Авторы

  • Dilshoda Xodjimuratova
    Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.68181

Ключевые слова:

Eron ichki siyosat veloyate fakih diniy demokratiya Sivilizatsiyalararo muloqot islohotlar.

Аннотация

Maqolada Eron Islom Respublikasining Muhammad Xotamiy prezidentlik davridagi (1997-2005) ichki siyosati, jamiyatni liberallashtirishdagi islohotlari tahlil qilinadi. Uning “islomiy fuqarolik jamiyati” konsepsiyasi va “Sivilizatsiyalararo muloqot” tashabbusi Eronning ichki va tashqi siyosatida modernizatsiya va demokratlashtirish tendensiyalarini targ‘ib qildi. “Veloyate fakih” tamoyilini isloh qilishga intilishlar konservativ kuchlarning qarshiligiga uchragani, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarga qaratilgan sa’y-harakatlar yoritilgan.


background image

95

MUHAMMAD XOTAMIY PREZIDENTLIK DAVRIDA ERON ICHKI SIYOSATI

Dilshoda Xodjimuratova

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14880786

Annotatsiya

Maqolada Eron Islom Respublikasining Muhammad Xotamiy prezidentlik davridagi

(1997-2005) ichki siyosati, jamiyatni liberallashtirishdagi islohotlari tahlil qilinadi. Uning
“islomiy fuqarolik jamiyati” konsepsiyasi va “Sivilizatsiyalararo muloqot” tashabbusi Eronning
ichki va tashqi siyosatida modernizatsiya va demokratlashtirish tendensiyalarini targ‘ib qildi.
“Veloyate fakih” tamoyilini isloh qilishga intilishlar konservativ kuchlarning qarshiligiga
uchragani, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarga qaratilgan sa’y-harakatlar yoritilgan.

Kalit so‘zlar.

Eron, ichki siyosat,

veloyate fakih, diniy demokratiya, Sivilizatsiyalararo

muloqot, islohotlar.

IRAN’S İNTERNAL POLİCY DURİNG THE PRESİDENCY OF MOHAMMAD

KHATAMİ

Annotation.

The article analyzes the internal policy of the Islamic Republic of Iran during

the presidency of Mohammad Khatami (1997–2005) and his reforms aimed at the liberalization
of society. The concepts of an "Islamic civil society" and the "Dialogue of Civilizations" initiative,
proposed by Khatami, promoted trends of modernization and democratization in Iran's
internal and foreign policies. Ambitions to reform the fundamentals of Velayat-e Faqih (the rule
of the religious leader) faced resistance from conservative forces. Additionally, the article
explores efforts toward economic and social transformations.

Keywords.

Iran, “Velayate Faqih”, “religious democracy”, “Dialogue of Civilizations”,

reforms.


Eron teokratik davlat bo‘lib, unda diniy hokimiyat ichki va tashqi siyosiy kursni belgilab

beradi. Bunda ruhoniyat esa hokimiyatning barcha tarmoqlarini nazorat qiladi. Davlat tizimi
saylov asosida shakllanadigan respublika institutlari mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Eronlik
siyosatshunos va huquqshunoslar demokratik normalar islom dinidagi ko‘plab ahkomlar bilan
hamohangligiga tayanib, hozirgi teokratik davlatning turli shakllarini qiyosiy ko‘rib chiqqan
holda mamlakatda yaratilgan davlat boshqaruv tizimini o‘ziga xos “diniy demokratiya” deb
taʻkidlaydilar.

Eron tomonidan 1979-1989-yillarda islom inqilobini eksport qilish siyosati islom

madaniyatini dunyodga tarqatish va targ‘ib qilish bilan cheklanib, muayyan transformatsiyaga
uchradi. Arab-musulmon dunyosida rasmiy Tehron tashqi siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi
nufuzli ulamolar ozchilikni tashkil etdi. Bironta islom davlati ruhoniyati Eron modelidagi
teokratik respublika barpo etish niyatida emas edi. Tashqi siyosatda asosiy e’tibor
mamlakatning ichki xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash, Eronga chegaradosh davlatlar
bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini saqlashga qaratildi.

Eron siyosiy tizimidagi islohotlarning birinchi bosqichi pragmatik siyosat tarafdori

bo‘lgan Ali Akbar Hoshimiy-Rafsanjoniy prezidentlik davriga (1989-1997-yillar) to‘g‘ri keldi.
Uning prezidentlik davri Eronning ichki va tashqi siyosatini yanada mo‘tadillashtirish imkonini
berdi. 1997-yilda A.A.Hoshimiy-Rafsanjoniyning ikkinchi prezidentlik muddati tugashi


background image

96

munosabati bilan uning do‘sti Muhammad Xotamiy Eronning yangi prezident etib saylandi.

Muhammad Xotamiy o‘zidan oldingi prezident A.A.Hoshimiy-Rafsanjoniy siyosatini

daavom ettirgan holda Eronda respublikachilik asoslarini mustahkamlash va siyosiy hayotni
demokratlashtirishga chaqirdi. Biroq uning barcha siyosiy murojaatlari diniy ritorika ruhida
edi. Eronlik ekspert Ali Ansoriy prezident M.Xotamiyning “islomiy fuqarolik jamiyati”ni
shakllantirish g‘oyasini tahlil qilar ekan, Eronda avvaldan tayyorlangan ijtimoiy baza mavjud
bo‘lmagan sharoitda “yuqoridan demokratlashtirish”ga urinishlariga shubha bilan qaraydi.

Prezident g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlovchi partiya va tashkilotlarni, jumladan,

“Kurashayotgan ruhoniyat uyushmasi”ni birlashtirgan holda imkon qadar qisqa vaqt ichida
ijtimoiy-siyosiy va madaniy sohalarda islohotlar o‘tkazishga chaqirdi. Xotin-qizlar, yoshlar
uyushmalari, kasb-hunar tashkilotlari, shuningdek oz sonli milliy va diniy jamoalar huquqlarini
himoya qiluvchilar faollashdi. Eron Islom Respublikasi tarixida ilk bor mahalliy diniy-siyosiy
kengashlarga saylovlar bo‘lib o‘tdi.

M.Xotamiy prezidentlik hokimiyatini kuchaytirishga qaratilgan islohotlarni boshladi.

2002-yilda islohotchilar tarafdori ko‘pchilikni tashkil qilgan parlament prezident vakolatlarini
kengaytiruvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Ushbu qonun bilan prezidentga Asosiy qonun
normalariga zid qarorlarga veto qo‘yish orqali konstitutsiyaviy normalar ijrosini nazorat qilish
huquqi berildi. Biroq bu o‘zgartirishlar konservatorlar va Oliy rahbar noroziligiga sabab bo‘ldi.
2000-yil avgust oyida Oliy rahbar Ali Xomanaiy ommaviy axborot vositalarining erkinligi
to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqlamadi. Natijada, konservatorlar ta’biri bilan aytganda,
davlat tuzumi va jamiyat yana bir bor “liberallashuv tahdididan saqlab qolindi”.

M.Xotamiy hokimiyat tepasiga kelishi bilan nafaqat mamlakatning tashqi siyosiy kursida,

balki ichki siyosatda ham muayyan o‘zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Eron ommaviy
axborot vositalari erkinligini kengaytirish; xotin-qizlarga avtomobil boshqarish va ichki ishlar
organlarida xizmat qilish, jamoat ishlari bilan shug‘ullanishga ruhsat berish M.Xotamiyning
ikkinchi prezidentlik muddatida (2001-2005-yillar) mamlakatda islohotlarni amalga oshirish
borasidagi muhim siyosiy tashabbuslaridan bo‘ldi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 1998-yili o‘tkazilgan 53-

sessiyasida prezident M.Xotamiy jahon siyosatida harbiy mojarolar va zo‘ravonlikka chek
qo‘yish, “Sivilizatsiyalararo muloqot” konsepsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surdi. BMT
Bosh assambleyasi ushbu taklifni amalga oshirish maqsadida yangi asrning birinchi yilini
“Sivilizatsiyalar muloqoti yili” deb e’lon qildi.

M.Xotamiy davlat siyosiy tizimiga joriylangan “veloyate fakih” teokratik tamoyiliga qarshi

bo‘lmagan holda, uni Erondagi voqea-hodisalar hamda shart-sharoitlardan kelib chiqib, qisman
isloh qilish tarafdori edi. Shu bois “veloyate fakih” tamoyilini va davlat boshqaruvining diniy-
siyosiy tizimini qo‘llab-quvvatlashini doimo ta’kidlagan. M.Xotamiy hokimiyat tepasiga kelgach,
Eron ichki va tashqi siyosati o‘zaro uzviyligi va islom institutlari daxlsizligi tamoyilini himoya
qilgan. Shu bilan birga Eron iqtisodiyotiga xorijiy sarmoya va tashqi siyosatida shaffoflik
kerakligini taʻkidlardi. Biroq M.Xotamiyning mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlari xavfsizlik
xizmati, sud, Islom inqilobini himoya qilish korpusining qarshiligi sababli kutilgan natijani
bermadi. Bunday sharoit prezidentdan ehtiyotkorlik bilan harakatlanish va o‘z qarorlari
amalga oshirilishi uchun siyosiy zamin yaratishini taqozo etdi.

Jamiyat siyosiy hayotini demokratlashtirish jarayoni Erondagi modernizatsiyaga qarshi

kuchlar 2005-yilgi prezidentlik saylovida diniy radikallar manfaatlarini ifoda etuvchi


background image

97

neokonservator nomzodi qo‘llab-quvvatlanishiga olib keldi. Islohotchilar safida yuz bergan
bo‘linish konservatorlarning o‘zaro jipslashuviga hamda saylovda Mahmud Ahmadinajod
g‘alaba qozonishini ta’minladi. Natijada, Eron tarixida ilk bor hokimiyat siyosiy sahnadan
islohotchi kuchlarni siqib chiqarish va demokratik tendensiyalarni jilovlashga intilgan
siyosatchilar qo‘lida to‘liq jamlandi.

M.Xotamiy tomonidan tashqi siyosiy maydonda amalga oshirilgan bir qator chora-

tadbirlar Eronning xalqaro miqyosdagi imidji yaxshilanishini ta’minladi. Erondagi siyosiy
hokimiyatning bo‘linish tizimi xususiyati va M.Xotamiyning siyosiy muxoliflari unga
Konstitutsiyada belgilangan asosiy vakolatlarini to‘liq amalga oshirishga to‘sqinlik qilgani
islohotchilar tomonidan mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy transformatsiyani o‘zining
mantiqiy yakuniga yetkazish imkonini bermadi. M.Xotamiyni mamlakat aholisining ko‘pchiligi
qo‘llab-quvvatlagan. Parlamentda islohotchilar guruhi vakillari ko‘pchilikni tashkil qilgani unga
siyosiy modernizm nazariyasi tarafdorlarini o‘z atrofida uyushtirishga imkoniyat berdi.
M.Xotamiy o‘zining prezidentlik davrida Oliy rahbar A.Xomanaiy bilan murosa qilish yo‘lini
tutdi.

References:

1.

Юртаев В.И. Особенности и реализация внешней политики Исламской Республики

Иран (1979 – 2010 гг.): дис. ... д-ра ист.наук. – М., 2012.
2.

Манучихри Аббас. Политическая система Ирана. Iranica. – СПб., 2007. 240 с.

3.

Ушаков В.А. Иран и мусульманский мир. 1979-1998 гг. - М., 1999.

4.

Санаи М. Диалог цивилизаций и исламский фактор. // Диалог цивилизаций:

исторический опыт и перспективы XXI века. – М.: РУДН, 2002. Ali M. Ansari. Iran, Islam and
Democracy: The Politics of Managing Chance. – Gingko Library, 2019.
5.

Assembly Proclaims 2001 United Nations Year Of Dialogue Among Civilizations,

Expressing Determination To Facilitate International Discussion.

Press Release

General

Assembly

GA/9497.

[Elektron

manba].

URL:

https://press.un.org/en/1998/19981104.ga9497.html

6.

ABDULLAEV N. Features of the political transformation of Syria //Sharqshunoslik.

Востоковедение. Oriental Studies. – 2022. – №. 02. – С. 131-138.
7.

Xodjimuratova, Dilshoda ERON PREZIDENTLIK SAYLOVLARI: KONSERVATORLAR VA

ISLOHOTCHILAR

O‘RTASIDAGI

KURASH

//

ORIENSS.

2025.

№1.

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/eron-prezidentlik-saylovlari-konservatorlar-va-
islohotchilar-o-rtasidagi-kurash

.

8.

ردان

يحلادبع

دبع

الله

في

.

تاددحم

تاهاجتلاا

ةيطارقوميدلا

تلاوحتلاب

ةيسايسلا

يف

ةيروس

رصمو

//

International

Journal of Law and Politics Studies. – 2020. – Т. 2. – №. 2. – С. 30-35

.

9.

Dilshoda Khodjimuratova. (2025). INSTITUTIONALIZATION OF THE CONCEPT OF

"VELAYAT-E FAQIH" IN IRAN’S POLITICAL SYSTEM.

Ethiopian International Journal of

Multidisciplinary

Research

,

12

(02),

35–41.

Retrieved

from

https://www.eijmr.org/index.php/eijmr/article/view/2564

10.

Abdullaev N. Some Features Syrian Foreign Policy On The Middle East. 2019.

11.

Абдуллаев Н. Исторический анализ факторов и условий, влияющих на турецко-

сирийские отношения //Восточный факел. – 2020. – Т. 2. – №. 2. – С. 178-183.

Библиографические ссылки

Юртаев В.И. Особенности и реализация внешней политики Исламской Республики Иран (1979 – 2010 гг.): дис. ... д-ра ист.наук. – М., 2012.

Манучихри Аббас. Политическая система Ирана. Iranica. – СПб., 2007. 240 с.

Ушаков В.А. Иран и мусульманский мир. 1979-1998 гг. - М., 1999.

Санаи М. Диалог цивилизаций и исламский фактор. // Диалог цивилизаций: исторический опыт и перспективы XXI века. – М.: РУДН, 2002. Ali M. Ansari. Iran, Islam and Democracy: The Politics of Managing Chance. – Gingko Library, 2019.

Assembly Proclaims 2001 United Nations Year Of Dialogue Among Civilizations, Expressing Determination To Facilitate International Discussion. Press Release General Assembly GA/9497. [Elektron manba]. URL: https://press.un.org/en/1998/19981104.ga9497.html

ABDULLAEV N. Features of the political transformation of Syria //Sharqshunoslik. Востоковедение. Oriental Studies. – 2022. – №. 02. – С. 131-138.

Xodjimuratova, Dilshoda ERON PREZIDENTLIK SAYLOVLARI: KONSERVATORLAR VA ISLOHOTCHILAR O‘RTASIDAGI KURASH // ORIENSS. 2025. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/eron-prezidentlik-saylovlari-konservatorlar-va-islohotchilar-o-rtasidagi-kurash.

نادر عبدالحي عبد الله يف. محددات الاتجاهات الديموقراطية بالتحولات السياسية في سورية ومصر //International Journal of Law and Politics Studies. – 2020. – Т. 2. – №. 2. – С. 30-35.‎

Dilshoda Khodjimuratova. (2025). INSTITUTIONALIZATION OF THE CONCEPT OF "VELAYAT-E FAQIH" IN IRAN’S POLITICAL SYSTEM. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 12(02), 35–41. Retrieved from https://www.eijmr.org/index.php/eijmr/article/view/2564

Abdullaev N. Some Features Syrian Foreign Policy On The Middle East. 2019.

Абдуллаев Н. Исторический анализ факторов и условий, влияющих на турецко-сирийские отношения //Восточный факел. – 2020. – Т. 2. – №. 2. – С. 178-183.