45
YUZ URUG’NING JIZZAX VOHASI ETNIK GURUHLARI ORASIDA TUTGAN
O’RNI XUSUSIDA
Eshonqulov Umurzoq Absamat o’g’li
Jizzax davlat pedagogika universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlarda
masofaviy ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
Jo`raqulova Mehriniso Mamasaid qizi
JDPU talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15424504
ANNOTATSIYA.
Mazkur maqolada o’zbek xalqi tarkibidagi eng katta etnik guruhlardan
biri yuz (juz) urug’ining o’rganilish tarixi, yuz atamasining kelib chiqishi, yuz urug’ining
shahobchalari, yuz urug’ining Jizzax vohasi bo’ylab geografik joylashuvi bo’ycha mulohazlar
bayon etilgan.
Kalit so’zlar.
Urug’, qabila, aymoq, elat, el, xalq, millat, etnoganez, etnik tarix, besh yuz
(besh juz), solin, qarabchi, so’loqli, nayman erganakli, uyas, parcha, xitoy yuz (kitayiz), marka
bolasi, rajab bolasi, tuyoqli, chubot, vaxtam, changal, mirzaesa, mullaesa, qarabchi, tegiriq
(tig’iriq), quyonquloqli.
ANNOTATION
. This article describes the history of the study of the Yuz (Juz) tribe, one of
the largest ethnic groups of the Uzbek people, the origin of the term Yuz, the author's views on
the origin of the Yuz tribe and its geographical location.
Keywords
Tribe, people, nation, ethnogenesis, ethnic history, Besh yuz (Besh juz), Salin,
Karabchi, Solokli, Erganakli, Uyas, Parcha, Kitayiz, Marqa child, Rajab child, Tuyakli, Chubot,
Vakhtam, Changal, Mirzaesa, Mullaesa, Tegirik (tigiriq), Kuyonkulokli.
АННОТATSIЯ.
В данной статье рассказывается об истории изучения племени Юзов
(джузов), одного из крупнейших этносов узбекского народа, происхождение термина
юз, взгляды автора на происхождение племени Юзов и его географическое положение.
Ключевые слова
Племя, народ, нatsiя, этногенез, этническая история, бешюз (беш
жуз), Раджаб боласи, Туякли, Чубот, Вахтам, Чангал, Мирзаэса, Муллаэса, Тегирик
(тигирик), Куйонкулокли.
O'zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixini o'rganish tarix fanining murakkab
masalalaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, bu hozirgi kunning muhim muammolaridan biri
hamdir. O'zbekiston mustaqilligi va o'zbek xalqining etnoma`daniy jihatdan tiklanishi
sharoitida uning milliy o'zligini anglashini kuchaytirish uchun teran tarixiy bilim va tarixiy
jarayonning etnik rang-barangligida xalqning o'z munosib o'rnini aniq-ravshan idrok etishi
katta ahamiyatga ega.
1
Mustaqilik yillarida vatanimiz tarixiga bo’lgan qiziqish ortib bormoqda ayniqsa
xalqimizing etnik tarkibi, o’zbek xalqi kelib chiqishi, etnoganezi, urug’ va qabilalar tarixi,
tarkibi, tuzulishi, o’zbek urug’lari geografik jolashuvi kabi masalalarni o’rganishga intilish
xalqimiz orasida tabora ortib bormoqda. Dunyoda hech bir millat yagona bir urug’ yoki
qabiladan tashkil topagandek o’zbek xalqi ham bundan mustosno emas.Tarixiy manbalarda
o’zbeklar 92 yirik urug’dan iborat ekanligi qayd etib o’tilgan xususan XVII asrda ijod qilgan
o’zbek mumtoz adabiyoti yirik namoyondasi Turdi Farog’iy ushbu urug’larni birlika inoqlika
chorlab shunday deydi:
1
Shoniyozov K. O'zbek xalqining shakllanish jarayoni . — Toshkent: 2001.- B. 3.
46
Tor ko'ngullik beklar, manman demang,
kenglik qiling,
To'qson ikki bo'li (qarindosh) o'zbek yurtidur,
tenglik qiling.
Birni qipchoqu xitoyu birni yuz,
nayman demang,
Qirqu yuz, ming son bo'lub, bir xon
oyinlik qiling
2
Jizzax vohasida 92 o‘zbek qabilalarining deyarli hammasidan vakillar uchratishimiz
mumkin. Ilk davrlarda Jizzaxga qirqlarning katta guruhlari kelib o‘rnashgan bo‘lsa, vohaning
sharqiy, shimoliy, shimoli-g‘arbiy hududlariga o‘zbeklarning yuz, qirq, saroy urug‘lari
o‘troqlashishi natijasida voha aholisining etnik tarkibi yanada qalinlashgan.
Yuzlar asosan, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida
yashaganlar va quyidagi 3 ta yirik tarmoq–Marka bolasi, Qorapchi, Rajab bolasi qismlariga
bo‘linganlar. Vohada istiqomat qiluvchi o‘zbek urug‘lari ichida son va mavqe jihatidan yetakchi
o‘rinni olgan yuz urug‘i bir necha bo‘g‘in va tarmoqlarga bo‘lingan. X.Doniyorov yozishicha,
ming qabilasining xalqlari shaharga moslashib o‘z urug‘ va qabilalarini unutib yuborganligi
natijasida yuzlar mavqei yanada oshadi. Shuningdek, u Toshkent, Sirdaryo va Samarqand
viloyatlaridan olingan ma’lumotlariga binoan, juzlar uchta katta bo‘lakka ajratadi: marka bolasi,
qarabchi, rajab bolasi. Marka bolasi ham ikkita bo‘lakka bo‘linadi: uyas-solin, xitoy yuzi. O‘z
navbatida uyas oltita bo‘lakka bo‘linadi: kerayt, kal, norin, uyas, oqchepkon, ko‘sa, boymoqli
yoki cho‘pqon
3
.
Bundan tashqari taniqli etnograf V.Radlov o‘zining «O‘rta Osiyoning o‘troq turkiy
qabilalari haqida» asarida general A.Maksheev asariga tayangan holda voha yuzlarining batafsil
sharhini keltiradi. Maksheev bo‘yicha yuz qabilasi tarkibi, Parcha yuz (Boymoqli, Biran sadoq,
Olmachi, Mirza uch tamg‘ali, Sirg‘ali yuz, Uyuvli, Qoraqalpoq, Puchug‘oy, Oq qigiz, Quyonquloqli,
Bolg‘ali to‘rt tamg‘ali, Eshquli, To‘qboy), Xitoy yuz (Xon xo‘ja, Norin, Chunkan, Sirbo‘yinliq,
Qo‘qoni, Qo‘sh tamg‘ali, Ochamayli, Mang‘it), Solin (Shodmon to‘pi, Nauferash, Tog‘ay to‘pi,
Kavrak, Davlat, Qirq sadoq, Boyovut, Kenayuz), Uyas (Oq chakmon, Norin, Chunkan,
Sirbo‘yinlik), Qarapchi (Burjigen, Qo‘ng‘irboy, Sakkiz sari, Nayman, Qo‘qoni, Qo‘shtamg‘ali,
Ochamayli, Mang‘it), Nayman erganakli (Chiljuvut), Besh yuz (Qo‘shtamg‘ali) va So‘loqli
(Kultepalik, Beshkal, G‘afur, Chirqirovuq, Mirza, Ariq, Beklar to‘pi) ni tashkil etadi
4
- deb
ma’lumot bergan.
Yuz urug’i o’zbeklar tarkibidagi yirik urug’lardan bo’lib yuz urug’i xaqida izlanishlar
X.Doniyorov tatqiqotlarida atroflicha o’rganilgan bo’lib, olimning fikricha “yuzlar O’zbekiston
xalqlari tarixida XVII asrdan boshlab Buxoro, Samarqand, Xo’jand va O’ratepa aholisi orasida
eslatib o’tilgan bo’lib, maskur urug’ XVI asrda Shaybonixon raxbarligida O’rta Osiyoga kirib
kelgan bo’lishi kerak
5
2
Elmurodov N. Zarafshon vohasi O’zbek xalqi etnik guruhlari - Smarqand 2008: B. 4.
3
Дониёров Х. Ўзбек халқининг шажара ва шевалари.Тошкент: Фан, 1968. 86 б.
4
Буряков Ю.Ф., Грицина А.А. Древний Заамин. Т: “Фан”, 1994. -С. 86-102.
5
Begimqulov.J., Xushboqov. J O’zbek urug’larining o’rganilishi tarixidan ilmiy maqolalar to’plami – Toshkent: 2016.
B. 20
47
Movaronnaxrga ko’chib kelgan etnoslarning xammasi xamko’p sonli bo’lavermagan.
Ularning ayrimlarigina, masalan, qipchoq, soroy, qo’nqirot, yuz, ming, nayman, mang’it, qitoylar
boshqalarga nisbatan yirik etnik guruxlar edi maskur etnos guruhlar ichida eng ko’p sonlisi
qipchoqlar edi.
6
X.Doniyorov tatqiqotida yuz urug’ni XVI asrda Shaybonixon raxbarligida O’rta
Osiyoga kirib kelgan eng ko’p sonli etnoslardan biri ekanligni qayt etib o’tadi.
Bugungi kunda yuz urug’innig O’rta Osiyoda joylashuvi to’g’risida tarixchi olimlar
tamonidan bergan malumotlar asosida shuni anglashimiz munkunki yuzlar Qozog’iston,
O’zbekistonda Samarqand, Toshkent Jizzax, Surxondaryo hududlarida, Tojikistonda O’ratepa
Xo’jantda va Shimoliy Afg’oniston aholisi tarkibida uchratishimiz munkun.
Afg’oniston shimolida yashovchi yuz urug’ to’g’risida tarixchi olim Nasrddin Nazorov
quydagicha ma`lumot keltirb o’tadi: Juzlar “j”lovchi bo’lib, Mazori Sharif atrofi, Saripul, Bog’lon
va Qunduz viloyatlarida istiqomat qilishadi. O’zbek millatining juz (yuz) urug’i Qunduz
shahrida, shuningdek Qunduz atrofidagi Tilevke, Asqalan qishloqlarida; Chordavra
ulusvolisidagi Bog’qum, Bosqin: Dashti Achchi ulusvolisidagi Vakil Qayum qishlog’ida; Imom
Soxib ulusvolisidagi Basiz qishlog’ida istiqomat qilishadi.Juzlarning oqsaqoli Xofiz qo’mondon.
Juzlarning kesevli va qoratamg’ali shoxchalari aksariyatni tashkil etadi. Afg’onistonlik
juzlarnning bir qismi Pokistonda, jumladan Peshavor, Quvyta shaxarlarida hamda Saudiya
Arabistonning Makka va Madina shaxarlarida istiqomat qilishadi
7
Yuz atamasining kelib chiqishi to’g’risida tarixchi olim J Begimqulov o’zning “O’zbek
urug’lar o’rganilish tarixidan (yuzlar misolida) maqolasida quydagicha ma`lumot keltiradi:
“Yuz” atamasining kelib chiqishi to’g’risda xalq o’rtasida keng tarqalgan rivoyatda
keltirilishicha, Xitoy (Turk) podshosi G`arb tomonga qarab avval qirq nafar, keyin, yuz nafar
otliq jangchilarni yuborgan ular esa bu yerga o’troqlashib qolganlar va ularning avlodlar
qirqlar va yuzlar dep atalgan. Maskur afsona qardosh qazoq xalqi o’rtasida keng tarqalgan
juzlar to’g’risidagi rivoyatga juda o’xshab ketadi. Chunki unda aytilishicha, Qutan (Ketaon)
isimli xon to’ng’ich Uysunni cho’lda ko’chib yurush uchun yuz kishini yuboradi va unga cho’l
maqul tushib, o’sha yerda o’rnashib qoladi. Shu vaqtdan boshlab uning avlodlari katta juz deb
atala boshlaydi. Navbati bilan cho’lga ko’chgan ikkinchi o’g’li Po’lat(Bo’latxo’ja)dan o’rta
juz(arg’in) va kenja o’gil Alchindan kichik juz tarqalgan deyiladi
8
Tarixchi olim B.O'roqov ’’O'zbek xalqining tarkibidagi yuz (juz)elining shajarsi” maqlosida
yuzlar atamasiga to’xtalib o’tib quydagicha izoxlaydai. Yuz (juz) atamasining ma'nosi asrlar
davomida avlodlarning almashinishi hamda ma'naviyatdagi yangi tushunchalar ta'sirida asta
sekinlik bilan unutilib boradi va natijada, el-xalq xotirasida bu atama sanoq sonni, ya'ni 100
raqamini anglatadigan bo'lib qoladi. Aslida esa bunday emas. Yuz yoki juz avvalo etnik atama
bo'lib, yurtimizning turkiy tilda so'zlashuvchi eng qadimgi tub joy aholisining nomidir. Ushbu
nom forsiy manbalarda “sak” deb, yunon manbalarida “skif” deb atalib kelinganligi barcha
o'qimishli, ziyolilarimizga ayon. Shuning bilan birgalikda, ushbu turkiy aholi el–xalq orasida
bet, bet-juz, turq, turqmon (turkman), juz, juzmon, siyoq qopsiyoq, siyoqap kabi nomlar bilan
ham atalib kelingan. Aslida esa, yuqoridagi atamalar odamning yuzi degan ma'noni ifodalagan.
Shajaralarini odamga, uning to'rt muchasiga (bosh, qo'l, tana, oyoqqa) qiyoslagan qadimgi
6
Asqarov A. O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi – Toshkent: 2007. B 275.
7
Nazarov N. Afg’oniston O’zbeklari –Toshkent: 2011 B. 18.
8
J.Begimqulovi J., Xushboqov J. O’zbek urug’larining o’rganilishi tarixidan ilmiy maqolalar toplami – Toshkent: 2016.
B. 25.
48
turkiylar odam tanasining ko'rki bo'lgan uning yuzini o'zlariga nom qilib olganligi bizda faxr-
iftixor tuyg'usini uyg'otadi albatta.
9
X.Donyorov (1968) Toshkent, Sirdaryo, Samarqand viloyatidan olingan ma`lumotlarga
binoan, juzlar uchta katta bo’laka ajratiladi: marka bolasi, qarabchi, rajab bolasi.
Marqa o’z navbatida ikki katta bulakka bulinadi: a) uyas-solin, b) xitoyizi (xitoy yuzi).
Uyas olti ga bulinadi:kerayt, kal, norin, uyas, okchepkan, kusa, boymokli yoki cho’pqon. Bular
asosan Bekobod, Zomin, Jizzax, G’allaorol va Uratepa rayonlarida yashaydi. Solin xam o’z
navbatida oltiga bulinadi: davlay, jobuvchi, tog’ay, to’bi, qirsodoq, lapkarach, shodmon tubi.
Solinlarning xammasi asosan Sirdaryo oblastining Jizzax va Zomin rayonlarida xammda
Samarkand oblastining Gallaorol rayonida, qisman Uratepa rayonida istiqomat qiladi.
Xitoyizi 12 otaga bulinadi: quriqozon, tig’iriq, beshkubi, bog’machoyi, xoji bolasi mug’ol,
uvol (olma-suvon), xojibachcha, xonxo’ja nebusa, qoraqursaq. sort-juzi. Bular asosai Sirdaryo
oblastining Zomin, Jizzax rayonlarida va Samarkand oblastining G‘allaorol xamda Bulungur
rayonlarida, qismann Surxondaryo oblastida ,xam yashaydi.
10
B.X. Karmeshevani (1976) bergan ma`lumotlariga qaraganda, Surxondaryo viloyatida
xam juzlar Denov, Sho’rchi, Oltinsoy, Sherobod tumanlarida asosan juzlar yashaydi. Asosan
Surxon viloyatini juzlari ikkiga bo’linadi. Vaxtamg’ali, Jilan tamg’ali bo’lib bu bo’laklarni xar
qaysisi 8 ta bo’laka bo’linadi: Qozoyoqli, kuztamg’ali, qozoq, jariqbosh, kesauli, bolg’ali, alonli
va batish. Jilamtamg’ali esa bolaxo’r, ko’sa, patas, to’rg’a (yurg’a), yas, taroqli va egarchi.
Juzlar marqa qabilasi qorapichoq, saripichoq, uyas, solin, ochamnoyli, ko’psari, qipchoq,
qo’ysoli (qo’y so’fiyi), nayman, qo’shtamg’ali, chop, yoshbacha, elik va qoratamg’ali bo’lib, uyas-
buzbet, qo’ysoli-kosib, nayman-beshbola va qoratamg’ali, esmat, boqibachcha qunduzbachchaa
bo’riemas, bolalik, uyqur, xojibachcha va dabay. O’zbekistonda xitoy yuzi (xitoyizm) sangzor va
Sirdaryo bo’ylardida yashedi
11
A.I.Maksheev fikriga ko’ra (1878-y) yuzlar quydagi tarmoqlarga bo’linadi:
- besh yuz (besh juz);
- solin;
- qarabchi;
- so’loqli;
- nayman erganakli;
- uyas;
- parcha;
- xitoy yuz (kitayiz)
Turkiy xalqlar tarixi bilimdoni V.Radlov Zomin qozisi dan olgan ma`lumoti asosida
(1888y) yuzlarini quyidagi tarmoqlarga bo’ladi:
-
qarabchi
-
tegiriq (tig’iriq);
-
quyonquloqli;
-
tuyoqli;
9
O'roqov B. O'zbek xalqining tarkibidagi yuz (juz) elatining shajarasi // “ Ustrushona buyuk ipak yo'lida, uning
mintaqalararo siyosiy – iqtisodiy va madaniy munosabatlarni rivojlantirishdagi o'rni (antik va o'rta asrlar davrida)” nomli
respublika anjumani matireallar - Guliston: 2016 B. 73.
10
Doniyorov X, O‘zbek xalqining shajara va shevalari. - Toshkent, 1968. – B. 83.
11
Qobilov N. 92 bovuli o’zbek eli.- Toshekent: 1997. – B. 32
49
-
parcha yuz;
-
xitoy yuz (Xonxo’ja)
-
sirg’ali
-
xitoy yuz (Xo’ja)
-
so’roqli
-
erganakli
12
Yuqirida keltirilgan tatdqiqotchi olim X.Donyorov yuz urug`i 3 ta guruhga ajratiladi:
marqa, qarabchi va shodi bolasi. Bulung’ur tumanida asosan yuz urug’ining marqa guruhi; xitoy
yuzi (xitoyzi) va Turkiy xalqlar tarixi bilimdoni V.Radlov tamonidan keltirilgam yuz urug’ining
Tuyoqli shaxobchasi keng tarqalganligni ko’rishimiz mumkun. Ammo ayrim tatdqiqotchilar
tamonidan etnik guruhlar nomini alohida urug’ deb keltirib o’tilsa, bazi tatdqiqotchilar
tomonidan boshqa urug’ tarkibida deb ko’rsatiladi masalan N. Elmurodov “Zarafshon vohasi
O’zbek xalqi etnik guruhlari” nomili o’quv uslibiy qo’lanmasida Tuyoqli Yuzlar tarkibidagi
shaxobcha emas balki alohida urug’ sifadida ko’rsatiladi va Tuyoqli urug’i chubot, vaxtam,
changal, mirzaesa, mullaesa shoxobchalaridan iborat etib ko’rsatiladi. Biz Tuyoqli aloxida urug’
sifatida boshqa manbalarda uchratmaganimiz sababli Tuyoqli Yuz urug’i shaxobchasi sifatida
qabul qildik. Shundan ko’rinib turibdiki o’zbek xalqining etnik tarkibi tarix fanida yaxshi
o’ragnilmaganligini ko’rsatadi.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkunki qadimiy xalqlardan biri bo'lgan o'zbeklar juda
ko'p etnik guruhlardan tashkil topgan Bulung'ur tumanida xalqimizning o'n ikki nomdagi etnik
guruhi uchraydi. Tarixiy manbalarda o’zbeklar 92 yirik urug’dan iborat ekanligi qayd etib
o’tilgan bo’lib bu urug’lar o’z navbatida yirik shaxobchalarga, shaxobchalar yana mayda
bo’laklarga, bo’laklar to’plarga, to’plar ota va sulolalarga bo’linib ketadi. Maqolamizning
xotimasida shuni alohida ta'kidlab o’tmoqchimizki , xalqimizning etnik guruhlarini aniqlash
bilan bir qatorda, uning etnik tarixini o'rganib, yoshlarimizni ajdodlarimizning jahon
sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasini bilan yoritib berish bugunning dolzarb vazifasidir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Shoniyozov Karim. O'zbek xalqining shakllanish jarayoni /Tahrir hay'ati: D. A. Alimova, E.
X. Arifxanova, U. S. Abdullaev va boshq. — T.: «Sharq», 2001.- 3b.
2.
N. Elmurodov “Zarafshon vohasi O’zbek xalqi etnik guruhlari” SAMARQAMD 2008-y
3.
J.Begimqulovi J.Xushboqov. O’zbek urug’larining o’rganilishi tarixidan ilmiy maqolalar
toplami Tosh 2016
4.
Nasriddin Nazarov. Afg’oniston O’zbeklari.Toshkent 2011-yil
5.
B. O'roqov ’’ustrushona buyuk ipak yo'lida, uning mintaqalararo siyosiy – iqtisodiy va
madaniy munosabatlarni rivojlantirishdagi o'rni (antik va o'rta asrlar davrida)” mavzusida
o'tkazilgan respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari’’ O'zbek xalqining tarkibidagi yuz
(juz) elatining shajarasi Guliston – 2016
6.
N.Qobilov “92 bovuli o’zbek eli” Toshekent 1997-yil
7.
Ergash Alimardon o’g’li. Urug’imiz shajarasi T.: MUHARRIR, 2012
12
Ergash Alimardon o’g’li. Urug’imiz shajarasi. – Toshkent: 2012. – B. 19.
50
8.
A. Asqarov O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi Toshkent 2008
9.
X. Doniyorov, “O‘zbek xalqining shajara va shevalari”, Toshkent, “Fan” nashriyoti, 1968