Авторы

  • Nafisa Aminova
    Tayanch doktorant, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Samarqand, O’zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.73450

Ключевые слова:

stil funksional stilistika notiqlik publitsistik janr.

Аннотация

Oʼzbek tilida har bir funksional uslub o‘ziga xos vazifalarni bajarib, har bir uslub adabiy tildan o‘ziga eng mos bo‘lgan so‘z va iboralarni, grammatik shakl va konstruksiyalarni tanlab oladi. Masalan, ilmiy nutq aniqlik va qat’iylikni, badiiy nutqda tasviriylik, publitsistik uslubda tushunarlilik, emotsionallik  ustunlik qiladi. Har bir uslubning o‘z janrlari bo‘lib, janrlar o‘z mavzu doirasiga ega. O‘zbek tili funksional uslublari orasida publitsistik uslub bugungi kunda ahamiyati tobora ortib borayotgan uslublardan biridir.


background image

63

O‘ZBEK TILI FUNKSIONAL USLUBLARI TIZIMIDA PUBLITSISTIK USLUBNING

AHAMIYATI

Aminova Nafisa Istamovna

Tayanch doktorant, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti,

Samarqand, O’zbekiston

https://doi.org/10.5281/zenodo.15081777

Annotatsiya:

Oʼzbek tilida har bir funksional uslub o‘ziga xos vazifalarni bajarib, har bir

uslub adabiy tildan o‘ziga eng mos bo‘lgan so‘z va iboralarni, grammatik shakl va
konstruksiyalarni tanlab oladi. Masalan, ilmiy nutq aniqlik va qat’iylikni, badiiy nutqda
tasviriylik, publitsistik uslubda tushunarlilik, emotsionallik ustunlik qiladi. Har bir uslubning
o‘z janrlari bo‘lib, janrlar o‘z mavzu doirasiga ega. O‘zbek tili funksional uslublari orasida
publitsistik uslub bugungi kunda ahamiyati tobora ortib borayotgan uslublardan biridir.

Kalit so‘zlar:

stil, funksional stilistika, notiqlik, publitsistik janr.


Tilshnoslikda “stilistika” atamasi yononcha so‘z bo‘lib “stylos” – yozuv, xat tayoqchasi,

suyakdan qilingan uchli tayoqcha degan ma’nolarni bidiradi. Qadimgi yunonlar mum surtilgan
taxtachaga uchli tayoqcha bilan yozishgan, bu tayoqchaning tepa tomoni kurakchaga o'xshar
edi. Xato yozilgan so‘zni tayoqchaning kurakchaga o‘xshagan tomoni bilan taxtachadagi
mumni tekislash orqali o‘chirishgan va uchli tomoni bilan to‘g‘rilab yozishgan. Qadimdanoq
stil so‘zi “bo‘g‘in, nutq stili” ma’nosida qo‘llana boshlangan.

1

Shundan kelib chiqib, stilistika

uslubshunoslik deya atalib, tilning leksik-frazeologik, fonetik, morfologik, soʻz yasalishi va
sintaktik sathlarda funksional qatlamlanishining mohiyati va oʻziga xosliklarini oʻrganuvchi,
adabiy tilni turli lisoniy vaziyatlarda, yozma adabiyotning xilma-xil tur va janrlarida, ijtimoiy
hayotning turli sohalarida qoʻllash meʼyorlari va usullarini tavsiflovchi tarmogʻi. Stilistikada
parallel sinonimik til ifodalaridagi maʼnoviy va ekspressiv nozikliklar, lisoniy birliklarning
oʻzaro munosabatdosh variantlari oʻrganiladi. Bunday variantlarda ular orasidan muayyan
nutqiy vaziyat uchun zarur boʻlganini tanlab olish imkoniyati mavjud boʻladi.

Stilistikaning asosiy o‘rganish mavzusi bo‘lmish uslubning serqirraligi sababli uni

funksional stilistika, lisoniy birliklar stilistikasi, matn stilistikasi, badiiy adabiyot (badiiy nutq)
stilistikasi, amaliy stilistika, qiyosiy stilistika, tarixiy stilistika kabi turlarga boʻlib o‘rganilgan.
Stilistikaning fan sifatida shakllanishi, rivojlanishi va oʻrganilishi Gʻarbda Antik davrlarga,
Sharqda esa Oʻrta asrlarga toʻgʻri kelgan. Stilistika Sharq mamlakatlarida, jumladan,
Oʻzbekistonda, garchi hozirgiday alohida soha sifatida boʻlmasa ham, lekin tilshunoslik
(grammatika, lugʻat), adabiyotshunoslik (ilmiy badeʼ, istiora, tafsir), shuningdek, ilmi insho,
voizlik, notiqlik sanʼati kabi fanlar tarkibida oʻrgatib kelingan. Oʻtgan asrda Oʻzbekistonda
stilistika ayniqsa umumiyfunksional stilistika va badiiy adabiyot stilistikasi mustaqil fan
tarmogʻi sifatida shakllana va rivojlana boshlagan. Bunda Fitrat, Choʻlpon, Oybek, P.Qodirov
kabi yozuvchilarning, M.Qoʻshjonov, Q.Samadov, I.Qoʻchqortoyev, A.Shomaqsudov singari
olimlarning hissalari katta boʻlgan.

Har bir uslub boshqalardan faqat o‘ziga xos xususiyatlari, vazifasi, lisoniy birliklardan

foydalanish imkoniyatlari va o‘ziga xos terminologiyasi bilan farq qiladi. Shunday qilib, badiiy
uslub oldiga hayot va ob'ektiv voqelik hodisalarini obrazli tasvirlash va izohlash, tasvirlangan
hodisalarga estetik munosabat bildirish maqsadi qo'yiladi; ilmiy oldin - mantiqiy

1

Sultonsaidova S, Sharipova O’. O‘zbek tili stilistikasi. (O’quv qo’llanma) Toshkent, 2009.


background image

64

ma'lumotlarni uzatish, uning haqiqat, yangilik va qimmatliligini isbotlash. Oxirgi ifodalilikka
nisbatan aniqlik, xolislik, mantiqiy izchillik, qisqalik va neytrallik xususiyatiga ega bo‘lgan
o‘ziga xos atamalar bilan tavsiflanadi.

2

Publitsistika lotincha “publicus” so'zidan olingan bo'lib, ijtimoiy, ommaviy degan

ma’nolarni ifodalaydi. Publitsistik stil siyosiy g‘oyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy
munosabatlarni aks cttiruvchi asarlarda ishlatiladigan stildir.

3

Publisistik materiallarning paydo bo‘lishi va jamiyatda bu jarayonning vujudga kelishi

o‘ziga xosdir. Dastlabki publitsistik materiallar XIX asrda Muqimiy, Furqat, Zavqiy singari
adabiyotimiz vakillari o‘z zamonining ijtimoiy illatlarini fosh etgan hajviy she’rlarini
qo‘lyozma holida tarqatgan davrlarda vujudga kelgan. Bunday qo‘lyozmalar ko‘pchilik
ko‘radigan joylarga osib, yopishtirib qo‘yilgan.

4

Zavqiyning

“Muncha

ko‘p”

radifli

muxammasi, “Ajab zamona” misrasi bilan boshlanuvchi muxammaslarida, “Yangiqo‘rg‘on
qishlog‘i”, “Suv janjali”, “Shohimardon sayohati she’rlarida”, “Voqeai qozi saylov”
masnaviysida zamonasidagi eng o‘tkir mavzular, adolatsizlik, huquqsizlik, mashaqqatli hayot
aks etgan. Bu turkumda “qish-u yoz, kecha-yu kunduz mehnatda kuyib ishlayotgan”, “g‘amli
kuyuk kulchasini ham umrida to‘yib yemagan”, “oriq, rangi sariq, qorni ochliqdan shishgan”
singari o‘xshatishlarda dehqonlarning holati aks ettiriladi. Bu davrda qo‘lyozma varaqalar
muhim axboriy va ijtimoiy-siyosiy vazifalarni bajargan. Vaqt o‘tishi bilan qo‘lyozma varaqalar
nusxasini ko‘paytirish qiyinligi va qo‘lda yozilishi sababli talabga javob bermay qoladi. Fan
texnikaning rivojlanishi va bosma dastgohning ixtiro qilinishi tom ma’noda matbuotning
vujudga kelishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Chor Rossiyasi o‘z mustamlakachilik
siyosatini yurgizishda matbuot zarurati paydo bo‘ldi va bosmaxonalar tashkil etila boshlandi.
“Turkistanskiye vedemosti” gazetasi va uning o‘zbek tiliga o‘girilgan nusxasi “Turkiston
viloyatining gazeti” nomi bilan chop etila boshlangan. Gazeta o‘lka aholisini mustamlakachilik
kayfiyatida, aholini qashshoqlikda qolishiga qaratilgan faoliyat olib borsada, aholining
ijtimoiy, madaniy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Muqimiy, Furqat, Ibrat, Sattorxon
Abdulg‘aforov singari taraqqiyparvarlar gazeta sahifalarida o‘z she’r va publisistik maqolalari
bilan faol qatnashishgan.

XX asr boshlariga kelib vaqtli matbuot ishlari yanada rivojlandi. O‘zbek yozuvchilari

badiiy publitsistika janrida ijod qildilar. Vaqtli matbuot va nashriyotda zamonaviy ijtimoiy-
siyosiv masalalarga bag'ishlangan ko‘plab materiallar bosila boshlandi. Radio va televideniya
orqali siyosat va ijtimoiy hayot masalalariga doir ma'ruza va suhbatlar muntazam eshittirildi
va ko‘rsatildi. Bularning hammasi publitsistik stilning taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

Publitsistik stilning asosiy vazifasi shundaki, u jamiyatdagi ilg’or g’oya va fikrlarni

ta’kidlab ularga odamlarni ishontirish. Publitsistikada ko‘tarilgan masalalar mantiqiy
mulohaza, dalil, asoslar bilan ishontirishi, tinglovchining his-tuyg’usiga ta’sir etishi lozim.
Publitsistikada odamlarga ma’lum bo‘lgan haqiqatni aniq yetkazish, tushuntirish, ta’sir etish
uchun Anafora, epifora, metafora, parallelizm kabi tilning badiiy tasviriy vositalaridan
foydalaniladi.

5

Bu uslubning o‘ziga xosligi uning hissiyotga boyligi va ta’sirchanligidadir. Bu

xususiyat asosiy e'tibomi nimaga qaratish kerakliligini uqtirislishi bilan birga nutqning

2

Курбанов Т.И. Публицистический стиль современного узбекского литературного языка.

3

Sultonsaidova S, Sharipova O’. O‘zbek tili stilistikasi. (O’quv qo’llanma) Toshkent, 2009.

4

Qozoqboyev T., Xudoyqulov M. Jurnalistikaga kirish. – Toshkent, 2018. 9-bet.

5

Каримов С. Ўзбек тили функционал стилистикаси (Самарқанд, 2010).


background image

65

tushunarli va esda qolarli bo‘lishiga ta’sir etadi. publitsist o‘zi bldirayotgan fikrga singishib
ketishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Курбанов Т.И. Публицистический стиль современного узбекского литературного

языка.

2.

Sultonsaidova S, Sharipova O’. O‘zbek tili stilistikasi. (O’quv qo’llanma) – Toshkent, 2009.

3.

Qozoqboyev T., Xudoyqulov M. Jurnalistikaga kirish. – Toshkent, 2018.

4.

Каримов С. Ўзбек тили функционал стилистикаси. – Самарқанд, 2010.

Библиографические ссылки

Курбанов Т.И. Публицистический стиль современного узбекского литературного языка.

Sultonsaidova S, Sharipova O’. O‘zbek tili stilistikasi. (O’quv qo’llanma) – Toshkent, 2009.

Qozoqboyev T., Xudoyqulov M. Jurnalistikaga kirish. – Toshkent, 2018.

Каримов С. Ўзбек тили функционал стилистикаси. – Самарқанд, 2010.