Авторы

  • Zulfiya Ibragimova
    Toshkent shahar yuridik texnikumi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.73448

Ключевые слова:

oila xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari “Ayol ma’rifati” AQSh Turkiya

Аннотация

Mazkur maqolada oila va xotin-qizlar siyosatini rivojlantirishda jamoatchilik kengashlarining roli, ular amalga oshirayotgan chora-tadbirlar, xalqaro tajribalar, jumladan, AQSh va Turkiya mamlakatlarining yondashuvlari tahlil qilingan. Statistik ma’lumot va misollar orqali kengashlarning oila, ta’lim, mehnat bozori va gender masalalariga oid vazifalari tahlil qilinib, tavsiyalar keltirilgan. Maqola jamiyatda xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan amaliy fikrlarni o‘z ichiga oladi.


background image

70

OILA VA XOTIN-QIZLAR SIYOSATINI RIVOJLANTIRISHDA JAMOATCHILIK

KENGASHLARINING ROLI

Ibragimova Zulfiya Mudarifovna

Toshkent shahar yuridik texnikumi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15083708

Annotatsiya:

Mazkur maqolada oila va xotin-qizlar siyosatini rivojlantirishda

jamoatchilik kengashlarining roli, ular amalga oshirayotgan chora-tadbirlar, xalqaro tajribalar,
jumladan, AQSh va Turkiya mamlakatlarining yondashuvlari tahlil qilingan. Statistik ma’lumot
va misollar orqali kengashlarning oila, ta’lim, mehnat bozori va gender masalalariga oid
vazifalari tahlil qilinib, tavsiyalar keltirilgan. Maqola jamiyatda xotin-qizlar huquq va
imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan amaliy fikrlarni o‘z ichiga oladi.

Kalit so‘zlar:

oila, xotin-qizlar, jamoatchilik kengashlari, “Ayol ma’rifati”, AQSh, Turkiya

Abstract:

This article examines the role of public councils in developing family and

women's policies, focusing on their measures and international experiences, particularly those
of the USA and Türkiye. By analyzing statistical data and examples, the article highlights the
councils' tasks in areas such as family, education, labor markets, and gender issues.
Recommendations are provided to strengthen women's rights and opportunities in society,
offering practical insights for social development.

Kew words:

family, women, community councils, “Women’s Enlightenment”, USA,

Türkiye.


Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, uning barqarorligi va farovonligi mamlakat

taraqqiyotining muhim omillaridan biridir. Keyingi yillarda xotin-qizlar masalasiga davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-208-sonli farmoni hamda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”
gi qarori bu yo‘nalishdagi muhim qadamlardan bo‘ldi. Shu asosda, O‘zbekiston Respublikasi
Oila va xotin qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi to‘g‘ridan to‘g‘ri Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi.
Ushbu qonun hujjatlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining
maqomi, asosiy vazifa va funksiyalari, huquq va burchlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish
va hisobot berish tartibi qayd etilgani bilan ham ulkan ahamiyatga ega. Xususan, Farmonda
qator masalalarni hal etishga qaratilgan chora tadbirlar qatorida ilmiy va amaliy tadqiqotlar
natijalari asosida erkaklar va xotin qizlar teng huquqliligini ta’minlash bo‘yicha davlat organlari
va tashkilotlari hamda jamiyatda qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Oila va xotin-qizlar
ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilishi va uning
asosiy vazifalari belgilab berilishi xotin-qizlarga bo‘lgan e’tiborning oshib borayotganining
amaliy isbotidir. Jumladan, yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqot jarayonida Shavkat Mirziyoyev
xotin-qizlarning kontrakti davlat tomonidan qoplab berilayotgani hisobiga talaba qizlar soni 11
karra ko‘payganini aytib, “men bir hayotiy fikrni takrorlashdan charchamayman: bitta qizni
o‘qitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz. Oila bilimli, ma’rifatli bo‘lsa, butun jamiyat bilimli,
ma’rifatli bo‘ladi. Bu boradagi ishlarni yanada jadal davom ettiramiz”, – ta’kidladi.


background image

71

Shu nuqtayi nazardan, xotin-qizlar siyosatini takomillashtirishda jamoatchilik

kengashlarining ham o‘z o‘rni va mas’uliyatlari oshib, alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu
maqolada Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida tashkil etilgan “Ayol ma’rifati” jamoatchilik
kengashining faoliyati tahlil qilinib, AQSh va Turkiya tajribalari asosida xalqaro yondashuvlar
ham o‘rganiladi.

Jamoatchilik kengashlarining

asosiy vazifalari va ularning o‘rni

O‘zbekistonda “Ayol

ma’rifati” jamoatchilik kengashi oila va xotin-qizlar qo‘mitasining doimiy faoliyat yurituvchi
organi sifatida ishlaydi. Ular oila mustahkamligini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va
imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha muhim dasturlarni amalga oshiradi. Xususan, ushbu
kengash quyidagilarni amalga oshirib borishni nazarda tutadi:
1.

Ayollar ma’rifatini oshirish va gender tengligini ta’minlashga qaratilgan loyiha va

dasturlarni ishlab chiqish;
2.

Oila qadriyatlarini targ‘ibot qilish, milliy tarbiya usullarini zamonaviy yondashuvlar bilan

uyg‘unlashtirish;
3.

Ayollarni ta’lim va ilmiy faoliyatga keng jalb qilish orqali ularning jamiyatdagi rolini

mustahkamlash.

“Ayol ma’rifati” jamoatchilik kengashi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va

qonunlari asosida faoliyat yuritadi va o‘z qarorlarini tavsiyanoma sifatida jamoatchilikka
taqdim etadi.

Dunyo hamjamiyatida ham bunday kengashlar doimiy ravishda o‘z faoliyatini olib boradi,

ular bir-biridan ish uslubi, vazifa, maqsad va hokazo nuqtai nazardan farq qilishlari mumkin.
Jumladan, jahonning qator davlatlari qatorida AQSh va Turkiyada ham xotin-qizlar masalasiga
alohida yondashadigan qo‘mita va tashkilotlar mavjud. Masalan, AQSh tajribasida quyida
nomlari keltirilgan turli davlat va nodavlat tashkilotlar bu mamlakatdagi gender tengligini
ta’minlash va xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalariga birdek
yondashadi:

Milliy xotin-qizlar tashkiloti

(NOW – National Organization for Women) 1966 yilda

tashkil topgan bo‘lib, u AQShdagi eng yirik xotin-qizlar tashkilotlardan biridir. U xotin-
qizlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tengligini ta’minlashga qaratilgan turli kampaniyalar va
dasturlarni amalga oshiradi. NOW reproduktiv huquqlar, gender tengligi, zo‘ravonlikka qarshi
kurash va boshqa masalalarda olib borgan faoliyatlari bilan tanilgan, jumladan, uning web-
sahifasida “NOWning asosiy maqsadi – feminizm g‘oyalarini ilgari surish, jamiyatda ijobiy
o‘zgarishlarga yetakchilik qilish, kamsitishni yo‘qotish va ayollar hamda qizlarning ijtimoiy,
siyosiy va iqtisodiy hayotdagi teng huquqlarini ta’minlash va himoya qilish uchun faol harakat
qilishdir”, deb yozilgan.

Milliy xotin-qizlar huquqlari markazi

(National Women’s Law Center – NWLC) 1972-

yilda tuzilgan bo‘lib, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va ularning imkoniyatlarini
kengaytirishga qaratilgan huquqiy tadqiqotlar va advokatlik faoliyatini olib boradi. U ta’lim, ish
joyida tenglik, reproduktiv huquqlar va sog‘liqni saqlash kabi sohalarda siyosatni
shakllantirishda va sud jarayonlarida ishtirok etadi. Jumladan, uning web-sahifasida quyidagi
yozuv qayd etilgan: “Bizning yetakchiligimizda gender adolati qadriyatlarini markazga
qo‘yuvchi qonunlar, siyosatlar va ijtimoiy madaniyat uchun kelajak tasavvurini va yechimlarini
ilgari surilmoqda”.


background image

72

Amerika ayollari assotsiatsiyasi universiteti

(American Association of University

Women – AAUW) 1881-yilda tashkil etilgan. U ta’lim va teng imkoniyatlar orqali xotin-
qizlarning hayotini yaxshilash borasida ishlar olib borishga intiladi. Shuningdek, bu tashkilot
stipendiyalar, tadqiqotlar va advokatlik orqali xotin-qizlarning ta’lim olishlari va kasbiy
rivojlanishlariga ko‘maklashishi bilan tanilgan. Assosiyatsiyaning web-sahifasida uning
ko‘magida so‘nggi ikki yil ichida 145 000 nafar xotin-qizlar o‘qitilgani, hozirgacha muzokara
dasturlari orqali tayyorlangan jami ishtirokchilar soni 176 000 nafardan ortgani hamda
uyushmaning kelgusi strategik rejalari qayd etilgan.

Umuman olganda, AQShning xotin-qizlar siyosatini rivojlantirish bo‘yicha alohida

e’tiborga molik jihati – gender masalalarini davlat byudjeti orqali qo‘llab quvvatlashidir. Misol
uchun, 2020-yilda o‘tkazilgan statistik tadqiqotga ko‘ra, AQShda ayollar mehnat bozorining
47% qismini tashkil etadi, shundan 75% ayollar oilaviy majburiyatlarni ham bir vaqtning o‘zida
bajaradi. Yuqorida nomlari kelgan tashkilotlar xotin-qizlarning huquqlari, sog‘lig‘i va
imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan turli amalga oshirgan faoliyatlari bilan mamlakatda
yaxshi tanilgan. Ularning rasmiy web-saytlari orqali batafsil ma’lumotlarni olish mumkin.

Turkiya tajribasida xotin-qizlarni qo ‘llab-quvvatlash va ularning huquqlari masalasida

“Ayollar va oila xizmatlari boshqarmasi” (Kadın ve Aile Hizmetleri Dairesi Başkanlığı) muhim
rol o‘ynaydi. U oila instituti mustahkamligini ta’minlash va ayollarning iqtisodiy faolligini
oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshiradi. 2021-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada
ayollar mehnat bozorining 34% qismini tashkil etgan, bu ko‘rsatkich so‘nggi yillarda davlat
tomonidan qabul qilingan dasturlar tufayli oshgan. Shuningdek, Turkiyada oiladagi
zo‘ravonlikka qarshi maxsus sudlar tashkil qilingan bo‘lib, ular gender tengligini ta’minlashda
muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekistonda qabul qilingan “Milliy dastur”da quyidagilar ko‘zda tutilgan: “2022 – 2026-

yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida
faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat
siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Milliy dastur O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida“, “Xotin-qizlarni tazyiq va
zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender
tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi qarori, xalqaro huquqning umume’tirof
etilgan tamoyillari va me’yorlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib
chiquvchi qoidalar va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tayyorlangan”. Milliy dasturda xotin-
qizlarning huquqlariga inson huquqlarining ajralmas bo‘lagi sifatida qaraladi hamda u “Inson
qadri uchun” tamoyilidan kelib chiqqan holda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha chora-tadbirlar majmui hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
raisi T.Narbayeva oʻz soʻzida hozirgi vaqtda xotin-qizlar mamlakat aholisining qariyb 50 foizini
tashkil etishi, ularning barcha sohalarda samarali mehnat qilishlari, shu jumladan, siyosiy
boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faoliyat koʻrsatishlari uchun barcha shart-sharoitlar
yaratilgani, saylovlarda ayollarning oʻrni beqiyos ekani, bugungi globallashuv davrida xotin-
qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yanada mustahkamlash
muhim ahamiyat kasb etayotganini taʼkidlaydi.


background image

73

Dunyo miqyosida gender masalalariga doir 2021-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni

ko‘rsatdiki, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda ayollarning jamiyatdagi faolligini
oshirish o‘rtacha 10-15% ga iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi. Misol tariqasida, Skandinaviya
mamlakatlarida gender tengligi qoidalariga qat’iy amal qilinishi sababli, ularning global
raqobatbardoshligi yuqori darajada bo‘lib kelmoqda. O’rganilgan tajribadan kelib chiqib
quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:
1.

Jamoatchilik kengashlarining rolini yanada oshirish: ularning qarorlarini tavsiyanoma

emas, balki huquqiy kuchga ega bo‘lgan me’yoriy hujjatlar darajasiga olib chiqish.
2.

Gender masalalariga oid xalqaro hamkorlikni kuchaytirish: xususan, AQSh va Turkiya

tajribalarining ba’zi jihatlarini inobatga olib, nafaqat davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida
aloqalarni mustahkamlash, balki jamoat kengashlarini alohida tarmoqlash, ya’ni huquqiy
yo‘nalish, ilmiy yo‘nalish, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy ko‘mak kabi yo‘nalishlarda kengashlar
tuzish.
3.

Oila va xotin-qizlar siyosatini targ‘ib qilishni kuchaytirish: ommaviy axborot vositalarida

ayollarning muvaffaqiyatlarini ko‘rsatadigan loyihalarni ko‘paytirish. 4) Xotin-qizlar uchun
yangi ilmiy va innovatsion imkoniyatlar yaratish va targ‘ibotini chekka joylarda ham
kuchaytirish.
4.

Mahalliy va xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun kengash doirasida yangi loyihalar

ishlab chiqish.
5.

Jamoatchilik kengashi qarorlarining amaliy ijrosini kuchaytirish maqsadida huquqiy

mexanizmlarni takomillashtirish.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va

jamoatchilik kengashlari oila va xotin-qizlar siyosatini rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga
ega, ular jamiyatda milliy va xalqaro tajribalarni uyg‘unlashtirgan holda gender tengligini
ta’minlashga, xotin-qizlarning obro‘-e’tiborini oshirishga katta hissa qo‘shadi. Xotin-qizlarning
jamiyatdagi faolligini oshirish orqali nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiy, ma’naviy barqarorlik ham
ta’minlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini

takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-208 sonli Farmoni

https://lex.uz/uz/docs/-6704824

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab

quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-87 sonli
Farmoni

https://lex.uz/docs/-5899498

3.

O‘zbekiston

Respublikasi

Oila

va

xotin-qizlar

qo‘mitasi

hujjatlari.

https://wcu.uz/oz/lists/view/676

4.

O‘zbekiston

Respublikasi

Oila

va

xotin-qizlar

qo‘mitasi

hujjatlari.

https://wcu.uz/oz/lists/category/26

5.

Ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabi.

https://yuz.uz/uz/news/ayollarning-ijtimoiy-iqtisodiy-va-siyosiy-huquqiy-faolligini oshirish-
davr-talabi
6.

Prezident yoshlar bilan https://president.uz/uz/lists/view/7872 samimiy muloqot qildi.

14.02.2025.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-208 sonli Farmoni https://lex.uz/uz/docs/-6704824

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-87 sonli Farmoni https://lex.uz/docs/-5899498

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hujjatlari. https://wcu.uz/oz/lists/view/676

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hujjatlari. https://wcu.uz/oz/lists/category/26

Ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabi. https://yuz.uz/uz/news/ayollarning-ijtimoiy-iqtisodiy-va-siyosiy-huquqiy-faolligini oshirish-davr-talabi

Prezident yoshlar bilan https://president.uz/uz/lists/view/7872 samimiy muloqot qildi. 14.02.2025.