122
NAVOIY SHE’RIYATI BADIIYATIDA ISTIG‘NO VA VAHDAT
TUSHUNCHALARINING KO‘RINISHI
Kamolova Majnuniso Ulug‘bek qizi
QarDU 1-kurs daktarant
kamolovamajnuniso@gmail.com
+998914544979
UDK 894.375-1(021)
ORCID 0009-0004-4798-4139
https://doi.org/10.5281/zenodo.15101622
ANNOTATSIYA.
Ushbu maqolada Mutafakkir Alisher Navoiy she’riyati durdonalarida
uchrashi mumkin bo‘lgan ayrim tasavvufiy tushunchalar, ya’ni
istig‘no, tavhid, vahdat
kabilarning o‘rni va ayrim misralar misolida qanday ko‘rinishda kelishi ilmiy yondashuv
asosida ochib berilgan.
Kalit so‘zlar.
Yolg‘izlik, vodiy, tavhid, birlik, rivoyat, zikr, iymon, zot, sifat.
АННОТАЦИЯ.
В данной статье рассматриваются некоторые мистические понятия,
которые можно встретить в шедеврах поэзии мыслителя Алишера Навои, а именно:
место изоляции, таухид, единение и др.
Ключевые слова.
Одиночество, долина, монотеизм, единство, повествование,
воспоминание, вера, качество, качество.
ANNOTATION.
This article, based on a scientific approach, reveals the role of some
mystical concepts that can be found in the masterpieces of the poetry of the thinker Alisher
Navoi, such as istig‘na, tawhid, and wahdat, and how they appear in the example of certain
verses.
Keywords:
Solitude, valley, monotheism, unity, narration, remembrance, faith, essence,
attribute.
KIRISH.
Istig‘no va tavhid tushunchalariga o‘tishdan avval, Hadisi sharifga murojaat etsak
o‘rinli bo‘lar edi:
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:” Rasululloh sallollohu alayhi va sallam:
“Eng to‘g‘ri so‘z- shoir Labidiyning “Haq taolodin o‘zga har narsa o‘tkinchi erur” degan so‘zidur.
Umayya ibn Abu Saltning (ya’ni, Labiydning o‘zi she’rlarida) musulmon bo‘lmog‘iga oz qolib
erdi”,-dedilar (ya’ni Labiyd Islom davrigacha yetib kelgan bo‘lsa-da, musulmon bo‘lmagan erdi.
Ammo, o‘z se’rlarida tavhid xususida juda ko‘p zikr qilur erdi. Shu boisdan ham Janob
Rasululloh: “Umayya Ibn Abu Saltning musulmon bo‘lmog‘iga oz qolib erdi”-deb aytdilar)”
1
Tavhid ilmi ham o‘z ichida uchga bo‘lib o‘rganiladi: bularning birinchisi: Haqning o‘ziga
yo‘naltirilgan Haq ilmi. Buning ma’nosi Haqning o z yagonaligi ilmidir. Ikkinchisi esa: xalqqa
yo‘naltirib kelingan Haq ilmi, bunda uning tavhid haqidagi hukmlari va bandasi ko‘ngliga
tavidni yetkazish ilmidir. Uchinchisi: xalqning Haqqa yo‘naltirilgan tavhidi, ya’niki, kishilarning
Xudo vahdoniyatiga yetishish ilmidir.
Tavhidning ma’lum bir manbalari ham mavjud bo‘lib, avvalo imoniy manba. Bunda
ishonchga asoslangan tavhid olinadi. Keyingisi, ilmiy tavhid bo‘lib, uchinchisi hol tavhididir, ,
1
A. A. М. И. И. AЛ-БYХOРИЙ, AЛ-ЖOМИЪ AС-СAҲИҲ 2, ТOШКЕНТ: ҚOМYСЛAР БOШ ТAҲРИРИЯТ,- 1997.
123
eng oxirgisi esa ilohiy tavhiddir. Imoniy tavhid shundayki, bund abanda bandalik vazifalarni
ado etadi va oyat, sura kabi ishoratlar orqali Allohning yakka-yagonaligiga imon keltiradi, iqror
bo‘ladi, va buni qalbida tasdiq etadi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA.
Ilmiy tavhid. bunda ilm foydasiga alohida e’tibor beriladi.
Ilmul yaqiyn desa ham bo‘ladi, ya’ni ilm botindan kelib chiqqan tavhid ham deydilar buni. Bu
shundan iboratki, solik tariqat boshida haqiqiy mavjudlik Xudovand zoti ekanligini anglab
yetmog‘i yetadi. Hamda ilmiy mantiq tajriba-kuzatish natijasida o‘z zoti sifatlari, a’molu ash’ori,
af’olini uning zoti tagidagi sifatlari natijasida ifoda etadi. Har bir zotni Uning nuridan bir qism
deb biladi va bu martaba mutasavvif kishilar tavhidi martabasidir.
Hol tavhidiga keladigan bo‘lsak, kishi ahvoli tavhid sifatio bilan bir xil bo‘lib qoladi va
birlashuvchiningvujudidagi jamiki zulmat va rasm-rusum tavhid nuri uning holi nuriga singib
ketadi va muvahhid Haq jamoli mushohadasiga shunchalik g‘arq bo‘ladiki, nurlar uning jami
manba’iga aylanadi. Shuningdek, vohidning zoti sifatlarinidan o‘zga uning nazariga tushmaydi.
Jamming, butunning o‘zi bo‘ladi qoladi. Bu kabi Haq va Tajalli maslasiga tadqiqotimizning
yuqori bo‘limlarida to‘xtalgan edik. Sufiy shunday holatda yig‘lasa, osmon unga qo‘shilib ko‘z
Yoshi to‘kardi. Bunga asosan Attor shunday yozgan:
Gar tu xilvatxonni tavhilro mahram shavi,
Toji olam gardiyu, faxri bani Odam shavi.
Soyae shav, to agar xurshid gardad oshkor,
Tu chu soya mahvi xurshid oyiyu mahram shavi.
Mazmuni quyidagicha erur: garchi sen tavhid xilvatxonasiga mahram bo‘ladigan bo‘lsang,
olamning toji bo‘lmish, odam farzandlarining es faxri sanalmish bo‘lib qolasan. Agar xurshid,
ya’ni Tangri oshkor bo‘lsa, sen soya bo‘lgin, sababiki, soya kabi quyosh nuridan yo‘qolib,
mahram bo‘lasan unga.
Ilohiy tavhidga o‘tadigan bo‘lsak, Haq taolo o‘z sifatlariga azaldan egadir, qoimdir. U
hamisha vahdoniyat tavsifiga va fardoniyat ta’rifiga ega bo‘lib, abadul abad shundaydir. Unda
nuqsonlar yo‘qdir. Ilohiy tavhid ana shuning aynan o‘zidir.
Istyig‘no vodiysi- Ehtiyojsizlik vodiysidir.
Bunda qushlarning ehtiyojmand ekanligi va
Simurg‘ning ehtiyojsizligi tasviri bayoni orqali solikning aynan mana shunga o‘xshash
ehtiyojsizlikni anglab yetishi natijasidagi holati tasvirlanadi. Navoiy bu vodiyni shunday
tasvirlaydi:
Vodiy ondin so‘ngra istig‘nodurur
Onda teng a’logar adnodurur
Onda teng a’lovu gar adnodurur…
Yeti kishvar ichra sohi qahramon,
Bir gado onda hamonu ul hamon…
Onda teng ko‘r gumrahu ogohni,
Dayr ko‘yi birla Baytullohni.
Vodiyni yanada ochiqroq tasvirlash uchun Navoiy Shatranj o‘yinini misol qilib keltiradi.
Unda, Shatranj ustasi ikki tomonda o‘tirib, o‘rtaga taxtasini qo‘yishadi, unga Shatranj donalarini
terib olishadi. Ikki tomonlama kurash boshlanadi. Bunda esa shatraj taxtasi o‘rab olingan
qal’aga, kurash esa haqiqiy urushga, urush maydoniga o‘xshab turadi. Agar o‘yin tugasda-da,
Shatranj o‘ynaydigan odam taxtaning bir uchini ko‘tarsa, bu o‘yinning barchasi bir deganda
puchga chiqadi. Chunki Shatranj ustasi uchun o‘yin tugagach, Shatranj donalarining, ularning
124
har qanday vazifasining hech qanaqa ahamiyati qolmaydi. Shatranj donalari esa xaltaga
solingach, “shoh” quyiga, “piyoda” esa yuqorida qolishi mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak,
Haq nazdida barcha insonlar Shatranj donalari kabidir. Ya’ni “hayot o‘yinidan” so‘ng kim yuqori,
kim past tabaqa sanamasin o‘zini baribir oxirida hamma bir joyga bir xil boradi, bir xil daraja
kasb etadi.
Tavhid vodiysi- Birlik vodiysi.
Butun borliq Yagona ruhdan iborat ekanligini tushunish,
ya’ni Simurg‘dan iborat ekanligini tushunishdir.
Chun bu vodiy sori sayring qo‘ydi gom,
Fardu yaktolig‘ sanga bo‘ldi maqom…
Birda birdin hosil o‘ldi bir adad,
Yo‘q xiradqa munda dam urmoqqa had…
Bir bo‘lu, bir ko‘ru, bir de, bir tila,
Mayl qilma munda ikkilik bila.
Vodiyning mohiyatini yana ham aniqroq tasvirlab berish maqsadida Navoiy Mansur Xalloj
bilan bog‘liq bir voqeani keltirib o‘tadi. Unda, Mansur Xalloj doimo tilida “Anal Haq” degan
jumlani takrorlab yuradi. Din arboblari esa: “Senga yuzlangan holat suluk ahlining ko‘piga ayon,
lekin ular odob saqlab, o‘z da’volarini oshkor qilmaganlar. Sen ham nafsingni dorga sazovor
qilma”, - deb nasihat qiladilar.
Ammo Mansur Xalloj bu jumlasini takrorlashdan qaytmaydi. Hatto u bir kuni tushida
Rasululloh (s.a.v.) ni ko‘radi. Uning dilidagi “Nega Muhammad (s.a.v.) me’roj kechasi faqat islom
ummatining gunohini so‘radilar, barcha osiylarning gunohini tilaganda nima bo‘lardi” degan
o‘y-xayollari uchun unga tanbeh beradilar:
Onda menlikning xayoli yo‘q edi,
Balki bu lafz ehtimoli yo‘q edi.
Eltgan ul erdi boshlag‘on ham ul,
Istag‘on ham ul, bag‘ishlag‘on ham ul…
Ul edi degon o‘zi, berg‘on o‘zi,
Bazl aro sochqon o‘zi, terg‘on o‘zi.
Keltirilgan hikoyatdan shunday xulosa kelib chiqadi: Mansur Xalloj Tavhid mohiyatini
to‘la anglab yetmagani uchun “menlik” xayoli bilan “Anal Haq” jumlasini takrorlab yurar edi.
Aslida Tavhid vodiysida “menlik”ka o‘rin yo‘q.
Shunday qilib, Tavhid Haq taolo nuriga g‘arq bo‘lish va yo‘qolishdir. Demak, banda haqqa
orif bo‘lsa, Haqning mohiyatini, haqiqatini haqiqatan anglab yetsa, uning vahdoniyatiga hukm
qila oladi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, Tavhid faqat yagonalikni tan olishgina emas, balki shu
yagonalik ichra yo‘q bo‘lib ketishlikdir. Ya’ni tavhid insonning Mutlaq ruh tomon intilishini
aytadigan jarayondir. Bu aniq tushuntirish uchun dengiz va tomchi tushunchalari olinadi.
Dengiz va tomchi, bu- bir vujuddek gap. Aynan mana shu haqiqatni tan olish vahdatni
tasdiqlashdir. Tomchining dengizga qarab intilishida tozalanib, musaffolanib boradi. Bu esa
tajriddir. Mansur Halloj esa tavhidni shunday deb tushuntirgan: “Tavhid sari birinchi qadam
tafridning fanosidir”.
Shuning uchun ham Navoiy she’rlarida Tarsoparastlik va butparastlik g‘oyasi izchil va
keng targ‘ib etilgan. Navoiy “Riyoiy Ka’badan” “Dayri fanoni” ustun qo‘yib deganki:
125
Riyovu Ka’badin dayri fanog‘a
Kirib gar butqa zohir qildim imon.
Meni yozg‘urma, ey shayxi riyoiy,
Ki gar kofir edim, bo‘ldim musulmon
2
.
Alisher Navoiyning g‘azallarining mavzu doirasi keng bo‘lib, uning g‘azallarining shakli
ya’ni qolipini shu mazmunga xizmat qildiradi. Natijada, ular rasmiy g‘azallarga tashqi
tomondan o‘xshasa ham, lekin, mavzu, mazmun, timsol va badiiy jihatdan rasmiy g‘azallardan
farqlanadi. Bu kabi qarashlar shoirning ijtimoiy, axloqiy, falsafiy-tasavvufiy mavzulardagi
g‘azallariga ham tegishlidir.
a’zi aqidalardan biri bu komil insonni shakllantirish bo‘lib, uni amalga oshirish yo‘llarini
aniqash ko‘pchilikning, jumladan Alisher Navoiyning diqqatini o‘ziga tortgan edi. Quyida
kеltirayotganimiz g‘azal ham ana shu masalaga bag‘ishlangan.
Alishеr Navoiyning “Badoyе’ ul-bidoya” va so‘ngra dеvonlar turkumidan iborat “Xazoyin
ul-maoniy”ning shu g‘azal bilan bashlangani bеjiz еmasdеk tuyuladi:
Ashraqat min aksi shams il-ka’si anvor ul-hudo,
Yor aksin mayda ko‘r dеb jomdin chiqdi sado.
G‘ayr naqshidin ko‘ngul jomida bo‘lsa zangi g‘am,
Yo‘qtur, еy soqiy, mayi vahdat masallik g‘amzudo.
Kеltirilgan g‘azal “Xazoyin ul-maoni” tarkibiga kiruvchi birinchi dеvon – “G‘aroyib us-
sig‘ar” dagi birinchi g‘azaldir. U to‘qqiz baytdan iborat bo‘lib, aruzning “ramali musammani
mahzuf” (foilotun, foilotun, foilotun, foilun) bahrida mulamma’ san’ati ishlatilib (birinchi misra
va maqta’dagi oxirgi misraning bir qismi arab tilida, qolganlari еsa o‘zbеk tilida) yozilgan
g‘azaldir. Bu g‘azal majoziy “ishq-oshiq-ma’shuqa” tasviriga bag‘ishlangan g‘azallardan
mavzuning tasavvufiy еkanligi bilan farqlanib, unda haqiqiy ishq – komil inson muammolaridan
falsafiy mushohada yuritiladi. Shuning uchun unda an’anaviy g‘azallardagi ma’shuqa “qoshi,
ko‘zi, sochi…” tasviri ham yoki uning “bеvafoligi”, “zolimligi”, “firibomiz” iltifotlari haqida ham
so‘z bormaydi; g‘azalda an’anaviy timsollar ham (ma’shuqa, raqib…), shunga bog‘li bo‘lgan
tasvir vositalari ham ko‘rinmaydi. Mazkur g‘azalda yangi timsollar va ular bilan bog‘liq tasvir
vositalari qo‘llanilgan. G‘azalda “jom, may, ko‘ngul jomi, sing‘on safol, chеhrayi maqsud, vahdat
mayi, azal soqiysi” kabi timsol va “kalit” so‘z – ibora borki, ular tasvirlanayotgan mavzuning
mohiyatini o‘zlarida aks еttiradilar. G‘azalda “jom va may” ihom san’atida qo‘llanilib, ular
zohiriy ma’nodagina еmas, balki yana boshqa – botiniy ma’noda ham ishlatilganligini Alishеr
Navoiyning o‘zlari ham alohida ta’kidlaydilar: “Sеn gumon qilg‘ondin o‘zga jomu may mavjud
еrur”. Bu savolga Alishеr Navoiyning o‘zlari butun g‘azal davomida chiroyli javob bеradilar.
Buni anglash uchun g‘azalning baytlarini ko‘zdan kеchiraylik:
Ashraqat min aksi shams il-ka’si anvor il-hudo,
Yor aksin mayda ko‘r dеb jomdin chiqdi sado.
Birinchi misra’ arabcha bo‘lib, uning mazmuni quyidagicha: “Quyosh kosasining aksidan
hidoyat nurlari porlab chiqdi” hamda (ikkinchi misra’) “Yor aksini mayda ko‘r, dеb jomdan sado
chiqdi”. Bu bilan shoir nima dеmoqchi? Quyosh kosasining aksi va hidoyat nurlarining
2
I. Haqqul, Navoiyga qaytish, Toshkеnt: Fan nashriyoti, 2007.
126
porlashini qanday tushinmoq darkor? Bu savollarga javob “kalitlari”ni Alishеr
avoiyning
“Favoyid ul-kibar” dеvoniga kiritilgan na’t g‘azalning quyidagi baytidan topish mumkin:
Ravshandururki, mеhr yuzingdin olur safo,
Yo‘qsa, nе vajh ila qamar andin topar ziyo.
aytda so‘z
lloh taolo haqida bo‘lib, u shunday ma’noni anglatadi: Еy Alloh, hammaga
ma’lumki,
еhr (Quyosh) sеndan poklik nurlarini oladi, agar shunday bo‘lmasa, Oy
(Qamar)ning yorig‘ligi – nurlari qayеrdan ham bo‘lardi. Bunday mazmunni “
adoyе’ ul-vasat”
dеvoniga kiritilgan g‘azalning quyidagi baytida ham kuzatish mumkin:
Quyosh yuziga boqardin nazar еrur ojiz,
Yuzungdin еtti magar aks zohir ul ko‘zgu.
Shu g‘azalning: Magar tajalliyi husnungg‘a mazhar o‘ldi quyosh, Ki zohir ayladi oncha bila
yog‘du, - baytida ko‘rilayotgan masalaga doir mulohaza ochiq-oydin ifoda еtilgan. Dеmak,
birinchi misoldagi “quyosh kosasi aksi” iborasida quyoshning Alloh taolodan poklik nurlarini
olishi va u nurlarning kosasi ko‘zgusida aks еttirishi ma’nosi singdirilgan. Quyoshdan
kеlayotgan ana shu hidoyat - yo‘lboshchilik qiluvchi ilohiy nurlarda еsa yorning aksini (Alloh
taoloning tajalliysini) ko‘rmaqchi bo‘lsang, uni mayda ko‘r, dеb jomdan nido (tovush) kеldi.
Bu bayt husni matla’ bo‘lib, unda shoir butun g‘azalda ifoda еtmoqchi bo‘lgan fikrning
qaymog‘ini bayon еtgan hamda “jom va may”ning o‘zga-botiniy-tasavvufiy ma’nosini ham ochib
bеrgan. Boshqacha qilib aytganda, shoir aytmoqchiki, Alloh taoloning nurlari Quyosh kosasiga
tushgach, ana shu kosada tajalliy topgan (jilolangan, ko‘ringan) ilohiy nurlarni Quyosh butun
olamga yoyadi. Bunda Quyosh tajalliygoh kosa bo‘lib, unda jilolangan nurlarda Alloh taoloning
buyukligi va g‘ozalligini ko‘rish mumkin. Bas shunday еkan, Quyosh taratayotgan ilohiy nurdan
bahramand bo‘lgan barcha mavjudot va maxluqotda Alloh taoloning g‘ozalligi va buyukligini
ko‘rish hamda tasavvur еtish mumkin. Shunday еkan, “yor aksin mayda ko‘r” dеgan nido
(tovush)ning ma’nosi oydinlashadi, ya’ni Alloh taoloning o‘zi еmas, balki uning barcha zotiy va
sifotiy fazilatlari ilohiy nurlar tajalliysida namoyon bo‘ladi. Buning mohiyatini еsa hamma ham
еmas, balki undan ogohlargina, ya’ni komil insonlargina anglaydilar va bahramand bo‘ladilar.
Bunday darajaga еrishishning sharti ikkinchi baytda bayon qilingan:
G‘ayr naqshidin ko‘ngul jomida bo‘lsa zangi g‘am,
Yo‘qtur, еy soqiy, mayi vahdat masallik g‘amzudo.
Baytning ma’nosi: agar kishining ko‘nglida Alloh taolo zikridan boshqa narsalar fikru
xayoli, ya’ni mol-dunyoga hirs qo‘ymoqlik, amalparastlik va hokazolar g‘amining zangi-gardi,
g‘ubori to‘plangan bo‘lsa, ko‘ngulni bunday zang-g‘uborlardan tozalaguvchi asosiy omil bu –
vahdat
mayidir.
XULOSA.
Ya’ni Alloh taoloni doimo zikr qilish va uning zotiy sifatlari nurlari bilan
zanglarni kеtkizishdir. Dеmak, insonning komilikka еrishuvining asosiy omili
Alloh taoloning
yakka-yagonaligi (vahdati)
va buyukligini (akbar) е’tirof еtish bilan o‘zligini tanishi, barcha
olijanob fazilatlarni o‘zida mujassam еta olishidadir
3
.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
A. M. I. I. AL-BYXORIY, AL-JOMI’ AS-SAHIH 2, TOSHKENT: QOMUSLAR BOSH
TAHRIRIYAT,- 1997.
3
B. Valixo`jayеv, "Alishеr Navoiy shе'riyati", Toshkеnt.
127
2.
Haqqul, Navoiyga qaytish, Toshkеnt: Fan nashriyoti, 2007.
3.
Valixo‘jayеv, "Alishеr Navoiy shе'riyati", Toshkеnt.
4.
A. Navоiy, G‘arоyib us-sig‘ar, Tоshkеnt: Fan , 1959.
5.
A. Navoiy., "Lison yt-tayr. Yigirma tomlik, o‘n ikkinchi tom.," – Toshkent: , Fan, , 1996., p.
326 b.
6.
A. Navoiy., "Favoyid yl-kibar.," in Yigirma tomlik, oltinchi tom., –Toshkent:, Fan,, 1990., p.
526.
7.
N. Kоmilоv, Tasavvuf, Tоshkеnt: Mоvaraunnahr, 2009.
8.
9.
link.springer.com