22
ABDULLA QAHHORNING “O‘TMISHDAN ERTAKLAR” QISSASIDAGI
SO‘ZLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI
Avazberdiyeva Bahora Alijon qizi
Navoiy davlat universiteti O‘zbek
tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15553165
Annotatsiya:
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining buyuk ijodkorlaridan biri Abdulla
Qahhorning tarixiy-avtobiografik ruhda yozilgan “O‘tmishdan ertaklar” qissasidagi so‘zlarning
leksik va lingvopoetik xususiyatlari tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
arxaizm, istorizm, lakuna, fonetik hodisa.
Аннотация:
В данной статье анализируются лексические и лингвопоэтические
особенности слов в историко-автобиографической повести одного из великих мастеров
узбекской литературы Абдуллы Каххара «Сказки из прошлого».
Ключевые слова:
архаизм, историзм, лакуна, фонетическое явление.
Abstract:
This article analyzes the lexical and linguopoetic features of words in the
historical-autobiographical story "Tales of the Past" by Abdulla Qahhor, one of the great figures
of Uzbek literature.
Keywords:
archaism, historicism, lacuna, phonetic phenomenon.
Tilimizning leksik xususiyatlari uzoq vaqt mobaynida shakllangan bo‘lib, ma’lum bir vaqt
o‘tishi natijasida ayrim so‘zlarda o‘z ma’no ko‘lamini kengaytirish yoki toraytirish kabi holatlar
kuzatiladi. Masalan, o‘tgan asrimizning ma’lum davrida yozilgan asarlar tili oradan vaqt otishi
natijasida ijtimoiy hayotning ta’siri ostida o‘zining leksik xususiyatlarini o‘zgartirgan, buni biz
ayrim so‘zlar misolida ko‘rishimiz mumkin: partiya, sekretar kabi. “Istorizmlar tarixga oid
(hozirgi kunda yo‘q) narsalarni bildiruvchi so‘zlardir. Ma’lum davrlarda bo‘lgan, ayrim narsa
hodisalar jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yo‘q bo‘lishi, o‘tmish hodisasiga
aylanishi mumkin”
1
. Bundan tashqari tarixiy so‘zlarning qo‘llanish doirasi tor bo‘lib, ular
ko‘pincha bugungi kun kishisi uchun notanish bo‘ladi. Lekin bunday so‘zlarning stilistik
ahamiyati juda yuqori bo‘lib, matnda badiiy kolorit hamda o‘sha davr turmush-tarzini ochib
berish uchun ishlatiladi. Tarixiy ko‘lam, ayniqsa, istorizmlar bilan kengaytirib yozilgan asarning
syujeti tushunarliroq va o‘sha davr muhitiga yaqinroq bo‘ladi. Ayniqsa, bunday mahoratni
o‘zbek atoqli ijodkorlaridan biri Abdulla Qahhor qalamiga mansub “O‘tmishdan ertaklar”
tarixiy-avtobiografik qissasida ko‘rishimiz mumkin, mazkur asar o‘zbek kitobxoniga Abdulla
Qahhorning hayoti haqida to‘liqroq ma’lumot berish bilan bir qatorda tilimizdagi ayrim
so‘zlarning, ayniqsa, xalqimiz o‘tmishidagi og‘ir kunlar chorizm davri hamda sobiq mustabid
tuzumning boshlanish davridagi xalq og‘zaki nutqida faol bo‘lgan so‘zlarning ma’nolarini tahlil
qilamiz va ularning bugungi kundagi ahamiyatini tushunishga harakat qilamiz. Maqola uchun
Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” qissasining 2023-yilda “Yoshlar matbuoti”
nashriyotida chop etilgan nusxasidan foydalanildi.
Qissa yozilgan davr o‘tgan asrning 60-yillarida bo‘lib, unda ijodkor o‘zi tug‘ilib voyaga
yetgan va bolalik sargardonliklarini boshidan kechirgan Qo‘qon va uning atrofidagi
qishloqlarda sodir bolgan voqealarni betakror usulda ochib beradi va tasvirlaydi. Qissani o‘qir
ekanmiz, faqatgina o‘sha hudud aholisiga xos va ularda ishlatiladigan ayrim so‘zlarni
1
Shoabdurahmonov Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1980.
23
ko‘rishimiz mumkin. Masalan, qissada
tutal
so‘zi tez aytish ma’nosida qo‘llaniladi:
Ertalab
qarasam, dadam ham tutal mashq qilib mahsisini kiyayotibdi (97-bet).
Mazkur tutal so‘zi
lakunaga misol bo‘la oladi. Lakunologiya sohasida samarali ishlar olib borgan G.V.Bikova
mazkur tushunchaga quyidagicha taʼrif beradi: “Lakuna – leksema shaklida moddiy
mujassamlanmagan, biroq konseptning kommunikativ talabi bilan sintaktik darajada obyektiv
voqelanish xususiyatiga ega virtual leksik mohiyat, sememadir”.
2
Bundan tashqari xalq
turmush-tarzi, o‘sha davrdagi hayotni sinchiklab kuzatgan adib asarida ko‘plab tarixiy so‘zlarga
murojaat qiladi va ulardan unumli foydalanadi:
ellikboshi, mingboshi, paranji, chimmat,
ichki va tashqi hovli va h.k.
Bu tushunchalar hozirgi kunda ahamiyatini yo‘qotgan, ya’ni
iste’moldan chiqib ketganiga qaramay tarixiy koloritni tasvirlash va o‘quvchiga o‘sha davr
muhitini chuqurroq his qilish imkoniyatini berish maqsadida mahorat bilan qo‘llangan. Quyida
asarda qo‘llanilgan tarixiy so‘zlarni tahlil qilamiz:
Bozvon
bu
bozband
so‘zining fonetik hodisaga uchragan shakli bo‘lib, bilakdan yuqoriga,
bo‘yin yoki qo‘ltiqqa osib yuriladigan zargarlik buyumi, ya’ni ayollar bezagi
3
hisoblanadi.
Asardagi asosiy g‘oyalardan biri o‘sha davrdagi xotin-qizlar turmushini ko‘rsatish bo‘lganligi
sababli ularning o‘sha davrdagi turmush-tarziga xos so‘zlardan unumli foydalanilganining
guvohi bo‘lishimiz mumkin:
Katta hovlining bir chekkasida kichkinagina, lekin katta xotinlarday
uzun oq ko‘ylak kiygan, boshiga farang durra o‘ragan bir qiz chochpopuk va bozvonini jiringlatib
to‘p o‘ynamoqda edi (45-bet).
Chorig‘
qattiq xom teridan tikilgan, asosan, tog‘lik hududlar xalqlari o‘rtasida rasm
bo‘lgan oyoq kiyimi
4
, asar avtobiografik ruhda bo‘lganligi sababli adibning o‘ziga tegishli
buyum sifatida tasvirlangan:
Chorig‘imni qulantayoq kiygan edim, temir boldirimga jaz etib
yopishdi (5-bet).
Piston
(
fr. piston – zarbdor, uruvchi, sindiruvchi)
so‘zi tilimizga rus tili orqali kirib kelgan
bo‘lib, patronning poroxli zaryadini yondirish uchun oz miqdorda portlovchi modda solib, o‘q
tubiga o‘rnatilgan metall kosacha
5
, o‘tgan asrdagi chorizm tuzumidan bolshevizm tuzumiga
o‘tishdagi alg‘ov-dalg‘ovlarning oqibatlari tufayli oddiy aholi vakillari o‘rtasida qurol-aslahalar
ko‘p bo‘lgan va shuning uchun bu so‘z o‘z-o‘zidan tilimizning leksik boyligiga qo‘shilgan.
Buning yaqqol misolini, ya’ni xalqimiz og‘zaki nutqida mazkur so‘zning keng qo‘llanganligini
ko‘rishimiz mumkin:
Shunday qilib, piston kasofatining sharofati bilan “Xudoga shukr,
bozorshablarga boradigan kap-katta yigit” bo‘lib qolganimdan keyin vaqt bemahal ko‘chaga
chiqsam, bolalar bilan yashin topaloq, dasta, to‘ppi tepish o‘ynab uzoq yursam ham ayam
tergamas… (9-bet).
Sanoch
teridan tayyorlangan idish, teri to‘rva, mesh
6
degan ma’nolarda qo‘llanib, bu so‘z
ham asar badiiy koloritini boyitish va asar o‘quvchisiga kitobda sodir bo‘layotgan voqealar
sodir bo‘lgan davrni chuqurroq va teranroq anglash imkoniyatini beradi:
…Orqasidan uchta
sanochni bittma-bitta zo‘rg‘a ko‘tarib chiqdi-yu, keltirib so‘rilar davrasiga qo‘ydi….( 9-bet).
Bordon
qobig‘i olinmagan qamishdan bo‘yraga o‘xshab to‘qilgan qalin, dag‘al to‘shama
7
2
Быкова Г.В. Лакунарность как категория лексической системологии. – Благовещенск: БГПУ, 2003. – С. 51.
3
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. V jildlik. Toshkent, 2006. 297-bet.
4
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. V jildlik. Toshkent, 2006. 510-bet .
5
O
‘zbek tilining izohli lug‘ati. VI jildlik. Toshkent, 2023. 735-bet.
6
O
‘zbek tilining izohli lug‘ati. VI jildlik. Toshkent, 2023. 526-bet.
7
O
‘zbek tilining izohli lug‘ati. VI jildlik, “B” harfi. Toshkent, 2023. 540-bet.
24
so‘zi o‘tgan asrda faol iste’molda bo‘lgan bo‘lib, davr o‘zgarishi, yangi turdagi arzon
gilamlarning paydo bo‘lishi natijasida xalq nutqidan chiqib ketgan, ammo ayrim hududlarda bu
so‘zdan foydalanuvchi aholi ham uchraydi, biz bu so‘zni Abdulla Qahhorning mazkur qissasida
ham ko‘rishimiz mumkin:
Qirg‘izbashara jikkakkina bir odam ayvonning bir chekkasiga
qo‘yilgan bordon…( 9-bet).
Vofurush
bu so‘z oyoq kiyimlari bilan savdo qiluvchi do‘kondorlarga
8
nisbatan
ishlatilgan, lekin Abdulla Qahhor asarida esa bu so‘z egar, o‘roq kabi buyumlar bilan savdo
qiluvchi inson ma’nosida qo‘llangan. Mazkur qahramon nomi butun boshli bobga qo‘yilgan
bo‘lib, “To‘raqul vofurush” deb ataladi va uning yozuvchi oilasiga qilgan nohaqliklari tufayli
Yaypanni ham tashlab ketishadi:
To‘raqul vofurushning hovlisi baqaterakning ostidagi yangi
darvoza, uning o‘zi yo‘q, bizning kelishimizni qo‘shnisiga aytib qo‘ygan ekan (40-bet).
Yondor
bu eshik yoki darvozaning yon yog‘ochi degan ma’noni anglatib
9
, hozirgi kunda
ham ma’lum bir qatlam vakillari tomonidan qo‘llanadi, lekin zamon o‘zgarishi natijasida bu so‘z
ham tarixiy so‘zga aylanmoqda:
Ayam eshikning yondorisiga suyanib, jag‘ini ushlaganicha tek
turar, amakim unga bir nimalar deb tasalli bermoqda edi (39-bet).
Sandon
temirchi, miskar va zargarlarning qizdirilgan metallga ishlov berishda uning
ostiga qo‘yadigan asbobi; temir kunda
10
bo‘lib, Abdulla Qahhorning otasi kasbi temirchilik
hisoblangan usta Abduqahhorning kasbi doirasida qo‘llanganligining guvohi bo‘lamiz. Bu so‘z
bugungi kunda ham ishlatilinayotganligini Buxoro o‘g‘uz shevalarida A. Allaberdiyevning
dissertatsiyasida
sangdon
shaklida uchrashini ko‘rishimiz mumkin
11
, temirchilik doirasidagi
kasbiy atama sanaladi:
O‘choq, mo‘ri qurildi, dam, sandon o‘rantildi (41-bet).
Mazkur maqolani yozish jarayonida so‘zlarni tahlil qilar ekanmiz, Abdulla Qahhorning
yuqori saviyali ijodkor va kuzatuvchan shaxs sifatida qaytadan kashf etamiz. Chunki
“O‘tmishdan ertaklar” qissasi yozuvchining o‘z hayotidan olingan bo‘lib, asarning har bir satrida
Abdulla Qahhorning bolalik yillari va azob-uqubatlari yotadi. Asarda qo‘llanilgan tarixiy so‘zlar,
arxaizm, lakunalar bizga XX asr muhitini chuqurroq his etishimizga va tilimizning o‘sha
davrdagi so‘z boyligiga nazar tashlash, tahlil etish imkonini beradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Shoabdurahmonov Sh va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1980.
2.
Qahhor A. O‘tmishdan ertaklar. Toshkent, 2023.
3.
Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati. Toshkent, 1992.
4.
Allaberdiyev A. Buxoro o‘g‘uz shevalari leksikasi. Dissertatsiya. Toshkent, 2018.
5.
Hojiyev A. Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati. Toshkent, 1985.
6.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. V jildlik. Toshkent, 2006.
7.
O‘zbek tili izohli lug‘ati. II tom. Moskva, 1981.
8.
Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2005.
9.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. VI jildlik. Toshkent, 2023.
8
O
‘zbek tilining izohli lug‘ati. VI jildlik, Toshkent, 2023. 707-bet.
9
O
‘zbek tilining izohli lug‘ati. VI jildlik, Toshkent, 2023. 218-bet.
10
O
‘zbek tilining izohli lug‘ati. VI jildlik. Toshkent, 2023. 522-bet.
11
Allaberdiyev A. Buxoro o‘g‘uz shevalari leksikasi. Dissertatsiya. Toshkent, 2018. 53-bet.
25
10.
Быкова Г.В. Лакунарность как категория лексической системологии. –
Благовещенск: БГПУ, 2003.