Авторы

  • Bonu Davronova
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yoʻnalishi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.89592

Ключевые слова:

Termiz tarix rivojlanish joy shahar hudud ko‘cha toponim nom darvoza geografik obyekt.

Аннотация

Ushbu maqolada toponimikaning rivojlanish tendensiyasi, toponim va joy ta’rifi, Termiz shahri mavjud joy nomlari tasnifi, tarkibi, nomlanish qonuniyatlari va tarixiy xususiyatlari, Termiz shahri tarixiy toponimlarining obyekti nomlari, mahalla va ko‘chalar nomlari, muassasalar va boshqa turli joylar bilan bog‘liq toponimlar, Termiz shahrida o’rin olgan joy nomlari shakllanishining tarixiy xususiyatlari, ko‘chalarning nomlari, turli muassasalar bilan bog‘liq bo‘lgan toponimlar yoritilgan hamda shaharlarning ko’plab obyektlari farqlariga urg’u berilgan.


background image

57

"SURXONDARYO VILOYATI TOPONIMLARI: INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA

CHOG‘ISHTIRMA TADQIQOT"

Davronova Bonu Davron qizi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yoʻnalishi magistranti

Email: bonudavronova531@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15429625

Annotatsiya:

Ushbu maqolada toponimikaning rivojlanish tendensiyasi, toponim va joy

ta’rifi, Termiz shahri mavjud joy nomlari tasnifi, tarkibi, nomlanish qonuniyatlari va tarixiy
xususiyatlari, Termiz shahri tarixiy toponimlarining obyekti nomlari, mahalla va
ko‘chalar nomlari, muassasalar va boshqa turli joylar bilan bog‘liq toponimlar,
Termiz shahrida o’rin olgan joy nomlari shakllanishining tarixiy xususiyatlari, ko‘chalarning
nomlari, turli muassasalar bilan bog‘liq bo‘lgan toponimlar yoritilgan hamda shaharlarning
ko’plab obyektlari farqlariga urg’u berilgan.

Kalit so’zlar:

Termiz, tarix, rivojlanish, joy, shahar, hudud, ko‘cha, toponim, nom,

darvoza, geografik obyekt.

Surxondaryo viloyati

Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941-yil 6-

martda tashkil etilgan (1925-yil 29-iyundan Surxondaryo okrugi boʻlgan). 1960-yil 25-
yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964-yil fevralda qaytadan tashkil qilindi.
Respublikaning janubi-sharqida, Surxon-Sherobod vodiysida joylashgan. Viloyat nomi
vohadan oqib oʻtuvchi “Surxon” (fors-tojik: “qizil”) daryosi nomidan kelib chiqqan. Janubidan
Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shimoliy, shimoli-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi-
gʻarbdan Turkmaniston, shimoli-gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh.
Maydoni 20,1 ming km². Aholisi 2907 ming kishi (2024-yil 1-Iyun holatiga koʻra). Tarkibida
14 ta tuman (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo,
Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Qiziriq, Qumqoʻrgʻon), 8 ta shahar (Boysun, Denov,
Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon), 114 ta shaharcha, 865
ta qishloq aholi punktlari mavjud (2020). Markazi Termiz shahri.

Jahon tilshunosligida onomastika, xususan, toponimikaning tadqiqot
obyekti sifatida toponimlar ham muhim tarixiy, milliy-madaniy, ijtimoiy axborot

tashuvchi lingvistik birliklar sifatida o‘rganilmoqda. Toponimlarning o‘rganilishi
til tizimi taraqqiyoti va takomilini, ularga aloqador hudud dialekti, tarixi, geografiyasi,
etnografiyasi, tabiati va boshqa imkoniyatlarini tadqiq qilish nuqtayi nazardan ham ilmiy-
nazariy, ham amaliy ahamiyatga egadir. Onomastika masalalari dunyodagi turli soha olimlari
tomonidan ilmiy nazariy va amaliy asoslarda tadqiq etish ancha vaqtlardan buyon davom etib
kelmoqda. Bugungi kunga kelib toponimik birliklarning barcha tiplarini yaxlit bir tizim
sifatida tarixiy-etimologik, leksik-semantik, struktur-tipologik, nominatsion- motivatsion,
sotsiolingvistik, antroposentrik jihatdan o‘rganish muhim hisoblanadi. Dunyo tilshunosligida
toponimlarning oykonim, gidronim, oronim,

nekronim, agroonim kabi tarkibiy qismlarini lingvistik paradigmalar asosida

o‘rganish xalqning ijtimoiy hayotini, milliy, etnik, madaniy tarixini, shu xalq tilining tarixiy
taraqqiyotini yoritishda ahamiyatlidir. Toponimlar muayyan tilda xalq tomonidan yaratiladi
va o‘sha davrning ijtimoiy hayoti haqida axborot beradi. Toponimlar xalqning o‘tmishi, urf-
odatlari, boshidan kechirgan turli xil


background image

58

ijtimoiy-siyosiy, etnomadaniy jarayonlarni o‘zida saqlovchi lingvomadaniy birliklar

hisoblanadi. Ana shu ma’noda toponimlar tilning tarixiy, lisoniy boyligi, xalq ma’naviyatining
ajralmas merosidir. Zero, “Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlarga qoldirish,
davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir”. Keyingi yillarda
respublikamiz toponimlarini lug‘atini yaratish bo‘yicha ham samarali ishlar amalga oshirildi.
Shu kunga qadar yaratilgan toponimik lug‘atlarning aksariyati ma’lum hududga tegishli joy
nomlarini etimologik izohini ko‘rsatishga qaratilgan. Termiz shahrining o’zida ham ziyoratgoh
joylar mavjud bo’lib, asosan

Qirqqiz qal'asi

– eramizning IX-X asrlariga oid Surxondaryo viloyatidagi me'moriy yodgorlik bo‘lib,

Termiz tumanida vayrona holida saqlanib qolgan. Inshoot qanday maqsadda qurilganligi
(qal'a, saroy, xonaqoh, karvonsaroy) haqida rasmiy dalil, ma'lumot yo‘q. U dunyo tomonlariga
moslab qat'iy mujassamotda, ya'ni G‘arb va Sharq burchaklarini aniq hisobga olib bunyod
etilgan. Qal'a to‘rtburchak tarhli (53,3x54,8 m), 1 qavatli, faqat yo‘laklar umumiy balandlikda
2 qavatli bo‘lib, xom g‘isht (30x30x5 — 5,5 sm)lardan qurilgan, toq va ravoqlarida shu
o‘lchamdagi pishiq g‘ishtlar ham ishlatilgan; qalin devor bilan o‘ralgan (tashqi devor qalinligi
2—2,5 m).

Sulton Saodat

- Sulton Saodat majmuasi V asr davomida (XII-XVII asrlar)
Termiz sayidlari dafn etilgan joyda qurilgan. Ushbu majmuani diniy binolardan tashkil

topgan. Majmuaning negizida 2 ta maqbara joylashgan bo‘lib, ular jome masjid vazifasini
bajaruvchi ayvonlar bilan birlashtirilgan. Maqbaralar gumbazlar bilan yopilgan arkali
kompozitsiyalar bo‘lib, ularning ichkarisida pishgan g‘ishtlardan qurilgan sag‘onalar
joylashgan. Ularda dekorativ naqshlarning qoldiqlari qisman saqlanib qolgan.

Kokildor Ota

- xonaqohi o‘zining arxitekturasi va ajoyib qurilishi bilan farq
qiladi. Ushbu gumbazli va ko‘p xonali yodgorlikning old qismi g‘ishtdan ishlangan. Uning

qurilishida Sulton Saodat kompleksiga o‘xshab uch pog‘onalik old qismi g‘oyasi qo‘llanilgan.
Bino rejasi simmetrik ravishda bo‘lgan. Markaziy o‘qida asosiy kirish va gumbazli katta zaldan
iborat ayvon joylashgan. Uning atroflarida, deyarli parallel ravishda oynali ko‘rinishda xonalar
joylashgan.To‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi kirish markaziy zalga, yon kirish qismlari unga
tutash xona va koridorlarga olib borgan. Bino devorlari ganj bilan ishlov berilgan. Binoning
ichki xonalarida qabr toshlari bo‘lib, ularning orasida eng kattasi Kokildor otaga tegishli.

Murchbobo jome masjidi

— Surxondaryo viloyati Termiz shahrida
joylashgan jome masjid. Masjid 1930-yillarda Imom Aliboy boshchiligida xalq bilan birga

qurilgan. Bu masjid nomi yangi qurilayotgan masjid atrofida o'sgan murch giyohi bilan bog'liq
bo'lib, masjidga murch nomini berilishiga sabab bo'lgan shaxs Sayyid Abduvali Samarqandiy
Al Mulakkib murch bobo hisoblanadi. Bu shaxs asli Samarqandlik, haj amalini bajargani
Termiz orqali o'tadi. Haj amalini ado etib Balx shahri orqali ortiga qaytayotganida o'zi bilan
murch oladi.

Umuman olganda bunday diqqatga sazovor joy nomlari toponimlarning tarixiy

obyekti sifatida qadrlanmoqda. Xulosa o’rnida maqolada ham ana shunday qadryatlarni
qadrlagan xolatda, boy merosimizni yoritib boraveradi.


background image

59

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Nizomov. A, Raximova. G, Rasulova. N. Toponimika T., “Sharq”. 2012

2.

P.G‘ulomov «Jo‘g‘rofiy atamalari va tushunchalari izohli lug‘ati». T., O‘qituvchi.1994y

3.

Mirziyoyev

Sh.M.

Milliy

taraqqiyot

yo‘limizni

qat’iyat

bilan

davom

ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. I jild. –Toshkent: O‘zbekiston, 2017, 26-b.
4.

Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga

quramiz. “O‘zbekiston”, 2017.
5.

O‘zbekiston

Respublikasini

yanada

rivojlantirish

bo‘yicha

harakatlar

strategiyasi.

O‘zbekiston

Respublikasi

prezidentining

farmoni.

O‘zbekiston

Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y, 6-son, 70-modda.
6.

Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt

taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston”, 2017.
7.

G‘ulomov P., Mirakmalov M.T. Toponimika va geografik terminshunoslik.

2000y
8.

Qorayev S. Toponimika. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. T.

2006.

Библиографические ссылки

Nizomov. A, Raximova. G, Rasulova. N. Toponimika T., “Sharq”. 2012

P.G‘ulomov «Jo‘g‘rofiy atamalari va tushunchalari izohli lug‘ati». T., O‘qituvchi.1994y

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. I jild. –Toshkent: O‘zbekiston, 2017, 26-b.

Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston”, 2017.

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni. O‘zbekiston

Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y, 6-son, 70-modda.

Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston”, 2017.

G‘ulomov P., Mirakmalov M.T. Toponimika va geografik terminshunoslik. 2000y

Qorayev S. Toponimika. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. T. 2006.