Maqolada tizimli fikrlash ko‘nikmasining kompetensiya sifatidagi ahamiyati tahlil etilgan. O‘zbekistonda ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvni rivojlantirish, o‘qituvchilarning tayanch kompetensiyalarini shakllantirish va baholash masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tizimli fikrlash kompetensiyasining asosiy xususiyatlari, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni va zamonaviy metodologik yondashuvlar bilan bog‘liqligi yoritilgan. Maqolada kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar tahlil qilingan.