda muvaffaqiyatsiz tugagan Perovskiyning Xivaga yurishi boshlandi. 1853-yili Qo‘qon
xonligiga qarashli Oqmasjidning ruslar tomonidan egallanishi Turonning bosib olinishida
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Sirdaryo chizig‘ining tashkil topishiga olib keldi. Bu voqea
ruslar tomonidan Turonning bosib olinishini boshlab berdi.[1.-B 83].

Amir Nasurullohxon qulog` og`rig`idan vafot etgan. Keying ma`lumotlarga kelishicha,

Amirni qulog`iga xotinlaridan biri tomonidan qo`rg`oshin quygani haqida manbalar mavjud.
Amir Nasurullohxon 1860-yilda 54 yoshda vafot etdi. Uning o`rniga taxtga Amir Muzaffar
chiqdi.

Xulosa qilib aytganda Amir Nasurullohxon Buxoro amirligini so`ngi mustaqil amiri. Amir

Nasurullohxon hukumronligi davrida mintaqada o`z tasirini ko`rsata oldi. Jumladan Qo`qon
xonligida shariat qoidalarini buzgan xon, Muhammad Alini jazolash va Qo`qoni egalash uchun
qilgan yurishidan ko`rishimiz mumkinki, siyosiy hukumronlik bilan diniy raxbar deb ham
hisoblardilar. Qaysidair jihatdan bu yaxshi bo`lishi mumkin, ammo o`tta qattiq qo`l bo`lgan
Amir Nasurulloh ko`plab kishilarni qatil qildirib tashlaydi.

References:

1.

A. Zamonov, A. Egamberdiyev. Buxoro amirligi tarixi- Toshkent: tamaddum nashiryoti

2022. 182 b.
2.

F. Sultonov, F. Bozorboyev. O`zbekiston hukumdorlari- Toshkent: Alisher Navoiy

nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashri, 2007.88b.
3.

R.Shamsutdinov, Sh. Karimov,O`. Ubaydullayev Vatan tarixi 2 -Toshkent: Sharq- nashiryot

matbaa aksiyadorlik kompanyasi bosh tahriryati, 2010.368b.
4.

Д.Х. Зияева. Узбекистонда харбий иш тарихидан. Тошкент. “ SHARQ” Акциядорлик

компаняси бош тахриряти. 2012. 280b.
5.

Х. Н. Бобобеков. Кукон тарихи-Тошкент: “фан” 1996, 240 b

6.

Муҳаммадхакимхон тӯра Мунтахаб ат-таворих- Тошкент: Янги аср авлоди, 2010.

716-b.

Библиографические ссылки

A. Zamonov, A. Egamberdiyev. Buxoro amirligi tarixi- Toshkent: tamaddum nashiryoti 2022. 182 b.

F. Sultonov, F. Bozorboyev. O`zbekiston hukumdorlari- Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashri, 2007.88b.

R.Shamsutdinov, Sh. Karimov,O`. Ubaydullayev Vatan tarixi 2 -Toshkent: Sharq- nashiryot matbaa aksiyadorlik kompanyasi bosh tahriryati, 2010.368b.

Д.Х. Зияева. Узбекистонда харбий иш тарихидан. Тошкент. “ SHARQ” Акциядорлик компаняси бош тахриряти. 2012. 280b.

Х. Н. Бобобеков. Кукон тарихи-Тошкент: “фан” 1996, 240 b

Муҳаммадхакимхон тӯра Мунтахаб ат-таворих- Тошкент: Янги аср авлоди, 2010. 716-b.