92
MANFAATLAR TOʻQNASHUVI KORRUPSIYA OMILLARIDAN BIRI SIFATIDA
Roʻzimov Zafar Zokir oʻgʻli
Xorazim viloyati
Maxsus Loyiha Qurilish Taʻmir Davlat ilmiy ishlab chiqarish
Birlashmasi Xududiy boʻlimi yuriskonsulti
rozimovzafar24@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15093732
Annotatsiya:
Mazkur maqolada manfaatlar toʻqnashuvi korrupsiya omillaridan biri
sifatida ekanligi bilan bogʻliq masalalar tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada manfaatlar
toʻqnashuvini hal qilishning umumiy yondashuvlari ham bayon etilgan.
Kalit soʻzlari:
Davlat xizmatchilari, davlat xaridlari, deklaratsiya, jamoat manfaatlari,
zarar yetkazish, manfaatlar, toʻqnashuv, korrupsiya, omillar.
КОНФЛИКТ ИНТЕРЕСОВ КАК ОДИН ИЗ ФАКТОРОВ КОРРУПЦИИ
Рузимова Зафара Зокир угли
Хорезмская область Специальный Проект Строительство Ремонт
Государственное научное производство
Территориальный отдел объединения
юрисконсульт
rozimovzafar24@gmail.com
Аннотация:
В данной статье анализируются вопросы, связанные с тем, что
конфликт интересов является одним из факторов коррупции. Кроме того, в статье
изложены общие подходы к разрешению конфликта интересов.
Ключевые слова:
Государственные служащие, государственные закупки,
декларация, общественные интересы, причинение вреда, интересы, конфликт,
коррупция, факторы.
CONFLİCT OF İNTEREST AS ONE OF THE FACTORS OF CORRUPTİON
Ruzimov Zafar Zakir ugli
Khorezm Region Special Project Construction Repair
State scientific production Territorial Department of the Association
legal counsel
rozimovzafar24@gmail.com
Abstract:
This article analyzes issues related to the fact that conflict of interest is one of
the factors of corruption. In addition, the article outlines general approaches to resolving
conflicts of interest.
Keywords:
Civil servants, public procurement, declaration, public interests, harm,
interests, conflict, corruption, factors.
Korrupsiyaning asosini tashkil qiluvchi omillardan biri, bu manfaatlar toʻqnashuvi
muammosidir. Davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida ishlovchi barcha
darajadagi mansabdor shaxslar oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvi kelib chiqishi mumkin. Shu
sababli davlat hokimiyati tizimidagi manfaatlar toʻqnashuvini ijobiy hal qilish hozirgi davrda
korrupsiyaga qarshi kurashning muhim vazifalaridan biri boʻlib turibdi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi
OʻRQ-931-sonli Qonuning 3-moddasiga asosan, “manfaatlar toʻqnashuvi
—
shaxsning shaxsiy
93
(bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning oʻz lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim
darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda
shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning
huquqlari, qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud
manfaatlar toʻqnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan (ehtimoliy manfaatlar
toʻqnashuvi) vaziyatdir”
1
.
Manfaatlar toʻqnashuvini nazorat qilish - davlat xizmatchilari tomonidan topshiriladigan
deklaratsiyalardan foydalanishning eng keng tarqalgan maqsadi ekanligini aks ettiradi.
Manfaatlar toʻqnashuvi – davlat xizmatchisining shaxsiy manfaatlari uning rasmiy vazifalari
yoki funksiyalarini bajarishida salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy-huquqiy
majburiyatlar va davlat xizmatchisining shaxsiy manfaatlari oʻrtasidagi ziddiyatdir
2
.
Manfaatlar toʻqnashuvining mavjudligi maʼlum bir mansabdor shaxsning korrupsiyaga
aloqadorligini anglatmaydi. Bu faqat mansabdor shaxsning ish majburiyati bilan shaxsiy
manfaatilari oʻrtasidagi ziddiyatli holatni anglatadi, masalan, korxonaga davlat xaridlarini
amalga oshirish imkonini beruvchi shartnoma korxona raxbarining yaqin qarindoshlari
tomonidan imzolanishi.
Davlat xizmatchisi jamoat manfaatlarini shaxsiy manfaatidan ustun qoʻyishi mumkin,
ammo vasvasaga berilib, jamoat manfaatlariga zarar yetkazish xafvi mavjud boʻladi. Bundan
tashqari manfaatlar toʻqnashuvi boʻlgan vaqtda qilingan qarorlar jamoatchilikning bunday
harakatlarga boʻlgan ishonchini pasaytirishi mumkin.
Haqiqiy manfaatlar toʻqnashuvini aniq manfaatlar toʻqnashuvidan ajratish lozim, chunki
“davlat xizmatchisining shaxsiy manfaatlari uning funsional vazifalarini bajarishga salbiy
taʼsir koʻrsatishi mumkin degan fikr boʻlib, aslida bu sodir boʻlmasligi ham mumkin.
Shuningdek, “agar davlat xizmatchisi manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan
shaxsiy manfaatlarga ega boʻlsa, ushbu davlat xizmatchisi kelajakda tegishli rasmiy vazifalarni
(yaʼni shaxsiy manfaatlari bilan zid boʻlgan) bajarishi kerak boʻlgan holatlarda potensial
manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishi mumkin”
3
.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasining 7-moddasi 4-
bandida “har bir ishtirokchi davlat ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq
shaffoflikni taʼminlaydigan va manfaatlar toʻqnashuvini oldini oladigan tizimlar yaratish,
saqlash va mustahkamlaga intiladi” deb koʻrsatilgan.
Biroq manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish uchun aniq siyosatni ishlab chiqish milliy
chiqaruvchilarning vazifasidir.
Manfaatlar toʻqnashuvini hal qilishning umumiy yondashuvlariga quyidagilar kiradi: a)
umuman manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash va hukumat amaldorlariga ularni tan olishga va
muayyan vaziyatlarda qaror qabul qilishdan tiyilishga koʻrsatma berish; b) rasmiy vazifalarni
bajarishi bilan mos kelmaydigan bir qator vaziyatlarni aniqlash (masalan, ayrim erkin
faoliyatni taqiqlash va mansabdor shaxsning qaror qabul qilishiga taʼsir qiladigan shaxslar
1
Oʻzbekiston Respublikasining
2024-yil 5-iyundagi
“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi
OʻRQ-931-sonli Qonuni.
https://lex.uz/docs/6952742
2
Managing Conflict of Interest in the Public Service OECD guidelines and country experiences 2003, p. 24. [elektron
manba] https://www.oecd.org/gov/ethics/48994419.pdf
3
Managing Conflict of Interest in the Public Service OECD GUIDELINES AND COUNTRY EXPERIENCES 2003, p. 58.
[elektron manba] https://www.oecd.org/gov/ethics/48994419.pdf
94
toifasini belgilash) v) manfaatlar toʻqnashuvini kutgan holda, jamoatchilik nazorati davlat
amaldorlarini shaxsiy manfaatlari qarshi jamoatchilik yoʻlida harakat qilishga majbur qilishiga
kutish bilan manfaatlar toʻqnashuvini oshkor qilish (bu yondashuv koʻpincha parlament
aʼzolari va boshqa siyosiy lavozimlarga qoʻllaniladi);
“Manfaatlar toʻqnashuvi” boʻyicha koʻplab tadqiqotlar ham mavjud. Davlat xaridlari
sohasida D.I.Dedov nuqta nazaridan olib qaraydigan boʻlsak, “...manfaatlar toʻqnashuvi”
tushunchasi qonun bilan qoʻriqlanadigan va boshqa shaxsning harakatlari bilan bajarilishi
lozim boʻlgan prinsipal tomonidan vakolat berilgan shaxs va ushbu vakolatli shaxsning
shaxsiy manfaatlari oʻrtasidagi qarama-qarshilikdir”
4
.
Manfaatlar toʻqnashuvi tushunchasini I.S.Shitkina “...manfaatlarning buzilishi faktining
oʻzi emas, balki bunday manfaatlar buzilishi mumkin boʻlgan vaziyatlarning vujudga kelish
imkoniyati”,– deb taʼkidlaydi
5
. Manfaatlar toʻqnashuvi huquqqa xilof harakatning oqibati
emas, balki sababi boʻlib hisoblanadi, bu esa manfaatlar toʻqnashuvi uchun javobgarlikni
belgilashni istisno etadi
6
.
Shunday qilib, manfaatlar toʻqnashuviga yuridik konflikt emas, balki unga ishora sifatida
qarash mumkin. Shundan kelib chiqib hozirgi kunda huquq fanida manfaatlar toʻqnashuvi
yoʻnalishini alohida shakllantirish zaruriyati mavjud. Chunki, bu yoʻnalish umumiy huquq
nazariyasi, shuningdek yuridik fanlarning fuqarolik huquqi, protsessual huquq, maʼmuriy
huquq nazariyasi tarmoqlari doirasida ham ajratib koʻrib chiqilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunining 14-moddasida
“Manfaatlar toʻqnashuvi bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaatdorlik shaxsning mansab yoki
xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatadigan yoxud taʼsir koʻrsatishi
mumkin boʻlgan hamda uning shaxsiy manfaatdorligi bilan davlat xaridlari subyektlarining
huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga keladigan yoxud yuzaga
kelishi mumkin boʻlgan har qanday vaziyatdir, shuningdek afillanganlikning mavjud
boʻlishidir...”, – deyilgan.
Shu sababli, davlat xaridlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida ishtirokchilarga
shartnomalarni tuzishda qoʻyiladigan talablardan biri manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl
qoʻymaslik hisoblanadi.
Qonunchilikka koʻra, xarid ishtirokchilari xarid qilish tartib-taomillarini amalga
oshirishda boshqa xarid subyektlarning huquq va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan
hamda ushbu huquqlar va qonuniy manfaatlarni cheklaydigan har qanday manfaatlar
toʻqnashuvi koʻrinishlarining oldini olishi shart.
Moliya bilan bogʻliq barcha sohalarda manfaatlar toʻqnashuvi eng katta korrupsiya
omillaridan biri boʻlib, davlat xaridlari ham bundan mustasno emas. Bu xaridlarning har
qanday taraflari (buyurtmachi, buyurtmachining vakillari, vakolatli organ, buyurtmachi
komissiyasi aʼzolari, xarid ishtirokchilari - umuman olganda, qandaydir tarzda taʼsir
koʻrsatadigan barcha kishilar) shaxsiy va ishbilarmonlik manfaatlari nuqtayi nazaridan davlat
xaridlarining asosiy tamoyiliga - sogʻlom raqobatni saqlashga xalaqit beradi.
Bunday munosabatlar toʻgʻri yoki yon shajara boʻyicha qarindoshlikda vujudga kelishi
4
Дедов Д. И. Конфликт интересов: монография. М.: Вольтерс Клувер, 2004. 288 с.
5
Корпоративное право / Под ред. И.С. Шит-киной. — М., 2009. — С. 287.
6
Дедов Д.И. Конфликт интересов. — М., 2004. —С.
95
mumkin.
Masalan, mahsulot yetkazib beruvchi tashkilot direktori oʻz ukasining oʻgʻli, tuman
hokimi oʻrinbosari bilan kelishib, keyingi kimoshdi savdosida aynan uning tashkiloti gʻolib
boʻlishiga kelishadi.
Dunyoning bir qator rivojlangan mamlakatlari, xususan Belgiya, Ispaniya, Latviya, Malta,
Gollandiya, Portugaliya, Fransiya kabi davlatlar qonunlarida manfaatlar toʻqnashuvi mustaqil
jinoyat sifatida talqin etiladi
7
.
Xulosa qiladigan boʻlsak, koʻpgina Yevropa mamlakatlarida manfaatlar toʻqnashuvi
tushunchasi va uning oldini olish mexanizmlari davlat xizmati toʻgʻrisidagi umumiy qonunlar
bilan belgilanadi.
Masalan, Polshada “Davlat xizmati toʻgʻrisida”gi, “Davlat funksiyalarini bajaruvchi
shaxslarning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishni cheklash toʻgʻrisida”gi qonunlar,
Avstriyada “Davlat xizmati toʻgʻrisida”gi qonun va Jinoyat kodeksi, Islandiyada “Davlat
boshqaruvi toʻgʻrisida” qonun va Gretsiyada “Davlat xizmati toʻgʻrisida” kodeks. Shu bilan
birga, Sharqiy Yevropaning baʼzi davlatlarida va postsovet mamlakatlarida manfaatlar
toʻqnashuvi toʻgʻrisida maxsus qonunlar qabul qilingan (Serbiya, Xorvatiya, Latviya, Litva,
Moldova, Qirgʻiziston)
8
.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi
OʻRQ-931-sonli Qonuni. https://lex.uz/docs/6952742
2.
Managing Conflict of Interest in the Public Service OECD guidelines and country
experiences 2003, p. 24. [elektron manba] https://www.oecd.org/gov/ethics/48994419.pdf
3.
Bryn Williams-Jones. A Procedure for Managing Conflict of Interest When Forming
Thesis Juries P.15.
4.
Дедов Д. И. Конфликт интересов: монография. М.: Вольтерс Клувер, 2004. 288 с.
5.
Корпоративное право / Под ред. И.С. Шит-киной. — М., 2009. — С. 287.
6.
Дедов Д.И. Конфликт интересов. — М., 2004. —С.5.
7
Bryn Williams-Jones. A Procedure for Managing Conflict of Interest When Forming Thesis Juries P.15.
8
AxmetovA N. Konflikt interesov na gosudarstvennoy slujbe. Vlast. 2013. №12. –S. 124.