Ushbu maqolada jismoniy tarbiya fanining masofaviy shaklda o‘qitilishi bilan bog‘liq dolzarb masalalar tahlil qilinadi. Xususan, pandemiya davrida va undan keyingi sharoitda onlayn ta’limning jismoniy tarbiya faniga ta’siri, texnologik imkoniyatlar orqali mashg‘ulotlarni tashkil etish tajribalari ko‘rib chiqiladi. Masofaviy o‘qitishning afzalliklari sifatida o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmasining rivojlanishi, zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish imkoniyatlari keltirilgan. Shu bilan birga, sport inventarlari va amaliy mashg‘ulotlar uchun zarur sharoitlarning yo‘qligi, ishtirok monitoringining murakkabligi kabi muammolar ham atroflicha yoritilgan. Maqola yakunida ushbu tizimni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.