Авторы

  • Maxfuza Omonillayeva
    O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.73236

Ключевые слова:

ijtimoiy-emotsional ta’lim o‘zini anglash o‘quv faoliyati adabiy matn emotsional savodxonlik konfliktlar.

Аннотация

Bugungi kunda ta’lim faqatgina akademik bilimlarni o‘rgatish bilan cheklanib qolmay, balki o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarini (SEL) rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratmoqda. O‘zbek mentaliteti, oila va jamiyat qadriyatlarini hisobga olgan holda, yosh avlodni nafaqat bilimli, balki ijtimoiy jihatdan yetuk, emosional jihatdan barqaror shaxs qilib tarbiyalash muhim hisoblanadi. Ushbu maqolada siz ijtimoiy-emotsional ta’lim(SEL) va uni rivojlantirishda badiiy matnlar ustida ishlashda  samarali  metodlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.


background image

34

IJTIMOIY-EMOTSIONAL TA’LIM VA UNI ADABIY MATNLAR ORQALI

TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI

Omonillayeva Maxfuza Ilyosjon qizi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi doktoranti

mahfuzaomonullayeva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15068372

Annotatsiya:

Bugungi kunda ta’lim faqatgina akademik bilimlarni o‘rgatish bilan

cheklanib qolmay, balki o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarini (SEL)
rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratmoqda. O‘zbek mentaliteti, oila va jamiyat qadriyatlarini
hisobga olgan holda, yosh avlodni nafaqat bilimli, balki ijtimoiy jihatdan yetuk, emosional
jihatdan barqaror shaxs qilib tarbiyalash muhim hisoblanadi. Ushbu maqolada siz ijtimoiy-
emotsional ta’lim(SEL) va uni rivojlantirishda badiiy matnlar ustida ishlashda samarali
metodlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

ijtimoiy-emotsional ta’lim, o‘zini anglash, o‘quv faoliyati, adabiy matn,

emotsional savodxonlik, konfliktlar.

Hozirgi global dunyoda insonlar o‘rtasidagi munosabatlar murakkablashib borayotgan

bir paytda, yosh avlodning ijtimoiy-emotsional jihatdan yetuk bo‘lishi ularning kelajakdagi
muvaffaqiyatlari uchun muhim omildir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ijtimoiy-emotsional
ko‘nikmalarga ega bolalar akademik jihatdan ham yuqori natijalarga erishadi, ijtimoiy
moslashuvchan bo‘ladi, kelajakda yetakchilik sifatlarini namoyon etadi va psixologik
barqarorlikka ega bo‘ladi. Ijtimoiy-emotsional ta’lim (IET) shaxsning ijtimoiy va emotsional
ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim jarayoni hisoblanadi. Bu ko‘nikmalar
talabalarning o‘zini anglash, boshqalar bilan samarali muloqot qilish, muammolarni hal qilish,
qarorlar qabul qilish va ijtimoiy o‘zaro munosabatlar o‘rnatishda muhim ahamiyatga egadir.
Ijtimoiy-emotsional ta’limni rivojlantirish maqsadida turli davlatlarda dasturlar, darsliklar
ishlab chiqilmoqda. AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Singapur kabi davlatlarda SEL bo‘yicha
ta’lim dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular bolalarning empatiya, o‘zini anglashi, stressni
boshqarish, muloqot qilish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Xalqaro
tashkilotlar, xususan, UNESCO, UNICEF va CASEL (Collaborative for Academic, Social, and
Emotional Learning) SELni ta’lim tizimining muhim elementi sifatida ko‘rsatib, uni o‘quv
dasturlariga integratsiya qilishni tavsiya etmoqda. Ijtimoiy-emotsional ta’lim dasturlari
asosan bolalar, o‘quvchilar, o‘qituvchilar, talabalar va hatto butun jamoalarga qaratilgan bo‘lib,
ularning emotsional va ijtimoiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.

Ijtimoiy-emotsional ta’limning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- o‘zini anglash: o‘z his-tuyg‘ularini tushunish, ularni identifikatsiya qilish va shaxsiy his-

tuyg‘ularga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish;

- o‘zini boshqarish: stress, g‘azab yoki hayajon kabi his-tuyg‘ularni boshqarish, ijobiy

fikrlar va xatti-harakatlarni shakllantirish;

- ijtimoiy ong: boshqalarining his-tuyg‘ularini, ehtiyojlarini va nuqtai nazarlarini

tushunish, empatiya va madaniy farqlarga hurmat;

- ijtimoiy ko‘nikmalar: samarali muloqot, konfliklarni hal qilish, guruhda ishlash va ijobiy

munosabatlarni qurish;

- mas’uliyatli qaror qabul qilish: turli ijtimoiy vaziyatlarda ma’naviy va axloqiy qarorlar


background image

35

qabul qilish, oqibatlarni baholash va to‘g‘ri tanlovlar qilish.

Ijtimoiy-emotsioal ta’lim dasturlari ta’lim oluvchilarni o‘z his-tuyg‘ularini tanib,

boshqarish va ijtimoiy vaziyatlarga moslashish imkonini beradi. Ta’lim oluvchilarni jamoada
ishlash, boshqalar bilan samarali muloqot qilish va ijtimoiy vaziyatlarda ijobiy munosabatda
bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ijtimoiy-emotsional ta'limni ta’lim tizimiga integratsiya
qilish, nafaqat ta’lim oluvchilarning individual rivojlanishiga, balki butun jamiyatda yanada
ijobiy ijtimoiy aloqalar va samarali jamoalarni yaratishga yordam beradi. Ijtimoiy-emotsional
ta’limni amalda qo‘llash uchun turli xil faoliyatlar, mashqlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan
ba’zilarini ko‘rib chiqamiz:

1. Tadqiqot va o‘yinlar: O‘quvchilarga turli ijtimoiy vaziyatlar yoki muammolarni o‘yinlar

orqali hal qilishni o‘rganish imkoniyatini beradi.

2. Emotsional savodxonlik mashqlari: O‘quvchilarni his-tuyg‘ularni aniqlash va ularga

mos munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi.

3. Guruh faoliyatlari: O‘quvchilarga birgalikda ishlash, muammolarni hal qilish va

samarali muloqot o‘rnatish imkonini yaratadi.

4. Tadqiqot va refleksiya: O‘quvchilar o‘z xatti-harakatlari va hissiyotlarini tahlil qilishni,

shuningdek, o‘zgarishlar kiritish uchun qanday o‘rganish mumkinligini o‘rgatadi.

Ijtimoiy-emotsional ta’limning muhim jihatlaridan biri - konfliktlarni hal qilish va

ijtimoiy-ijobiy muloqotni rivojlantirish. Boshlang‘ich ta’lim talabalari darslarida ijtimoiy-
emotsional ta’limni amalga oshirish, o‘quv faoliyati davomida empatiya, o‘zini ifodalash,
guruhda ishlash, konfliktlarni hal qilish va mas’uliyatli qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarni
rivojlantirish orqali talabalarni yanada barqaror, ijobiy fikrlashga o‘rgatadi. Hozirgi kunda
O‘zbekistonda ta’limni yangilash jarayonida SELni rivojlantirishda bolalar adabiyoti, badiiy
matnlar muhim rol o‘ynaydi. Chunki, adabiyot orqali ta’lim oluvchilarga insoniylik, hamdardlik,
ijobiy muloqot, muammolarni hal qilish kabi muhim qadriyatlarni singdirish mumkin. Ammo
amaliyotda bu jarayon hali to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan. Shuning uchun SELni rivojlantirishning
ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish va uni bolalar adabiyoti orqali ta’limga joriy etish
dolzarb masalalardan biridir.

Talabalarni badiiy adabiyot orqali ijtimoiy-emotsional

ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali deb tan olingan bir necha metodlarni ko‘rib chiqamiz.

1. Refleksiv o‘qish metodi.

Bu metodda

talabalarlar o‘qigan hikoya yoki roman

qahramonlarining his-tuyg‘ularini tushunishlari uchun savol-javob daqiqasi tashkil qilinadi.
Talabalarga beriladigan savollar mazmuni aynan qahramon holatlariga qaratilgan bo‘lishi
lozim:

1. Shu vaziyatda qahramon o‘zini qanday his qilgan?
2. Agar siz shu vaziyatda uning o‘rnida bo‘lsangiz, qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?
3. U nima uchun bunday qildi?

2. Rolga kirish metodi.

Talabalar kitobda berilgan muayyan sahnalarni jonlantirishadi

va qahramonning his-tuyg‘ularini o‘zida his qilishadi.

Bu usul empatiya va ijtimoiy

muammolarni tushunish qobiliyatini rivojlantiradi.

3. Fikrlar doirasi metodi.

O‘quvchilar o‘z fikrlarini avval mustaqil o‘ylab ko‘radilar,

keyin juftlikda muhokama qilib, guruh bilan baham ko‘radilar.

Qahramonlarning his-

tuyg‘ularini tahlil qilish, muammolarga yechim topish. Bu metodda salbiy qahramonlarga
nisbatan talabalarni “oqlovchi” va “qoralovchi” guruhlarga bo‘lib tashkil qilsa ham bo‘ladi.

4. Adabiy terapiya metodi.

Talabalarga o‘z his-tuyg‘ulariga o‘xshash vaziyatlarni o‘z


background image

36

ichiga olgan kitoblarni tavsiya qilish.

Kitob orqali qiyin vaziyatlardan chiqish yo‘llarini

tushunishga yordam berish. Bunda talabalarni qiziqtirgan mavzudagi kitoblar tanlanadi.

5. Debatlar va munozaralar metodi.

Talabalar kitobdagi axloqiy va ijtimoiy muammolar

bo‘yicha munozaralar tashkil qilish.

Masalan, “Qahramon to‘g‘ri ish qildimi yoki yo‘q?” degan

savollar asosida bahslashish, qahramonlar va vaziyatlarni muhokama qilish.

6. Ijtimoiy hikoya yaratish metodi.

Talabalar o‘qigan asarlaridan ilhomlanib, o‘zlarining

hayotiy tajribalariga asoslangan hikoyalar yozishadi. Bunda talabalar o‘qishi uchun adabiyotlar
tanlab beriladi.

Bu metod o‘quvchilarning his-tuyg‘ularini ifodalash va tushunish qobiliyatini

oshiradi.

7. San’at va emotsiyalar mertodi.

Talabalar kitobdagi hissiy holatllarni rasm, musiqa

yoki drama orqali ifodalaydilar.

Masalan, qahramonning hissiy holatini (xafa, xursand,

ajablangan, umidsiz, hijolatli) surat orqali tasvirlash.

Bu metodlar o‘quvchilarda ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni, jumladan, empatiya, o‘zini

boshqarish, hamkorlik va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini shakllantirishga yordam
beradi. Bu metodlar adabiyotlarning mavzusi, mazmuni, g‘oyasiga e’tibor bergan holda
tanlanadi. Dastur doirasida berilgan adabiyotlar orqali talabalarning hissiy ko‘nikmalari
shakllantiriladi. Adabiyotni o‘qib, uni mazmunini tushunib, qayta so‘zlash bilan birga, asardagi
vaqealarni tahlil qiladi, qahramonlarning qarorlarini, vaziyatlarini his qilishadi. Bu talabalarda
nafaqat, o‘zlarining ijtimoiy-emotsional ko‘nikmlarini rivojlantirishda balki, o‘qituvchilik
faoliyatida o‘quvchilarda ham SEL ta’limini rivojlantirishga katta yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» yangi tahrirdagi Qonuni. // Xalq so‘zi.

2020, 23-sentyabr. № 128
2.

Bordovskaya N., Rean A. Pedagogika. Universitetlar uchun darslik. – Sankt-Peterburg: "Peter"

2011.
3.

Gessen S.I. Pedagogika asoslari. – M., 2015 yil

4.

Mamasoli Jumaboyev Bolalar adabiyoti. Darslik – T.:O‘qituvchi, 2004-y

5.

O. Safarov, R. Barakayev va B. Jamilova “Bolalar adabiyoti”.Darslik T-2022-y

6.

B. S. Jamilova “O'zbek bolalar adabiyoti”.O‘quv qo‘llanma – T.: “Noshir”, 2019-yil

7.

Julianne Norman, Matthew C.H. Jukes, Elizabeth Randolph, Patience Sowa, and Karon Harden

“Promoting Social and Emotional Learning in the Classroom”-2021-y
8.

Durlak, Joseph A., Celene E. Domitrovich, Roger P. Weissberg, and Thomas P. Gullotta (eds.).

Handbook of Social and Emotional Learning: Research and Practice. The Guilford Press, 2015, 634
p.
9.

Elias, Maurice J., Steven E. Tobias, and Brian S. Friedlander.

Emotionally Intelligent

Parenting: How to Raise a Self-Disciplined, Responsible, Socially Skilled Child.

Harmony, 1999, 320

p.
10.

Schonert-Reichl, Kimberly A., and Robert W. Roeser (eds.).

Handbook of Mindfulness in

Education: Integrating Theory and Research into Practice.

Springer, 2016, 394 p.

11.

Greenberg, Mark T., Roger P. Weissberg, Mary Utne O'Brien, Joseph E. Zins, and Maurice J.

Elias.

Social and Emotional Learning: A Guide to School-Based Strategies.

American Psychological

Association, 2003, 272 p
12.

www. google.uz

13.

www. ref.uz

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» yangi tahrirdagi Qonuni. // Xalq so‘zi. 2020, 23-sentyabr. № 128

Bordovskaya N., Rean A. Pedagogika. Universitetlar uchun darslik. – Sankt-Peterburg: "Peter" 2011.

Gessen S.I. Pedagogika asoslari. – M., 2015 yil

Mamasoli Jumaboyev Bolalar adabiyoti. Darslik – T.:O‘qituvchi, 2004-y

O. Safarov, R. Barakayev va B. Jamilova “Bolalar adabiyoti”.Darslik T-2022-y

B. S. Jamilova “O'zbek bolalar adabiyoti”.O‘quv qo‘llanma – T.: “Noshir”, 2019-yil

Julianne Norman, Matthew C.H. Jukes, Elizabeth Randolph, Patience Sowa, and Karon Harden “Promoting Social and Emotional Learning in the Classroom”-2021-y

Durlak, Joseph A., Celene E. Domitrovich, Roger P. Weissberg, and Thomas P. Gullotta (eds.). Handbook of Social and Emotional Learning: Research and Practice. The Guilford Press, 2015, 634 p.

Elias, Maurice J., Steven E. Tobias, and Brian S. Friedlander. Emotionally Intelligent Parenting: How to Raise a Self-Disciplined, Responsible, Socially Skilled Child. Harmony, 1999, 320 p.

Schonert-Reichl, Kimberly A., and Robert W. Roeser (eds.). Handbook of Mindfulness in Education: Integrating Theory and Research into Practice. Springer, 2016, 394 p.

Greenberg, Mark T., Roger P. Weissberg, Mary Utne O'Brien, Joseph E. Zins, and Maurice J. Elias. Social and Emotional Learning: A Guide to School-Based Strategies. American Psychological Association, 2003, 272 p

www. google.uz

www. ref.uz