Авторы

  • Sarvinoz Otaqulova
    O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.75633

Ключевые слова:

faxriya qit’a faxriya badiiy vosita mazmuniy tur.

Аннотация

Maqolada Alisher Navoiyning qit’alarining to‘laligicha faxriya mazmunida yozilganligi va bunday qit’alar asosiy mohiyatini iftixor tuyg‘usi tashkil etganligi uchun faxriya qit’a deb yuritilishi, shoir dostonlaridagi muqaddimalardagi faxriya badiiy vositasining o‘ziga xos xususiyat va vazifalari misollar orqali ochib berilgan.


background image

155

ALISHER NAVOIY QIT’A VA NASRIY MUQADDIMALARIDA FAXRIYA

Otaqulova Sarvinoz Fozil qizi

O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktoranti

sarvinozotaqulova3@gmail.com

+998949435125

https://doi.org/10.5281/zenodo.15123569

Annotatsiya:

Maqolada Alisher Navoiyning qit’alarining to‘laligicha faxriya mazmunida

yozilganligi va bunday qit’alar asosiy mohiyatini iftixor tuyg‘usi tashkil etganligi uchun faxriya
qit’a deb yuritilishi, shoir dostonlaridagi muqaddimalardagi faxriya badiiy vositasining o‘ziga
xos xususiyat va vazifalari misollar orqali ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

faxriya, qit’a faxriya, badiiy vosita, mazmuniy tur.

Аннотация:

В статье рассматривается, что стихотворные строки Алишера Навои

полностью написаны в теме гордости, и поскольку основная сущность этих строк
формируется чувством гордости, их называют фахрия стихами. Также через примеры
раскрыты характерные особенности и функции художественного средства гордости в
прологах эпических произведений поэта.

Ключевые слова:

Фахрия, Фахрия стихи, Художественное средство,

Тематический тип.

Annotation:

he article discusses that Alisher Navoi's stanzas are entirely written in the

theme of pride, and because the main essence of these stanzas is formed by the feeling of
pride, they are referred to as 'faxriya' stanzas. The article also reveals, through examples, the
distinctive features and functions of the artistic tool of pride in the prologues of the poet’s epic
poems.

Key words:

faxriiya, faxriya stanza, artistic tool, thematic type.


Faxriya deganda, mumtoz she’riyatda lirik janrlar tarkibida uchraydigan, xususan, lirik

qahramon maqsadini yuzaga chiqarishga ko‘maklashuvchi adabiy usul tushiniladi. Bu borada
B.Valixo‘jayev faxriya borasidagi fikrlarni davom ettirib,

“O‘rta Osiyo xalqlari ijodida bu nomda

adabiy janr mavjud bo‘lmasa-da, ammo adabiy-tanqidiy qarashlarni ifoda etish vositalaridan
biri sifatida ushbu badiiy vosita qo‘llanishi”[1.10]

ni aytib o‘tadi. O‘zbekiston Milliy

Ensiklopediyasida

“faxriya kichik lirik she’rlarda bir bayt, katta hajmli asarlarda bir necha

baytdan iborat bo‘ladi. Ana shunday baytlar ishtirok etgan yoki butunlay shunday baytlardan
iborat bo‘lgan asarlar g‘azali faxriya, qasidayi faxriya deb ham nomlanadi”[2.211]

, degan

mulohazalar keltiriladiki, bularning ba’zilari ilmiy asosga ega emas. Haqiqatan ham kichik lirik
janrlardan g‘azalda faxriya bayt bitta bo‘lib, u asosan, maqtadan oldingi bayt hisoblanadi.
Ammo, ba’zi bir kichik janrlarda, masalan, qit’alardagi barcha baytlar faxriya ruhida ekanligini
ko‘ramiz. Quyida fikrimiz isboti sifatida Navoiy devonidan olingan qit’ani keltiramiz:

Navoiy she’ri to‘qqiz bayt-u, o‘n bir bayt, o‘n uch bayt,
Ki lavh uzra qalam ziynat berur ul durri maknundin.
Bukim, albatta, yeti baytdan o‘ksuk emas, ya’ni,
Tanazzul aylay olmas, rutba ichra yetti gardundin.[3.509]

Ushbu qit’ada shoir she’rlarining yetti baytdan kam emasligini va undagi har bir so‘zni

durga qiyoslab, o‘zining ijodiy mahoratidan faxrlanadi. Bu qit’ada faxriya bayt bir baytni
tashkil etmay, balki butun bir qit’a faxriya yo‘sinida yozilganligini sezish qiyin emas.


background image

156

To‘laligicha faxriya ruhida yozilganligi uchun qit’ayi faxriya deb atashimiz mumkin. Alisher
Navoiy o‘z ijodida qit’alarini faxriya yo‘sinida yozish usulidan unumli foydalangan. Quyida
yana bir misol keltiramiz:

Ey Navoiy so‘z ila oncha gavhar sochtingkim,
Bahr-u kon kirdi qora yerga sening kilkingdin.
Biriga, yo o‘nig‘a, yo yuzig‘a, yo mingiga,
Degay el naylagay ortug‘ esa ellik mingdin.[4.508]

Birinchi misrada shoir gavhar so‘zini istiora sifatida qo‘llagan va bu istioraviy so‘z orqali

ma’noli va qimmatli she’rlarini nazarda tutadi. O‘z ijodini qimmatbaho gavharga teng qo‘yadi.
Bu boylik oldida, hatto, dengiz tubidagi xazina konlari uyalib yerga kirganini mubolag’a
baddiiy vositasidan foydalangan holda ta’kidlash bilan she’rlariga yuksak baho beradi. Oxirgi
ikki baytida nazmiy asarlarining hajmiga urg‘u berish orqali mazmun va hajm jihatdan xalqni
hayratga solgan she’rlar yozganligidan faxrlanadi. Yuqorida ko‘rib o‘tganimiz ikkala qit’a ham
boshdan- oxir faxriya usulida yozilganligi uchun bu o‘rinda faxriyaga badiiy san’at sifatida
emas, balki qit’alarning faxriya qit’a deb nomlanuvchi mazmuniy turi o‘laroq qaraymiz.

Ammo lirik janrlarda faxriya baytlar bir necha baytnigina tashkil etgan bo‘lsa, uni g‘azali

faxriya yoki qasidayi faxriya deb atay olmaymiz. Chunki bunday hollarda butun bir she’r
mazmuni boshqa bo‘lib, faqat bir yoki ikki baytda shoir o‘z menligini namoyish etgan bo‘ladi.
To‘laligicha o‘zidan g‘ururlanish ruhida bo‘lmaganligi sabab bunday baytlarga lirik janrlarda
faxriya badiiy san’ati qo‘llangan deb qarash maqsadga muvofiq. Yuqorida ko‘rib o‘tgan qit’a
yoki “Avesto”dagi Ahura Mazdaga bag‘ishlangan qasidani qasidayi faxriya, qit’ayi faxriya deb
nomlaymiz. Bunday vaziyatlarda faxriya badiiy san’at bo‘lmay, lirik asarning mavzu ko‘lami va
mazmunini ifodalab keladi.

Binobarin, faxriya baytlar faqat lirik asarlar tarkibida emas, balki liro-epik turdagi yirik

hajmli dostonlarda ham uchraydi. Bu borada A.Hojiahmedov

“faxriya, odatda, liro-epik

asarlarning xotima qismidan o‘rin olishi”[5.156]

ni alohida ta’kidlagan. Adabiyotshunos

tomonidan berilgan ushbu nazariy fikr o‘rinli asosga ega. Ammo yirik hajmli dostonlarda
faxriyalar faqat xotima qismlardan o‘rin olmay, muqaddimalarda ham yozuvchining ijodidan
iftixori aks etgan baytlar ko‘zga tashlanadi. Namuna sifatida “Saddi Iskandariy”ning
muqaddimasidan olingan quydagi parchani keltirishimiz mumkin:

Ki, chun “Xamsa” azmin durust ayladim,
Kamargohig‘a panja rust ayladim.
Yetishmay ko‘p ul ishta panjamg‘a ranj,
Nasib o‘ldi besh ganjidin to‘rt ganj.
Ne vasf aylayin, chunki har kim yetar,
Taammul agar qilsa, ma’lum etar.
Ki ganj, o‘yla yo‘qtur Faridung‘a ham,
Faridun demay, balki Qorung‘a ham.[6.36]

Bunda Navoiy “Xamsa” tarkibidagi to‘rt dostonni tugallab, beshinchisini boshlaganini

ta’kidlar ekan, bu besh asarini ganj, xazina deb ataydi va bunday noyob xazina Faridun va
Qorunda ham yo‘qligini mubolag‘ali tasvir bilan berib, g‘ururlanadi. Bu esa doston
debochasida faxriya badiiy vositasini yuzaga chiqargan.

Yoki “Farhod va Shirin” dostoni muqaddimasida ham faxriya qismlarga alohida o‘rin

berilganligining guvohi bo‘lamiz:


background image

157

Bu g‘amdin menda qolmay aql-u hushe,
Bu nav’ etti nido nogah surushe
Ki, ey kunji malolatning xumuli,
Tushub dard-u balo ko‘nglung qabuli.
Chu sen mundin burun xomang qilib tez,
Suman bargini qilding sunbulomez,
Nechukkim Xizr zulmatdin nihoni,
Ulusqa sochting obi zindagoni.
Yasoding ravzayi zarkor tarhin,
Chiqording “Hayrat ul-abror” tarhin.
Xaloyiqqa sochib durri saminlar,
Maloyikdin eshitting ofarinlar.
Agarchi ayturida ranj torting,
Vale ko‘rkim ne yanglig‘ ganj torting…[7.36]

Yuqoridagi parchada shoir ikkinchi dostonini yozish oldidan xavotir va hayajon his

qiladi. Bunday murakkab vaziyatda ijodkorga dalda berish uchun surush obrazi asosiy planda
namoyon bo‘ladi. U shoir ushbu asarini yozishdan oldin “Hayrat ul-abror”dek ulkan ma’naviy
xazina yaratganligini va uning bu va boshqa nazmiy merosi xalq ko‘nglidan joy olganligini
faxriya yo‘sinida bayon etadi. Demak, “Farhod va Shirin” muqaddimasidan olingan bu faxriya
qism birinchidan, shoir tilidan emas, balki g‘oyibdan kelgan ovoz, surush orqali berilgan.
Ikkinchidan, faxriyadan bu o‘rinda nafaqat shoir mahoratini namoyish etish, balki ijodkorning
o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida ham foydalanilgan.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Alisher Navoiy qit’alarining deyarli barchasi

boshdan-oxir faxriya mazmunida yozilgan va bunday turdagi qit’alar adabiyotshunoslikda
faxriya qit’alar deb yuritiladi. Qit’aning bu kabi turida faxriyalarni badiiy san’at sifatida qabul
qilolmaymiz. Ularga janrning mazmuniy turi sifatida qarash maqsadga muvofiq. Chunonchi,
mutafakkir ijodkor nasriy muqaddimalarida ham faxriya badiiy vositasidan unumli
foydalangan. Bunday o‘rinlarda faxriya baytlar ulkan asarning bir necha baytini tashkil
etganligi, asar boshdan-oyoq faxriya mazmunida yozilmaganligi uchun ularni faxriya adabiy
san’ati sifatida qabul qilamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Валихўжаев Б. Ўзбек адабиётшунослиги тарихи. – Т.: Ўзбекистон, 1993. –Б.10

2.

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 12 томлик, 9-том. – Т.: ЎзМЭ., 2005. –Б.211

3.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик, 1-том. – Т.: Фан, 1990. –

Б.509
4.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик, 5-том. – Т.: Фан, 1988. –

Б.508
5.

Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият луғати. – Т.: Янги аср авлоди, 2008. –Б.156

6.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик, 11-том. – Т.: Фан, 1993. –

Б.36
7.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик, 8-том. – Т.: Фан, 1991. –

Б.36

Библиографические ссылки

Валихўжаев Б. Ўзбек адабиётшунослиги тарихи. – Т.: Ўзбекистон, 1993. –Б.10

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 12 томлик, 9-том. – Т.: ЎзМЭ., 2005. –Б.211

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик, 1-том. – Т.: Фан, 1990. –Б.509

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик, 5-том. – Т.: Фан, 1988. –Б.508

Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият луғати. – Т.: Янги аср авлоди, 2008. –Б.156

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик, 11-том. – Т.: Фан, 1993. –Б.36

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик, 8-том. – Т.: Фан, 1991. –Б.36