166
ONA TILI TA’LIM MAZMUNINI TAKOMILLASHTIRISHDA BILIM
EGALLASHNING TIZIMLI XUSUSIYATLARI
O. B.Qurbonova
Nizomiy nomidagi TDPU O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi
kafedrasi dotsenti (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.15244293
Annotatsiya
: Mazkur maqolada ona tili ta’lim mazmunining tarkibiy qislari va ta’lim
maqsadining mutanosibligini takomillashtirish, ta’lim jarayoni subyektlarida metodik-
pedagogik bilimlar yig‘indisini, sohaga oid fanlar integratsiyalashuvini, axborotlar bilan ishlash
ko‘nikmalarini rivojlantirish va nutqiy-kasbiy faoliyatda ulardan foydalanish hamda tatbiq
qilish bo ‘yicha olimlar ilmiyqarashlari keltirilib tahliliy yondashuvlar izohlangan.
Kalit so‘zlar:
ta’lim mazmuni tushunchasi, ona tili ta’lim mazmuni, tarkibiy qismlar,
ilmiy-nazariy bilimlar, nutq shakllari, nutqiy, ijodiy faoliyat, o‘quv ta’limiy vositalar, bilim,
ko‘nikma va malakalar, lingvistik, kommunikativ kompetenlik, o‘quv fanlarning o‘zaro
integratsiyalashuvi, matn, mashq va topshriqlar ustida ishlash.
Аннотация.
В данной статье представлены научные взгляды ученых на улучшение
сбалансированности содержания обучения родному языку и цели обучения, накопление
методических и педагогических знаний по предметам образовательного процесса,
интеграцию дисциплин, развитие навыков обработки информации и их использования
и применения в речевой и профессиональной деятельности, а также обоснованы
аналитические подходы.
Ключевые слова:
концепция содержания образования, содержание образования
на родном языке, компоненты, научно-теоретические знания, формы речи, речь,
творческая деятельность, учебные пособия, знания, умения и квалификации,
лингвистическая, коммуникативная компетенция, интеграция учебных предметов,
работа над текстами, упражнения и выводы.
Annotation.
This article presents the scientific views of scientists on improving the
balance of the content of teaching the native language and the purpose of learning, the
accumulation of methodological and pedagogical knowledge in the subjects of the educational
process, the integration of disciplines, the development of information processing skills and
their use and application in speech and professional activities, as well as substantiates
analytical approaches.
Keywords
: the concept of the content of education, the content of education in the native
language, components, scientific and theoretical knowledge, forms of speech, speech, creative
activity, textbooks, knowledge, skills and qualifications, linguistic, communicative competence,
integration of academic subjects, work on texts, exercises and conclusions.
Ona tili mazmuni mohiyatiga o‘zbek xalqining milliy urf- odatlari, buyuk siymolarning,
mutafakkirlarning tarbiyaviy o‘gitlari, xususiy va umumiy aksiologik yondashuvlar sintezi,
adabiyotimiz badiiy durdonalarini, ma’naviy merosini , shu bilan birga , ularga oldingi va
keyingi ilm-fan yutuqlarini singdirish, sog‘lom raqobat olib borishga yo‘naltirish muhim
ahamiyat kasb etadi. Ona tili ta’lim mazmuni va uning maqsadlari mutanosibligini tarkib
toptirish quyidagi bosqichlarni amalga oshirish samaradorlikka yo’naltiradi:
-Ona tili ta’lim mazmunini uning maqsadlari bilan mutanosiblikni ta’minlashda fanning
167
ustuvor tamoyillari va tadqiqotchilarning didaktik tamoyillari uyg‘unligi aniqlash;
-
pedagogik, metodik, psixologik, didaktik darslik, o‘quv qo ‘llanmalar, ilmiy manbalar bilan
ishlashga va kreativ, mantiqiy fikrlashga o ‘rgatish;
-
bo‘lajak o‘qituvchilarning nazariy, amaliy, mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarida mustaqil
izlanuvchanlik va o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentligini uzluksiz mustahkamlab borish;
-
o‘quv jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning nutqini , tafakkur qilish qobiliyatini
grammatik,lisoniy, sohaviy terminlar bilan boyitish, glossariy tuzish va nutqiy-kasbiy
faoliyatda qo‘llashga imkoniyat yaratish.
Metodist olima D.Yuldasheva o‘zining “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi”
1
deb nomlangan
darsligida ta’lim mazmunining tarkibiy qismi bilimlar, amaliy ko‘nikmalar tizimidir iborat
ekanligi va mazkur tushunchani tor va keng ko‘lamda quyidagicha talqin qiladi:“Tor ma’noda
ta’lim mazmuni deganda ta’lim oluvchiga berilishi, o‘zlashtirilishi talab etiladigan bilimlar
tushuniladi. Keng ma’noda ta’lim mazmuni deganda ta’lim oluvchilarga qanday bilimlar berish,
bu bilimlarni qanday usul bilan berish lozimligi, o‘qituvchi o‘quvchiga, o‘quvchi o‘qituvchiga
qanday yondashishi, ta’lim natijasida tarbiyalanuvchi nimalarni qila olishi va hatto o‘z
faoliyatiga ichki baho bera olishi tushuniladi. Boshqacha so’zlar bilan aytganda, keng ma’noda
ta’lim mazmuni ta’lim maqsadidan boshqa uning barcha asosiy tarkibiy qismlarini, jumladan,
ta’lim usuli, ta’lim vositalari, ta’lim natijasini o‘z ichiga oladi va ayni zamonda ta’lim
maqsadining yoyilmasi, uning voqelantirishninig material, usul va vositalarining, ta’lim
jarayoni ishtirokchilari o‘zaro munosabatlarining oldindan loyihalashtirilgan modeli
mavqeyini kashf etadi.”Ta’limning umumiy mazmuni ta’limning umumiy maqsadi bilan
kesishadi. Ta’lim turi (bosqichi) mazmuni deganda ta’limning ma’lum bir turi (bosqichi)da
o‘rganiladigan “o‘quv predmetlari, ularning o‘zaro aloqadorligi va o‘rganilish tartibi”
2
.
Pedagogika fanlari doktori A.R.Hamrayev o‘zining “Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy
faoliyatini loyihalashtirish” mavzusidagi tadqiqot ishida ta’lim mazmunining tarkibiy qismiga
quyidagicha yondashadi.” Tom ma’noda maqsad usulni, usul mazmunni belgilaydi. Bilim –
ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismi. Har bir yangi avlod hayotga qadam qo‘yar ekan,
ajdodlarining bilim va tajribalarini o‘zlashtiradi hamda mazkur bilimlar asosida yangilarini
hosil qiladi. Ta’lim maqsadi bilan bog‘liq ravishda o‘quvchi o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlar
hajmi va tabiati ijtimoiy zarurat bilan belgilanadi hamda ta’lim oluvchining ehtiyoj va
imkoniyatlari bilan muvofiqlashtiriladi. O‘quvchiga bilim berishdan ko‘zlanadigan asosiy
maqsad uni mustaqil faoliyatga yo‘llash, mikrosotsiumda o‘z o‘rnini egallashga tayyorlash
hamda eng zarur ko‘nikma va malakalarni hosil qilishdan iboratdir.
3
Yuqoridagi olimlarning
fikrlariga qo‘shimcha tarzda aytish mumkinki, bilimlar hajmini zaruriy axborotlar, turli
qarashlar va yondashuvlar sintezi bilan to‘ldirish muhim.
Pedagogika fanlari doktori B.R. Adizov “Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning
nazariy asoslari” mavzusidagi tadqiqot ishida ta’kidlashicha, “Ta’lim maqsadidan kelib chiqqan
holda o‘quvchining mustaqil bilim olishini tashkil etish orqali ta’lim mazmunini maqsadga
1
Yuldasheva D.N. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida) [Matn] : darslik / .-
Buxoro: ООО "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona nashriyoti, 2021. -155b
2
Леднев В.С. Содержание общего среднего образования (Проблемы структуры). – М.: Педагогика, 1980. – 7-стр.
3
Ҳамраев А.Р.Она тили таълимида ўқувчиларнинг ижодий фаолиятини лойиҳалаштириш.Пед.ф.д.(DsC) дисс .
…Т.2020.-126 б
168
muvofiq tarzda belgilash imkoniyati vujudga keladi. Bu esa dars jarayonida o‘quvchilarning
mustaqil faoliyat ko‘rsatishlariga imkoniyat yaratadi
4
. Shu bois ona tili ta’lim mazmuni
takomillashtirishda talabalarning mustaqil bilim egallashlari uchun o‘quv metodik ta’minotga
mos ishlab chiqilgan, turli milliy va zamonaviy illyustrativ vositalar bilan ritorik figuralar
mazmunini o ‘z ichiga olgan metodik qo ‘llanmalar yaratish ahamiyatga ega.
Integrativ, kommunikativ, kontekstli yondashuvlar asosida ona tili ta’limi mazmunini
takomillashtirishda talabalarning nutqiy- ijodiy, kommunikativ-pragmatik ko‘nikmalarini ,
tasavvur va tafakkurini, bildirilgan umumlashma munosabatlarini kengaytirish mavzuning
o‘rganilish obyekti samaradorligiga erishishga metodik asos vazifasini bajaradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Адизов Б.Р. Бошланғич таълимни ижодий ташкил этишнинг назарий асослари. Пед.
фан. док. дисс. –Т.: 2003.-280 б.
2.
Сафарова Р. Она тили таълимининг янгиланган мазмуни ва унинг дидактик
асослари.– Т.: Фан, 1995.– 110 б.
3.
Xolyigitova, B. K. (2021). Bolaning ijodiy faoliyatini rivojlantirish. Вестник
магистратуры, (1-3 (112)), 64-65.
4.
Леднев В.С. Содержание общего среднего образования (Проблемы структуры). – М.:
Педагогика, 1980. – с 7.
5.
Yuldasheva D.N. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
[Matn] : darslik / .-Buxoro: ООО "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona nashriyoti, 2021. -155b
6.
Ҳамраев А.Р.Она тили таълимида ўқувчиларнинг ижодий фаолиятини
лойиҳалаштириш.Пед.ф.д.(DsC) дисс . …Т.2020.-126 б
7.
Ғуломов А., Неъматов Ҳ. Она тили таълими мазмуни. – Т.: Ўқитувчи, 1995. – 5-8- б.
4
Адизов Б.Р. Бошланғич таълимни ижодий ташкил этишнинг назарий асослари. Пед. фан. док. илм. дараж.
олиш учун ёзилган дисс. –Т.: 2003. -280 б.
