Авторы

  • Madina Mavlonova
    Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti filologiya va tillarni o’qitish o’zbek tili yo’nalishi 51-23 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.79034

Ключевые слова:

“Hayrat ul -abror” dostoni so’z gavhari yaxshi so’z yomon so’z.

Аннотация

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni tarkibidagi maqolatlar ichidan aynan so’z, uning tasviri, so’zning qudrati tog’risida yoritiladi .     


background image

132

ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA SO’Z

LATOFATINING E’TIROFI

Mavlonova Madina Bahrom qizi

Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti filologiya va tillarni o’qitish

o’zbek tili yo’nalishi 51-23 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15227056

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni tarkibidagi

maqolatlar ichidan aynan so’z, uning tasviri, so’zning qudrati tog’risida yoritiladi .

Asosiy so’zlar

: “Hayrat ul -abror” dostoni, so’z gavhari, yaxshi so’z , yomon so’z.


Hayrat ul abror ko’rib zotini
“Hayrat ul-abror”dedim otini

1

So’z mulkining sultoni Alisher Navoiy qalamiga mansub bo’lgan “Hayrat ul-abror” (Yaxshi

kishilarning hayratlanishi) dostoni pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy dostondir.
Doston 3988 baytdan iborat bo’lib,64 bob 20 maqolatdan tashkil topgan.”Hayrat ul-abror”da
saxovat, odob, qanoat, vafo, ishq, rostlik, adolatlilik, ilmlilik va boshqa turli fazilatlar to’g’risida
maqolatlarning ichida so’z yuritiladi va hikoyalar orqali ilgari surilgan g’oyalarning mazmuni
mustahkamlanadi. Mana shunday mavzulardan biri bu doimiy muloqotimizda foydalanadigan
so’z va uning qudrati tog’risida fikr yuritiladi. ”Hayrat ul-abror”ning o’n to’rtinchi bobida so’z
xususida fikr bildiriladi. Navoiy bobning nomini “

Odamzod vujudi osmonining jahonni yoritar

yulduzlari va inson zotiga xos bo’lgan konning behisob javharlari bo’lgan so’z ta’rifida”

deb

nomlaydi.Ya’ni insonning jismi osmon bo’lsa, so’z esa osmonni yoritar yulduzlar, osmonni
yorug’ yulduzlar yoritib uni chiroyli qilsa, so’z ham insonga shunday ziynat beradi deb keltirib
o’tiladi.

Dostonda aynan dunyoda birinchi yaratilgan so’z “Kofu nun” ya’ni “Kun” bo’lib, “Yaral” ,

“Bunyod bo’l” degan ma’nolarni bildirganligi va bu so’zning tarixi haqida ma’lumot beriladi.

Jon o’lub ul, run aning qolibi

Kim tanida ruh, aning tolibi

So’z jon bo’lib, ruh uning qolipidir . Tanasida ruhi bor odamgina doimo so’zga ehtiyoj

sezadi

Barchamizga ma’lumki, til va so’z bir- biriga bog’liq jarayon hisoblanadi.Navoiy bobomiz

ham shu narsani e’tirof etib ”

Agar til bamisoli bir po’lat xanjar bo’lsa, so’z unga qadalgan

injulardir.Til shu chamanning ochilgan lolasi bo’lsa, so’z durlari unga qo’ngan shabnamlardir”

deb til va so’zning o’zaro bog’liq ekanligini ta’kidlab o’tayapti.


Gar xud erur xanjari po’lod til,

So’ftidog’I injulari so’zni bil.

Til bu chamanning varaqi lolasi
So’z duraridin bo’lubon jolasi.


Tabiiyki, so’z tog’risida gap ketganida ota bobolarimiz tomonidan doimo yosh avlodlarga

1

1 Aлишер Навоий . “Ҳайрат ул-аброр. ТAТ. Ўн жилдлик. Олтинчи жилд.-Т.: Ўзбекистон Матбуот ва ахборот

агентлиги Ғ.Ғулом номидаги нашриёт-марбаа ижодий уйи, 2013


background image

133

yaxshi so’zlarni so’zlash lozimligi, yomon so’zlardan tiyilish kerakligi aytib kelingan va dono
xalqimizning “Yaxshi so’z- jon ozig’i, yomon so’z- bosh qozig’i” degan maqollari va hikmatli
so’zlari mavjud. ”Hayrat ul-abror”da ham quyidagicha keltiriladi

:” So’z o’lgan odamning

tanasiga pok ruh bag’ishlaydi. So’zdan tandagi tirik ruh halok bo’lishi ham mumkin”

Haqiqatan

birgina yaxshi so’z orqali insonning ko’ngliga iliqlik olib kirish mumkin, shu bilan birgalikda
aksincha yomon va qo’pol so’zimiz orqali qalbni jarohatlash ham birgina so’zimizga bog’liq.
Dostonda quyidagicha misollar keltiriladi: yaxshi so’z bilan insonni tiriltirgani uchun Iso
payg’ambar o’zini “Jonbaxsh” degan laqab bilan atagan , so’z tufayli Xalil o’zini o’tga tashlagan
, Jabroil ham so’z yukiga hammol bo’lgan deb keltiriladi.


Tirguzub o’lganni kalomi fasix,

O’ziga jonbaxsh laqab deb Masix

So’zdin etib o’tg’a azimat Xalil,
So’z yukiga homil o’lub Jabroil.


So'z bilan har qanday yaxshilikni ro'yobga chiqarish mumkin. Qachonki, u so’zning

ma'nosi to'liq tushunilib, muloqotga tayyor bo’lganidan so’ng.

Albatta har bir so’zni nutqimizga ko’chirishdan oldin uning asl mohiyatini anglab
so’ng uni jonlantirishimiz lozim. Dostonda shunday keltiriladiki,

“Tangri insonni sirlar

xazinasi darajasiga ko’targan ekan,uni so’zlash qobiliyatiga ega bo’lganligi uchun hayvonlardan
ortiq qilib yaratdi”

deb aytib o’tgan.


Tangriki, insonni qilib ganji roz,

So’z bila hayvondin anga imtiyoz.

Tashqi tomondan go’zal bo’lgan insonning qalbi qay darajada go’zal ekanligini bilish

uchun u bilan suhbatda bo’lmoq lozim, agar u inson har qancha chiroyli bo’lsa ham so’z
ne’matidan bebehra bo’lsa, u go’zal bilan devordagi sur’atning farqi qolmasligini Navoiy
shunday keltirib o’tadi:

“G’uncha og’izlik, shirin lab jonon gapirmasdan labini yopib turib olsa, uning mayday totli

lali lablari aqlni mast qilsa,mastlik u yoqda tursin , mayparast qilib qo’ysa ham, tashqi ko’rinishi
bilan osmondagi oy bo’lsa ham devordagi sur’at bilan uning ko’rinishi o’rtasida farq yo’q “

deb

aytib o’tgan.


Surat ila bo’lsa maxi osmon ,

Surati devor hamon, ul hamon.

Biz doimiy nutqimizda qo’llayotgan so’z shunchalar kuchli “ qurol” ekanki, birgina

so’zning qudratli kuchi orqali ko’ngilga yaxshilik yo’lini topishimiz yoki aksincha, ozor
berishimiz mumkin , so’z tufayli darddan forig’ bo’lishimiz yoki g’am anduhga tushishimiz
mumkin. Navoiyning “ Hayrat ul-abror ” dostonidagi birgina bobdan mana shunday tuganmas
xazinalarni topishimiz ham so’z orqali amalga oshirilmoqda. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek
Navoiy so’zga shunchaki munosabatda bo’lmagan, unga jiddiy yondashgan va buning yorqin
dalilini uning yaratgan asarlarida ham ko’rishimiz mumkin. Navoiyni bejizga So’z mulkining


background image

134

sultoni deb atamaganligimizga yana bir bor amin bo’ldik .Shunday ekan, Navoiy dahosinig
asarlarini , ilmiy merosini o’rganishda , uning yangidan yangi qirralarini kashf etishda davom
etishimiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Navoiy asarlar lug’ati. Toshkent, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti,

1972.
2.

Alisher Navoiy. “Hayrat ul-abror” o’n jildlik. Oltinchi jild-T:O’zbekiston Matbuot agentligi

G’ G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2013.
3.

“Hayrat ul-abror” nasriy bayoni-Toshkent, Tamaddun nashriyoti, 2021.

Библиографические ссылки

Navoiy asarlar lug’ati. Toshkent, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1972.

Alisher Navoiy. “Hayrat ul-abror” o’n jildlik. Oltinchi jild-T:O’zbekiston Matbuot agentligi G’ G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2013.

“Hayrat ul-abror” nasriy bayoni-Toshkent, Tamaddun nashriyoti, 2021.