157
DAVLAT BOSHQARUVIDA QONUNIYLIKNI TA’MINLASH USULLARI
Qurbonov Oybek Xolli o‘g‘li
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15388491
Annotatsiya.
mazkur maqolada qonuniylikni ta’minlash tushunchasi va mazmuni, davlat
boshqaruvida qonuniylikni ta’minlash usullari turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlariga
bag‘ishlangan.
Kalit so‘zlar:
qonuniylikni ta’minlash, kontrol, nazorat, qonuniylikni ta’minlash usullari,
prokuror nazorati va ma’muriy nazorat.
Har qanday boshqaruvga oid bo‘lgan tizimda boshqaruv organi tomonidan organning
maqsad va vazifalariga hamohang ravishda ma’lum usullar qo‘llaniladi. Boshqaruv organi
tomonidan qo‘laniladigan u yoki bu usul eng avvalo huquq normasi bilan tartibga solinishi,
inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga va ularni ro‘yobga chiqishiga zamin yaratishi
lozim.
Davlati boshqaruvi faoliyati sohasidaj qonuniylik prinsipining harakatda bo‘lishi
tashkiliy-huquqiy vositalar tizimim bilan ta’minlanadi. Yuridik xususiyatlari va mazmuni
jihatidan harr xil bo‘lgan bundayy vositalarning yig‘indisi – qonuniylikni ta’minlash usullarini
tashkil etadi. Shu o‘rinda biz davlat boshqaruvida qonuniyliknin ta’minlash usullari haqida fikr
bildirganimizda qonuniylikni ta’minlash tushunchasi haqida fikr bildirsak.
Qonuniyliknik ta’minlash – bu:
birinchidan, davlat organlaril va mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylik talabidan
chetga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;
ikkinchidan, qonunbuzilishi holatlarini o‘z vaqtida aniqlash;
uchinchidan, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish;
to‘rtinchidan, buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarni qayta tiklash;
beshinchidan, qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish;
oltinchidan, qonuni buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslikj maqsadida, ma’lum bir chora-
tadbirlarni amalga oshirish
1
.
Demak, qonuniylikni ta’minlashi deganda davlat organlari va mansabdori shaxslar
faoliyatidal qonuniylik talabidani chetga chiqishiga yo‘l qo‘ymagan holda, qonunbuzilishii
holatlarini o‘z vaqtidaj aniqlash, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish, buzilganl
huquq va qonuniy manfaatlarnij qayta tiklash, qonunbuzilishiga yo‘lm qo‘ygan shaxslarni
javobgarlikkai tortish, qonun buzilishlarigat yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ma’lumi bir chora-
tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan faoliyat sifatida ko‘rishimiz mumkin.
Aksariyat yuridik adabiyotlarda, davlat boshqaruvi jarayonida qonuniylikni
ta’minlashning asosiy usuli sifatida kontrol va nazorat ko‘rsatib o‘tilgan.
Jumladan, D.M.Ovsyankoning fikricha, davlat organlari faoliyatida qo‘llaniladigan turli
huquqiy va tashkiliy shakl va usullar, amaliy usullar – qonuniylikni ta’minlash usullari
hisoblanadi hamda bu kontrol va nazoratdir
2
. Bu yerda D.M.Ovsyankoning fikriga ko‘ra, davlat
boshqaruvida qonuniylikni taminlashda ikkita usuldan yani kontrol va nazoratni nazarda
1
E.Xojiyev, T.Xojiyev. Ma’muriy huquq. Darslik. – T.: “Fan va texnologiya”, 2008. -519 b.
2
Ю.М.Козлов, Л.Л.Попов. Административное право. – М.: «Юрист», 2000.
158
tutgan.
A.A.Karmolitskiyning fikricha esa, davlat boshqaruvida qonuniylik tashkiliy-huquqiy
vositalar orqali ta’minlanadi. Mazmuniga ko‘ra, ular qonuniylikni ta’minlash usullarini, uning
tizimini anglatadi. Qonuniylikni ta’minlash jarayonida davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida
kontrolni hamda uning ko‘rinishlari bo‘lgan nazorat va ijro etishni tekshirishni amalga
oshiradilar. A.A.Karmolitskiy boshqa huquqshunos olimlardan farqli ravishda, qonuniylik va
intizomni ta’minlashning uchinchi usulini –
ijro
etishni
tekshirishni
ham kiritadi
3
.
D.D.Sabriya, davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlash usullariga kontrol (ijro etishni
tekshirish) va nazorat bilan bir vaqtda
shikoyat
qilish
huquqini
kiritadi
4
. Uning fikricha
qonuniylikni taminlashda faqatgina kontrol va nazorat bilan ta’minlanib qolmasligini va
qonuniylik ta’minlanishini fuqarolarning shikoyat qilish huquqi orqali erilishishi mumkinligi
haqida fikr bildiradi. X.R.Alimov esa, davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashning usullari
sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tadi:
• davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan kontrol va ijro etishni tekshirish;
• prokuratura organlarining umumiy nazorati;
• sud organlarining faoliyati;
• ma’muriy nazorat;
• jamoatchilik nazorati;
• davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunga zid harakatlari va qarorlari
ustidan shikoyat qilish
5
.
Demak, yuqoridagilarga asoslanadigan bo‘lsak, huquqshunos olimlari davlat
boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlashning asosiy usullari sifatida
kontrol
,
nazorat,
tekshirish
va
shikoyat
qilishni
ko‘rsatib o‘tishadi.
Kontrol
– qonuniylik va intizomni ta’minlash usuli sifatida yoki davlat organlarining
funksiyasi, ya’ni boshqaruv faoliyatining turi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Kontrol
ijtimoiy boshqaruv tizimida katta ahamiyatga ega bo‘lib, u hokimiyat subyektlarining mavjud
holatlari to‘g‘risida, qarorlarning ijro etilganligi haqida ma’lumotlarni olishda xizmat qiladi.
Kontrol ijro intizomini mustahkamlashda, amalga oshirilgan ishni baholashda, ma’lum bir
jarayonni operativ tartibga solishda qo‘llaniladi.
Kontrol mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) kontrol ostiga olingan obyektlar faoliyati ustidan kuzatish, ular tomonidan qoidalar va
ko‘rsatmalarning bajarilishi, mavjud holatlar to‘g‘risida obyektiv ma’lumotlar olish.
Ma’lumotlar hisob va hisobot hujjatlarini o‘rganish, tekshirish, invertarizatsiya, taftish,
tushuntirishlar va boshqa shakllarda olinadi;
2) to‘plangan axborotlarni baholash, yo‘nalishlarni belgilash, istiqboldagi rejalarni ishlab
chiqish;
3) qonuniylikni buzish holatlarini, zararli oqibatlarni, maqsadga nomuvofiq harakatlar va
xarajatlarni bartaraf etish bo‘yicha ma’lum bir choralarni ko‘rish, shuningdek, huquqbuzarlikni
oldini olish maqsadida huquqqa xilof faoliyatni to‘xtatish;
3
А.П.Алехин, А.А.Кармолицкий, Ю.М.Козлов. Административное право Российской Федерации. Учебник. –М.:
«Зерцало», 1998.
4
П.Т.Василенко. Админстративное право. –М.: «Юридическая литература», 1990.
5
Админстративное право Республики Узбекистан: Учебник для юридических вузов // Авт. Коллектив:
Х.Р.Алимов, Л.И.Соловьева и др./ - Т.: «Адолат», 1999. С.343-348.
159
4) huquqbuzarliklarning hisobini olib borish, ularni sodir etilishi sabablari va
sharoitlarini aniqlash;
5) aybdor shaxslarni aniqlash, ularni javobgarlikka tortish. Kontrolni amalga oshiruvchi
organlar aybdor shaxsning javobgarligini o‘zlari hal etishlari mumkin yoki bu masalani
vakolatli davlat organlariga kiritishlari mumkin.
Kontrol rahbarlik (boshqaruv) faoliyatining ajralmas elementi hisoblanadi. Shu bilan
birga, u rahbarlik darajasini oshirishni, uning to‘g‘riligi va samaradorligini tekshirish vositasi
ham hisoblanadi.
Kontrolni amalga oshirish jarayonida:
– kontrol ostiga olingan obyektning holati tahlil qilinadi va unga baho beriladi;
– hal etilmay qolgan masalalar aniqlanadi;
– amaliy tajriba umumlashtiriladi va qo‘llaniladi;
– ijro etuvchilarga turli xildagi yordam beriladi.
Demak, kontrol davlat organlari oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini, ularning
faoliyatida qonuniylik va intizomning ta’minlanishini belgilovchi asosiy vositadir. Qonuniylikni
ta’minlash jarayonida qonunbuzilishini ogohlantirish va cheklashda uning o‘rni kattadir.
Kontrol davlat boshqaruvi jarayonida qo‘llaniladigan boshqa usullardan (nazorat,
tekshirishdan) farq qilgan holda, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir:
– kontrolni amalga oshiruvchi organ (mansabdor shaxs) va kontrol ostiga olingan obyekt
o‘rtasidagi aloqalarning vertikalligi, ya’ni bu munosabatlar bo‘ysinuvga asoslanadi;
– kontrol qonuniylikni ta’minlash bilan bir vaqtda, maqsadga muvofiqlikni aniqlash uchun
ham qo‘llaniladi;
– kontrolni amalga oshiruvchi organ (mansabdor shaxs) obyektning qarorlarini bevosita
bekor qilish vakolatiga ega bo‘ladi;
– kontrolni amalga oshiruvchi organ (mansabdor shaxs) kontrol obyektining faoliyatida
qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, uni bartaraf etish, aybdorni aniqlash va unga nisbatan
ta’sir etish choralarini qo‘llash vakolatiga ega bo‘ladi
6
.
Kontrol
turli
shakllarda
amalga
oshirilishi
mumkin
:
1) hisobotlarni, ma’lumot va axborotlarni ko‘rib chiqish;
2) kontrol ostiga olingan obyektning harakatlarini kuzatish, ekspertiza, tekshirish;
3) ma’lum bir lavozim yoki mansabni egallovchi shaxslarning shaxsiy va ishchanlik
xususiyatlarini o‘rganish;
4) kontrol ostiga olingan obyektning faoliyatini muvofiqlashtirish;
5) shikoyatlarni ko‘rib chiqish va boshqalar.
Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida
kontrol tushunchasi berilmagan. Yuridik adabiyotlarda, kontrol va nazorat tushunchalari
farqlanadi. Jumladan, D.N.Baxrax fikricha, kontrol hajmidan kelib chiqqan holda, agar
faoliyatning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligi tekshirilayotgan bo‘lsa, bu – kontrol, agar
faoliyatning qonuniyligi tekshirilayotgan bo‘lsa, bu – nazoratdir. Nazorat qisqartirilgan
kontroldir
7
.
6
E.Xojiyev, T.Xojiyev. Ma’muriy huquq. Darslik. – T.: “Fan va texnologiya”, 2008. 521-522-b.
7
Бахрах.Д.Н, Россинский.Б.В, Старилов.Й.Н. Административное право: Учебник для бузов. –М.:”Норма”, 2004.
710-712.
160
Nazorat
– maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan o‘ziga bo‘ysinmagan obyekt
faoliyatida qonuniylik va intizomni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan boshqaruv
faoliyatining bir turidir. Nazorat olib borish jarayonida nazorat ostiga olingan obyektning
faoliyatiga faqatgina qonuniylik nuqtai nazaridan baho beriladi. Nazoratni amalga oshirish
vaqtida nazorat ostiga olingan obyektning ma’muriy-xo‘jalik faoliyatiga aralashishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Nazorat maxsus davlat nazorati organlari tomonidan yoki prokuratura organlari
tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat jarayonida aniqlangan kamchiliklar, qonun buzilishlari
bevosita hal qilinmaydi yoki aybdor shaxslar bevosita javobgarlikka tortilmaydi. Nazorat
vaqtida aniqlangan kamchiliklar, qonun buzilishlari to‘g‘risida nazorat olib borilgan organ
(tashkilot) bo‘ysingan yuqori organga yoki tegishli davlat organlariga (masalan, sud,
prokuratura organlariga) murojaat qilish mumkin.
Davlat nazorati, ko‘pgina yuridik adabiyotlarda, ikkiga bo‘lingan:
prokuror
nazorati
va
ma’muriy
nazorat
8
.
Davlat boshqaruvi jarayonida qonuniylikni ta’minlashda ma’muriy nazorat davlat
organlari faoliyatining alohida turi bo‘lib, ijro hokimiyatining maxsus vakolatli davlat organlari
va ularning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Ma’muriy nazorat davlat
organlari, mansabdor shaxslar, davlat va nodavlat korxona, muassasa va tashkilotlari,
shuningdek, fuqarolar tomonidan umummajburiy qoidalarga qat’iy rioya yetishlari ustidan olib
boriladigan davlat nazoratidir
9
.
Ma’muriy nazorat davlatning boshqa nazorat turlaridan quyidagi jihatlari bilan
farqlanadi:
birinchidan
, nazorat olib borilayotgan obyekt faoliyatidagi qonuniylikka rioya etilishi
bilan bog‘liqdir;
ikkinchidan
, nazoratni olib boruvchi davlat organi bilan nazorat ostiga olingan o‘rtasida
tashkiliy jihatdan bo‘ysinuvning bo‘lishi shart emas;
uchinchidan
, uni amalga oshiruvchi davlat organlari doirasi kengroqdir;
to‘rtinchidan
, turli tashkiliy va huquqiy shakllarda amalga oshiriladi;
beshinchidan
, nazoratni olib borishning maxsus usullariga ega;
Davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashda jamoat nazoratining tutgan o‘rni kattadir.
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi O’RQ-350 sonli “Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari to‘g‘risida”gi yangi tahrirda qabul qilingan qonunning 11-moddasiga
binoan, “Shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini – tegishli hududda
qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyati
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat ko‘rsatish
tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar
va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, yerlardan foydalanish va ularni
muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar”
10
.
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lini
tanlagan ekan, albatta, bu jarayonda davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda, qonuniylik va
huquq tartibotni ta’minlashda fuqarolar ishtiroki keng ta’minlanishi lozim. Bu jarayonda
8
E.Xojiyev, T.Xojiyev. Ma’muriy huquq. Darslik. – T.: “Fan va texnologiya”, 2008. 523-b.
9
E.Xojiyev, T.Xojiyev. Ma’muriy huquq. Darslik. – T.: “Fan va texnologiya”, 2008. 521-522-b.
10
Url: https://lex.uz/docs/-2156899
161
fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoatchilik nazoratini yanada takomillashtirish
lozim bo‘ladi. Shu boisdan, 2018 yil 12 aprelda O‘zbekiston Respublikasi “Jamoatchilik nazorati
to’g’risida”gi O’RQ-474 sonli qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunga binoan davlat organlarining
va ular mansabdor shaxslarining quyidagi:
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish
davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga
olishga;
fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat
manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini
ta’minlashga;
o‘z zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo‘lgan
vazifalar va funksiyalarni bajarishga;
davlat xizmatlarini ko‘rsatishga;
ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va
dasturlarni bajarishga doir faoliyati jamoatchilik nazoratining obyekti hisoblanadi
11
.
Jamoatchilik nazoratini kengaytirish davlat organlari va mansabdor shaxslarning
fuqarolar va jamiyat oldidagi mas’uliyatini yanada oshiradi, ularning qonun asosida hamda
qonun doirasida harakatlanishini mustahkamlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi jarayonida qonuniylik va intizomni
ta’minlashda –
jismoniy
va
yuridik
shaxslarning
shikoyat
qilish
huquqi
ham katta ahamiyatga
egadir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasiga binoan “Har kim bevosita
o‘zi va boshqalar bilan birgalikda davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlariga, mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va
shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega”
12
deb belgilab qo’yilgan. Buning natijasida
fuqarolarning murojat etish huquqi yuzaga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi
qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar davlat organlari va mansabdor shaxslarga
og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojat etishlari mumkin. Murojaatlarning quyidagi
turlari mavjud. Bular arizalar, takliflar va shikoyatlar hisoblanadi. Murojaatlar, ularning shakli
va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi hamda belgilab qo’yilgan muddat va
tartibda ko’rib chiqiladi. Ushbu jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari natijasida davlat
boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashda sud nazorati kelib chiqadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
E.Xojiyev, T.Xojiyev. Ma’muriy huquq. Darslik. – T.: “Fan va texnologiya”, 2008. -519 b.
2.
Бахрах.Д.Н, Россинский.Б.В, Старилов.Й.Н. Административное право: Учебник для
бузов. –М.:”Норма”, 2004. 710-712.
3.
Админстративное право Республики Узбекистан: Учебник для юридических вузов
11
O‘zbekiston Respublikasi “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi O’RQ-474 sonli qonuni // Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2018-y., 03/18/474/1062-son
12
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son
// https://lex.uz/docs/-6445145#-6445542
162
// Авт. Коллектив: Х.Р.Алимов, Л.И.Соловьева и др./ - Т.: «Адолат», 1999. С.343-348.
4.
Ю.М.Козлов, Л.Л.Попов. Административное право. – М.: «Юрист», 2000.
5.
А.П.Алехин, А.А.Кармолицкий, Ю.М.Козлов. Административное право Российской
Федерации. Учебник. –М.: «Зерцало», 1998.
6.
П.Т.Василенко. Админстративное право. –М.: «Юридическая литература», 1990.