81
DINGA MUNOSABAT XORAZM VILOYATI MATBUOTIDA
Atamuratova Dilafruz Rashidovna
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
“Tarix” kafedrasi dotsenti
97 510 84 33
https://doi.org/10.5281/zenodo.15087338
Annotatsiya.
E’tiqodning birlashtiruvchilik fuksiyasidan xavfsiragan davlat dinga qarshi
targ‘ibotda aynan matbuotdan foydalandi. Musulmonlarning muqaddas diniy bayramlarini
nishonlashni ta’qiqlabgina qolmay, Ittifoq hukumati ushbu bayramlarning paydo bo‘lishini o‘z
qarichi bilan o‘lchab gazetalarda yoritib bordi. Qurbon hayiti bayramining go‘yoki “reaksion
rolini fosh etdi”. Maqolada Xorazm viloyati matbuotida dinga munosabat masalasi 1940-1941-
yillar davriy nashrlari asosida ko‘rib chiqildi.
Kalit so‘zlar:
davriy nashr, matbuot, dinga munosabat, diniy bag‘rikenglik, xudosizlar
“davlat siyosati”.
ОТНОШЕНИЕ К РЕЛИГИИ В ПРЕССЕ ХОРЕЗМСКОЙ ОБЛАСТИ
Атамуратова Дилафруз Рашидовна
Ургенчский государственный университет
имени Абу Райхана Беруни
Доцент кафедры Истории
97 510 84 33
Абстрактный.
Государство,
опасаясь
объединяющей
функции
веры,
использовало
прессу
для
распространения
антирелигиозной
пропаганды.
Правительство Союза не только запретило празднование священных мусульманских
религиозных праздников, но и активно способствовало появлению этих праздников в
своих газетах. Он якобы «разоблачил реакционную роль» праздника Курбан-байрам. В
статье рассматривается вопрос отношения к религии в Хорезмской региональной
прессе на основе периодических изданий 1940-1941 годов.
Ключевые слова:
периодическое издание, пресса, отношение к религии,
религиозная толерантность, «государственная политика» атеистов.
ATTITUDE TOWARDS RELIGION IN THE PRESS OF KHOREZM REGION
Atamuratova Dilafruz Rashidovna
Associate Professor of the Department of “History” of the
Urgench State University named after Abu Rayhon Beruni
97 510 84 33
Annotation.
The state, fearing the unifying function of faith, used the press in its anti-
religious propaganda. Not only did it prohibit the celebration of the holy religious holidays of
Muslims, but the Union government measured the emergence of these holidays with its own
scale, covering them in newspapers. It allegedly “exposed the reactionary role” of the holiday
of Kurban-e-Khait. The article examines the issue of attitude to religion in the press of
Khorezm region based on periodicals of 1940-1941.
Keywords:
periodical, press, attitude towards religion, religious tolerance, atheists'
82
"state policy".
Matbuotda e’lon qilingan maqolalar o‘sha davlatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ijtimoiy
hayotining ko‘zgusi hisoblangan. Sovet Ittifoqining nafaqt plyuralizm g‘oyasiga qarshi
ekanligi, balki diniy bag‘rikenglikni ya’ni vijdon erkinligi, e’tiqodni “illat” sifatida qarashi bu
davlatning haqiqatda ham totalitarizm asosiga qurilganligiga yana bir bor amin bo‘lamiz.
E’tiqodning birlashtiruvchilik fuksiyasidan xavfsiragan davlat dinga qarshi targ‘ibotda aynan
matbuotdan foydalandi. Musulmonlarning muqaddas diniy bayramlarini nishonlashni
ta’qiqlabgina qolmay, Ittifoq hukumati ushbu bayramlarning paydo bo‘lishini o‘z qarichi bilan
o‘lchab gazetalarda yoritib bordi. Qurbon hayiti bayramining “reaksion rolini fosh etdi”
1
.
Viloyatda ateist – xudosizlar “davlat siyosati” doirasida qo‘llab-quvvatlangan, hatto
Viloyat jangchi ateistlar ittifoqi kengashining viloyat bo‘ylab 400 atrofida guruhlari bo‘lib,
ularga a’zolar soni 1941 yil holatiga ko‘ra 12,500 nafarni tashkil etgan
2
. Joylarda dinga qarshi
maxsus ma’ruzalar tashkil etilgan, ma’ruzalar “Kommunizm va din” mavzulari doirasida
bo‘lgan
3
.
Matbuotda doimiy olib borilgan targ‘ibotlardan biri dinga qarshi olib borilgan. Bu
targ‘ibot yetarlicha matbuotda ochib berilmasa gazeta redaksiyasi qattiq tanqid ostiga
olinganligini uchratamiz. Jumladan, “Xorezmskaya pravda” gazetasi 1941 yili dinga qarshi
targ‘ibotni yetarli darajada olib bormayotgan Xiva va Shovot tumani gazetalari haqida xabar
beradi
4
.
Gurlan tumani “Kolxozchilar ovozi” gazetasining 1942 yildagi redaktori P.Ochilovning
“Xorazm haqiqati” gazetasida “Agitatsiyaning kuchi” mavzusidagi maqolasi e’lon qilingan
5
.
Bunda tumandagi Eshimjiron qishloq sovetidagi “O‘zKP(b) VII s’ezdi” nomli kolxoz agitatsiya
bilan shug‘ullanuvchi jamoasi siyosiy-agitatsiya ishlarini namunali tarzda olib borilayotganligi
haqida hikoya qilinadi.
Sovet davlatida islom, xristian dinlari – ibtidoiy dinlarga qiyoslanadi, hukmdorlar
o’zlarini yerdagi xudoning noiblari deb e’lon qiladi. “Dinga qarshi bolshevistik propagandani
kuchaytiraylik” maqolasidan “Din- kommunizm dushmani bo‘lib, reaksion sinflarning
manfaatlarini himoya qiluvchi, mehnatkashlar ommasini revolyusion kurashlardan chetga
tortuvchi va ommani zaharlovchi jirkanch vositadir. Hamma dinlar singari islom dini ham ,
uning xurofotlari ham ekspluatator sinflarning ommani ezishda ishlatadigan quroldir” deb
qaraladiyu O‘zK(b)Pning IX syezdi dinga qarshi targ‘ibotni yanada kuchaytirish masalasini
o‘rtaga qo‘yadi. Yuqoridagi maqolada Xorazmda “Kurashchan xudosizlar soyuzi” o‘z
faoliyatini yanada yaxshilashi, bunda soyuz rahbari Ataev, Shovot tumani bo‘limi raisi
Sodiqova tanqid qilinadi. Kutilgan natijaga erishish uchun esa dinga qarshi propaganda
ishlarida intellengensiya – ziyolilar katta kuchligi, undan unumli foydalanish zarurligi
1
Хорезмская правда. Возникновение и реакционная роль Курбан-Хаита. № 8. 9 января 1941 г. С.2. //
Хорезмская правда. Возникновение и реакционная роль Курбан-Хаита (Окончание). №10. 12 января 1941 г. С.4.
2
Хорезмская правда. Работа областного Совета СВБ (Шире антирелигиозную пропаганду). № 68. 21 марта 1941
г. С.2.
3
Хорезмская правда. Антирелигиозные лекции (Шире антирелигиозную пропаганду). № 68. 21 марта 1941 г.
С.2.
4
Хорезмская правда. На высокую ступень антирелигиозную пропаганду. № 6. 7 января 1941 г. С.1.
5
Хоразм ҳақиқати. Агитациянинг кучи. № 156. 1942 йил 11 август. Б.2.
83
uqtirilgan
6
. Shu o‘rinda “Dinga qarshi kurashni o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yilmasin”
maqolasida 1940 yilga qadar 255 ta xudosizlar jamiyati yacheykalari mavjudligi, ularga
a’zolar 10 mingga yetgani, birgina 1939 yilda 119 ta ma’ruza o‘tkazilib, unda 4751 kishi
ishtirok etgani, 1940 yilning birinchi kvartalida “din va diniy sarqitlarga qarshi” 300 ta
ma’ruza tashkil etilib, ishtirokchilar soni 9 mingdan oshgani xabar qilinadi. Hatto Toshsaqo
kanalining Gurlan tarmog‘i qurilishida band bo‘lgan quruvchilar bilan 19 marotaba suhbatlar
o‘tkazilib, 7 mingga yaqin kanalchi bu suhbatlarga jalb qilingan. Bu maqolada Mang‘it
tumanining “Stalinchi”, Xonqa tumanining “Qurilish”, Yangiariq tumanining “Lenin yo‘li” dinga
qarshi targ‘ibot-tashviqot ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani, “Stalinchi” va “Qurilish”
gazetalarida dinga qarshi “bir mazmunli xabar bosilgan emas” deb xabar beriladi
7
. Xazarasp
tumanining “Stalin yo‘li” gazetasiga redaktorlik qilayotgan Yaxshiboev ham dinga qarshi
kurash mazmunidagi “Dinga qarshi kurashishimizga jangovor ko‘ruk kuni” maqolasida tanqid
qilinadi. Mazkur gazetaga ham “dinga qarshi propaganda, agitatsiya to‘g‘risida hech narsa
yozilmaydi” deya baho berilgan. Ushbu maqolada xudosizlar jamiyati “Din va uning kelib
chiqishi”, “Din va fan”, “Din – kommunizm dushmani” mavzularida “ilmiy leksiyalar
o‘tkazildi
8
” deb xabar beriladi.
Eng achinarlisi insonlarning diniy bag’rikenglik huquqi – tolerantlik, bu davr siyosatiga
to’liq bo’ysundiriligan. Matbuotda e’lon qilib borilgan , maqolalar, targ’ibot va chaqiriqlar
shundan dalolat beradiki, 1943-yilga qadar ya’ni O’zbeksitonSSRda musulmonlar idorasi
ochilgunga qadar diniy bilim, din – xurofot sifatida qaralgan. Biroq keyingi davrlarda ham bu
holatlar takrorlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Xarazm haqiqati. Dinga qarşi bolşevistik propagandani kucajtirajlik. № 96. 1940 yil 26
aprel. B.1.
2.
Xarazm haqiqati. Dinga qarşi kuraşni ozibolarcilikka taşlab qojilmasin. № 104. 1940 yil 8
may. B.2.
3.
Xarazm haqiqati. Dinga qarşi kuraşişimizga C(quyqruqini qo’y)aƞgavar koruk kuni. №
106. 1940 yil 10 may. B.2.
4.
Хорезмская правда. На высокую ступень антирелигиозную пропаганду. № 6. 7
января 1941 г. С.1.
5.
Хорезмская правда. Возникновение и реакционная роль Курбан-Хаита. № 8. 9
января 1941 г. С.2. // Хорезмская правда. Возникновение и реакционная роль Курбан-
Хаита (Окончание). №10. 12 января 1941 г. С.4.
6.
Хорезмская правда. Работа областного Совета СВБ (Шире антирелигиозную
пропаганду). № 68. 21 марта 1941 г. С.2.
7.
Хоразм ҳақиқати. Агитациянинг кучи. № 156. 1942 йил 11 август. Б.2.
6
Xarazm haqiqati. Dinga qarşi bolşevistik propagandani kucajtirajlik. № 96. 1940 yil 26 aprel. B.1.
7
Xarazm haqiqati. Dinga qarşi kuraşni ozibolarcilikka taşlab qojilmasin. № 104. 1940 yil 8 may. B.2.
8
Xarazm haqiqati. Dinga qarşi kuraşişimizga C(quyqruqini qo’y)aƞgavar koruk kuni. № 106. 1940 yil 10 may. B.2.