Авторы

  • Gulhayo Mahmudova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.72577

Аннотация

Buxoro davlati 1868-yilda Rossiya imperiyasiga boʻysundirilgach, Buxoro qoʻshinlarining qiyofasida oʻzgarishlar yuz beradi.  Buxoroga rus zobitlari va unter-ofitserlari instruktor sifatida yuborila boshlaydi.


background image

14

ABDULAHADXON DAVRIDA AMIRLIKNING HARBIY HOLATI

Gulhayo Mahmudova

Shahrisabz davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15049026

Buxoro davlati 1868-yilda Rossiya imperiyasiga boʻysundirilgach, Buxoro

qoʻshinlarining qiyofasida oʻzgarishlar yuz beradi. Buxoroga rus zobitlari va unter-ofitserlari
instruktor sifatida yuborila boshlaydi.

1870-yilda Buxoroga tashrif buyurgan kapitan L.F. Kostenko Buxoroning o‘zida

10 mingga yaqin piyoda sarboz va mingtacha to‘pchi borligini qayd etgan. Bundan tashqari
Hisorda 300 tagacha otliq va 3000 tagacha piyoda askarlar joylashtirilgan edi. L.F. Kostenko
piyoda askarlarga anchayin qoniqarsiz deb baho beradi [1].

Buxoro amirligi armiyasida harbiy qurollarning zahirasi nihoyatda past darajada

bo‘lgan. Harbiylarning oʻzi ham yaxshi tayyorgarlik darajasiga ega boʻlmagan. Harbiylar
asosan, berdankalar hamda qilichlar bilan qurollangan. Deyarli hech qanday harbiy bilim va
zamonaviy taktika ko‘nikmalariga ega bo‘lishmagan.

XIX asrning 80-yillari oʻrtalarida Buxoro xonligining qurolli kuchlari zaruratga qarab

chaqiriladigan doimiy qoʻshinlar (lashkarlar) va otliq militsiya (navkarlar)dan iborat boʻlgan.
Muqaddas urush (gʻazot) e’lon qilingan taqdirda, qurol koʻtarishga qodir boʻlgan barcha
musulmon erkaklar xizmatga chaqirilgan.

Rahbar Xoliqova bergan ma’lumotlarga koʻra, 1892-yilda Buxoro amirligi qo‘shinlari

tarkibi 11 ming 400 ta piyoda askarlar, 400 ta otliq askarlardan iborat bo‘lgan. Shuningdek,
amirlikda 2070 ta mirshab va 620 ta to‘pchilar bo‘lishgan bo‘lib, ular ham harbiy xizmatchi
hisoblangan. To‘pchilar qo‘lida 151 ta to‘p va zambaraklar mavjud edi. Ularni saqlash uchun
bir yilga 1 mln. 308 ming rubl miqdoridagi mablag‘ sarflangan. Arxiv hujjatlarida qayd
etilishicha, amirlikda qo‘shinlar soni yildan-yilga kamayib borgan. Masalan, 1874-yilda harbiy
qo‘shin soni 10 ming 840 kishidan iborat bo‘lgan [2].

1885-yilda Buxoro amirligi taxtiga 28 yoshli Abdulahadxon oʻtiradi. U 1910-yilgacha

davlatni boshqargan. Abdulahadxon davrida o‘lim hukmi, qiynoqlar va eng dahshatli jazo
Buxorodagi Minorayi Kalondan tashlab yuborish man etildi. Poraxo‘rlik va ta’magirlik qilgan
amaldorlarni lavozimidan chetlashtirdi. 1886-yilda Amir Abdulahadxon amirlikdagi
zindonlarning bir qismini yopishga buyruq berdi [3]. Buxorodagi chohi-kanaxona koʻmildi.

Abdulahad xonlikdagi harbiy kuchlarga alohida e’tibor bergan. Yoshlik davrida Karmana

begi vazifasini bajarish chog‘ida o‘z garnizonida harbiy mashqlar o‘tkazib, Karmana qal’asini
juda yaxshi holatda tutgan. Buni u yerga tashrif buyurgan rus ofitserlari ham bir necha bor
ta’kidlashgan. 1893-yil Rossiyadan o‘z Vataniga qaytayotgan amir Ashxobodda ruslar
tomonidan o‘qitilgan, malaka jihatdan kazaklardan qolishmaydigan turkman politsiyasini
ko‘rib qoladi. Amir Abdulahadxon “Buxoroyi sharif va unga tutash yerlar aholisi tafakkur-u
zakovatda, zehn-u qobiliyatda turkmanlar va badaviy xalqlardan bir necha baravar ustun,
agar harbiy ilmni tushuntirib, o‘rgatib, tarbiyalaydigan mohir muallim bo‘lsa, Buxoro
harbiylari albatta turkman va kazak bo‘linmalaridan o‘zib ketadilar” deb fikr bildiradi [4]. Va
shundan so‘ng unda Buxoro politsiyasini qaytadan tashkil qilish g‘oyasi paydo bo‘ladi. Oradan
ikki yil o‘tgach, u o‘ylagan ishini amalga oshirdi. 1895-yildan boshlab Buxoro amirligida
politsiya (aholi orasida mirshab) xizmati yo‘lga qo‘yildi [5]. Tarkibi 2000 kishidan iborat
bo‘lgan militsiya amirlikning yirik shaharlarida xizmat qilishi mo‘ljallangan. Abdulahadxon


background image

15

davrida harbiylarga ikki yilda bir juft etik beriladigan bo‘ladi [6].

Keyinchalik amir Abdulahadxonning oʻzi ham qo‘shinning harbiy tayyorgarligini

oshirish va zamonaviy qurollantirish uchun ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Masalan, Rossiya
hukumati Buxoroga o‘qotar qurollarni qisman sotishni cheklaganda, amir o‘z qo‘shinlariga
miltiqlarni

rus

savdogarlari

orqali

sotib

olishni

amalga

oshirdi.

Amir

Abdulahadxon hukmronligi davrigacha harbiy xizmat umrbod davom etib, sarbozlar orasida
hattoki, 90 yoshli xizmatchilar ham mavjud edi. Abdulahadxon hukmronligi davrida sarbozlar
60 yoshgacha harbiy xizmatni o‘tashi, shuningdek, xizmatga yaroqsizlar chetlatilishi belgilab
qo‘yildi.

1908-yilda esa armiya sonini qisqartiradi. Bu paytda armiyada 12 batalyondan iborat

piyoda, ya’ni 8200 sarboz, 52 ofitser va 12 batalyon komandiri, 2 ta otliq eskodriya (600
soldat, 5 ofitser, 2 ta eskodran komandiri) va 300 to‘pchi mavjud edi [7].

Abdulahadxonning hukmronlik yillarida Buxoroda erkak va ayollardan iborat Axborot

idorasi yoki Josuslik mahkamasi faoliyat yuritgan. Tashkilot ishlarini amirning o‘zi nazorat
qilgan [8]. Bundan tashqari mamlakatda ushbu davrda Terskiy otryadi tashkil qilingan.
Ushbu guruh dastlab Karmanadagi amir qarorgohining yaqiniga joylashtirilgan.
Abdulahadxonning rus safari vaqtlarida bu otryad poytaxtdagi Taxti-Chorbogʻ mahallasining
kazarmalaridan qoʻnim topgan [9]. XX asrning 20-yillarida Terskiy otryadi soni yangi tashkil
etilgan “Shefskiy” guruhi bilan birgalikda 10 mingtadan oshib ular uchun amirlikning yozgi
qarorgohi
Sitorai Mohi Xossada harbiy kazarmalar tashkil etilgan. Terskiy jamoasi tashkil etilganidan 2
yil o‘tib 1908-yilda Amir Abdulahadxon Kavkaz kazaklari namunasidagi otliq kazaklar harbiy
qismini tashkil etadi. Dastlab ularning soni 600 kishi boʻlib, 3 baydoqqa bo‘lingan hamda bitta
sarkarda boshchilik qilgan. Ular ham asosan Karmana bekligida 6 oy muddat xizmat qilgan.
Poytaxt Buxoroda ushbu guruhga tegishli 3 ta kazarma mavjud edi.

1904-yilda Amir Abdulahadxon tomonidan Shefskiy qo‘shin guruhiga asos solingan. Bu

guruh amirlikdagi 18-20 yoshli yigitlardan tashkil etilib, dastlab ularning soni 40-50 nafarga
oʻgʻli Olimxon davrida esa 10 mingtagacha yetgan.

Amir Abdulahadxon oʻz hukmronlik yillarida amirlikning harbiy hayotiga, Buxoro

qoʻshinini takomillashtirishga, qo’shin tarkibiga ijobiy o’zgartirishlar kiritishga harakat qildi.
Lekin bu o’zgarishlar bilan armiyaning jangovar ahvoli yetarli darajada oʻnglanmadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

А. Пихтерев «История бухарской армии (1510-1920) – 7-б.

2.

Р.Холиқова Россия ва Бухоро: тарих чорраҳасида. – Тошкент: “O’qituvchi”, 2005. –

165-б.

3.

Қ. Ражабов. Ўзбекистон ХХ асрда. Биринчи жилд. – Тошкент: “Фан” 2024. – 106-б.

4.

Амир Абдулаҳад. Петербург сафари кундалиги. (форс тилидан С. Ғуломов

таржимаси). – Тошкент: 2024. – 102-б.

5.

А. Пихтерев «История бухарской армии (1510-1920).

6.

Самарқанд шахридаги Ўзбекистон маданияти тарихи давлат музейи архиви.

Ҳужжат. № 814. – 2 б.
7.

Жамолова Д. Бухоро амирлигида жадидлар ва қадимчилар фаолияти (XIX аср


background image

16

охири – XX аср бошлари) – Тошкент: Muharrir, 2020. – 42-б.

8.

Сайид Мансур Олимий. Бухоро – Туркистон бешиги. – Бухоро, 2004. – 62-б.

9.

Ю.Шукуриллаев, Б.Ражабов. Бухоро амирлигида қўшин ва ҳарбий иш. – Бухоро:

“Дурдона”, 2019. – 79-б.

Библиографические ссылки

А. Пихтерев «История бухарской армии (1510-1920) – 7-б.

Р.Холиқова Россия ва Бухоро: тарих чорраҳасида. – Тошкент: “O’qituvchi”, 2005. – 165-б.

Қ. Ражабов. Ўзбекистон ХХ асрда. Биринчи жилд. – Тошкент: “Фан” 2024. – 106-б.

Амир Абдулаҳад. Петербург сафари кундалиги. (форс тилидан С. Ғуломов таржимаси). – Тошкент: 2024. – 102-б.

А. Пихтерев «История бухарской армии (1510-1920).

Самарқанд шахридаги Ўзбекистон маданияти тарихи давлат музейи архиви. Ҳужжат. № 814. – 2 б.

Жамолова Д. Бухоро амирлигида жадидлар ва қадимчилар фаолияти (XIX аср охири – XX аср бошлари) – Тошкент: Muharrir, 2020. – 42-б.

Сайид Мансур Олимий. Бухоро – Туркистон бешиги. – Бухоро, 2004. – 62-б.

Ю.Шукуриллаев, Б.Ражабов. Бухоро амирлигида қўшин ва ҳарбий иш. – Бухоро: “Дурдона”, 2019. – 79-б.