Авторы

  • Bobur Shokirov
    Farg’ona davlat universiteti yurisprudensiya yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.85729

Ключевые слова:

Kiberhuquq kiberjinoyatchilik axborot xavfsizligi yurisdiksiya raqamli huquq texnologik xavf xalqaro hamkorlik maxfiylik qonunchilik sun’iy intellekt.

Аннотация

Mazkur maqolada kiberhuquq tushunchasi, uning zarurligi, asosiy vazifalari va dolzarb muammolari tahlil qilinadi. Kiberjinoyatchilik, yurisdiksiya, maxfiylik, axborot xavfsizligi va qonunchilikdagi kamchiliklar kiberhuquq sohasidagi asosiy muammolar sifatida ko‘rsatiladi. Shuningdek, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif etilgan choralar — milliy qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, texnik vositalardan foydalanish va jamiyatni xabardor qilish zaruriyati asoslab beriladi. Yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi kiberhuquqni doimiy rivojlanishga undaydi hamda barcha manfaatdor tomonlarning hamkorligini talab etadi.


background image

63

KIBERHUQUQ: ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR DAVRIDAGI HUQUQIY

CHAQIRIQLAR VA HIMOYA MEXANIZMLARI

Shokirov Bobur Tohirjon o’g’li

Farg’ona davlat universiteti yurisprudensiya yo’nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15357163

Annotatsiya.

Mazkur maqolada kiberhuquq tushunchasi, uning zarurligi, asosiy

vazifalari va dolzarb muammolari tahlil qilinadi. Kiberjinoyatchilik, yurisdiksiya, maxfiylik,
axborot xavfsizligi va qonunchilikdagi kamchiliklar kiberhuquq sohasidagi asosiy muammolar
sifatida ko‘rsatiladi. Shuningdek, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif etilgan choralar — milliy
qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, texnik vositalardan
foydalanish va jamiyatni xabardor qilish zaruriyati asoslab beriladi. Yangi texnologiyalarning
paydo bo‘lishi kiberhuquqni doimiy rivojlanishga undaydi hamda barcha manfaatdor
tomonlarning hamkorligini talab etadi.

Kalit so‘zlar:

Kiberhuquq, kiberjinoyatchilik, axborot xavfsizligi, yurisdiksiya, raqamli

huquq, texnologik xavf, xalqaro hamkorlik, maxfiylik, qonunchilik, sun’iy intellekt.

ASOSIY QISM

Kiberhuquq – bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuzaga keladigan

huquqiy munosabatlarni tartibga solishga va ushbu munosabatlar doirasida yuzaga keladigan
huquqiy nizolarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan huquq sohasi hisoblanadi. Axborot
texnologiyalarining jadal rivojlanishi, kibermakon, raqamli iqtisodiyot, internet orqali amalga
oshirilayotgan faoliyatlar va intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan ehtiyojning ortishi ushbu
sohaga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda. Kiberhuquq bugungi kunda mustaqil va muhim
huquq tarmog‘i sifatida shakllanmoqda. U boshqa huquq sohalariga bog‘liq bo‘lishi bilan birga,
o‘ziga xos normalar va prinsiplarga ham ega. Mazkur huquq sohasining shakllanishi va
rivojlanishi, avvalo, kibermakon bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni aniqlash, ularning
huquqiy tartibini belgilash, ushbu munosabatlarda ishtirok etuvchi subyektlar va
obyektlarning maqomini aniqlash, ularning huquq va majburiyatlarini belgilashni talab etadi.

Kiberhuquqning asosiy predmeti kibermakonda yuzaga keladigan ijtimoiy

munosabatlardir. Ushbu munosabatlar ko‘p hollarda boshqa huquq sohalari bilan kesishadi va
shu sababli kompleks yondashuvni talab etadi. Masalan, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi,
xalqaro huquq va boshqa sohalar kiberhuquqning amaliyotida bevosita ishtirok etadi.
Kiberhuquqning asosiy vazifalaridan biri – bu kibermakonda huquqiy tartibni ta’minlashdir.
Bu degani, jismoniy va yuridik shaxslarning internetdagi huquqlari va majburiyatlarini aniq
belgilash, ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni ishlab chiqish, ularni huquqiy
mexanizmlar orqali amalga oshirish va monitoring qilishdir. Shuningdek, yana bir muhim
vazifa – bu kibermakonda fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari hamda manfaatlarini
himoya qilishdir. Chunki kiberjinoyatchilik, kiberhujumlar, ma’lumotlarning noqonuniy
tarqatilishi, axborot xavfsizligiga tahdidlar kabi hodisalar tobora kuchayib borayotgani
sababli, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari, intellektual mulklari, biznes manfaatlari xavf
ostida qolmoqda.

Zamonaviy texnologiyalarning cheksiz rivoji kiberhuquq sohasida qator muammolarni

yuzaga keltirmoqda. Ularning eng dolzarblaridan biri bu yurisdiksiya masalasidir.
Kibermakonning virtual va chegarasiz tabiati tufayli jinoyatchilar bir mamlakatda faoliyat
yuritib, boshqa davlatlardagi shaxslar yoki tizimlarga zarar yetkazishlari mumkin. Bu holatda


background image

64

qaysi davlatning qonunchiligi qo‘llanilishi lozimligi, qanday qilib jinoyatchilarni javobgarlikka
tortish mumkinligi masalalari murakkablashadi. Yana bir dolzarb muammo – bu maxfiylik va
shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi bilan bog‘liqdir. Bugungi kunda turli platformalar
foydalanuvchilarning katta hajmdagi shaxsiy ma’lumotlarini yig‘moqda va ularni qayta
ishlamoqda. Bu esa, shaxsiy hayot daxlsizligi huquqiga tahdid soladi. Shu bilan birga,
qonunchilikda shaxsning fikr erkinligi kafolatlangan bo‘lsa-da, axborot tarqatish faqat qonun
asosida va zarur holatlarda cheklanishi mumkin.

Kiberjinoyatchilik – bu zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir

etiladigan jinoyatlar bo‘lib, ularning soni yildan-yilga ortib bormoqda. Jinoyatchilar o‘z uyidan
chiqmasdan turib, boshqa mamlakatlardagi tizimlarga hujum qilishi, moliyaviy zarar
yetkazishi, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashi mumkin. Bunday jinoyatlarga qarshi kurashish
uchun davlatlar axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqishi
lozim. Ammo amaldagi qonunchilikda hali ham aniqlik va aniq mezonlar yetarli emas.
Masalan, O‘zbekiston qonunchiligida “aqidaparastlik” tushunchasi mavjud bo‘lsa-da, uning
huquqiy talqini va aniq chegaralari ko‘rsatilmagan. Bu esa amaliyotda turli talqinlarga sabab
bo‘lishi mumkin.

Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish

zarur. Avvalo, milliy qonunchilikni takomillashtirish zarur. Bu orqali kiberjinoyatchilik,
axborot xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, raqamli iqtisodiyotdagi
munosabatlarni tartibga soluvchi normalar ishlab chiqilishi kerak. Qonunchilikdagi
ziddiyatlar va noaniqliklar esa har doim inson manfaatlariga asoslangan talqin asosida hal
qilinishi lozim. Ikkinchidan, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarur. Chunki kibermakon
umumjahon miqyosida mavjud bo‘lgan makon bo‘lib, jinoyatlar bir nechta davlat hududida
sodir bo‘lishi mumkin. Xalqaro tashkilotlar, davlatlar o‘rtasida axborot almashinuvi,
jinoyatchilarni ta’qib qilish, umumiy standartlarni ishlab chiqish va qo‘llash orqali samarali
kurashish mumkin. Uchinchi muhim chora – bu texnik vositalardan samarali foydalanishdir.
Maxsus dasturlar, xavfsizlik tizimlari, himoya protokollari orqali axborot tizimlarini
mustahkamlash va kiberhujumlarning oldini olish mumkin. To‘rtinchidan, aholining
xabardorligini oshirish, internetda mas’uliyatli harakat qilish madaniyatini shakllantirish,
yosh avlodni axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish zarur. Bu borada ta’lim
tizimi, OAV va ijtimoiy tarmoqlarning roli katta.

Xulosa qilib aytganda, kiberhuquq – axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal

rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan, zamonaviy huquq tizimining ajralmas qismidir. U
kibermakonda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish va shaxslar
huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Mazkur sohaning asosiy muammolari – yurisdiksiya
masalalari, maxfiylik va ma’lumotlarni himoya qilish, axborot xavfsizligi, shuningdek,
qonunchilikdagi bo‘shliqlar hisoblanadi. Ularni samarali hal etish uchun milliy qonunchilikni
takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, texnik choralarni joriy etish va jamiyatni
keng qamrovli ravishda xabardor qilish zarur. Kiberhuquqning kelajagi barcha manfaatdor
tomonlarning hamkorligi va texnologik yangiliklarga tezkor moslashuviga bog‘liq bo‘lib, bu
sohada doimiy ilmiy tadqiqotlar va amaliy yechimlar ishlab chiqilishi lozim.

References:

Используемая литература:


background image

65

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

R.R. Shakurov, M.M. Vohidov. Kiberhuquq – huquq sohasi sifatida: risola. T:. 2022.

2.

Kiberhuquq onlayn kurs. https://cyber-law.uz/uz/subject/kiber-huquq/

3.

R. Eshboyev. Jamiyatni zararli axborotlardan himoya qilishda – inson huquqlari

buzilmasligi kerak. Huquqshunosdan qonunchilikka tavsiyalar.

4.

https://m.kun.uz/news/2023/07/06/jamiyatni-zararli-axborotlardan-himoya

qilishdainson-huquqlari-buzilmasligi-kerak-huquqshunosdan
qonunchilikkatavsiyalar?q=%2Fuz%2Fnews%2F2023%2F07%2F06%2Fjamiyatni-
zararliaxborotlardan-himoya-qilishda-inson-huquqlari-buzilmasligi-kerak-
huquqshunosdanqonunchilikka-tavsiyalar

Библиографические ссылки

R.R. Shakurov, M.M. Vohidov. Kiberhuquq – huquq sohasi sifatida: risola. T:. 2022.

R. Eshboyev. Jamiyatni zararli axborotlardan himoya qilishda – inson huquqlari buzilmasligi kerak. Huquqshunosdan qonunchilikka tavsiyalar.

https://m.kun.uz/news/2023/07/06/jamiyatni-zararli-axborotlardan-himoya qilishdainson-huquqlari-buzilmasligi-kerak-huquqshunosdan qonunchilikkatavsiyalar?q=%2Fuz%2Fnews%2F2023%2F07%2F06%2Fjamiyatni-zararliaxborotlardan-himoya-qilishda-inson-huquqlari-buzilmasligi-kerak-huquqshunosdanqonunchilikka-tavsiyalar