117
ISLOM SHARIYATI VA ZAMONAVIY DAVLATDA AYOLLAR HUQUQLARINING
QIYOSIY TAHLILI
Narimonova Muxlisa Murod qizi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi,
Islomshunoslik yo‘nalishi 4-kurs talabasi
Mamazova Zarifa Kurbanovna
“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi katta o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15280866
Annotatsiya:
Ayollar huquqi islom hamjamiyatining asosiy diqqat-markazida bo‘lgan
masalalaridan biridir. Butun dunyo va O‘zbekistonda musulmonlar idorasi, fatvo bo‘limlariga
har yili ko‘plab ayol-qizlarning masalasiga doir savololar, taklif-mulohazalar yetib keladi.
Ayollar huquqiga islom dinida erkaklarnikidan kam e’tibor qaratilgan emas. Ayollarning oila
va jamiyatdagi huquqi erkaklarnikidan deyarli farq qilmaydi. Ayollar oilada ona, rafiqa
sifatida o‘rin topgan bo‘lsa, jamiyatning to‘laqonli bir qismi hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
Ayollar huquqi, ijtimoiy huquq, oilaviy huquq, yashash huquqi, ta’lim olish
huquqi, onalik huquqi, turmush qurish huquqi, saylov huquqi, kasb-kor huquqi.
COMPARATIVE ANALYSIS OF ISLAMIC LAW AND WOMEN'S RIGHTS IN THE
MODERN STATE
Narimonova Mukhlisa Murod qizi
International Islamic Academy of Uzbekistan,
4th year student of Islamic Studies
Mamazova Zarifa Kurbanovna
Senior lecturer of the Department of "Social Sciences and Law"
Abstract:
Women's rights are one of the main issues of concern to the Islamic
community. Every year, many questions, proposals and comments on the issues of women
and girls arrive at the offices of Muslims and fatwas all over the world and in Uzbekistan.
Women's rights are paid no less attention in Islam than men's. Women's rights in the family
and society are almost the same as those of men. Women are considered a full-fledged part of
society if they find their place in the family as mothers and wives.
Keywords:
Women's rights, social rights, family rights, right to life, right to education,
motherhood, right to marriage, right to vote, professional rights.
Ayol Yaratganning erkak zotiga bergan ne’matidir. Islom dini ayolni e’zozlash va ularga
munosabatda ehtiyorkor va sabrli boʻlishga chaqiradi. Ayolning oiladagi, jamiyatdagi,
farzandlari oldidagi burch va vazifalari, huquq va erkinliklari ko‘p asrlardan buyon bahs va
munozaraga sabab bo‘ladigan mavzu hisoblanadi. Ba’zi kishilik jamiyatlari ayollarga e’tibor
berish, ularning haq-huquqlarini himoya qilish tarafdorlari bo‘lgan bo‘lsa, ba’zilarida buning
aksi bo‘lgan. Islom dinida esa barchaga birdek xitob qilinib, erkak va ayollarga tenglik ila
muomala qilingan. Haq-huquqlarda birini boshqasidan ustun qoʻyilmagan. Ayollar Islomda
ona, opa-singil, jufti halol va qiz sifatida hurmatlanadi. Qur’oni karimning oʻndan ortiq
suralarida va koʻplab hadisi shariflarda ayollarga tegishli hukmlar mavjud. Hatto Qur’oni
karimning katta suralaridan biri “Niso” (“Ayollar”) deb nomlangan. Bularning hammasi Islom
dinida ayollarga boʻlgan yuksak e’tibordir. Islomda ayollarning haq-huquqlari mavzusida so‘z
yuritishdan avval haq so‘ziga to‘xtaladigan bo‘lsak. Xo‘sh, haq o‘zi aslida nima?
118
Haq soʻziga ulamolar tarafidan juda koʻplab ta’riflar berilgan boʻlib, umumiy va
muxtasar berilgan ta’rifdan foydalanishni lozim topdik. “Haq” soʻzi lugʻatda yakka shaxs yoki
biror bir jamoa uchun qat’iy sobit qilingan ish ma’nosini beradi. Istilohda esa shar'an
oʻrnatilgan foyda ma’nosida keladi. Musulmon kishi huquqlaridan foydalanishi kafolatlanishi
uchun Islomdagi har bir haqning muqobilida burch tushunchasi turadi. Masalan ta’lim olish
yosh bolaning haqqi, davlatning esa burchidir. Islomda ayollarning huquqini oiladagi, turmush
oʻrtogʻidagi, jamiyatdagi va mulkdagi kabi bir nechta turlarga boʻlish mumkin. Ayolning aksar
huquqlari erkagu-ayolga birdek xos boʻlgan huquqlardir. Ammo ayol huquqlarining bir
qancha oʻziga xosligi bor boʻlib, ular bilan quyida tanishamiz. Ayollarning eng birlamchi
huquqi bu:
–
Yashash huquqi. Islomdan avval ayollar yashash huquqiga ega emas edilar. Aksar
hollarda oilada tug‘ilgan qiz farzand vahshiylarcha oʻldirilar edi. Islom dini xotin-qizlarning
mavqeini ko‘taruvchi, jamiyat cho‘qqisiga ko‘taruvchi bir qancha tamoyillarni eʼlon qildi. Bu
tamoyillar qatorida, birinchisi, ayol insoniyatda erkakka o‘xshab, yashash huquqi ga egadir.
Anʼom surasining 151-oyatida deyilganki:
ْمُكُقُز ْرَن ُنْحَن ٍق َلَْمِإ ْنِم ْمُكَد َلَ ْوَأ اوُلُتْقَت َلَ َو اًناَسْحِإ ِن ْيَدِلا َوْلاِب َو اًئْيَش ِهِب اوُك ِرْشُت َّلََأ ْمُكْيَلَع ْمُكُّبَر َمَّرَح اَم ُلْتَأ ا ْوَلاَعَت ْلُق﴿
﴾ َنوُلِقْعَت ْمُكَّلَع َل ِهِب ْمُكاَّص َو ْمُكِلَذ ِ قَحْلاِب َّلَِإ َُّاللّ َمَّرَح يِتَّلا َسْفَّنلا اوُلُتْقَت َلَ َو َنَطَب اَم َو اَهْنِم َرَهَظ اَم َش ِحا َوَفْلا اوُبَرْقَت َلَ َو ْمُهاَّيِإ َو
“Keling, Robbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni tilovat qilib beraman: Unga hech
narsani shirk keltirmang! Ota-onangizga yaxshilik qiling! Ochlikdan qoʻrqib, bolalaringizni
oʻldirmang. Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz. Fahsh–buzuq ishlarning oshkorasiga
ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang. Alloh harom qilgan jonni oʻldirmang. Magar haq ila
boʻlsa, mayli. Ushbularni sizga amr qildikki, shoyad aql yuritsangiz, deb ayt”
1
.
Mana shu oyati karimaning shafoatidan ota-onaga ozor bermoq, ularni tahqirlamoq,
shuningdek, yosh qizlarni tiriklayin koʼmib oʼldirmoq kabi yovuzliklarga chek qoʼyildi.
–
Ta’lim olish huquqi. Islomda ayollarning ilm izlash va egallashlariga toʻsqinlik qiladigan
hech narsa kelgani yoʻq, aksincha, bu musulmonlardan talab va farz qilingan va ayol yoki
erkak deb ajratmagan holda targʻib qilingan. Islomda farzand tarbiyasi bilan asosan uning
onasi shugʻullanadi ya’ni ona koʻproq vaqt oʻtkazadi. Shu sababdan islom nafaqat ayolga ilm
olish huquqini berdi, balki buni farzandi ustidagi vojib amallardan qildi.
–
Ayolning onalik huquqi. Islomda ona ulug‘lanadi, uning haqqi Alloh va Rosulining
haqqidan keyingi o‘rinda turadigan darajada muhimdir. Qur’oni Karimda ota-ona, xossatan
onaning haqqini ado qilishga, uni hurmat qilishga chaqiradigan ko‘plab oyatlar mavjud.
َغَلَب َو ُهَّدُشَأ َغَلَب اَذِإ ىَّتَح ا ًرْهَش َنوُث َلََث ُهُلاَصِف َو ُهُلْمَح َو اًه ْرُك ُهْتَعَض َو َو اًه ْرُك ُهُّمُأ ُهْتَلَمَح اًناَسْحِإ ِهْيَدِلا َوِب َناَسْنِ ْلْا اَنْيَّص َو َو﴿
يِ نِإ يِتَّي ِ رُذ يِف يِل ْحِلْص َأَو ُهاَض ْرَت اًحِلاَص َلَمْعَأ ْنَأ َو َّيَدِلا َو ىَلَع َو َّيَلَع َتْمَعْنَأ يِتَّلا َكَتَمْعِن َرُكْشَأ ْنَأ يِنْع ِز ْوَأ ِ بَر َلاَق ًةَنَس َنيِعَب ْرَأ
﴾ َنيِمِلْسُمْلا َنِم يِ نِإ َو َكْيَلِإ ُتْبُت
“Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi unga qiylanib homilador
bo‘ldi va uni qiylanib tug‘di. Va uning homilasi va ko‘krakdan ajratishi o‘ttiz oydir. Toki u
kamolga yetib, qirq yoshga kirganida: “Robbim O‘zing menga va ota-onamga bergan
ne’matlaringga shukr qilishimga va sen rozi bo‘lgan solih ishlarni qilishimga ilhom bergin. Va
mening zurriyotlarimni ham solihlardan qilgin. Albatta, men tavba qildim va albatta, men
musulmonlardanman”, dedi”
2
. Alloh taolo insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurmoqda.
1
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. – J:3.
– Toshkent: Sharq nashriyoti, 2008.
– B.273.
2
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. . – J:3.
– Toshkent: Sharq nashriyoti, 2008.
– B.224.
119
Bu insoniylik burchidir, boshqa hech qanday asos yo‘q. Inson faqat insonligi uchun ota-onasini
hurmat qilishi, e’zozlashi zarur. Lekin shu bilan birga, oyatning o‘zida ota-onaga yaxshilik
qilishning boislaridan ba’zisi aytib o‘tilmoqda.
Ayollar Islomda ona sifatida benihoya qadr topdilar. Qur’oni karimda Payg‘ambar
(s.a.v)ning jufti halollari Qiyomatgacha keladigan “mo‘minlarning onasi”, deb e'lon qilindi.
Alloh taoloning roziligi ota-onaning roziligiga bog‘liqligi Islom dini ko‘rsatmalarida
ta’kidlangan. Hatto hadisi shariflarda yaxshilik qilishni onadan boshlashga buyurilgan.
Kunlarning birida Muoviya ibn Johima as-Sulamiy (r.a) Payg‘ambar (s.a.v) huzurlariga
kelib: “Alloh taolo yo‘lida jihod qilmoqchiman”, – deb ruxsat so‘raydi. Payg‘ambar (s.a.v) uning
onasi tirikligini bilib, onasiga xizmat qilishni buyuradilar. Yana ruxsat so‘rayvergach, U Zot
:
“Baraka topgur, volidangizning oyog‘iga mahkam yopishing, o‘sha yerda jannat bor!”
3
–
deydilar (Imom Ibn Moja rivoyati).
Imom Buxoriyning “Al-adab al-mufrad” kitobidagi quyidagi hadisi sharifni keltiganlar:
Bahs ibn Hakimdan, u otasidan, u bobosidan rivoyat qilinadi: “Yo Rosululloh kimga yaxshilik
qilay?” U zot: “Onangga”, — dedilar. “Kimga yaxshilik qilay? — dedim. “Onangga”, — dedilar.
“Kimga yaxshilik qilay?” – dedim. “Onangga”, — dedilar. “Otangga va yana yaqinlaringga”, —
dedilar”
4
.
Mana shu hadisdan ulamolar “onaning haqqi otanikidan koʻra uch baravar koʻp” degan
xulosaga kelishgan
5
.
–
Ayolning turmush qurish yoki umr yo‘ldosh tanlash huquqi. Bu ham ayolning asosiy
haqlaridan biri hisoblanadi. Bizning hanafiylik mazhabida bokirani uning roziligisiz
turmushga berish yo‘q. Juvonning esa turmush qurish ixtiyori to‘liq o‘zidadir.
،اَه ِرْد ِخ ىَلِإ َسَلَج ِهِتاَنَب ْنِم اًئْيَش َجِ وَزُي ْنَأ َداَرَأ اَذِإ ملسو هيلع الله ىلص ِالله ُلوُسَر َناَك : ْتَلاَق اَهْنَع ُالله َي ِضَر َةَش ِئاَع ْنَع
ْمَل ُهْتَرَقَن اَذِإَف ،َرْتِ سلا ِتَرَقَن ْتَه ِرَك َيِه ْنِإ َو ،اَهَج َّوَز ْتَتَكَس َيِه ْنِإَف اَه َرَكَذ يِذَّلا َلُجَّرلا يِ مَسُي َو اَهيِ مَسُي ،ًةَن َلَُف ُرُكْذَي اًن َلَُف َّنِإ : َلاَقَف
.اَهْجِ وَزُي
(
ٍلَبْنَح ُنْب ُدَمْحَأ ُها َوَر
).
Oisha (r.a)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v)qachon qizlaridan birortasini uzatmoqi
bo‘lsalar, uning pardasi oldiga o‘tirib, Falonchi Falonani zikr qilmoqda , deb, uning ham, uni
zikr qilgan erkakning ham ismini aytar edilar. Agar u sukut saqlasa, nikohlar edilar. Agar u qiz
yoqtirmasa, pardani chertar edi. Qachon qiz pardani chertsa, uni nikohlamas edilar
6
.( Ahmad
rivoyat qilgan.)
Ushbu hadisdan ko‘rinib turibdi-ki, qiz bolani majburan uzatish yo‘q. Bu payg‘ambar
Muhammad (s.a.v)ning o‘zlaridan qolgan merosdir.
هيلع الله ىلص ِالله َلوُس َر ْتَتَأَف ، َكِلَذ ْتَه ِرَكَف بِ يَث َيِه َو اَهَج َّوَز اَهاَبَأ َّنَأ :اَهْنَع ُالله َي ِضَر ِةَّي ِراَصْنَ ْلْا ٍماَد ِخ ِتْنِب َءاَسْنَخ ْن َع
د ُواَد وُبَأ َو ُّي ِراَخُبْلا ُها َوَر . ُهَحاَكِن َّدَرَف ملسو
.
Xonsa bintu Xidom al-Ansoriya roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
Otasi u kishini so‘ramay, juvon holida erga berdi. Bu unga yoqmay, Rasululloh (s.a.v)ning
huzurlariga keldi. Bas, u zot uning nikohini bekor qildilar. (Buxoriy va Abu Dovud rivoyat
qilganlar)
Demak, juvon ayolni o‘zidan so‘ramay yoki majbur qilib birovning nikohiga berib
3
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Baxtiyor oila.
–Toshkent: Hilol nashr, 2018
. –
B.109.
4
Imom Buxoriy. Al-adab a- mufrad.
–
J:1. – Toshkent: Sharq nashriyoti, 2008.
– B. 60.
5
Imom Buxoriy. Al-adab a- mufrad.
–
J:1. – Toshkent: Sharq nashriyoti, 2008.
– B. 60.
6
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Baxtiyor oila.
–Toshkent: Hilol nashr, 2018
. –
B.85.
120
bo‘lmaydi. Islom dini bunday vaqtda o‘sha ayolga qoziga arz qilish huquqini beradi. Arz
qilingan chog‘ida esa, qozi unday nikohni buzish haqida hukm chiqaradi. Izn so‘ramay
nikohlangan chog‘da ish ayolning roziligiga bog‘liq bo‘lib qoladi. U: Roziman , desa, nikoh
nikoh bo‘ladi, bo‘lmasa, buziladi.
–
Ayolning go‘zal muoamalaga haqli ekanligi. Islomda ayol johiliyat davridagidek
xo‘rlanmaydi, balki Alloh taolo mo‘minlarga ularga go‘zal muomalada bo‘lishni, va hatto ularni
tark qilsalar go‘zal holda, zulm qilmay tark qilishni buyuradi:
ٍةَش ِحاَفِب َنيِت ْأَي ْنَأ َّلَِإ َّنُهوُمُتْيَتآ اَم ِض ْعَبِب اوُبَهْذَتِل َّنُهوُلُضْعَت َلَ َو اًه ْرَك َءاَسِ نلا اوُث ِرَت ْنَأ ْمُكَل ُّل ِحَي َلَ اوُنَمآ َنيِذَّلا اَهُّيَأ اَي﴿
﴾ا ًريِثَك ا ًرْيَخ ِهيِف ُ َّاللّ َلَعْجَي َو اًئْيَش اوُهَرْكَت ْنَأ ىَسَعَف َّنُهوُمُتْه ِرَك ْنِإَف ِفوُرْعَمْلاِب َّنُهوُرِشاَع َو ٍةَنِ يَبُم
“Ey iymon keltirganlar! Sizlarga ayollarni zulm-la merosga olish halol emas. Ochiq
fohisha ish qilmasalar, bergan narsalarningizning ba’zisini olish uchun ularni zo‘rlik-la ushlab
turmang va ular ila yaxshilikda yashang. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz
yoqtirmagan narsada ko‘pgina yaxshiliklarni qilsa”
7
.
Ushbu oyat Islomdan oldingi davrda ayol kishiga zulm va jabr shaklida joriy qilingan
ba’zi odatlarni botil etmoqda. Jumladan, johiliy arablarning odati bo‘yicha, erkak kishi vafot
etsa, uning xotini ham boshqa molu mulki qatori qarindoshlariga meros bo‘lib qolar edi. U
bechora ayolni zo‘rlik-la merosga olishar edi. Xohlasa, birontasi unga mahr bermay uylanar
yoki boshqa birovga erga berib, mahrini o‘zlari olishar yoki umuman u sho‘rlikni erga
berishmas, o‘zlari ham uylanishmas, bexuda ushlab turishar edi.
Ushbu oyatda Alloh taolo mo‘min-musulmon bandalariga xitob qilib, bunday ishlar
yaramasligini bayon qilmoqda. Va ayollarga nisbatan bo‘lgan zulm va jabr-sitamni
ko‘tarmoqda. Va yana oyatda “Ular ila yaxshilikda yashang” xitobi mo‘minlarga qarat aytilgan.
Ayol bilan yaxshilikda yashash, unga yaxshi muomalad bo‘lish erkakning vazifasi ekan. Afsuski
bugungi kunda ko”plab jamiyatlarda ayolni, xususan kishi o‘z rafiqasini xo‘rlash holatlari
haligacha kuzatilmoqda.
–
Ayolning bosqichma bosqich tarbiyalanish haqqi. Bu ham afsuski hozirgi kunimizdagi
og‘riqli nuqtalardan biri hisoblanadi. Alloh taolo o‘z kitobida Niso surasi 34-oyatida keltiradi:
ِبْيَغْلِل تاَظِفاَح تاَتِناَق ُتاَحِلاَّصلاَف ْم ِهِلا َوْمَأ ْنِم اوُقَفْنَأ اَمِب َو ٍضْعَب ىَلَع ْمُهَضْعَب ُ َّاللّ َلَّضَف اَمِب ِءاَسِ نلا ىَلَع َنوُما َّوَق ُلاَج ِ رلا﴿
َّنِإ ًلَيِبَس َّنِهْيَلَع اوُغْبَت َلََف ْمُكَنْعَطَأ ْن ِإَف َّنُهوُب ِرْضا َو ِع ِجاَضَمْلا يِف َّنُهوُرُجْها َو َّنُهوُظِعَف َّنُهَزوُشُن َنوُفاَخَت يِت َّلَلا َو ُ َّاللّ َظِفَح اَمِب
﴾ا ًريِبَك ا يِلَع َناَك َ َّاللّ
“Alloh ba’zilarini ba’zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar
ayollarga rahbardirlar. Soliha ayollar–itoatkor va Allohning hifzi-himoyasi bo‘yicha
g‘oyib(er)larining muhofazasini qiluvchilardir. Bosh ko‘tarishlaridan xavf qilingan ayollarga
va’z-nasihat qiling, yotoqlarida hijron qiling va uring. Agar itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa
yo‘l axtarmang. Albatta, Alloh yuksak maqomli buyuk zotdir”
8
.
Alloh taolo hech bir ishni behikmat qilmaydi. Jumladan, erkak kishi oila rahbari bo‘lsa va
u o‘z rahbarligini shariatda ko‘rsatilgandek ado etsa, bunday oilalar baxt-saodatga sohib
bo‘lmoqda. Bu ko‘rsatmaga yurmagan oilalar esa, baxtsizlikka uchramoqda, shundaylardan
tashkil topgan jamiyatlar ham baxtsizlikka duchor bo‘lmoqda. Bu yerda gapni cho‘zib
o‘tirishning hojati bo‘lmasa kerak. Mo‘mina, soliha ayollarning tabiatida eriga itoatkorlik
7
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol.
–
J:3. – Toshkent: Sharq nashriyoti, 2008.
– B.424.
8
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol.
–
J:3. – Toshkent: Sharq nashriyoti, 2008.
– B.127.
121
bordir.
Biz “itoatkorlik” deb tarjima qilayotgan so‘z oyati karimada “qonitatun” lafzi ila kelgan.
Bu so‘z o‘z irodasi, rag‘bati va muhabbati ila itoat qilish ma’nosini anglatadi. Demak, mo‘mina,
soliha ayollarning erlariga itoati o‘z mas’uliyatini tushungan holdan kelib chiqqan bo‘ladi.
Qo‘rqqanidan, majburlashdan yoki boshqa biror bosqidan emas. Bu itoat o‘zini tushungan,
hayotdagi o‘rnini, vazifasi va mas’uliyatini his etgan go‘zal insonning itoatidir.
Ba’zi johil kimsalar ushbu oyatdagi “uring” jumlasidan o‘z nafslari istaklari yo‘lida,
noto‘g‘ri foydalanadilar. Bu oyatda ayollarga tarbiya berishning bosqichlari ko‘rsatilgan. Avval
yaxshi nasihat, so‘ngra yotoqni alohida qilish, u ham ish bermagandagina jumhur
ulamolarning fikriga ko‘ra jarohat yetkizmaydigan darajada yengil urishdir. Chunki ayol
tabiatan nozik, ojiza qilib yaratilgan. Jazo tariqasida, yengil tarzdagi kaltak ham unga kifoya
qiladi. Aziyat beradigan zarba nafaqat uning jismini, balki qalbi va ruhini ham sindirishi
mumkin.
–
Islomda ayol kishi ajrashish huquqiga ega. Dinimizda ayol kishi erining zulmlariga
bardosh berishga majbur emas. Har qanday moddiy yoki ma’naviy zarar ayol kishiga sud
orqali beriladigan ajrashish uchun yetarli asos hisoblanadi. Shuni qayd etamizki, ajrashish
musulmon kishi uchun katta moddiy xarajatlarni keltirib chiqaradi. Er farzandlarini to‘liq
ta’minlashi, sobiq xotiniga ularning tarbiyasi uchun va ma’lum muddatgacha boqishi uchun
pul to‘lashi, uy ijarasi haqqini to‘lashi shart. Er nikohning saqlanib qolishidan moddiy va
ma’naviy jihatdan manfaatdor. Islom dunyosining mustahkam oila zanjirlari bilan dong
taratgani bejiz emas.
–
Islomda davlat rahbarini saylash, unga itoatni e’lon qilish bay’at deyiladi. Bu eng muhim
siyosiy haq ekani hammaga ma’lum. Qur’oni Karimda erkaklar bilan bir qatorda ayollarga
ham bay’at qilish huquqi berilgan.
Alloh taolo Mumtahana surasi 12-oyatida:
َنيِتْأَي َلَ َو َّنُهَد َلَ ْوَأ َنْلُتْقَي َلَ َو َنيِن ْزَي َلَ َو َنْق ِرْسَي َلَ َو اًئْيَش ِ َّللَّاِب َنْك ِرْشُي َلَ ْنَأ ىَلَع َكَنْعِياَبُي ُتاَنِمْؤُمْلا َكَءاَج اَذِإ ُّيِبَّنلا اَهُّيَأ اَي﴿
﴾ مي ِح َر روُفَغ َ َّاللّ َّنِإ َ َّاللّ َّنُهَل ْرِفْغَتْسا َو َّنُهْعِياَبَف ٍفوُر ْعَم يِف َكَني ِصْعَي َلَ َو َّنِهِلُج ْرَأ َو َّنِهيِدْيَأ َنْيَب ُهَني ِرَتْفَي ٍناَتْهُبِب
“Ey Nabiy, agar mo‘minalar huzuringga kelib, Allohga hech narsani shirk keltirmaslik,
o‘g‘rilik qilmaslik, zino qilmaslik, farzandlarini o‘ldirmaslik, qo‘llari va oyoqlari orasidan
bo‘hton to‘qib keltirmaslik va senga ma’rufda isyon qilmaslikka bay’at bersalar, ulardan bay’at
olgin. Va Allohdan ularga mag‘firat so‘ra. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir”
9
,
degan.
Ushbu oyatdagi bay’at berish, bugungi kunimizdagi saylovlarda saylash huquqiga
bevosita to‘g‘ri kieladi. Bundan ko‘rinib turibdi-ki, ayol kishi davlat rahbarlarini saylash
huquqiga ham ega.
–
Ayolda kasb-kor qilish huquqi. Islomda harom xarish ishlar mutlaqo harom qilingani
hammaga maʼlum. Koʻngil xushini esa ishlab turib qilgandan ishlamay qilgan ayollarning oʻzi
uchun yaxshi boʻlsa kerak. Yana bir bor taʼkidlash lozimki, Islomda ayol kishining ishlashi man
qilinmagan, balki bu masala ayol kishining, uning oilasining, jamiyatining manfaatlaridan
kelib chiqib tartibga solingan. Yosh bolalarning tarbiya va taʼlim ishlari ayollarning ishi
hisoblanadi. Xotin-qizlarga tibbiy xizmatlar koʻrsatish ayollarning ishi hisoblanadi.
Mutaqaddim Hanafiy faqihlardan Kamoliddin ibn al-Humom: “Agar ayolning xotinlarga xos
9
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol.
–
J:3.
– Toshkent: Sharq nashriyoti, 2008.
– B.131.
122
farzi kifoya ishda hunari boʻlsa, uning eri (ishga) chiqishidan man qila olmaydi”, deganlar.
Shuningdek, ayol kishi erining ishida yordamchi boʻlishi, oilasi muhtoj boʻlganda halol
yoʻl bilan, halol mehnat qilishi joiz. Yaʼni, oʻzi xohlasa ishlaydi, boʻlmasa birov uni majbur qila
olmaydi. Baʼzi ulamolarimiz nodir qobiliyatga ega boʻlib jamiyatga foydasi koʻp boʻlgan ayollar
ham ishlashlari tavsiya qilinadi, deganlar. Qolgan paytlarda ayol kishini ishlashga majbur
qilish yoʻq. Uning nafaqasi to‘laqonli erining zimmasidadir.
Ayolning oilasi va jamiyatdagi huquqlari juda katta bir mavzu bo‘lib, ulardan asosiy va
birlamchilarini keltirib o‘tishga harakat qildik. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdi-ki Islom
dinida ba’zi johil kimsalar aytganidek ayollarning huquqlari poymol qilinmagan, balki ularga
yuksak darajada ehtirom ko‘rsatilgan. Ayolning ona, rafiqa, qiz, singil, qarindosh va hatto
begona bo‘lgan holatda ham o‘z haq-huquqlari mavjud. Ayollar ham hayotning koʻp
jabhalarida erkaklar kabi teng huquqlidirlar. Ularga baʻzi oʻrinlarda berilgan cheklovlar ularni
kamsitish yoki yerga urish jihatidan emas, balki ularning nozik tabiati va xilqatidandir. Ya’ni
ularga ba’zi o‘rinlarda berilgan cheklovlar ularni yerga urish uchun emas, ularni avaylash
uchundir. Ayollari hurmatlangan jamiyat kuchli jamiyatdir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Iymon. –Toshkent: Sharq nashriyoti, 2008.
2.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Baxtiyor oila. – Toshkent. Hilol-nashr, 2021.
3.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. – J:3. – Toshkent: Sharq nashriyoti,
2008.
4.
Imom Buxoriy. Al-adab al- mufrad . – J:1. – Toshkent: Sharq nashriyoti, 2008.