Авторы

  • Azizabonu Zoirova
    O’zbekiston Davlat Jahon Tillari universiteti Tarjimonlik Fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.84956

Ключевые слова:

ertak folklor struktursa adaptatsiya madaniy tafovut ekvivalent simvol ramz.

Аннотация

Ushbu maqolada folklor va xalq ertaklarining tarjima jarayonida ularning struktura yaxlitligini saqlash masalasi tahlil etiladi. Xalq ertaklari odatda an’anaviy tuzilishga ega bo‘lib, ular kirish qismi, voqealarning ketma-ket rivojlanishi, keskinlik cho‘qqisi va an'anaviy yakun bilan ajralib turadi. Tarjima jarayonida bu strukturalarning buzilishi ertakning mazmuniga, badiiy qiymatiga va madaniy ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Maqolada tarjimon duch keladigan asosiy muammolar — til va madaniyat tafovutlari, stilistik moslashuvlar, ramziy ma’nolarni saqlash muammolari — yoritiladi. Shuningdek, folklor matnlarining tarjimasida struktura yaxlitligini saqlashga qaratilgan samarali strategiyalar, jumladan, ekvivalentlik, adaptatsiya va kontekstual moslashtirish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqola tarjimonlar va tarjimashunoslar uchun nazariy va amaliy jihatdan foydali bo‘lgan tavsiyalarni taklif qiladi.


background image

104

FOLKLOR VA XALQ ERTAKLARINING TARJIMADA STRUKTURA

YAXLITLIGINI SAQLASH: MUAMMOLAR VA STATEGIYALAR

Zoirova Azizabonu Anvar qizi

O’zbekiston Davlat Jahon Tillari universiteti Tarjimonlik Fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15340047

Annotatsiya:

Ushbu maqolada folklor va xalq ertaklarining tarjima jarayonida ularning

struktura yaxlitligini saqlash masalasi tahlil etiladi. Xalq ertaklari odatda an’anaviy tuzilishga
ega bo‘lib, ular kirish qismi, voqealarning ketma-ket rivojlanishi, keskinlik cho‘qqisi va
an'anaviy yakun bilan ajralib turadi. Tarjima jarayonida bu strukturalarning buzilishi
ertakning mazmuniga, badiiy qiymatiga va madaniy ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Maqolada tarjimon duch keladigan asosiy muammolar — til va madaniyat
tafovutlari, stilistik moslashuvlar, ramziy ma’nolarni saqlash muammolari — yoritiladi.
Shuningdek, folklor matnlarining tarjimasida struktura yaxlitligini saqlashga qaratilgan
samarali strategiyalar, jumladan, ekvivalentlik, adaptatsiya va kontekstual moslashtirish
usullari ko‘rib chiqiladi. Maqola tarjimonlar va tarjimashunoslar uchun nazariy va amaliy
jihatdan foydali bo‘lgan tavsiyalarni taklif qiladi.

Annotation:

This article analyzes the issue of preserving the structural integrity of

folklore and folk tales during the translation process. Folk tales usually follow a traditional
structure, consisting of an introduction, a sequence of events, a climax, and a conventional
resolution. Disruption of this structure during translation can negatively affect the content,
artistic value, and cultural representation of the tale. The article highlights the main
challenges faced by translators, such as linguistic and cultural differences, stylistic
adaptations, and the preservation of symbolic meanings. Furthermore, it explores effective
strategies aimed at maintaining structural integrity in the translation of folklore texts,
including equivalence, adaptation, and contextual adjustment. The article offers both
theoretical and practical recommendations for translators and translation scholars.

Aннотация:

Вданной статье рассматривается проблема сохранения структурной

целостности фольклора и народных сказок в процессе перевода. Народные сказки, как
правило,

обладают

традиционной

структурой,

включающей

вступление,

последовательное развитие событий, кульминацию и типичную развязку. Нарушение
этой структуры при переводе может отрицательно сказаться на содержании,
художественной ценности и культурном восприятии сказки. В статье освещаются
основные трудности, с которыми сталкиваются переводчики, такие как языковые и
культурные различия, стилистическая адаптация и сохранение символических
значений. Также рассматриваются эффективные стратегии сохранения структурной
целостности в переводе фольклорных текстов, включая эквивалентность, адаптацию и
контекстуальную настройку. Статья предлагает теоретические и практические
рекомендации для переводчиков и специалистов по переводоведению.

Kalit so’zlar:

ertak, folklor, struktursa, adaptatsiya, madaniy tafovut, ekvivalent, simvol,

ramz.

Keywords:

fairy tale, folklore, structure, adaptation, cultural difference, equivalent,

symbol, emblem.

Ключевые

слова:

сказка, фольклор, структура, адаптация, культурное различие,

эквивалент, символ, эмблема


background image

105

Ertak — xalq og'zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; toʻqima va uydirmaga

asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, nasr shaklida
yaratilgan. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida etuk shaklida uchraydi va
biror voqeani ogʻzaki tarzda hikoya qilish maʼnosini bildiradi [1]. Folklor — bu xalq og‘zaki
ijodi bo‘lib, avloddan-avlodga og‘zaki shaklda o‘tib kelgan madaniy meros hisoblanadi [2].
Folklor o‘z ichiga turli janrlarni oladi: ertaklar, afsonalar, dostonlar, maqollar, topishmoqlar,
qo‘shiqlar, marosim va urf-odatlar [3]. U xalqning dunyoqarashi, axloqiy me’yorlari, tarixiy
xotirasi va estetik qarashlarini o‘zida aks ettiradi[4]. Har bir xalq o’ziga xos madaniyatidan
kelib chiqqan holda o’zining xalq og’zaki ijodi, she’rlari, foklorlari shuningdek ertaklariga ega.
Bir madaniyat o’rtasidagi xalq namunalari boshqa bir xalq namunalariga ko’chirilganida ,
albatta, tarjima jarayonida o’ziga xos qiyinchilik, o’zgarish, madaniy muammolar, grammatik
va sintaksis o’zgarishlar kelib chiqadi. Bizga ma’lumki, folklor va xalq ertaklari xalqning
madaniy merosi, dunyoqarashi va estetik didining ifodasi bo’lgani uchun, ularni tarjima
qilishda faqatgina til bilan emas, balki madaniy kontekst, uslub , struktura yaxlitligiga alohida
e’tibor qaratish joizdir. Xalq ertaklari va folklor og‘zaki ijodning eng qadimiy va boy
qatlamlaridan biridir. Ular avloddan avlodga o‘tib, xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari,
axloqiy me’yorlari va estetik qarashlarini o‘zida mujassam etadi. Shu sababli, ularni tarjima
qilish — oddiy matn tarjimasi emas, balki murakkab madaniy va lingvistik muomala sanaladi.
Ayniqsa, bu jarayonda ertak strukturasi (ya’ni syujet, kompozitsiya, voqea rivoji, obrazlar
tizimi) yaxlitligini saqlash katta ahamiyatga ega. Biz bevosita tarjima jarayonida ya’ni ertaklar
tarjimasida turli xildagi madaniy, stilistik muammolarga duch kelamiz.

1. Strukturaning universal emasligi muammosi

Xalq ertaklari muayyan xalqning mentaliteti, dunyoqarashi va tarixiy-madaniy konteksti

asosida shakllanadi. Shu sababli, har bir xalq ertagining struktura elementlari boshqacha
bo‘ladi: Masalan, o‘zbek xalq ertaklarida uchrashi mumkin bo‘lgan “uch karra sinov”, “xudo
bergan omad”, “kambag‘al yigit va podshoh qizi” motivlari boshqa madaniyatlarda mavjud
emas yoki boshqacha ko‘rinishda bo‘ladi.

Bu struktura elementlari tarjimada yo yo‘qoladi, yo o‘zgartiriladi, natijada ertakning

semantik og‘irligi kamayadi.

2. Simvol va ramzlarning tarjimada yo‘qolishi

Folklor ertaklarida ko‘p hollarda arxetipik obrazlar ishlatiladi:
Masalan: ajdaho — yovuz kuchning timsoli, dev — sinov, kampir — donishmandlik yoki

yo‘lboshlovchi, uchburchak — muvozanat va baraka. Bu ramzlar boshqa tillarda o‘xshash
konnotatsiyaga ega bo‘lmagan so‘zlar bilan aloqaga kirisha olmaydi ya’ni mutanosib kelmaydi.
Natijada o‘quvchi ertakdagi g‘oyaviy chuqurlikni tushunmaydi yoki noto‘g‘ri talqin qiladi.

3. Takrorlar va ritorik shakllarning tarjimada mos tushmasligi

Xalq ertaklarida takrorlar, uchliklar, ritmik qurilmalar muhim ahamiyatga ega: Masalan:

“Boribdi, boribdi, boribdi…”, “Yo‘l yuribdi, yuribdi, yuribdi...”Bular intonatsiya, og‘zaki rivoyat
ruhiyatini ifodalaydi. Tarjimada bu elementlar yuklanmagan yoki zerikarli takror deb qaralib
olib tashlanadi.

4. Ijtimoiy va tarixiy kontekstning tushunilmasligi

Xalq ertaklari ko‘pincha ijtimoiy tanqid, sinflararo munosabat, odamlarning muomalasi

orqali yashirin ma’nolarni yetkazadi.

Masalan, zolim podshoh, adolatparvar kambag‘al — bu

obrazlar o‘z davrining ijtimoiy tasviridir.

Tarjimon bu ijtimoiy kontekstni tushunmasa,


background image

106

obrazlar soddalashtirib yuboriladi, bu esa ertakning ruhiy-ijtimoiy qatlamini yo‘qotadi.

5. Tiling o‘ziga xosligi va dialektlar muammosi

Xalq ertaklari ko‘pincha dialektal leksika, etnografik terminlar bilan to‘la bo‘ladi.

Masalan: “do‘ppi”, “suyunchi”, “xotin-qizlar yig‘ini”, “palov”, “kaltakboshi”. Bunday so‘zlarni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilish imkonsiz bo‘ladi. Tarjimon ularni yo tarjimadan chiqarib
tashlaydi, yoki bo’lmasa soddalashtirib oladi, natijada ertakning milliy ruhi sezilmay qoladi.
Har bir millat o’ziga xos madaniyatga ega ekanligi tarjimada dialektlar muammosi, madaniy
tafovutlarga sabab bo’ladi. Shu bilan birgalikda bu muammolarga o’ziga xos yechimlar ham
mavjud. Bu yechimlar orqali tarjima jarayonidagi muammolarni yumshatish mumkin.

1. Struktura yaxlitligini saqlash uchun:

Ertakning an’anaviy kompozitsiyasi (kirish, rivoj, cho‘qqi, yechim) o‘zgartirilmasligi

kerak. Tarjimon Vladimir Propp yoki boshqa folklor struktura modellaridan foydalanib,
ertakni tahlil qilib tarjima qilishi maqsadga muvofiq. Bu tarjima jarayonida yuzaga keladigan
struktura yaxlitligiga qarshi yechimlardan biri bo’la oladi.

2. Ramz va obrazlarning ma’nosini saqlash uchun:

Har bir ramz (dev, ajdaho, kampir) uchun ma’naviy yoki madaniy ekvivalent topilishi

kerak. Juda mahalliy yoki tushunarsiz obrazlar uchun izoh yoki qo‘shimcha tushuntirish
berilishi lozim. Bu har bir asar o’quvchinuchun oson va aniq tushunishga turtki bo’la oladi.

3. Ritorik vositalarni saqlash uchun:

Ertakdagi takrorlar, ohangdor jumlalar, uchliklar (masalan, “boribdi-boribdi-boribdi”)

tarjimada ham saqlab qolinishiga e’tibor qaratish. Tarjima matni estetik va badiiy jihatdan
silliq, xalq og‘zaki uslubiga mos bo‘lishi kerak. Tarjima jarayonida xuddi shunday ekvivalent
so’z berish ertak yoki asarni asl holicha yetkazish yo’lida muhim jihatlardan biri bo’ladi.

4. Ijtimoiy va tarixiy kontekstni tushuntirish uchun:

Tarjimon ertakdagi ijtimoiy munosabatlar, tarixiy ishoralar va yashirin g‘oyalarni

tushunib tarjima qilishi kerak. Zarur hollarda ertakka kirish so‘zi yoki sharh yozilib,
o‘quvchiga mazmun tushuntiriladi. Har bir madaniyat, xalq o’ziga xos tarixga egaligi bois bu
tarjima tildagi asar yoki ertakni o’quvchi tushunmasligiga qarshi samarali yechim bo’la oladi.

5. Milliy va madaniy so‘zlarni tarjima qilishda:

Mahalliy atamalar (palov, do‘ppi, suyunchi) transliteratsiya qilinib, yonida qisqacha izoh

bilan berilishi kerak. Bu madaniy o‘ziga xoslikni saqlashga yordam beradi.

6. Asl matnga sodiqlikni saqlash uchun:

Tarjima jarayonida auditoriyaga moslashtirish kerak bo‘lsa ham, ertakning g‘oya, syujet

va strukturasi o‘zgartirilmasligi zarur. Tarjimon "madaniy adaptatsiya" va "matnga sodiqlik"
o‘rtasida muvozanatni topishi lozim. Bu , albatta , tarjimondan bilim , ko’nikma va mahorat
talab etadi. Hozir quyida " Qizil Qalpoqcha" ertagining yevropacha va o’zbek xalq uslubidagi
variantlarini tahlil qilamiz. Barchamizga ayonki, bu ertak yevropa xalq ertagi bo’lib o’zbek
tilida o’ziga xos madaniy, stilistik uslubda olib o’tilgan.

Bir kuni oyisi somsa pishirib, qizchaga aytibdi:
— Qizil Qalpoqcha, mana bu somsa bilan kuvachadagi yogʻni buvingga oborib bergin,

eson-omonligini bilib kelgin. Qizil Qalpoqcha kiyinib, buvisini koʻrgani narigi qishloqqa
ketibdi. U oʻrmondan oʻtayotsa, oldidan bir Boʻri chiqib qolibdi. Boʻri Qizil Qalpoqchani yamlab
yuborgisi kelibdi-yu. lekin botinolmabdi, chunki shu yaqin orada oʻtinchilar daraxt kesib
yurar, boltalarining taraq-turuq ovozi eshitilib turar ekan.Boʻri qizdan:


background image

107

— Qizil Qalpoqcha, qayoqqa ketyapsan? — deb soʻrabdi.
Qizil Qalpoqcha boʻlsa, oʻrmonda toʻxtab, Boʻri bilan gaplashishning qanday qoʻrqinchli

ekanini bilmas ekan.Shuning uchun ham u Boʻri bilan salomlashibdi-da, keyin:

— Buvimni koʻrgani ketyapman, buvimga mana bu somsalar bilan kuvachada yogʼ olib

boryapman, — debdi.

— Buvingning uyi uzoqdami? — deb soʻrabdi Boʻri.
Bu ertakning o’zbekcha varianti bo’lib somsa, kuvacha, yog’ kabi so’zlar asl holidagi

ertakdan o’zbek tilidagi madaniyatga mos tarzda tarjima qilingan.


Bir kuni oyisi Qizil Qalpoqchani yoniga chaqirib, shunday debdi:
- Mana bu bir bo‘lak pirog va bir shisha sharobni olib, buvingni yo‘qlab kel.
U betob, zora bularni tatib darmonga kirsa. Kun qizib ketmasidan yo‘lga tush,
to‘g‘riga yur, yo‘ldan hech qayoqqa burilma, yiqilib shishani sindirib qo‘yma,
unda buvingga hech vaqo qolmaydi. Oldiga - uychaga kirganingda salom
berishni unutma, har tarafga qarab alanglayverma!
- Xo‘p bo’ladi, oyijon, hammasini aytganingizdek bajaraman, - debdi Qizil
Qalpoqcha oyisi bilan xayrlashar ekan.
Qizchaning buvisi o‘rmonda yashar ekan. Uychagacha qishloqdan yarim soatlik yo‘l

ekan.

Bu yevropacha talqindagi asl variantida shisha, tarjima sharob, pirog kabi so’zlar

yevropa madaniyatidan kelib chiqib yozilgan. Agarda jarayonida shisha, sharob, kabi so’zlarni
buviga nisbatan qo’llab tarjima qilinganda edi, bu o’zbek kitobxoni uchun
tushunmovchiliklarga sabab bo’lardi chunki o’zbek madaniyati, urf-odat, tarbiyasida buviga
nisbatan bunday so’zlar hech qachon ishlatilmaydi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Folklor va xalq ertaklarining tarjimasida struktura

yaxlitligini saqlash murakkab jarayon bo‘lib, bu jarayonda tarjimon nafaqat matn mazmunini,
balki uning madaniy, estetik va semantik jihatlarini ham hisobga olishi lozim. Tarjimada
uchraydigan asosiy muammolar – bu madaniyatlararo tafovutlar, og‘zaki nutqning o‘ziga
xosligi, obraz va timsollarning kontekstual ma’nolarini to‘liq yetkazishdagi qiyinchiliklardir.
Shu bilan birga, ertakning ritmik tuzilmasi, syujet dinamikasi va xalqona iboralarni mos til
vositalari bilan ifodalash ham dolzarb vazifadir.

Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun tarjimada kontekstual moslashtirish

(adaptatsiya), izohli tarjima, parallel matn tahlillari va madaniyatlararo kompetensiyani
oshirish kabi yondashuvlar taklif etiladi. Tarjimon folklor asarining ichki ruhini, milliy
ohangini yo‘qotmasdan, uni yangi til muhitiga moslashtirishi zarur. Shu yo‘l bilan xalq og‘zaki
ijodining bebaho namunalarini global miqyosda anglash va qadrlash imkoniyati kengayadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ertak

2.

Rasulov A., O‘zbek xalq og‘zaki ijodi, O‘qituvchi nashriyoti, 1992, 5-bet.

3.

Rasulov A., O‘zbek xalq og‘zaki ijodi, 6-bet

4.

G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot instituti, Folklorshunoslikka oid izlanishlar, 1-jild, 12-bet.

Библиографические ссылки

Rasulov A., O‘zbek xalq og‘zaki ijodi, O‘qituvchi nashriyoti, 1992, 5-bet.

Rasulov A., O‘zbek xalq og‘zaki ijodi, 6-bet

G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot instituti, Folklorshunoslikka oid izlanishlar, 1-jild, 12-bet.