Авторы

  • Hoshimjon Ahmedov
    ToshDO‘TAU dotsenti, f.f.n

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.72578

Ключевые слова:

XX asrning 80-90 yillari o‘zbek she’riyati diniy-ma’rifiy badiiy talqin an’ana va o‘ziga xoslik jihatlari.

Аннотация

Mazkur maqolada XX asrning 80 yillaridan boshlab o‘zbek milliy she’riyatida paydo bo‘lgan diniy-ma’rifiy badiiy talqin masalalari haqida so‘z boradi. Nasriy she’rlar misolida shoirlarning individual mahoratlariga e’tibor qaratiladi. Mavzu o‘sha davr an’anasi hamda milliy o‘zlikni qayta anglash jarayoni sifatida tadqiq etiladi.


background image

11

80-90 YILLAR O‘ZBEK SHE’RIYATIDA DINIY-MA’RIFIY TALQIN USLUBINING

PAYDO BO‘LISHI (NASRIY SHE’RLAR MISOLIDA)

Hoshimjon Ahmedov

ToshDO‘TAU dotsenti, f.f.n

Ahmedov.hoshim60@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15048960

Annotatsiya.

Mazkur maqolada XX asrning 80 yillaridan boshlab o‘zbek milliy

she’riyatida paydo bo‘lgan diniy-ma’rifiy badiiy talqin masalalari haqida so‘z boradi. Nasriy
she’rlar misolida shoirlarning individual mahoratlariga e’tibor qaratiladi. Mavzu o‘sha davr
an’anasi hamda milliy o‘zlikni qayta anglash jarayoni sifatida tadqiq etiladi.

Kalit so‘zlar:

XX asrning 80-90 yillari o‘zbek she’riyati, diniy-ma’rifiy badiiy talqin,

an’ana va o‘ziga xoslik jihatlari.

Абстрактный.

В данной стате говорится о вопросах религиозно-просветителской

художественной интерпретатсии, появившихся в узбекской натсионалной поезии с 80-
х годов 20 века. В случае со стихами в прозе внимание уделяется индивидуалному
мастерству поетов. Тема исследуется как традитсия того времени и протсесс
реализатсии натсионалной идентичности.

Ключевые слова:

узбекская поезия 80-90-х годов ХХ века, религиозно-

просветителская художественная интерпретатсия, аспекты традитсии и самобытности.

Abstract.

This article discusses the issues of religious and educational artistic

interpretation that have appeared in Uzbek national poetry since the 1980s. In the case of
prose poems, attention is paid to the individual skill of poets. The topic is explored as a
tradition of that time and a process of realizing national identity.

Keywords:

Uzbek poetry of the 1980s-1990s, religious and educational artistic

interpretation, aspects of tradition and identity.

Kirish.

20 asrning 80 yillaridan boshlab o‘zbek milliy she’riyatida o‘ziga xos yangi davr

boshlandi. Ya’ni, tarixiy davr o‘zgara boshlashi bilan milliy o‘zlikni qayta anglash jarayoni
boshlandi. Shu jarayonda tarixiy va diniy mavzularga murojaat ko‘paydi. Mustamlaka davrida
taqiqda bo‘lgan mavzular ochildi. Maqolada aynan diniy-ma’rifiy badiiy talqin muammolariga
e’tibor qaratildi.

Tahlil, tadqiq va mulohazalar.

Ushbu usuldan muvaffaqiyatli foydalanayotgan

adiblardan eng avvalo Ibrohim G‘afurovning mansuralarini ta’kidlash lozim. “Metafizika”
nomli mansurada muallif Madinada Muhammad alayxissalomga Allohning mo‘jizasi tushib –
Oy ikkiga bo‘linganini majozan boshqa ikki tafsilga muqoyasa qiladi.[1,

G‘afurov I.

Iltijo.

Mansuralar. 13-bet.]. Dostoevskiyning tushida oy uchga bo‘lingan ekan. Va adib bul tush
ta’birini bilmoqchi bo‘ladi. Muallif ta’kidlashicha, “miyasi uch pallaga ajralib ketgan edi
o‘shanda Dostoevskiyning. Uch buyuk romanga ajralgan edi Dostoevskiy. “Yaratganning
mo‘jizasiga shohidlik berib “Anshaqqal al-qamara” degan ul zoti bobarokotning nazdida ham
olam go‘yo Makka va Madinaga ajralgan edi. O‘shal zamon Payg‘ambar alayhissalomga Buyuk
Kitob nozil bo‘la boshlagan edi. “Nahot daho kitoblar yaratilar chog‘da Oy ikkiga bo‘linar?
Kitob xabari kelar?” Bu poetik o‘xshatish, qiyos. Albatta bu o‘rinda Muhammad (s.a.v)ning
buyuk mo‘jizasi qiyoslashga asos bo‘lgan.

“Gul to‘kilguncha” (Qiz maktublari) mansurasida (“Saodat” jurnali 1993 yil, 8–9 son)


background image

12

muallif bir boqira qizning buloq suviday toza, pok niyat va o‘ylari, kechinmalarini, qalb
suvratini chizishda yana shunday pokdamon mo‘min musulmonlarga muhayyo qilinadigan
jannat bog‘lari haqidagi Qur’on surasidan iqtibos keltiradi: “Sizga arzu samo kengligiday bog‘
yaratdi” [2. Qur’oni karim. “Hadid” surasi, 21-bet].

Mansurada bokira qizning muloxazalari juda jonli va o‘zbekona milliy xos ohangda

berilgan. Gulini to‘kmaydigan olma – sadoqatga timsol. Nafis bir tamsil: “Bilasizmi, to‘kmas
ekan gullarini olmalar. Mevasining uchida doim saqlar gulini. Olmada sadoqat bor o‘z guliga.
Odamga juda o‘xshaydi olma”. Buyog‘iga endi sadoqatga vafo bilan yoxud jafo bilan javob
berish har kimning o‘z ixtiyorida: “Birov darxol to‘kib yuboradi gullarini”:

Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin ko‘rmadim?!
Ko‘rgizib yuz mexr, ming dardu balosin ko‘rmadim?! [3. A. Navoiy. Topmadim. G‘azallar.

462 bet].

Yana birov “olmaday so‘ngi damgacha saqlar ehtiyotlab gulini”.
“Xabiba Niso” mansurasida o‘tganlarni yod etib turishdek mo‘min musulmon odamlar

zimmasiga farz qilingan savobi – a’mol zikr qilinadi. Zero, “qabristonni ziyorat qilish – oxiratni
eslatadi”.[4, 96 bet].

Darhaqiqat, har bir zot marxumlarni yod etish orqali o‘z ruxiyati, qalbini poklaydi, fanon

umr qadrini yana bir bora his qiladi: “kimdir g‘oyatda xasta tovush bilan muborak “Mulk”
surasini o‘qirdi. “Farji’-il-basora xal taroyi min. futur. Summa arj’i-il-basara karratayni...”. [5,
422 bet]. Ya’niki, “Ey insonlar, u sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq – yaxshiroq amal qiluvchi
ekanligingizni imtixon qilish uchun o‘lim va hayotni yaratgan zotdir. U qudratli va
mag‘firatlidir”.

Ilohiy kalomlar kishini mas’uliyatga, hushyorlikka, hivzu-himoyat, bedorlikka chorlaydi,

“qulog‘im ushbu ilohiy sadoni ilg‘arkan, birdan yuragim chidamadi... “ Nechun? Chunki inson
Xaqni qancha chuqur va teran anglagan sari bu o‘tkinchi dunyoda o‘tkazgan betaqvo va
behojat o‘tgan har lahzasi uchun iztirob chekadi.

Muqaddas kalomlarni she’rda istifoda etish iqtidorli shoira Qutlibeka ijodida ham

ko‘rinadi. Uning “Meni muhabbatdan axtaring” turkumiga kirgan nasriy she’ri – mansurasida
o‘z o‘rni, qalb tug‘yonlarini anglashga urinayotgan Insonning o‘y-fikrlari beriladi.[6. “Saodat”
jurnali. 1992. 2 son, 4–5-betlar]. Mansuraning tuzilishi ham o‘ziga xos. Shoira insonlar
toifasini uchga ajratadi:

“Karamlik, asosan, uch toifa odamlarni yaratadi.
Bo‘ysunganlar, ko‘nikkanlar:
Bo‘ysunishga, ko‘nikishga chap berganlar:
Birinchisiga Himoya, ikkinchisiga Qarshilik
sifatida yaralganlar.
Uchinchi toifani birov emas, ular o‘zlarini yaratganlar”.
Bu toifaga shoira nazm shaydorlarini kiritadi:
“uchinchi toifa hayoti shafqatsiz, unga ruhiy charchoqlar qabul qilinmaydi”. Shoira ruhiy

iztiroblar aro haqiqat sari yetib keladi:

“Qaysi umidga suyanib o‘rnimdan turay, qidirinaman.
“Ixdinas sirotal mustaqim... “Tilimga shu kalom keladi, ko‘zimga yosh, ko‘nglimga

quyoshli, oyli bir tuyg‘u... Muhabbat bu!”

Mumtoz adiblarimizga xos xudosevarlikni kuzatish mumkin. Turkona she’riyatning


background image

13

mag‘zi – ma’nosi ham shu bo‘lgan asli. Shu maqomdagi she’riyatgina manzur bo‘lgan va
bo‘ladi. Qutlibekaning mansurasida ana shu qutlug‘ va ulug‘ nazmiy ma’rifatga bo‘lgan
yaqinlashishini ko‘rish mumkin:

“Ota-bobomdan meros qolgan ulkan yerda unayotgan ninadek nishdan tortib cho‘qqisi

ko‘kka tegib turgan toqqacha muhabbat...

O‘zbekcha, turkona chirillagan go‘dakdan tortib
Ollohgacha muhabbat...
“Ihdinas sirotal mustaqim...“ Tilim shu kalomga keladi, butunlanaman, ko‘nglimga

ishonch keladi:

Nafrat qilolmagan ishni muhabbat qiladi! Qonni muhabbat poklaydi, qonni muhabbat

birlashtiradi!

“Ixdinas sirotal mustaqim...”. (Bizni shunday to‘g‘ri yo‘lga boshlangki... Fotiha surasidan.

“Qur’oni Karim”, Izohli tarjima, 1992). Tilim shu kalomga keladi, o‘saman, ko‘nglimga hayqiriq
keladi:

Jonlarim, jigarlarim, bag‘irlarim: halokatdan yolg‘iz muhabbat qutqaradi.
...Meni-da endi muhabbatdan axtaring!..

XULOSA.

Mazkur usul nasr va nazm aro mansuralarda ham ko‘zlangandek badiiylikni

yuzaga chiqarishi mumkin. Demak, keyingi paytlarda Qur’oni Karim va Hadisi Sharif
kalimalaridan iqtibos keltirish, istifoda etish an’ana tusiga kirib bormoqda. Aytish mumkinki,
bu usul xali ko‘p yaxshi natijalarni beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Ibrohim G‘afurov. Iltijo. Mansuralar. – Toshkent.: 1991. – 176 b.

2.

Qur’oni Karim. Izohli tarjima. Toshkent: Sharq. – 1992. – 496 b.

3.

Alisher Navoiy. Topmadim. G‘azallar. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashr., 1988. – 784

b.
4.

Axloq – odobga oidadis namunalari. Toshkent. “Fan”, 1990. 96-bet.

5.

Qur’oni Karim. Izohli tarjima. Alouddin Mansur tarjimasi. “Sharq yulduzi”, 1992, 8–9-

son.

Библиографические ссылки

Ibrohim G‘afurov. Iltijo. Mansuralar. – Toshkent.: 1991. – 176 b.

Qur’oni Karim. Izohli tarjima. Toshkent: Sharq. – 1992. – 496 b.

Alisher Navoiy. Topmadim. G‘azallar. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashr., 1988. – 784 b.

Axloq – odobga oidadis namunalari. Toshkent. “Fan”, 1990. 96-bet.

Qur’oni Karim. Izohli tarjima. Alouddin Mansur tarjimasi. “Sharq yulduzi”, 1992, 8–9-son.