Авторы

  • NURIDDINJON TURG`UNBOYEV
    TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI 2-KURS MUSTAQIL IZLANUVCHISI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.72575

Аннотация

“Xorazm faxri” nomi bilan shuhrat topgan Vatandoshimiz, nahv olimlarining yirik namoyondalaridan Mahmud  Zamaxshariy o`zlarining “al-Mufassal fi son’atil i’rob” asarlarini yozishda faqat bitta manbaadan ma’lumot olish yoki faqat bitta nahviy olimning fikrini olish bilan cheklanib qolmaganlar. Garchi o`zlari foydalangan lug`atshunos va nahvshunos olimlardan bir qanchalarining ismlarini ochiqlamagan bo`lsalar ham, bir nechta manbaalarga tayanganlar.


background image

23

ZAMAXSHARIY “AL-MUFASSAL” ASARINI YOZISHDA TAYANGAN

MANBAALAR

TURG`UNBOYEV NURIDDINJON MUHAMMADJON O`G`LI

1

TEL: +998900000163, E-MAIL: mnuriddin163@gmail.com

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI

2-KURS MUSTAQIL IZLANUVCHISI

https://doi.org/10.5281/zenodo.15049044

“Xorazm faxri” nomi bilan shuhrat topgan Vatandoshimiz, nahv olimlarining yirik

namoyondalaridan Mahmud Zamaxshariy o`zlarining “al-Mufassal fi son’atil i’rob” asarlarini
yozishda faqat bitta manbaadan ma’lumot olish yoki faqat bitta nahviy olimning fikrini olish
bilan cheklanib qolmaganlar. Garchi o`zlari foydalangan lug`atshunos va nahvshunos
olimlardan bir qanchalarining ismlarini ochiqlamagan bo`lsalar ham, bir nechta manbaalarga
tayanganlar.

Avvalo, Zamaxshariy ulardan naql qilgan olimlarning ismlarini oshkor qilgan

mashhurlaridan boshlasak, ro`yxatning avvalida Sibavayh keladi. Zamaxshariy u kishining
fikrlarini ba’zi o`rinlarda ismlarini aytib naql qilgan bo`lsalar, boshqa ba’zi o`rinlarda ismlarini
oshkor etmay naql qilganlar. Bu shuni anglatadiki, Sibavayh Zamaxshariyning nahvdagi ilk
ustozi bo`lgan, biroq undan ta’lim olishlari to`g`ridan-to`g`ri bo`lmagan. Sibavayhdan so`ng,
ikkinchi pog`onada Xolil ibn Ahmad al-Farohidiy keladi. Zamaxshariy ko`p o`rinlarda u
kishining ismlarini zikr qilganlar. Bu ikki katta olimdan so`ng esa Axfash, Abu Amr al-Jarmiy,
Abu Usmon al-Moziniy, Mubarrod, Zajjoj, Abu Amr ibn A’lo, Iso ibn Umar, Yunus ibn Habib,
“Axfashul akbar” laqabini olgan Abu Xitob, Abu Zayd al-Ansoriy, ibn Arobiy, Asma’iy, Nazr ibn
Shamiyl va Qutrublarning ismlarini ham uchratamiz

2

.

Shuningdek, Zamaxshariy Kufa nahv olimlarining fikrlaridan ham istefoda olganlar.

Ulardan, masalan, Kisoiy, Farro, Abu Amr ash-Shayboniy. Bag`dodiyya madrasasi mashhur
kishilaridan ham naql qilganlar. Ulardan Ibn Janiy, Ibn sakiyt, Abu Ali al-Forisiylarni
keltirishimiz mumkin.

Zamaxshariy “al-Mufassal”ni yozishda ulardan ma’lumotlar olgan kitoblari orasida zikr

qilganlari Sibavayhning “al-Kitob” asari, Xolil ibn Ahmadning “al-A’yn” asari, ibn Sakiytning
“Islah al-mantiq” asaridir.

Zamaxshariyning uslubi borasida mulohaza qilingan narsa shuki, u kishi manbaani ta’lif

qilingan asar bilan emas, balki muallif ya’ni shaxs bilan zikr qiladilar. Faqatgina Sibavayhdan
“al-Kitob” asari bilan, Xolildan “al-A’yn” bilan, Ibn Sakiytdan “Islah al-mantiq” asari bilan, Abu
Tamim – Sohibul humosa va Abu Amr ash-Shayboningning “Kitab al-Jiym” asarini zikr qilib
o`tganlar.

Ulamolar Qur’oni karim arab tiliga va uning qoidalariga dalil (sitata) keltirishda eng

birinchi va asosiy manba ekaniga ijmo qilganlar. Bu borada Qur’oni karimda Alloh taolo
shunday deydi: “

Biz uni arabiy Qur’on etib nozil qildik

” (Yusuf surasi 2-oyat). Albatta

Qur’on fasohat, balog`at va bayonning eng oliy darajasidir.

Shu ma’noda, Zamaxshariy ham Qur’onni eng asosiy manba deb bilgani borasida hech

qanday shubha yo`q. Chunki, nahviy qoidalarning xulosalari, albatta, Qur’onga binoan barpo

1

TURG`UNBOYEV

NURIDDINJON

MUHAMMADJON

O`G`LI.

TOSHKENT

DAVLAT

SHARQSHUNOSLIK

UNIVERSITETI MUSTAQIL IZLANUVCHISI. Tel: +998900000163, e-mail:

mnuriddin163@gmail.com

2

23

زص

2020

.بادلآا ةبتكم .ةرهاقلا .رصم .ناّسح ليعامسإ دلاخ روتكدلا ذاتسلأا .ةساردو قيقحت .يرشخمزلل بارعلإا ةعنص يف لصفملا


background image

24

qilinadi. Shu sababli ham biz “al-Mufassal” asarida Qur’on oyatlari bilan dalil keltirilgan
o`rinlarni juda ko`plab uchratamiz. Hamda mana shu Qur’ondan keltirilgan misollar boshqa
kitoblardan keltirilgan misollardan bir necha barobar ko`pdir. Mana shunday holatga misol:
“Zamaxshariy aytadilar”

ءاس

fe’li

سئب

ishlatilganidek ishlatiladi, bunga Qurondan dalil: Alloh

taolo aytadi:

ءاس

لاثم

موقلا

نيذلا

اوبذك

انتايأب


Zamaxshariyning she’rlardan ham dalil keltirganini ko`rishimiz mumkin. Aslida, lug’at

ulamolari shoirlarni to`rtta tabaqaga ajratadilar:

1.

Johiliyat tabaqasi: Antara, Zuhayr, Torofa kabi;

2.

Muxodromiyn (Islomgacha va islomning ilk davrlari) tabaqasi: Xansa, Hasson ibn
Sobit, Ka’b ibn Zuhayr kabi;

3.

Islomiynlar tabaqasi: Jarir, Farazdaq, al-Axtol kabi;

4.

Mavlidiyn tabaqasi: Bashar, Abu Navas, Abu Tamam kabi.

Lug`at olimlari to`rtinchi tabaqa shoirlarning she’rlaridan dalil keltirishni rad etadilar.

Ammo Zamaxshariy “al-Kashshof” va “al-Mufassal” asarlarida o`sha tabaqadagi shoirlardan
Abu Navas va Abu Tamamlardan she’r rivoyat qilganlarini uchratish mumkin. Bu borada
Zamaxsghariy ana shu shoirlardan she’r rivoyat qilib dalil keltirgan Abu Hayyon al-
Andalusiydan ta’sirlangan bo`lishlari mumkin

3

.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

لصفملا

يف

ةعنص

بارعلإا

يرشخمزلل

.

قيقحت

ةساردو

.

ذاتسلأا

روتكدلا

دلاخ

ليعامسإ

ناّسح

.

رصم

.

ةرهاقلا

.

ةبتكم

بادلآا

.

2020

2.

Mahmud Zamaxshariy. – Toshkent: “Tafakkur” nashriyoti.

3.

Ҳабибуллаев А. Адабий манбашунослик ва матншунослик. –Т.: 2000.

4.

Nosirova M. O`rta asrlar arab nahvidan namunalar (Mahmud Zamaxshariyning

“Unmuzaj fi nahv” risolasi asosida). – T.: ToshDSHI nashriyoti, 2004.
5.

روتكدلا

رخف

حلاص

ةرادق

.

لصفملا

يف

ملع

ةيبرعلا

.

ةسارد

قيقحتو

.

،نامع

ندرلأا

.

راد

رامع

رشنلل

عيزوتلاو

.

1425

ه

/

2004

م

.

6.

https://ziyouz.com

7.

https://moturidiy.uz

3

25

زص

2020

.بادلآا ةبتكم .ةرهاقلا .رصم .ناّسح ليعامسإ دلاخ روتكدلا ذاتسلأا .ةساردو قيقحت .يرشخمزلل بارعلإا ةعنص يف لصفملا

Библиографические ссылки

مكتبة الآداب. 2020

Mahmud Zamaxshariy. – Toshkent: “Tafakkur” nashriyoti.

Ҳабибуллаев А. Адабий манбашунослик ва матншунослик. –Т.: 2000.

Nosirova M. O`rta asrlar arab nahvidan namunalar (Mahmud Zamaxshariyning “Unmuzaj fi nahv” risolasi asosida). – T.: ToshDSHI nashriyoti, 2004.

الدكتور فخر صالح قدارة. المفصل في علم العربية. دراسة وتحقيق. – عمان، الأردن. دار عمار للنشر والتوزيع. 1425 ه / 2004 م.