52
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANISHINING ILMIY-
NAZARIY ASOSLARI
Xusanova Sarvinoz Zarbullayevna
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Ta’lim nazariyasi va metodikasi(maktabgacha ta’lim)
yo’nalishi MPRE-6U magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.15076217
Annotatsiya:
Ushbu maqolada, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlanishining
ilmiy-nazariy asoslari haqida, bolalar nutqini shakllantirish va rivojlantirish borasida olib
borilgan nazariy va amaliy tadqiqotlar, bola nutqini shakllantirish va rivojlantirish masalasida
so’z borgan.
Kalit so’zlar:
nutq, rivojlantirish, muloqot, ta’sir, o’qitish jarayoni, nutq ko’nikmasi,
fikrlash.
Ajdodlarimiz bilim o’rgatuvchi ustoz faoliyatiga katta ahamiyat bеrganlar. Bu pеdagogik
faoliyatga bo’lgan asosiy talablardan biri edi. Sharq uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri
Abu Nasr Forobiy aqlli, dono va o’tkir fikrlaydigan kishilar to’g’risida shunday dеydi: «Aqlli
dеb shunday kishiga aytiladiki, ular fazilatli, o’tkir mulohazali, foydali ishlarga bеrilgan, zarur
narsalarni kashf va ixtiro etishda zo’r iste’dodga ega; yomon ishlardan o’zini chеtda olib
yuradilar. Bunday kishilarni oqil dеydilar». Ta’lim tizimidagi islohotlar va davlat tili
to‘g‘risidagi qonun bolalar nutqini shakllantirish, xususan, maktabgacha katta yoshdagi
bolalar nutqini o‘stirish metodikasi va amaliyotida o‘zgarishlar bo‘lishini taqozo etadi. Bu
o‘zgarishlar me’yoriy o‘quv metodik adabiyotlarda muayyan darajada o‘z aksini topgan. Lekin,
ularga hozirgi talablar nuqtayi nazaridan tanqidiy yondoshmoq talab etiladi.Metodist
olimlarning ko‘pchiligi bolalar bog‘chalarida bolalarning nutqini o‘stirish shartlarini to‘g‘ri
ta’kidlaydilar. Mazkur mualliflarning fikricha, nutq madaniyatining kamchiliklari bola
shaxsiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, bola tengdoshlari bilan muloqotda qo‘rs,
odamovi, quntsiz bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, bunday bolada tevarak-atrofni o‘rganishga
bo‘lgan qiziqish pasayadi, keyinchalik esa maktabda darslarni o‘zlashtira olmaslikka sabab
bo‘ladi. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev shaxsning har tomonlama
kamol topishi va farovonligi, manfaatlari ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta‘sirchan
mexanizmlarini yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish
mamlakatda amalga oshirilayotgan pedagogik ta‘lim islohotlarining asosiy maqsadi kuchli
raqobatbardosh pedagogik mutaxassis kadrlarni tayorlash – deb aytgan, fikrlari xalqning boy
intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot,
fantexnika va texnologiyaning yangi yutuqlarini salohiyatli maktabgacha ta‘lim
mutaxassislarni tayyorlashning yangi tizimini rivojlantirish O’zbekiston Respublikasida
maktabgacha ta‘lim taraqqiyotining muhim shartlaridan biri bo’lib qoldi. Zero,
jamiyatimizning ma‘naviy yangilanishida, ijtimoiy yo’naltirilgan maktabgacha ta‘lim
jarayonini rivojlantirishda jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta‘minlaydigan demokratik
huquqiy davlat qurish, maktabgacha ta‘lim sohasida pedagogik kadrlar tayyorlashning milliy
masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o’ynaydi. Maktabgacha ta‘limning asosiy vazifasi
bolalarni maktabda ta‘lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Ya‘ni, bolalar maktabgacha
ta‘limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko’nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning
53
nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat ko’rsatishi
talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali
to’g’ri ifodalashi o’zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish,
umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo’lishi zarur.
Bola nutqini shakllantirish va rivojlantirish masalasi pedagogikaning asosiy
muammolaridan boʻlib kelgan. Darhaqiqat, bolalar nutqining shakllanashi bir qancha omillari
bogʻliq va ularni tahlil qilish mazkur muammoning yechimiga nisbatan toʻgʻri yondashuvni
ta’minlaydi. Mazkur omillar sifatida oila va ta’lim muassasasidagi muhit, bolaning ruhiy holati,
imkoniyatlari, jismoniy salomatligi, faolligi, axloqiy va estetik sifatlarini keltirish mumkin. Olib
borilgan ilmiy ish va tahlil hamda tavsif etish boshlangʻich ta’lim yoshidagi bolalar nutqini
takomillashtirishning ilmiy asoslari va tadqiq etish darajasini aniqlash imkoniyatini beradi.
Boshlangʻich ta’lim yoshidagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish
mamlakatimizda oʻtgan asirning 50-yillarida boshlangan. Xalq ogʻzaki ijodi, shubhasiz, bola
tarbiyasida, xususan, ularning nutqini rivojlantirishda katta imkoniyatlar va juda boy
qadriyatlarga ega soʻz san’ati turidir. Xususan, uning ertak, afsona, rivoyat, tez aytish,
topishmoq, maqol kabi janirlari oʻquvchi-yoshlarning dunyoqarashini, tasavvurini, tafakkur
imkoniyatlarini, xotirasini, ruhiyatini, nutqini tarbiyalashda bemisl ahamiyatga ega ekanligi
mazkur janrlarning oʻziga xosligi va ichki imkoniyatlarida namoyon boʻladi. Insoniyat
taraqqiyoti tadrijida til, nutq va tafakkurning ahamiyati katta. Til ong va tafakkur bilan
chambarchas bogʻliq. Bu ikki tushuncha bir-birini taqozo etadi va biri ikkinchisiz mavjud boʻla
olamaydi. Tafakkur jarayoni ongimizda til elementlari koʻrinishida kechadi. Demak, til ong va
tafakkur bilan chambarchas bogʻliq.
Nutq til bilan bogʻliq hodisa boʻlib, uning takomili tildagi leksik birliklarning insonning
tezkor xotirasidan oʻrin olishi va uning nutq jarayonida tezkor qoʻllay olishi va uning nutq
jarayonida tezkor qoʻllay olish qobiliyatiga bogʻliq. Bu esa soʻzga e’tibor, badiiy mutolaa, turli
ijtimoiy munosabatlar vosiyasida hosil boʻladigan lingvo-psixologik koʻnikmalar boʻlib, unga
ichki va tashqi omillar vositasida ta’sir qilish mumkin.
Bolalar nutqini shakllantirish va rivojlantirish borasida olib borilgan nazariy va amaliy
tadqiqotlar nutqiy faoliyatning yaxshilanishida ragʻbatning kuchaytirishiga sabab boʻlmoqda.
Nutqiy faoliyat nutqiy harakatlar bilan yaxlitlik kasb etganda samarali muloqot jarayoni qaror
topadi. Ularda verbal va noverbal muloqot shakllaridan oʻrinli va unumli foydalanish nutqning
ta’sirchanligini oshirishi isbotlangan. Oʻzbek ma’rifatparvarlaridan biri Abdulla Avloniyning
serqirra ijodiy faoliyatida ta’lim va tarbiya masalasi alohida oʻrin egallaydi. Abdulla Avloniy
oʻz asarlarida ilm olish muoammosini birinchi oʻringa qoʻyadi. Avloniy ilm tarbiya jarayonida
oʻzlashtiriladi, u yaxshini yomondan, ezgulikni yovuzlikdan, joizni nojoizdan farqlash imkonini
beradi, deb hissoblaydi. Oʻqish va oʻqitish uslubiga isloh kiritishi, yangi maktablarning tashkil
qilinishi, oʻquvchilarga zamonaviy bilimlar berish, sharq va gʻarb tillarini oʻrgatish kabi
masalalarning ta’lim amaliyotiga kiritilishi Abdulla Avloniy nomi bilan bogʻliq.
R.M. Qodirovaning tadqiqotlarida esa 5-6 yoshli bolalar nutqini Rus tilini oʻqitish
jarayonida rivojlantirishning omillari tadqiq etilga. Xususan, bolalarning nutqini
rivojlantirishning pedagogik-psixologik omillari, bolalarga Rus tilini diologik nutq vositasida
oʻqitishning uslubiyati, rus tilini oʻqitish jarayonida bolalarda baynalminallik va
vatanparvarlik fazilatlarini shakillantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, mazkur
tadqiqotchilar tomonidan bolalar nutqini rivojlantirishning amaliy jihatlari, hususan, bolalar
54
hikoyalarini tasniflash, xikoya oʻqish ( tinglash ) jarayonining nutqni shakillantirishdagi roʻli,
tevarak-atrofdagi predmetlarni tavsiflash, adabiy asoslarni hikoya qilib berish, rasimga qarab
hikoya qilish, shaxsiy va jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya qilish kabi omillar
tavsiflangan. Shunday ekan, maktabgacha va boshlangʻich ta’limda nutqni shakllantirish va
rivojlantirish borasidagi ishlarning integratsiyasini ta’minlash, dasturlardagi uzviylik
masalalarini qaytadan koʻrib chiqish maqsadga muvofiq. Bunda, maktabgacha ta’limda nutqni
shakillantirish bilan bogʻliq: fikrni ifodalay olish, bogʻliqli nutq koʻnikmalari, boshlangʻich
ta’limda esa uni rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq; boshlangʻich
ta’limda yana rasm asosida hikoya tuzish, badiiy matnni qayta hikoya qilib berish, til
elementlarining grammatik tabiatiga ham e’tiborni qaratish qoʻl keladi. Yuqorida bildirilgan
fikrlarga koʻra, Avloniyning pedagogik qarashlarida bolalar nutqiy faoliyatini rivojlantirish
masalasi badiiy adabiyot bilan bogʻliqlikda qaraladi.
Bola nutqining taraqqiyoti 3 ta asosiy davrga boʻlinadi. Birinchi davr nutqni
o’zlashtirishdan oldingi davr boʻlib, mazkur davr bolaning 2 oylik davridan taxminan 11 oylik
davriga toʻgʻri keladi. Ikkinchi davr tilni dastlabki oʻzlashtirish davri boʻlib, 11 oylikda
taxminan 1 yoshu 7 oylik davrigacha davom etadi. Uchinchi davrini tilning grammatik
tuzilishini oʻzlashtirish davri deb atash mumkin. Maktabgacha yosh - bu bolaning nutqini
rivojlantirish uchun sezgir davr, shuning uchun ona adabiy tilni bilish asosida ogʻzaki nutq va
ogʻzaki muloqot koʻnikmalarini shakllantirish MTT pedagog-tarbiyachilarning yetakchi
faoliyatidir. Aynan shuning uchun ham bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotida
pedagogtarbiyachilar nutqiga yuqori talablar qo‘yilmoqda va pedagog tarbiyachilarning nutq
madaniyatini oshirish muammosi maktabgacha ta’lim sifatini oshirish kontrkstida koʻrib
chiqilmoqda.Pedagog - tarbiyachi nutqiga quyidagi talablar qo‘yiladi: - ona tilingizdagi barcha
tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish; - tovushlarni aniq talaffuz qilish va artikulyatsiya qilish,
so‘zlarning oxirini va iboradagi har bir sòzni aniq talaffuz qilish; - nutqning intonatsion
ekspressivligi vositalaridan foydalanish (ovoz kuchi, ritm, temp, mantiqiy urgʻu, pauzalar); -
bolalar bilan muloqot qilishda nutqni biroz sekinroq va o‘rtacha hajmda ishlating; - suhbatda
do‘stona ohangdan foydalaning. Yuqoridagi talablar pedagog- tarbiyachi tomonidan og‘zaki
bo‘lmagan muloqot vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, uning nafaqat bola bilan gaplasha olish,
balki uni eshitish qobiliyatini ham o‘z ichiga oladi.Bola hayoti kattalar hayoti va faoliyatiga
uyg‘unlashgan bo‘ladi. Ayni paytda bolada unga ta'sir o‘tkazish uchun biron-bir o‘ziga xos
insoniy vositaga mavjud bo‘lmaydi. Bu mazkur rivojlanishning asosiy genetik vazifasi -
kichkintoylarda katta odam bilan muloqotga kirishish qobiliyati va vositalarini
shakllantirishdan iboratdir. Emotsional-erkin muloqot - ushbu yoshdagi yetakchi faoliyat turi
hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, bola nutqini rivojlantirish har doim muhim masala
sifatida qaralgan. Shu sababdan ham bolalar nutqini rivojlantirish masalasikeng qamrovliva
koʻp omillar pedagogik muammo sifatida ilmiy jamoatchilikning e’tiborini koʻpdan beri jalb
qilib kelmoqda. Ularda muammo turli xil aspektlarda tadqiq qilingan. Ayniqsa, bu borada
rus pedagog olimlarining xizmati katta boʻlib, mahalliy tadqiqotchilar tomonidan hali amalga
oshirilishi lozim boʻlgan tadqiqotlar talaygina. Shubhasiz, bolalar nutqini rivojlantirish
masalasini turli kurslar orqali tadqiq qilinishi oʻzining nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyatga
ham ega.
55
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
D.R. Babayeva ―Nutq o‗stirish nazariyasi va metodikasi‖ O‗zbekiston Respublikasi adliya
vazirligi huzuridagi ―Intellektual mulk agentligi‖.-Т.: 2020yil. (electron darslik).
2.
Qodirova F.R., Qayumova N.M., Ag’zamova M.N. “Maktabgacha pedagogika” Toshkent-
2020 –yil
3.
F.R. Qodirova «Nutq o’stirish metodikasi» O‗UM T.; 2012yil.(elektron)
4.
Qodirova R.M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning ruhiy
omillari. 1998-yil.