Авторы

  • Obidjon G‘ulamov
    Toshkent arxitektura qurilish universiteti katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.90370

Ключевые слова:

taraqqiyot strategiyasi tasviriy va amaliy san’at ularni xalqaro darajada ommalashtirish xalq rassomlari va amaliy san’ati ustalarining namunali hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish milliy qadriyatlar.

Аннотация

Maqolada taraqqiyot strategiyasida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarini rivojlantirish, aholining badiiy-estetik didini yuksaltirish borasida vazifalarlardan kelib chiqib, milliy an’analarni asrab-avaylash, zamonaviy amaliy san’at asarlarini taqdim etish, shuningdek, unutilib borilayotgan xalq an’analarini o‘rganish va qayta tiklash, ulardan samarali foydalanish, O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini xalqaro darajada ommalashtirish masalalari yoritilgan.


background image

168

YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA TASVIRIY VA AMALIY

SAN’AT FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI

G‘ulamov Obidjon G‘ayratovich

Toshkent arxitektura qurilish universiteti katta o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15471686

Annotatsiya.

Maqolada taraqqiyot strategiyasida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn

yo‘nalishlarini rivojlantirish, aholining badiiy-estetik didini yuksaltirish borasida
vazifalarlardan kelib chiqib, milliy an’analarni asrab-avaylash, zamonaviy amaliy san’at
asarlarini taqdim etish, shuningdek, unutilib borilayotgan xalq an’analarini o‘rganish va qayta
tiklash, ulardan samarali foydalanish, O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini xalqaro
darajada ommalashtirish masalalari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

taraqqiyot strategiyasi, tasviriy va amaliy san’at, ularni xalqaro darajada

ommalashtirish, xalq rassomlari va amaliy san’ati ustalarining namunali hayoti va ijodini keng
targ‘ib qilish, milliy qadriyatlar.


Bugun kunda butun dunyoda bo‘lgani singari yurtimizda ham san’at sohasini

rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirib kelinmoqa. Mamlakatimiz Prezidenti
Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan barcha sohada hayotga tatbiq etilayotgan istiqbolli
loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari xalqimizning
nafaqat turmush tarzini, balki dunyoqarashini ham tubdan o‘zgartirmoqda.

Bunday ezgu jarayonni madaniyat va san’at rivojiga, ijod ahliga ko‘rsatilayotgan yuksak

e’tibor misolida ham ko‘rish mumkin. So‘nggi ikki yilda mazkur sohaga taalluqli 20 ga yaqin
Farmon va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
31 mayda “Madaniyat va sana’t sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir
chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3022-sonli, 2018 yild 1 avgustda “Madaniyat va san’at sohasida
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ3892-sonli 2020 yil 21 aprelda “Tasviriy va amaliy san’at sohasi
samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4688-sonli va 2022 yil
2 fevralda “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida” [1] PQ-112-sonli qarorlarining qavbul qilinganligi buning yaqqol
dalilidir.

Tasviriy va amaliy san’at sohalarida milliy merosimizni tiklash, Kamoliddin Behzodning

boy ijodiy merosini xalqimizga to‘la yetkazish, soha rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli
rassom va xalq ustalari xotirasini abadiylashtirish, ijodiy yo‘nalishda oliy o‘quv yurtidan
keyingi ta’limni tashkil etish, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda
mamlakatimizda tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasi samaradorligini yanada
oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 aprelda “Tasviriy va
amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-
4688-sonli qarori qabul qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-

2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-
sonli farmonda ham san’at sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. 2022-2026
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 1-ilovasida 75-
maqsad qilib “Tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarini rivojlantirish, aholining


background image

169

badiiy-estetik didini yuksaltirish”ga e’tibor qaratilgan bo‘lib, unda atoqli O‘zbekiston xalq
rassomlari va amaliy san’ati ustalarining namunali hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish hamda
ular xotirasini abadiylashtirish, O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini xalqaro darajada
ommalashtirish, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida yetuk mutaxassislarni
tayyorlash tizimini takomillashtirish ko‘zda tutilgan. [2]

O‘zbekiston nafaqat tarixi, madaniyati, san’ati bilan Markaziy Osiyoda, balki butun

dunyoda o‘z o‘rniga ega mamlakatlar sirasiga kiradi. Yurtimizda azaldan sana’tga e’tibor
yuqori bo‘lgan. Varaxsha saroyi devoriy hajmli va rangtasvirlari, Xorazmdagi Tuproqqal’a
qadimiy saroyidan topilgan devoriy rangtasvir suratlari o‘sha davr me’morchiligida bezak va
naqshlar uyg‘unligida, mutanosiblik me’yorlarini belgilashdagi o‘ziga xoslik, tarixiy
manbashunoslar yozib qoldirgan manbalar bezaklar va me’moriy kompozitsiya o‘rtasidagi
garmoniyaga erishish, tizimning ichki qonuniyatlari, an’anaviy qo‘llanish amaliyotiga xos
tamoyillar alohida tadqiqotlarni talab etadi. [3] Bu esa, qadimgi davr ustalarning ijodiy
faoliyatini o‘rganish, ustoz-shogird an’anaviy munosabatlarini tadqiq qilish dolzarb
vazifalardan biri hisoblanadi.

Ingliz san’atshunos olimi F.R.Martin “Temuriylar singari san’ati va madaniyatini

qadrlaydigan hukmdorlar Markaziy Osiyoda hech vaqt bo‘lmagan”, deb yozgan edi. Ammo
bugungi kunda yurtimiz va Markaziy Osiyodagi sana’t asarlari yetarli darajada tadqiq etilgani
yo‘q. Zardushtiylik va buddizm davri me’morchiligida qadimiy hajmli va rangtasvir
yodgorliklar tarixiy manbashunoslik nuqtai nazardan tahlilliy asosda deyarli o‘rganilmagan.
[4]

Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, hozirgi O‘zbekiston hududlarida qadimdan hajmli san’at

turlari taraqqiy etgan. Yurtimiz hududlarida olib borilgan arxeologik qazishmalar
jarayonlarida bu borada boy material yig‘ilgan. Ular shakli va ko‘rinishiga ko‘ra turlicha
mavzularda yaratilgan.

Aytish joyizki, Taraqqiyot strategiyasida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn

yo‘nalishlarini rivojlantirish, aholining badiiy-estetik didini yuksaltirishga,

atoqli O‘zbekiston

xalq rassomlari va amaliy san’ati ustalarining namunali hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish
hamda ular xotirasini abadiylashtirish, O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini xalqaro
darajada ommalashtirish, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida yetuk
mutaxassislarni tayyorlashga keng e’tibor berilishi, nafaqat sohani rivojlanishiga, balki
qadriyatlarimizni tiklanishiga asos bo‘ladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki bugungi kunda Markaziy Osiyodagi haykallarni

o‘rganish bo‘yicha yetarlicha tadqiqot natijalari mavjud emas. Nazariy manbalar juda kam
uchraydi. O‘zbek tilida esa deyarli manbalar va adabiyotlar yo‘q. Shu jihatdan ham mazkur
mavzuni keng o‘rganish va nazariy va amaliy tadqiqotlar amalga oshirish dolzarb ahamiyat
kasb etadi.

Milliy an’analarni asrab-avaylash, zamonaviy amaliy san’at asarlarini taqdim etish,

shuningdek, unutilib borilayotgan xalq an’analarini o‘rganish va qayta tiklash, ulardan
samarali foydalanish, O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini xalqaro darajada
ommalashtirish bugungi kunda asosiy vazifalarimizlan biri hisoblanadi.

References:

Используемая литература:


background image

170

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevralda “Madaniyat va san’at

sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” [1] PQ-112-sonli
Qarori.

www.lex.uz

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-sonli Farmoni.

www.lex.uz

3.

Abdullaeva N.D. San’at tarixi. – Toshkent, 2006.

4.

Abdullaev T., Faxretdinova D., Hakimov A. Ma’danga bitilgan qo‘shiq. O‘zbekiston xalq

san’ati. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1986. – 251 b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevralda “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” [1] PQ-112-sonli Qarori. www.lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-sonli Farmoni. www.lex.uz

Abdullaeva N.D. San’at tarixi. – Toshkent, 2006.

Abdullaev T., Faxretdinova D., Hakimov A. Ma’danga bitilgan qo‘shiq. O‘zbekiston xalq san’ati. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1986. – 251 b.