29
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN DARSDAN
TASHQARI MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI
Musirmanov Shohboz Usmon o‘g‘li
SHDPI Matematika va ta’limda axborot texnologiyalari
kafedrasi o‘qituvchisi
Norboyeva Fotima Murodjon qizi
Matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14997767
Annotatsiya.
Tezisda darsdan tashqari mashg‘ulotlarning turli shakllari masalan,
klublar, seminarlar, tanlovlar va amaliy mashg‘ulotlar kabi metodik yondashuvlar muhokama
qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali
metodlar resurslar va baholash tizimlari haqida ma'lumot beriladi. Ushbu ishning maqsadi
informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘rgatish jarayonini yanada takomillashtirish va
o‘quvchilarda mustaqil ishlash hamda amaliy bilimlarni shakllantirishga yordam berishdir.
Aннотация.
В тезисе обсуждаются различные формы внеклассных занятий, такие
как клубы семинары конкурсы и практические занятия а также методические
подходы к организации этих мероприятий. Также рассматриваются эффективные
методы, ресурсы и системы оценки для развития практических навыков учащихся.
Целью данной работы является совершенствование процесса преподавания
информатики и информационных технологий а также помощь в формировании у
учащихся навыков самостоятельной работы и практических знаний.
Abstract.
the thesis various forms of extracurricular activities are discussed such as
clubs seminars competitions and practical sessions along with methodological approaches to
organizing these activities. Additionally effective methods resources and evaluation systems
for developing students' practical skills are provided. The aim of this work is to improve the
teaching process of Informatics and Information Technologies and assist in developing
students' independent work skills and practical knowledge.
Kalit so‘zlar
: informatika axborot texnologiyalari, darsdan tashqari mashg‘ulotlar,
metodik yondashuvlar, klublar seminarlarda ishtirok etish, tanlovlar amaliy mashg‘ulotlar,
o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari, innovatsion metodlar, mustaqil ishlash baholash tizimi,
resurslar va vositalar, kompyuter laboratoriyalari, o‘quvchilarni rag‘batlantirish.
Ключевые слова
: информатика информационные технологии внеклассные
занятия методические подходы клубы участие в семинарах конкурсы практические
занятия практические навыки учащихся инновационные методы самостоятельная
работа система оценки ресурсы и инструменты компьютерные лаборатории
мотивация
учащихся
совершенствование
образовательного
процесса
программирование интерактивные методы развитие творческого мышления учащихся
эффективная организация учебного процесса.
Keywords:
informatics
information
technologies
extracurricular
activities
methodological approaches clubs participation in seminars competitions practical lessons,
practical skills of students, innovative methods independent work assessment system
resources and tools computer laboratories motivating students improving the educational
process programming, interactive methods developing creative thinking of students effective
organization of the learning process.
30
Informatika va axborot texnologiyalari - (AT) fani hozirgi kunda jahon ta'lim tizimlarida
alohida o‘rin tutadi. Shuningdek, ushbu fanning rivojlanishi va ahamiyatining ortishi,
o‘quvchilarning ushbu sohadagi bilimlarini kengaytirish uchun darsdan tashqari
mashg‘ulotlarni tashkil etish zaruratini tug‘diradi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar
o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash, ijodiy fikrlash va
innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga yordam beradi. O‘quvchilarning informatika
bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash va ularni amaliyotda qo‘llashni o‘rgatish uchun darsdan
tashqari mashg‘ulotlar muhim o‘rin tutadi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarga
nafaqat nazariy bilimlarni egallash, balki amaliy ko‘nikmalarni ham rivojlantirish imkonini
beradi.
Innovatsion texnologiyalar va metodlarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish.
O‘quvchilarda mustaqil ishlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlar
o‘quvchilarning bilimlarini kengaytirish, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish,
amaliy ko‘nikmalarini oshirish va zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish uchun imkoniyat
yaratadi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar quyidagi afzalliklarni taqdim etadi.
Seminarlar – o‘quvchilarni informatikaning so‘nggi yutuqlari, yangi dasturiy ta'minotlar
va axborot texnologiyalari bilan tanishtirish uchun seminarlar va ma'ruzalar o‘tkazish zarur.
Bu o‘quvchilarda zamonaviy texnologiyalarga qiziqish uyg‘otadi.Informatika fanidan darsdan
tashqari mashg‘ulotlar laboratoriya ishlarini o‘z ichiga oladi. Bu turdagi mashg‘ulotlar
o‘quvchilarga o‘z bilimlarini amalda qo‘llash imkonini beradi. O‘quvchilar dasturlash,
ma'lumotlar bazasini yaratish, ishlarnishi bajaradilar.Zamonaviy texnologiyalar yordamida
onlayn mashg‘ulotlar tashkil etish o‘quvchilarga internet orqali o‘z bilimlarini oshirish
imkoniyatini yaratadi. Masofaviy ta'lim platformalaridan foydalanish, masofaviy
laboratoriyalar va virtual tajribalar o‘quvchilarning axborot texnologiyalari bilan bog‘liq
bilimlarini kengaytiradi.O‘quvchilarga guruh bo‘lib ishlash, real hayotdagi muammolarni hal
qilish uchun loyihalar asosida mashg‘ulotlar o‘tkazish kerak. Bunday yondashuv o‘quvchilarni
ijodiy fikrlashga undaydi va ularni muammoni tahlil qilish va hal qilishga o‘rgatadi.
Darsdan
tashqari
mashg‘ulotlarni
samarali
tashkil
etish
shartlari
darsdan tashqari mashg‘ulotlarning samarali bo‘lishi uchun quyidagi shartlarga e'tibor berish
kerak: O‘qituvchining malakasi va tayyorgarligi. O‘qituvchilar zamonaviy axborot
texnologiyalari bo‘yicha yaxshi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur. Ular o‘quvchilarga yangi
texnologiyalarni o‘rgatishda innovatsion pedagogik uslublarni qo‘llashlari lozim.Texnik
infratuzilma Darsdan tashqari mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan barcha texnik vositalar
kompyuterlar, internetga kirish va dasturiy ta'minotlar mavjud bo‘lishi kerak.
Mashg‘ulotlar interaktiv tarzda o‘tkazilishi, o‘quvchilarning faol ishtirokini ta'minlash
zarur. Bu orqali o‘quvchilar o‘z bilimlarini va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishadi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil
etish zamonaviy ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu mashg‘ulotlar
o‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularda
ijodiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. Innovatsion metodlarni qo‘llash, interaktiv
usullar va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarni mustaqil ishlashga rag‘batlantirish,
31
shuningdek, darsdan tashqari mashg‘ulotlarning samaradorligini oshiradi. Darsdan tashqari
mashg‘ulotlar informatika va axborot texnologiyalari sohasida o‘quvchilarning bilim va
ko‘nikmalarini yanada chuqurlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega. Ularning samarali
tashkil etilishi o‘quvchilarga nafaqat o‘qituvchilardan, balki o‘zaro hamkorlikdan ham ko‘p
narsalarni o‘rganish imkonini beradi. O‘quvchilarni real muammolarni hal qilishga tayyorlash
uchun innovatsion metodlarni joriy etish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "Iqtisodiyotni raqamlashtirish
sharoitida iqtisodiy jarayonlar va moliyaviy munosabatlarning transformatsiyasi." (2024): 38-
41.
2.
Uktamov, M. "Modeling the professional training development of future teachers
through computer training." Science and innovation 2.B9 (2023): 139-141.
3.
Октамов, Мададжон, Жасмина Тошполотова, and Яйра Мусурманова. "Aniq fanlarni
o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo ‘llagan holda dars jarayonlarini tashkil
etish." Новый Узбекистан: наука, образование и инновации 1.1 (2024): 432-434.
4.
Madadjon, O‘Ktamov. "PEDAGOGIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING
INFORMATIKADAN
AXBOROT-TEXNOLOGIK
KOMPETENTLIGINI
RIVOJLANTIRISH
METODIKASI." Academic research in educational sciences 4.CSPU Conference 1 (2023): 275-
281.
5.
O’G’Li, Madadjon O’Ktam. "Kuzatuv quduqlarida yer osti suvlarini gidrorejim
parametrlarini masofaviy nazorat qilishning avtomatlashgan tizimlari." Science and Education
2.12 (2021): 202-211.
6.
Usmon o‘g‘li, Musirmanov Shohboz. "IJTIMOIY TARMOQLAR ORQALI TURISTIK
JOYLARNI REKLAMA QILISH VA MIJOZLAR BILAN SAMARALI ALOQA O ‘RNATISH." Scientific
Journal of Actuarial Finance and Accounting 4.10 (2024): 369-374.
7.
Xabibullayevich, Abdullayev Safibullo, et al. "TECHNOLOGY OF ORGANIZATION OF
ENVIRONMENT FOR THE DEVELOPMENT OF ERGONOMIC CULTURE." Harvard Educational
and Scientific Review 1.1 (2021).
8.
Beknazarova, Saida, et al. "METHOD OF FILTERING DIGITAL IMAGES BY PULSE
CHARACTERISTIC IN THE SPECTRAL REGION." Актуальные вопросы развития
инновационно-информационных технологий на транспорте 2021 (2021): 66-69.
9.
Musirmanov, Shohboz. "TURIZM SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASHDA AMALIYOT VA
NAZARIYANING PEDAGOGIK UYG ‘UNLIGI." Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб
муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of
Humanities and Social Sciences. 4.11.
