123
FRAZEOLOGIZM VA PAREMIYALAR TARKIBIDA SON KOMPONENTI
QO‘LLANILISHINING O‘ZIGA XOSLIKLARI
Dilafruz Nematjanova
Namangan davlat universiteti, stajyor-o‘qituvchi,
dilafruznematjanova6@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15340394
Annotatsiya:
Raqamlar turli tillardagi frazeologik birliklar va maqollarning tuzilishi
hamda ma’nosida muhim rol o‘ynaydi. An’anaviy sonlar idiomatik ifodalarda ko‘pincha aniq
arifmetik qiymat emas, balki ramziy ma’nolarni anglatadi. Ushbu tadqiqotda o‘zbek va boshqa
tillardagi frazeologik birliklar hamda maqollarda raqamli elementlarning qanday ishlatilishi
o‘rganiladi. Shuningdek, sonlarning madaniy va lingvistik ahamiyati hamda tarixiy va
an’anaviy dunyoqarashlarni saqlab qolishdagi roli yoritiladi. Tadqiqotda ayniqsa o‘zbek va
boshqa xalqlarning folklori hamda til an’analarida tez-tez uchraydigan uch, yetti va qirq kabi
sonlarga alohida e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
frazeologiya, maqollar, raqamli ramzlar, o‘zbek tili, lingvistik madaniyat,
qirq kun, uch, yetti.
Annotation
: Numerical components play a crucial role in the structure and meaning of
phraseological units and proverbs across different languages. Traditional numbers are often
embedded in idiomatic expressions, conveying symbolic meanings rather than precise
arithmetic values. This study explores how numerical elements function in Uzbek and other
languages’ phraseological units and proverbs. It highlights the cultural and linguistic
significance of these numbers and their role in preserving historical and traditional
worldviews. Special attention is given to the frequent appearance of numbers such as three,
seven, and forty in Uzbek and other languages' folklore and linguistic traditions.
Keywords:
phraseology, proverbs, numerical symbolism, Uzbek language, linguistic
culture, forty days, three, seven.
KIRISH
Frazeologik birliklar va paremiya (maqollar, matallar) tarkibida sonlarning qo‘llanilishi
xalq tafakkurining muhim ifodasidir. Turli tillarda sonlar aniq miqdoriy qiymatni emas, balki
ramziy ma’noni ifodalashga xizmat qiladi (Uspenskiy, 2024). Masalan, o‘zbek tilida “yetmish
yillik tarix”, “qirq yigit”, “uch og‘a-ini” kabi iboralar keng tarqalgan bo‘lsa, rus tilida “семь
пятниц на неделе” (haftada yetti juma), ingliz tilida esa “third time’s a charm” (uchinchi
urinish omad keltiradi) kabi ifodalar mavjud.
Frazeologik birliklar va paremiya tili xalq tafakkurining mahsuli sifatida ko‘plab tarixiy,
madaniy va ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
ko‘plab xalqlar sonlarni tasodifiy qo‘llamagan, balki ularga maxsus ramziy ma’no yuklagan.
Shuningdek, frazeologik birliklarda uchraydigan sonlar ko‘pincha xalq hayot tarzi, diniy
e’tiqodlari va mifologik qarashlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Masalan, yetti soni ko‘plab xalqlarda
muqaddas hisoblangan va turli marosimlarda qo‘llangan. O‘zbek tilida “yettita qibla” iborasi
hurmat va e’tiborni anglatsa, arab va fors tillarida ham yetti soni muhim rol o‘ynaydi (Vasilev,
2022). Ingliz tilida esa “seventh heaven” iborasi baxtning yuksak darajasini anglatadi
(Sharipov, 2024).
Qirq soni esa turli madaniyatlarda ko‘plik va uzun davomiylikni ifodalagan. Masalan,
124
o‘zbek xalq og‘zaki ijodida “qirq yigit”, “qirq kun-qirq tun” iboralari ko‘p uchraydi. Rus tilida
ham “сорок сороков” iborasi keng tarqalgan bo‘lib, u Moskvaning ko‘plab cherkovlari
borligini ifodalagan holda qo‘llaniladi (Uspenskiy, 1971).
Frazeologik birliklarda ishlatiladigan sonlar ba’zan aniq miqdoriy ma’noni ifodalashdan
ko‘ra, xalqning dunyoqarashi va ramziy tushunchalarini aks ettirishga xizmat qiladi. Shu bois
bu sonlar oddiy arifmetik qiymat emas, balki semantik jihatdan boy iboralarning tarkibiy
qismi sifatida maydonga chiqadi.
MATERIAL VA METODLAR
Ushbu maqolada frazeologizmlar va paremiya tarkibida son komponentining qo‘llanilish
xususiyatlari lingvistik tahlil qilindi. Asosiy tadqiqot metodlari quyidagilardan iborat:
-
Taqqoslash metodi – turli tillardagi iboralar qiyosiy o‘rganildi.
-
Strukturaviy-tahliliy yondashuv – frazeologizmlar va maqollarning tuzilishi tahlil qilindi.
-
Semantik tahlil – son komponentlari qanday ma’nolarni ifodalashi o‘rganildi.
-
O‘zbek, rus, ingliz va boshqa tillardagi frazeologik birliklar tahlil qilinib, ular orasidagi
o‘xshashlik va farqlar o‘rganildi.
NATIJALAR
Tadqiqot davomida quyidagi natijalarga erishildi:
1.
Eng ko‘p ishlatiladigan sonlar – uch, yetti, to‘qqiz, o‘n ikki va qirq.
Ushbu sonlar
deyarli barcha tillarda ma’lum bir ramziy ma’noni anglatadi. Masalan, uch soni muqaddaslik
va uchlik tamoyilini bildiradi. Yetti soni ko‘pincha mukammallik va to‘liqlik timsoli sifatida
ishlatiladi. To‘qqiz soni Sharq falsafasida va diniy tasavvurlarda muhim o‘rin tutib, to‘liq
tsiklni anglatadi. O‘n ikki soni yil fasllari va diniy an’analarda keng qo‘llaniladi. Qirq soni esa,
ko‘pincha, ma’lum bir jarayonning yakunlanishi yoki yangi bosqichning boshlanishini
ifodalovchi belgi sifatida ishlatiladi (Uspenskiy, 1971).
2.
Frazeologizmlar va paremiya tarkibida sonlar xalq dunyoqarashi va mentalitetini
aks ettiradi.
Sonlarning ma’naviy va madaniy jihatdan xalq tafakkuridagi o‘rni muhim
ahamiyat kasb etadi. Masalan, o‘zbek tilida “qirq yigit” jasurlik va mardlik timsoli sifatida
qo‘llaniladi. Shu bilan birga, rus tilida uchraydigan “сорок сороков” (qirq qirq) iborasi keng
miqyos yoki katta hajmni ifodalashda qo‘llaniladi.
3.
Mubolag‘ali ko‘plik tushunchasi ko‘pincha qirq soni bilan bog‘liq.
Qirq soni xalq
og‘zaki ijodi, afsona va rivoyatlarda ko‘p uchraydi. Masalan, “qirq kun-yigirma kun” iborasi
uzoq muddatni anglatadi va vaqt davomiyligining mubolag‘ali ifodasi hisoblanadi (Rejapov,
2023). Xuddi shunday, “qirq yil qo‘shnichilik qilish” uzoq yillar davomida yaqin aloqani
anglatadi.
MUHOKAMA
Zamonaviy tilshunoslikda frazeologik birliklar va paremiyalarning tarkibiy
xususiyatlarini o‘rganish uning muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Xususan, son
komponentining ushbu birliklar tarkibida qo‘llanilishi, ularning lisoniy jihatdan o‘zaro
bog‘liqligi keng tadqiq etilmoqda. Frazeologik birliklar va paremiyalar tarkibida son
komponentining ishtiroki turli tillarda farqli namoyon bo‘ladi. Ayrim tillarda ma’lum bir son
ma’nosi mavhum yoki ramziy mazmunga ega bo‘lsa, boshqa tillarda u aniq miqdor yoki sifat
darajasini ifodalashi mumkin. O‘zbek tilida son komponentli frazeologizmlar va paremiyalar
ko‘pincha dunyoqarash, e’tiqod va xalq donishmandligining aks etishi sifatida namoyon
bo‘ladi. Shuningdek, sonlar inson taf'akkurining ajralmas qismi bo‘lib, ularning til tizimidagi
125
o‘rni nafaqat hisob-kitob va sanoq bilan cheklanmaydi, balki dunyoni son orqali idrok qilish,
mantiqiy bog‘liqliklarni ifodalash, hissiy holatlar va ijtimoiy munosabatlarni tushuntirish kabi
jarayonlarda ham faol ishtirok etadi.
Bir qator olimlar songa quyidagicha ta’rif beradilar: “Sonlar ma’nosiga ko‘ra sanoq,
tartib, jamlovchi, dona, taqsim va chama sonlarga bo‘linadi. Sonlar predmetlarning aniq
miqdoriy belgilarini bildiradi. Ana shu xususiyati bilan miqdor bildiruvchi so‘zlardan farq
qiladi. Masalan: Magazindan
ko‘p
kitob oldim/Magazindan
o‘nta
kitob oldim” (Nurmonov,
2013). Sonlar frazeologik birliklarning tarkibiy qismi sifatida qatnashganda, o‘zining asosiy
funksiyalarini bajarishdan to‘xtaydi va abstraksiyalashuv jarayoni natijasida juda kichik yoki
nihoyatda katta miqdorni ifodalashga xizmat qiladi yoki umuman son qiymatiga ega
bo‘lmaydi ( Krasnyx, 2001).
Qolaversa, tarixiy taraqqiyot jarayonida sonlar insoniyat bilim va tajribasining turli
sohalarida muhim kontsept sifatida shakllangan bo‘lib, ular A. Losev, A. Avgustin, Platon kabi
faylasuflarning ilmiy izlanishlarida o‘z isbotini topgan (Pirs, 2001). So‘nggi yillarda esa sonlar
va ularning ramziy-mifologik ahamiyatiga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada ortib bormoqda.
Sonlarning ramziy ma’nolari frazeologik birliklarning shakllanishida muhim rol
oʻynaydi. Jumladan, bir soni turli madaniyatlarda ilohiylik, boshlanish, birlik va universallik
ramzi sifatida namoyon boʻladi. Uning asosiy xususiyatlari – kuch, iroda, faollik, yetakchilik va
yakdillik kabi ma’nolarni oʻz ichiga oladi. Ingliz va oʻzbek frazeologiyasida bir soni birdamlik
va birlik konseptlarini aks ettiruvchi asosiy komponentlardan biri hisoblanadi. Bunga misol
sifatida quyidagi frazeologizmlar keltirilishi mumkin:
be one flash
(eng) –
bir tan bir jon
boʻlmoq
(uz)/
as one man
,
one and all
(eng) –
birdamlik bilan, yakdil
(uz)/
bir yoqadan bosh
chiqarmoq
,
bir ovozdan
/
Toʻrtovlon bitta boʻlsa toʻlmaganni toʻldirar, oltovlon ola boʻlsa
ogʻzidagin oldirar (Rejapov, 2023).
“Bir yostiqqa bosh qo‘ymoq” iborasidagi “bir” soni semantik jihatdan mustahkamlik va
sadoqat tushunchalarini ifodalaydi. Ushbu ibora odatda yangi turmush qurgan juftliklarga
nisbatan qo‘llanilib, oilaviy hayotning barqarorligi va umr yo‘ldoshlik g‘oyasini anglatadi.
Mazkur ibora asosan so‘zlashuv nutqida va badiiy uslubda qo‘llanilib, xalq tilida chuqur ildiz
otgan frazeologik birliklardan hisoblanadi (Rahmatullayev, 1970).
Ba’zan ibora bilan maqol duch kelib qolishi mumkin. Masalan, “Besh panjasini og‘ziga
tiqmoq”. Bu kabi misollarning qiymati shundaki, ular ibora bilan maqolning bir xil hodisa
emas, balki parallel hodisalar ekanini yaxshi namoyish qiladi. Ularning asosiy farqlaridan biri,
maqollar o‘z grammatik qurilishi jihatidan doim gapga teng bo‘ladi, iboralarda esa bu jihatdan
bir xillik yo‘q, ular birikmaga teng ham, gapga teng ham bo‘la oladi (Rahmatullayev, 1970). Bu
maqoldagi “besh” soni sanoq yoki miqdor ma’nosida emas, balki butunlik oraqli ochko‘zlik
hamda haddan oshishga ishora qiladi. Olim Sh. Rahmatullayevning tadqiqotiga asoslanib,
frazeologik birliklarda son mazmuniy jihatdan muhim ro‘l o‘ynaydi va ibora va maqollarning
xususiyatlari farqli deb bilamiz.
“Agar siz xalq jonli tiliga, xalq og‘zaki ijodi asarlariga hamda tili va uslubi jihatidan xalq
lafziga yaqin yozilgan yozma badiiy asarlarga diqqat qilsangiz, albatta, shu narsani payqasiz:
ularda “ko‘p” degan ma’noda deyarli hech qachon aniq arifmetik sonlar aytilmaydi, balki doim
bu tushunchani ifodalaydigan an’anaviy sonlar ishlatiladi. Bundan tashqari, bir qator sonlar
ma’lum uslubdagi iboralar uchun go‘yo qolib bo‘lib qolgan. Masalan, yetti qaroqchi, qirq yigit,
qirq kecha-qirq kunduz to‘y-tomosha va hokazo” (Salomov, 1961).
126
L.Uspenskiy “So‘z haqida so‘z” nomli asarida ko‘rsatishicha, juda qadim vaqtlarda rus
kishisi “ko‘p” degan tushunchani ifodalashga ehtiyoj sezganida ayni narsaning qancha
ekanligini aniq hisoblay olmagan yoki buni befoyda ish deb bilib, qisqacha “qirqta” deb qo‘ya
qolgan (Успенский, 1971). Shu sababli, hozirgi kungacha ko‘poyoqlilar turkumiga mansub
ayrim hashorotlar “qirqoyoq” nomi bilan ataladi, garchi soni qirqta bo‘lmasa ham. Xalq tilida
“ko‘p” ma’nosini ifodalash uchun aniq arifmetik sonlar emas, balki an’anaviy sonlar qo‘llanadi.
Shu bilan birga qadimda insonlar ko‘p narsaning aniq sonini hisoblashni zarur deb bilmagan
va “qirq” soni mubolag‘ali ko‘plik tushunchasini ifodalash uchun ishlatilgan deb bilamiz.
XULOSA
Hozirgi kunda tilshunoslikda frazeologik birliklar va paremiyalarning tarkibiy
xususiyatlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, son komponentining ushbu
birliklar tarkibida qo‘llanilishi va ularning lisoniy jihatdan o‘zaro bog‘liqligi tilshunoslikda
dolzarb tadqiqot mavzularidan biridir. Frazeologik birliklar va paremiyalar tarkibida son
komponentining ishtiroki turli tillarda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilida esa son
komponentli frazeologizmlar va paremiyalar xalq donishmandligi, e’tiqod va dunyoqarash
bilan bog‘liq bo‘lib, ularning semantik va pragmatik tahlili katta ahamiyatga ega.
Sonlar nafaqat hisob-kitob va sanoq bilan bog‘liq tushunchalar sifatida, balki inson
tafakkurining ajralmas qismi sifatida ham namoyon bo‘ladi. Ular dunyoni idrok qilish,
mantiqiy bog‘liqliklarni ifodalash, hissiy holatlar va ijtimoiy munosabatlarni tushuntirish kabi
jarayonlarda faol ishtirok etadi. Tadqiqotlardan ma’lumki, sonlar frazeologik birliklarning
tarkibiy qismi sifatida qatnashganda, ko‘pincha o‘zining asosiy funksiyasidan uzoqlashib,
ramziy yoki mubolag‘ali ma’no kasb etadi.
Sonlarning ramziy ma’nolari frazeologik birliklarning shakllanishida muhim rol
o‘ynaydi. Masalan, bir soni birlik va birdamlik konseptlarini, besh soni esa butunlik va haddan
oshish tushunchalarini ifodalaydi. Shuningdek, qirq soni ko‘plilik va mubolag‘ali ma’noni
anglatib, an’anaviy xalq tilida keng qo‘llaniladi. Bu kabi sonlarning iboralar va maqollar
tarkibida ishlatilishi ularning ma’nolarini chuqurlashtirish va kuchaytirishga xizmat qiladi.
Frazeologik birliklar va paremiyalar tarkibidagi sonlar madaniy kod sifatida turli
xalqlarning urf-odatlari, dunyoqarashi va e’tiqodlarini aks ettiradi. Tadqiqotlardan
ko‘rinadiki, xalq og‘zaki ijodi namunalari va badiiy asarlarda aniq arifmetik sonlar kam
qo‘llanadi, aksincha, an’anaviy sonlar keng tarqalgan. Bu esa tilning tarixiy rivojlanishi va xalq
tafakkurining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liqdir.
Shunday qilib, frazeologik birliklar va paremiyalar tarkibida son komponentining
ishtiroki lingvistik va madaniy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Ular til tizimida nafaqat
miqdoriy ma’nolarni ifodalovchi vosita, balki ramziy-mifologik va semantik yuklamaga ega
bo‘lgan muhim omil sifatida ham namoyon bo‘ladi. Bu jihatdan frazeologik birliklardagi
sonlarning tadqiqi nafaqat lingvistik, balki madaniy va psixologik nuqtayi nazardan ham
muhim ahamiyat kasb etadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Krasnyx, V. V. (2001).
Til, ong, muloqot: San’at maqolalari to‘plami.
Moskva: MAKS Press.
127
2.
Nurmonov, A., Mahmudov, N., Sobirov, A., & Yusupova, Sh. (2013).
Hozirgi o‘zbek adabiy
tili.
Toshkent: Ilm ziyo, 320-327.
3.
Pirs, Ch. S. (2001).
Iz raboty Elementy logiki, Semiotika: antologiya
[From the work
Elements of Logic, Semiotics: an anthology
]. Moscow.
4.
Rahmatullayev, Sh. (1970).
Nutqimiz ko‘rki.
Toshkent: Fan.
5.
Rejapov, I. (2023). Ingliz va o‘zbek tillarida sonlar ramziy ma’nolarining qiyosiy tahlili.
Foreign Languages in Uzbekistan, 5(52),
143-152. Retrieved from
6.
Salomov, G. (1961).
Rus tilidan o‘zbekchaga maqol, matal va idiomalarni tarjima qilish
masalasiga doir.
Toshkent: Fanlar akademiyasi nashriyoti.