Авторы

  • Manzuraxon Mo`minova
    Renessans talim universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.73235

Ключевые слова:

Pedagogika sifatli ta`lim ilmiy salohiyat raqamli iqtisodiyot xalqaro ta`lim

Аннотация

Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri – mehnat bozorining ehtiyojlariga mos keluvchi malakali kadrlar tayyorlashdir. Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish uchun professional ta’lim tizimini isloh qilish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqolada professional ta`limning dolzarbligi haqida so`z boradi.


background image

37

YANGI O`ZBEKISTONDA “PROFESSIONAL TA`LIM” NING DOLZARBLIGI VA

UNING AHAMIYATI

Mo`minova Manzuraxon Komiljon qizi

Renessans talim universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15074354

Annotatsiya:

Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri – mehnat

bozorining ehtiyojlariga mos keluvchi malakali kadrlar tayyorlashdir. Mamlakat
iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini
rivojlantirish uchun professional ta’lim tizimini isloh qilish dolzarb masalalardan biri bo‘lib
qolmoqda. Ushbu maqolada professional ta`limning dolzarbligi haqida so`z boradi.

Kalit so`zlar:

Pedagogika, sifatli ta`lim, ilmiy salohiyat, raqamli iqtisodiyot, xalqaro

ta`lim

Abstract:

One of the main directions in the development of New Uzbekistan is the

training of qualified personnel that meet the needs of the labor market. Reforming the
vocational education system remains one of the pressing issues in order to enhance the
competitiveness of the country's economy and develop the industrial and service sectors. This
article discusses the relevance of vocational education.

Key words:

Pedagogy, quality education, scientific potential, digital economy,

international education.

KIRISH

Millatning millat bo`lishida ta`limning o`rni haqida doimo bong urib nutqlar o`qiladi. XXI

asr texnologiyalar davrida yoshlar orasida ta`limga bo`lgan qiziqish oldingi o`n yillikka
qaraganda susaygandek. Ayni zamonda, dunyoda g`oyaviy – mafkuraviy urush ketayotgan
chog`da yoshlarning ta`limga nisbatan qiziqishlarini oshirish va yetuk ilmli, salohiyatli
kadrlarni yetishtirish asosiy vazifa bo`lib qolmoqda. Prezidentimizning Oliy Majlisga
Murojaatnomasida mamlakatimizda 2020-2021 o'quv yilidan boshlab kadrlar malakasini
xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida Milliy malaka tizimini ishlab
chiqish, yurtimizda 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etish
bo'yicha aniq vazifalar belgilab berilgan edi. Shu munosabat bilan 2024-yil sentabr oyida
kasb-hunar maktablari va kollejlar negizida 600 ta texnikum tashkil etilib, ularning 14 tasida
Britaniyaning BTEC dasturi joriy etildi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda
professional ta'lim tizimi takomillashtirilib, mehnat bozori ehtiyojlariga mos kadrlar
tayyorlash imkoniyatlari kengaytirildi.

Malaka tizimi rivojlangan davlatlarda sinovdan o'tgan, mehnat bozori, professional

ta'lim, kasbga o'qitish va o'rgatish tizimining uyg'unlashuvi sifatida muvaffaqiyat qozongan.
Bu esa, o'z navbatida, mehnat bozori bilan ta'lim sohasi integrasiyasini ta'minlashga xizmat
qiladi. Bu erda gap nafaqat mahalliy mehnat bozori, balki xorijda mehnat qilayotgan
yurtdoshlarimizning mutaxassis sifatidagi obro`yi, xalqaro talablarga mosligi, xorijda ham
nufuzli joylarda mehnat qila olishi, munosib ish haqiga ega bo'lishi, qolaversa, butun boshli
millat imiji haqida bormoqda. Xorijga ish izlab ketayotgan aksariyat migrant yurtdoshlarimiz
qurilish, obodonlashtirish, qishloq xo'jaligida yuqori malaka talab etmaydigan, og'ir, kam ish
haqi to'lanadigan, xalq iborasi bilan aytganda, “qora mehnat” bilan shug'ullanmoqda. Shu bois,
professional ta'lim tizimida mutaxassislarga yuqori malaka berish bosh maqsadga aylanishi
kerak. Juda ko'p mamlakatlarda zamonaviy milliy malaka tizimi joriy etilgan, korxonalarning


background image

38

professional standart talablari asosida ishga qabul qilishi qat'iy belgilab qo'yilgan.

"Milliy malaka tizimi qonuni" deganda, asosan mamlakatimizda kasbiy tayyorgarlik va

malaka oshirish tizimini tubdan modernizatsiya qilish, mehnat bozorining talablariga javob
beradigan yuqori sifatli kadrlar tayyorlash va ularning xalqaro darajadagi tan olinishi maqsad
qilingan huquqiy-huquqiy hujjat tushuniladi. Aynan shu masala bo`yicha ,,O‘zbekiston
Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida``
qarori qabul qilingan. Bu nimaga kerak degan savolga to`xtaladigan bo`lsak, mamlakatimiz
milliy malaka tizimi xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilib, xorijiy tajriba va ilg‘or
metodikalarga asoslanadi. Bu, ayniqsa, fuqarolarimizning xorijiy mehnat bozoridagi
raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Professional standart — ish beruvchining har bir ish o'rni yoki unga da'vogar

bajaradigan mehnat vazifalari tafsiloti, tajriba, kasbiy mahorati tavsifi, tasnifi (mehnat
faoliyati natijasida etishtirayotgan, ishlab chiqarayotgan mahsulot hamda ko'rsatayotgan
xizmatlarining sifati) belgilangan me'yoriy hujjat. U o'zida xodimning bilim, ko'nikma va
imkoniyatlarini aks ettiradi. Yana bir muhim jihati shundaki, professional ta'lim standartida
xodimning malaka darajasi aniq belgilangan bo'ladi. Eng asosiysi, ana shu malaka darajasi
xodimning o'sishi va keyingi ixtisoslashuv darajasi yuksalishiga pillapoya bo'lib xizmat qiladi.
Professional ta'lim dasturlarining mazmuni, ta'lim natijalari, ta'limning sifati shu me'yoriy
asoslarga muvofiq shakllantiriladi. Bu tizim biz tayyorlayotgan mutaxassislarning ham
mahalliy, ham xorijiy mehnat bozori o'zgarishlariga moslasha olishiga imkoniyat yaratadi.
Ustiga-ustak, ayni paytda mehnat bozorida raqobat muhiti ancha keskinlashgan,
korxonalarning ishchi yoki mutaxassis yo`llash tizimlari takomillashgan, talablar mutlaqo
o'zgargan. Bu holatni oddiy qilib tushuntiradigan bo'lsak, endi ish beruvchi faqat diplom bilan
kifoyalanmayapti. Ish beruvchi tasdiqlangan malaka darajasi, baholangan layoqatlilikni talab
qilyapti. Qolaversa, bugun mehnat bozorida raqobatning asosiy sharti ham shu. Bu o'rinda ish
beruvchi korxona bilan ta'lim muassasalarining munosabati muhim ahamiyatga ega. Bu
munosabat va maqsadlar uyg'unlashtirishning yagona formati bo'lgan professional ta'lim
standartlarida o'z aksini topadi. Ish beruvchi professional ta'lim tizimida ham buyurtmachi,
ham pudratchi vazifasini bajarishi kerak. Chunki professional ta'lim standarti ish beruvchi
tomonidan qo'yiladigan malaka talablarining barcha jihatlarini o'zida mujassamlashtiradi. Bir
so'z bilan aytganda, ish beruvchi ta'lim beruvchiga ishonchli hamkor bo'lishi kerak.

Xulosa

Milliy malaka tizimining qabul qilinishi, professional ta'lim standartlarining joriy etilishi

yoshlarimizning professional o'sish yo'nalishlarini belgilab olishlariga imkon yaratadi, o'z
istiqbolini yuksaltirish, umuman aytganda, ertangi kunga qat'iy ishonch paydo qiladi. U,
ayniqsa, investitsiya dasturlari asosida yangi texnologiyalar kirib kelayotgan sohalar,
korxonalar, mehnat migrantlari sifatida xorijga ketayotgan yoshlarimiz uchun muhim
ahamiyatga ega. Bir so'z bilan aytganda, Milliy malaka tizimi yoshlarimiz potentsialini
oshiradi, mehnat bozoridagi imkoniyatlarni kengaytiradi, raqobatbardoshlikni ta'minlaydi.
Bugun professional ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning istiqboli, samara va
natijasi ish beruvchi va ta'lim muassasasining o'zaro hamkorligiga, ishlab chiqarish va o'quv
jarayonining uzviyligi, milliy malaka tizimining muvaffaqiyatli joriy etilishi, mukammal
professional standart va sifatli ta'limga bog'liq. Bu tizimning muvaffaqiyatli joriy etilishi yaqin
istiqboldagi taraqqiyotimiz jadallashuvini ham belgilaydi.


background image

39

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

“Professional

ta’lim

tizimini

yanada

takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6- sentabrdagi PF-5812-
son Farmoni.

2.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

“Professional

ta’lim

tizimini

yanada

takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6- sentabrdagi PF-5812-
son Farmoni.

3.

PROFESSIONAL TA’LIM - INNOVATSION TA’LIM TIZIMINING ASOSI Ma’ruf

Olimovich Muqimov Academic Research in Educational Sciences

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6- sentabrdagi PF-5812-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6- sentabrdagi PF-5812-son Farmoni.

PROFESSIONAL TA’LIM - INNOVATSION TA’LIM TIZIMINING ASOSI Ma’ruf Olimovich Muqimov Academic Research in Educational Sciences