Авторы

  • Abbosbek Soibjonov
    Andijon davlat universiteti, tarix fakulteti 4-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.84954

Ключевые слова:

Nizomiddin Xo’jayev jadidchilik ma’rifatparvarlik milliy uyg‘onish Turkiston jadid maktablari matbuot islohot.

Аннотация

Mazkur maqolada Nizomiddin Xo’jayevning jadidchilik harakati doirasidagi faoliyati tahlil qilinadi. Unda Xo’jayevning o‘z davrida milliy o‘zlikni anglash, ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish va jamiyatni isloh qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlari yoritib berilgan. Maqolada uning jadid maktablarini tashkil etish, matbuot va nashriyot ishlaridagi ishtiroki, shuningdek, Turkiston o‘lkasida madaniy-ma’rifiy uyg‘onish jarayonlaridagi o‘rni va ahamiyati ilmiy asosda o‘rganilgan. Shuningdek, Nizomiddin Xo’jayevning jadidchilik g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda duch kelgan muammolar va to‘siqlar hamda uning bu boradagi barqaror pozitsiyasi ochib beriladi. Maqolada tarixiy manbalar va ilmiy adabiyotlar asosida Xo’jayev shaxsiyatining ijtimoiy-siyosiy faolligi baholanadi.


background image

110

NIZOMIDDIN XO’JAYEVNING JADIDCHILIK FAOLIYATIGA BIR NAZAR

Soibjonov Abbosbek

Andijon davlat universiteti, tarix fakulteti 4-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15340188

Annotatsiya

Mazkur maqolada Nizomiddin Xo’jayevning jadidchilik harakati doirasidagi faoliyati

tahlil qilinadi. Unda Xo’jayevning o‘z davrida milliy o‘zlikni anglash, ma’rifatparvarlik
g‘oyalarini targ‘ib etish va jamiyatni isloh qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlari yoritib berilgan.
Maqolada uning jadid maktablarini tashkil etish, matbuot va nashriyot ishlaridagi ishtiroki,
shuningdek, Turkiston o‘lkasida madaniy-ma’rifiy uyg‘onish jarayonlaridagi o‘rni va
ahamiyati ilmiy asosda o‘rganilgan. Shuningdek, Nizomiddin Xo’jayevning jadidchilik
g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda duch kelgan muammolar va to‘siqlar hamda uning bu
boradagi barqaror pozitsiyasi ochib beriladi. Maqolada tarixiy manbalar va ilmiy adabiyotlar
asosida Xo’jayev shaxsiyatining ijtimoiy-siyosiy faolligi baholanadi.

Kalit so‘zlar:

Nizomiddin Xo’jayev, jadidchilik, ma’rifatparvarlik, milliy uyg‘onish,

Turkiston, jadid maktablari, matbuot, islohot.

Nizomiddin Xo’jayev umrining dastlabki yillaridayoq Turkiston o‘lkasidagi jadid

ma’rifatparvarlar harakatiga qo‘shilib, mamlakat taraqqiyoti uchun kurashga bel bog‘lagan
edi. U XX asr boshlarida Turkistonni qamrab olgan jadidchilik – milliy uyg‘onish va islohotlar
harakatining faollaridan biri edi. U mustamlaka zulmi ostidagi xalqni ma’rifatga chorlash,
eskirgan tuzumni isloh qilish va millatni yangilash g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan edi. Jadidlar
safiga mansubligi N.Xo’jayevga nafaqat siyosiy, balki madaniy-ma’rifiy yetakchilik xususiyatini
ham bergan. U rus ishchilarining g‘oyaviy ta’siri ostida inqilobiy harakat a’zolari bilan
yaqinlasha boshlagan. Mahalliy aholi vakillaridan birinchi bo‘lib aynan Nizomiddin Xo’jayev
1904 yildan boshlab RSDRP (Rossiya sotsial demokratik ishchilar partiyasi)ga a’zo bo‘lib
kirgan

1

.

1914–1915 yillardagi Toshkentga qilgan ilk safarlari chog‘ida andijonlik jadid

Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon Nizomiddin Xo’jayev (1868–1942) bilan tanishgan va
bu uchrashuv ular o‘rtasida mustahkam do‘stlikka asos solgan. Nizomiddin Xo’jayev, har
qancha inqilobchi ruhdagi rus ishchilari bilan yaqin aloqada bo‘lmasin, uning asosiy maqsadi
o‘z xalqini va yurtini Chor zulmidan ozod qilish bo‘lgan edi va aynan shu maqsadda u ham
Cho‘lpon bilan g‘oyaviy jihatdan hamfikr edi. Bu uchrashuv ular o‘rtasida mustahkam
do‘stlikka asos solgan. Nizomiddin Xo’jayev, har qancha inqilobchi ruhdagi rus ishchilari bilan
yaqin aloqada bo‘lmasin, uning asosiy maqsadi o‘z xalqini va yurtini Chor zulmidan ozod
qilish bo‘lgan edi. U Avloniy, Behbudiy, Fitrat kabi zamondoshlari bilan bir qatorda Turkiston
xalqining milliy ongini shakllantirish jarayonida ishtirok etdi. Bu esa uning madaniy
ahamiyatini belgilaydi – Xo’jayev xalqning fikrini, dunyoqarashini o‘zgartirishga xizmat qilgan
ma’rifatparvarlardan biri edi.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, Nizomiddin Xo’jayev keyinchalik Sovet hokimiyatiga

sadoqat bilan xizmat qilgan bo‘lsa-da, uning qalbida uzoq yillar davomida mustaqil Turkiston
viloyati va mustaqil Turkiston bolsheviklar partiyasini tashkil etish g‘oyasi yashab kelgan.
Uning shoir Cho‘lpon bilan yaqinlashuvi va ularning bir umrlik do‘stlikka aylanishiga sabab

1

Азиззода Л. Янги ҳаёт курашчилари. Тошкент: «Фан», 1977, Б.17.


background image

111

faqatgina san’at va adabiyotga bo‘lgan mehr emas, balki eng avvalo shu umumiy milliy ozodlik
g‘oyasi bo‘lgan.

Nizomiddin Xo’jayev bolalik chog‘larida boshlang‘ich ta’lim bilangina kifoyalangan

bo‘lsa-da, Turkistonda nashr etiladigan barcha mahalliy matbuotni muntazam o‘qib borar,
badiiy va ayniqsa siyosiy adabiyotlarga alohida qiziqish bilan munosabatda bo‘lgan. U rus
klassiklaridan Pushkin va Tolstoy asarlarini yoqtirar, «Iqbol» va «Maktab» kabi Bokudan
keladigan gazetalar, shuningdek, «Mulla Nasriddin», «Xo‘pxo‘pnoma», «Fyuzot» jurnallari,
hamda Orenburg, Qozon va Ufadan tarqatiladigan «Vakt», «Yulduz», «Turmush» gazetalari va
«Sho‘ro» jurnali bilan tanishib borgan. Siyosiy adabiyotlarni esa rus tilida mutolaa qilgan.

Yoshligidan rus tili va adabiyotini puxta o‘zlashtirish, xurofotchilikka qarshi kurashish,

ilg‘or xalqlar, jumladan, rus madaniyatini o‘rganish, zamonaviy maktablar ochish kabi
masalalar uni o‘ziga jalb etgan. 1912 yilda Turkiyada o‘qib kelgan Shohid Eson Musaev, Xolid
Said, Vali Burxon kabi muallimlar hamda Orenburg, Qozon va Ufada tahsil olgan va Oktyabr
inqilobidan oldin ijod qilib kelgan Mo‘minjon Muhammadjonov, Mirmuhsin
Shermuhammadov singari o‘nlab jadid yoshlarning bilim olishida Nizomiddin muhim o‘rin
tutgan.

1916 yilda tashkil etilgan «Maktab» va «Nashri maorif» jadidchilik shirkatlarining

asoschilaridan biri ham Nizomiddin Xo’jayev edi. XX asr boshlarida Turkistonning yirik
shaharlari – Toshkent, Qo‘qon, Andijon va Samarqanddagi ma’rifatparvar yoshlar 1909 yili
Toshkentda «Jamiyati xayriyat» nomli jamiyat tashkil etgan edilar. Nizomiddin uning faol
a’zolaridan biri bo‘lgan. 1914 yilda esa u A. Avloniy, F. Tohiriy va boshqalar bilan birga
«Turon» jamiyatini tuzishda ishtirok etdi

2

.

Nizomiddin Xo’jayevning bevosita boshchiligida 1914–1917 yillar davomida Turkiston

shaharlarida bir necha dramalar sahnalashtirildi. Toshkentda qo‘yilgan ko‘plab spektakllar
rejissyori sifatida Nizomiddin faoliyat yuritdi. Masalan, 1916 yil iyunida Toshkent Kolizey
(Sverdlov) teatrida namoyon etilgan Jalil Muhammadqulizoda asari — «O‘liklar» hamda A.F.
Mustafoning «Qotil Karima» pesasiga u nafaqat rejissyorlik qilgan, balki bosh rolda ham
ishtirok etgan. Bunday jiddiy ijodiy ishlar N. Xo’jayevdagi tabiiy iqtidorni namoyon qilar edi.

1912 yil oxirida Toshkentda gazeta nashr etish g‘oyasi ilgari surilganida, Nizomiddin

matbaadan ruxsat olib, Qo‘qonga yo‘l oladi. U yerda havaskorlar truppasini tuzib, Farg‘ona
vodiysida spektakllar tashkil etadi va shunday yo‘l bilan yig‘ilgan mablag‘ 1914 yili «Sadoi
Turkiston» gazetasi chiqishiga xizmat qiladi.

1914–1917 yillarda Ozarbayjonning taniqli artisti Sidqiy Ruhullo Turkistondagi

shaharlarda spektakllar qo‘ygan. 1917 yil yanvar oyida Toshkentda namoyish etilgan «Asli va
Karam» nomli besh pardali tragik operada Nizomiddin Sidqiy Ruhulloning o‘rinbosari sifatida
qatnashgan.

1916 yil 25 iyun kuni Rossiya imperatori Nikolay II tomonidan e’lon qilingan

“Imperiyada yashovchi rus bo‘lmagan erkak aholini harbiy hududlarda mudofaa inshootlari
va aloqa yo‘llarini qurishga, hamda davlat mudofaasi uchun zarur bo‘lgan boshqa ish turlariga
safarbar qilish to‘g‘risida”gi farmoni Turkiston xalqi uchun bemisl og‘ir va musibatli xabar
bo‘ldi. Bu farmonga muvofiq, Turkiston o‘lkasidan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan jami 250

2

Шамсутдинов Р.Т., Шамситдинов Р.Р., Акбарова Н.Қ. Таниқли жадид, сиёсий арбоб Низомиддин Хўжаев –

қатағон қурбони // Водийнома журнали, 2024 йил 3-сон. 25-26 бетлар.


background image

112

ming erkakni front orti ishlariga safarbar qilish belgilangan edi.

Nizomiddin Xo’jayev “Hurriyat uyi”da muntazam o‘tkazilib turadigan Toshkent sotsial-

demokratlari yig‘ilishlarida qatnasha boshlaydi va ularning kurash usullarini o‘rganishga
kirishadi. Shu bilan birga, u “Sho‘roi islom” jamiyati tarkibida “Turon” nomidan faol ishtirok
etib boradi. Biroq Muvaqqat hukumat olib borayotgan siyosat Nizomiddinning siyosiy va
madaniy talablariga javob bera olmaydi. Shu sababli u fevral inqilobining dastlabki
kunlaridanoq Toshkent shahri Soveti, temir yo‘l ishchilari va Musulmon harbiy komiteti bilan
yaqin aloqalar o‘rnatib, ular bilan hamkorlikka alohida ahamiyat bera boshlaydi.

N. Xo’jayev fevral inqilobning ilk kunlaridanoq Toshkentning Eski shahri hududida

kasaba uyushmalarini tashkil qilish, xalq ommasiga ozodlikning mazmun-mohiyatini
tushuntirish, tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib borish bilan shug‘ullanadi. Fevral inqilobidan
so‘ng, nafaqat Toshkent, balki butun Turkistonning shaharlari, xususan Toshkentning Eski
shahri hududida ham front orti ishchilari, quruvchi ustalar, hammollar, buyruqchilar
(prikazchiklar), mardikorlar, muallimlar va do‘zandalar (etikdo‘zlar) kasaba uyushmalarini
tashkil etish ishlarida S. QosimXo’jayev, Yo. Obidov (Taraqqiy), O. Bobojonov, A. Avloniy, Yu.
Aliyev kabi ilg‘or g‘oyali insonlar qatorida Nizomiddin ham har doim birinchi safda bo‘lgan

3

.

Muvaqqat hukumat urushni davom ettirishni o‘zining asosiy siyosiy maqsadiga

aylantirgan edi. Ammo vaqt o‘tgan sayin bu hukumatning xalq orasidagi obro‘si keskin
pasayib bordi. Shu davrda “Turkiston Milliy Soveti” nomli yangi tuzilma tashkil qilindi. Uning
tarkibiga Musulmon kadetlar partiyasi rahbari Sadriddin Maqsudiy, musulmon harbiy
qismlaridan general Abdulaziz Davlatshin, Davlat Dumasining a’zosi Alixon Buxoyxonov va
ziyolilar safidan Muhammad Tinishboevlar kiritilgandi.

Shu voqealar ortidan Toshkent ishchilari va ularning Soveti “Turkiston Milliy Soveti”

tarkibiga ko‘rsatilgan nomzodlardan faqat Tinishboyevni qabul qiladi, qolganlarini rad etadi.
1917-yil 12-sentabr kuni Toshkentdagi Aleksandrovskiy bog‘ida (hozirgi Temiryo‘lchilar
bog‘i) minglab ishchilar yig‘ilib, Muvaqqat hukumatga qarshi norozilik bildirishadi. Mazkur
yig‘ilishda muhim masalalar yuzasidan qat’iy qarorlar qabul qilinadi. Ularni amaliyotga tatbiq
etish uchun Vaqtli inqilobiy komitet tuziladi va unga harbiylardan biri – praporshchik Parfilov
rahbar etib tayinlanadi. Chin ma’noda inqilobiy tusga ega bo‘lgan bu muhim yig‘ilishda
Nizomiddin Xo’jayev ham qatnashadi.

1917-yil 17-avgustda Toshkent Musulmon harbiy komiteti va shahar miqyosida tashkil

etilgan bir nechta jamiyatlar ishtirokida Muvaqqat hukumatning Turkistondagi amaldorlari va
Yettisuv viloyatidagi siyosatiga qarshi ochiq norozilik bildiriladi. Toshkent shahri ishchi-
dehqon va soldatlar soveti tashabbusi bilan o‘tkazilgan namoyishda N. Xo’jayev, A. Avloniy,
Yu. Aliev, G‘ozi Olim, Azizzoda hamda Musulmon harbiy komiteti nomidan Yu. Yusupov kabi
faol shaxslar Yangi shahar bo‘ylab norozilik bildiradilar. Ular Yettisuv dehqonlariga nisbatan
qilinayotgan zo‘ravonliklarni to‘xtatishni qat’iy talab qiladilar. Namoyish chog‘ida aytilgan
fikrlar va qo‘yilgan talablar asosida Musulmon harbiy komiteti a’zosi Yusupov Vaqtli hukumat
tomonidan hibsga olinadi. Biroq Musulmon harbiy komitetida faoliyat yuritayotgan Orif
Keliboev va Mustafo Mansurovlarning ko‘magida u ozod etiladi. Nizomiddin Xo’jayev esa
shahar dumasi a’zosi bo‘lganligi bois hibsdan omon qoladi.

3

Шамсутдинов Р.Т., Шамситдинов Р.Р., Акбарова Н.Қ. Таниқли жадид, сиёсий арбоб Низомиддин Хўжаев –

қатағон қурбони // Водийнома журнали, 2024 йил 3-сон. 28 бет.


background image

113

Aynan shu kunlarda Toshkent shahar dumasiga “Turon” jamiyati nomidan Nizomiddin

Xo’jayev va “Ustalar jamiyati”dan S. QosimXo’jayev saylangan va ular xalqni uyushtirish ishlari
bilan faol shug‘ullangan edilar. 1917-yil yozida Nizomiddin Xo’jayev Toshkentning Eski shahri
hunarmandlaridan bir guruhini uyushtirib, ular asosida ko‘ngilli otryad tuzishga kirishadi.
Shu bilan birga, u shahar dumasi tarkibida faoliyat yuritgan va Oziq-ovqat komiteti a’zosi
sifatida ham faol ish olib borgan.

Biroq Nizomiddin Xo’jayev hayotining oxirgi davri og‘ir sinov va tragik voqealar bilan

to‘lib-toshgan. Stalin repressiyalari davrida u siyosiy qatag‘on qurboniga aylandi va 1937
yilda asossiz ayblovlar bilan qatag‘on qilindi. Bu holat nafaqat uning shaxsiy hayoti, balki
butun bir avlod milliy ziyolilarining fojiali taqdirini aks ettiradi. Uning fojiali yakun topgan
hayoti tariximizning muhim bir qismi bo‘lib, buni chuqur tahlil qilish orqali biz stalinchilik
repressiyalarning asl mohiyatini, o‘sha davrning siyosiy zulm va adolatsizligini anglab yetish
imkoniyatiga ega bo‘lamiz

4

.

Xulosa qilib aytganda, Nizomiddin Xo’jayev O‘zbekiston tarixidagi o‘zgarishlar

jarayonida muhim rol o‘ynagan davlat va jamoat arbobi sifatida hurmat va e’zozga loyiqdir.
Uning hayot yo‘lini va faoliyatini keng qamrovli o‘rganish mamlakatimiz tarixidagi ko‘plab
savollarga javob topishga, milliy o‘zlik va tarixiy xotiraning tiklanishiga, kelgusi avlodlarning
tarixiy bilim va tafakkurini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, uning faoliyatini tadqiq
etish orqali, tarixiy adolatni tiklash, inson qadr-qimmati va erkinligini himoya qilish yo‘lidagi
harakatlar bugungi kun va kelajak uchun ham muhim saboq va namuna bo‘lib qoladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Азиззода Л. Янги ҳаёт курашчилари. Тошкент: «Фан», 1977, 35 б.

2.

История хивинской революции и Хорезмской Народной Советской Республики

1917-1924 гг. [Текст] / И. В. Погорельский. - Ленинград : Изд-во ЛГУ, 1984.

3.

Каримов Н. Чўлпон: маърифий роман [Матн] / Н. Каримов. – Тошкент: “ Шарқ ”,

2003. -464 бет

.

4.

Ражабов Қ., Ҳайдаров М. Туркистон тарихи (1917—1924), Тошкент: Университет,

2002, –167 бет.
5.

Революционеры, вожаки масс [Текст] : (Славная плеяда коммунистов

Узбекистана) : [Сборник статей] / [Под ред. М. Г. Вахабова и А. И. Зевелева] ; Ин-т
истории партии при ЦК КП Узбекистана - филиал ИМЛ при ЦК КПСС. - Ташкент :
Узбекистан, 1967. - 438 с
6.

Сойфер Д. Эрнест Францевич Кужело: [Герой гражд. войны в Туркестане. 1890-

1934] - Ташкент : Госиздат УзССР, 1961. - 79 с.
7.

Шамсутдинов Р. «Миллат фидойилари: Низомиддин Хўжаев» // Жадид газетаси,

2024 йил 2 август сони; Шамсутдинов Р.Т., Шамситдинов Р.Р., Акбарова Н.Қ. Таниқли
жадид, сиёсий арбоб Низомиддин Хўжаев – қатағон қурбони // Водийнома журнали,
2024 йил 3-сон. 23-40 бетлар.

4

Шамсутдинов Р. «Миллат фидойилари: Низомиддин Хўжаев» // Жадид газетаси, 2024 йил 2 август сони

Библиографические ссылки

Азиззода Л. Янги ҳаёт курашчилари. Тошкент: «Фан», 1977, 35 б.

История хивинской революции и Хорезмской Народной Советской Республики 1917-1924 гг. [Текст] / И. В. Погорельский. - Ленинград : Изд-во ЛГУ, 1984.

Каримов Н. Чўлпон: маърифий роман [Матн] / Н. Каримов. – Тошкент: “ Шарқ ”, 2003. -464 бет.

Ражабов Қ., Ҳайдаров М. Туркистон тарихи (1917—1924), Тошкент: Университет, 2002, –167 бет.

Революционеры, вожаки масс [Текст] : (Славная плеяда коммунистов Узбекистана) : [Сборник статей] / [Под ред. М. Г. Вахабова и А. И. Зевелева] ; Ин-т истории партии при ЦК КП Узбекистана - филиал ИМЛ при ЦК КПСС. - Ташкент : Узбекистан, 1967. - 438 с

Сойфер Д. Эрнест Францевич Кужело: [Герой гражд. войны в Туркестане. 1890-1934] - Ташкент : Госиздат УзССР, 1961. - 79 с.

Шамсутдинов Р. «Миллат фидойилари: Низомиддин Хўжаев» // Жадид газетаси, 2024 йил 2 август сони; Шамсутдинов Р.Т., Шамситдинов Р.Р., Акбарова Н.Қ. Таниқли жадид, сиёсий арбоб Низомиддин Хўжаев – қатағон қурбони // Водийнома журнали, 2024 йил 3-сон. 23-40 бетлар.