Авторы

  • Aydana Tilevberdiyeva
    Qo’qonDU talabasi
  • M.N. Mamadjanova
    Ilmiy rahbar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.101326

Ключевые слова:

Ism onomastika etnografiya urf-odat milliy an’ana.

Аннотация

Mazkur maqola o’zbek xalqining qadriyatlaridan biri bo’lgan ism, ism tanlash, ismlarning ma’nolar, qo’yilish o’rinlari hamda sabablarini sharhlashga bag’ishlangan. Ismlarning turli irimlar, marosimlar, makon, zamon bilan bog’liq jihatlari misollar orqali izohlangan.


background image

`

128

O‘ZBEK TILIDA ANTROPONIMLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Tilevberdiyeva Aydana

Qo’qonDU talabasi

Mamadjanova M.N.

Ilmiy rahbar

https://doi.org/10.5281/zenodo.15593170

Annotatsiya:

Mazkur maqola o’zbek xalqining qadriyatlaridan biri bo’lgan ism, ism

tanlash, ismlarning ma’nolar, qo’yilish o’rinlari hamda sabablarini sharhlashga bag’ishlangan.
Ismlarning turli irimlar, marosimlar, makon, zamon bilan bog’liq jihatlari misollar orqali
izohlangan.

Kalit so’zlar:

Ism, onomastika, etnografiya, urf-odat, milliy an’ana.


Ismlarning etnografik ma’nosi muayyan ismning paydo bo‘lishi, tanlanishi va chaqaloqqa

berilishiga asos, sabab bo‘lgan tushunchalarning ifodalanishidan iboratdir. Etnofafik ma’no
aslida biror bir ismning yuzaga kelishi uchun asos bo‘lgan ehtiyojni anglatadigan sabab-voqea
va rasm-rusmlar, udumlar, kishilarning nom orqali izhor qiladigan istak va orzulari, tilak va
xohishlari haqidagi etnografik ma’lumotlar mazmunidan iboratdir.

Ismlarning yuzaga kelishi va berilishi faqatgina ma’naviy emas, balki bir qator moddiy,

amaliy tadbirlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Ular chaqaloqqa ism berish paytida amalga
oshiriladi. Masalan, o‘zbeklarda

Sotiboldi, Sottiboy, Sotqinoy

ismlari bor. Bu ismlarning paydo

bo‘lishi chaqaloqni "sotib olish" udumini ado etish bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘tmishda
farzandlari turmasdan nobud bo‘lavergan o‘zbek oilalarida "sotib olish" odatiga katta umid
bog‘lashgan. Bu odatga ko‘ra, bola tug‘ilgach, xoh o‘g‘il, xoh u qiz bo‘lsin, tarozining bir pallasiga
go‘dak ikkinchi pallasiga ozuqa solinardi (badavlat oilalarda ozuqa o‘rniga qimmatbaho
narsalar ham qo‘yilgan).

O‘tmish ajdodlarimiz bolaning turli kasalliklarga chalinishi, nogiron bo‘lib qolishi,

nosog‘lom tug‘ilishi, chaqaloqlarning turmasdan bevaqt o‘laverishi yoki kelajakda baxtsiz,
omadsiz bo‘lishi ma’lum yovuz kuchlarning, chaqaloq dushmanlarining ishi deb hisoblashgan.
Go‘dakning dushmani deb hisoblangan bunday yovuz kuchlar xayoliy, afsonaviy, ba’zi hollarda
esa moddiy (real) tushunchalar, narsa va ob’ektlardan iborat bo‘lib, O‘zbekistonning turli
hududlarida har xil tasavvur qilingan va nomlangan. Ularning eng asosiylari quyidagilar:
shayton, dev, alvasti, ajdaho, pari, azroil, yalmog‘iz kampir, jin, insu jins, ajina, maston, tulpor,
arvohlar, o‘tgan ajdodlar ruhi, shaytonlash, yel

qoqishi,

xosiyatsiz shabada tegishi, jin urishi,

pari qoqishi, yong‘oq tagida yotib qolish, xosiyatsiz yerda bemahalda uxlab qolish, farzandsiz
ayolning nazari (suqi), yomon xulqli kishilarning nazari (suqi), ko‘zi tegishi, kinna kirishi,
ko‘zikish, ichikish, shaytonlash, xosiyatsiz kiyimlar, ota yoki onaning qandaydir noo‘rin
harakatlari (gunohi), chaqaloq tug‘ilgan uy (joy)ning, qolaversa bolaga qo‘yilgan ismning
xosiyatsizligi yoki og‘irlik qilishi va boshqalar.

Kishilar qadim-qadimlardan chaqaloqni bunday yovuz kuchlardan himoya qilish

choralarini axtarishgan. SHu sababli ota-onalar chaqaloqni uning dushmanlaridan yashirish,
yovuz kuchlarni aldash, adashtirish, chalg‘itish, iloji bo‘lsa ularni tamoman bartaraf

qilishning

turli usul va choralari o‘ylab topishgan.

O‘zbek tilidagi ko‘pgina ismlarning yuzaga kelishi yuqorida keltirilgan rasm-rusmlar,

udumlar, e’tiqod va tasavvurlar bilan uzviy bog‘liqdir. Shu bilan birga, juda qadim-qadimlardan


background image

`

129

bolaning sog‘ bo‘lishi, yashab ketishi, kelgusi baxti unga qo‘yiladigan ism bilan bog‘liq bo‘ladi,
deb hisoblashgan. Binobarin, chaqaloqqa muvaffaqiyatli tanlangan va berilgan nom uning
taqdiri, hayotiga katta ta’sir ko‘rsatadi, ism odamning ruhiyati, taqdirini o‘zida mujassam qiladi,
kishi o‘z ismiga o‘xshaydi, deb ishonishgan. Natijada odamlar "xosiyatli" ("qutli") va "xosi-
yatsiz", yaxshi va yomon ismlar bor deb hisoblashgan. Shu sababli chaqaloqning turli kasallarga
chalinaverishi yoki oilada bolalarning turmasdan nobud bo‘laverishi, bola badanida turli
nuqsonlarning mavjud bo‘lishi, qolaversa farzandning kelgusi baxti uning ismiga bog‘liq deb
bilganlar. Mana shunday tasavvurlar tufayli zamonlar o‘tishi bilan chaqaloqka beriluvchi ism
odamni o‘zaro farqlash, atashgina emas, balki uni turli balo-qazolardan asraydigan, muhofaza
qiladigan, qutqaradigan, insonga baxtli taqdir, nurli iqbol baxsh etadigan vositaga aylana
borgan. Shu tufayli kishilar qadim davrlardan bolaga ism berish ishiga nihoyatda mas’uliyat
bilan yondoshishgan. Shunga ko‘ra ham tildagi barcha ismlarning ma’lum sababi, asosi hamda
o‘ziga xos etnografik ma’nosi mavjuddir.

Ota-ona o‘z farzandiga ism berishda chaqaloqda uzoq umr tilash, bolaning yetuk komil

inson bo‘lib yetishishi va uning kelgusida baxtli bo‘lishini orzu qiladi. Mana shu istak va orzular
bolaga ism tanlash va qo‘yishning, bunga oid udumlarni ado etishning negizini tashkil qiladi.

"Asrovchi ismlar" mazmunan ijobiy, chiroyli nomlardan va ko‘p holda qo‘pol, xunuk

ma’noli nomlardan tashkil topgan. Bolaga xunuk ma’noli so‘zlardan yasalgan ismlarning
berilishi chaqaloqni yomon ko‘zlardan, ko‘z tegishdan asrash, go‘dakning dushmani bo‘lmish
yovuz kuchlarni chalg‘itish, aldash maqsadi bilan bog‘liqdir. O‘zbek ismlari orasida anchagina
"asrovchi ismlar" mavjud bo‘lib, ularning asosiy guruhlari quyidagilardir:

1.

Ota-onalarning o‘z farzandiga sog‘liq uzoq umr tilashini ifoda etuvchi ismlar:

Tursun, Turdi,

To‘xtpasin, O‘lmas

kabi.

2.

Ota-onaning o‘z farzandining turli kasalliklarni yengishi, chidamli, irodali, mustahkam bo‘lib

o‘sishini orzu qilib qo‘yilgan ismlar. Bunday ismlar, odatda, mustahkamlik ramzi bo‘lgan
narsalar, buyumlar, qurol-yarog‘lar nomidan yasalgan bo‘ladi:

Tosh, Toshboy, Toshxon,

Temur,Boltaboy.

Shuningdek, ba’zi ismlar bevosita mustahkamlik, irodalik tushunchalarining

nomi bo‘lgan so‘zlardan yasaladi:

Mahkam, Mahkamoy

va b.

3.

Yashovchanlik, barhayotlik, chidamlilik, uzoq umr ramzi bo‘lmish daraxtlar, narsalar

nomidan yasalgan ismlar:

Chinor, Chinora

va b.

4.

Yoqimsizlik, noxushlik, achchiqlik ramzi hisoblanuvchi narsalar, o‘simliklar nomidan

yasalgan ismlar:

Sarimsoq, Suyunboy

va b. Mana shunday ismlar qo‘yilsa chaqaloqning

dushmani, yovuz kuchlar bolaga yaqinlashmaydi, undan nari ketadi deb hisoblashgan.

5.

Ba’zan ataylab xunuk ma’noli nomlarni qo‘yishgan:

Yomon-bola, Itolmas

kabi. Kishilar bola

shunday nomlansa, e’tiborsiz bo‘ladi, unga ko‘z tegmaydi deb hisoblashgan.

6.

Ism qadimiy diniy e’tiqodlarga asoslanib ko‘kka (osmonga) - Oy, Kun (Quyosh) va boshqa

osmoniy jismlar qudratiga sig‘inish asosida qo‘yilgan:

Oybuvi, Oyxon, Oyqiz, Yulduz, Hulkaroy,

Cho‘lponoy, Tangriberdi, Tangribergan

va b.

7.

Kishilar qadimiy davrlardan beri ba’zi nodir metallar, ma’dan, toshlar, masalan, dur, zumrad,

oltin, la’l, marvarid, marjon, lojuvard, yoqut va b. chaqaloqni kasalliklardan, balo-ofatlardan
asraydi deb bilishgan. Mana shu e’tiqodga ko‘ra bolalarga (ko‘proq qiz farzandlarga)

Durdona,

Durbek, Zumrad, Gavhar, Oltinoy, Yoqutoy, Marjonbibi, La’lixon

kabi ismlar berilgan. Keyinchalik

bu nomlar go‘zallik, nafosat, azizlik, qadr-qimmat ma’nolarini ham ifodalaydigan bo‘lgan.


background image

`

130

8.

Muqaddas deb ulug‘langan hamda sig‘inilgan ba’zi hayvonlar, jonivor, qushlarning

nomlaridan yasalgan ismlar:

Bo‘riboy, Bo‘riniso, Boybo‘ri, Qashqirboy, Arslon, Yo‘lbars,

Qarchig‘ay, Lochin, Burgut

va b.

9.

Ba’zi chaqaloqlar badanida qandaydir ortiqcha belgilar, jismoniy kamchiliklar (xol, toj, qizil

tamg‘a, ortiqcha barmoq va b.) bilan tug‘ilgan. Bu nuqson va belgilar bolaga ism berishda
hisobga olinmasa ular bolaning sog‘ligiga, hayotiga, kelajak turmushiga xavf tug‘diradi deb
tushunilgan. Bunday norasidalarni o‘z nomi bilan tug‘ilgan bola deb hisoblashgan va ularga
o‘sha nuqsonlar, ortiqcha belgilar nomidan yasalgan ismlar qo‘yilgan. Chunonchi:

Xolboy,

Xolbibi, Anor, Anorboy, Anorxon, Mengli, Mengliboy, Menglixon, Nishonboy, Toji, Ortiqboy

va b.

10.

Ota-onalar chaqaloqqa xavf tug‘diradigan yovuz kuchlarni chalg‘itish, aldash orqali bolani

turli kasallik va xavflardan saqlab qolmoqchi bo‘lishgan va mana shu niyatga xos hamda mos
ismlarni ijod qilishgan:

Aldan, Aldanboy, Aldanoy, Almash, Yanglishoy, Begona

va b.

11.

Chaqaloqqa berilgan ismni yashirish, uni boshqa qo‘shimcha ism yoki laqab bilan yuritish,

ba’zan esa bolaga umuman ism qo‘ymaslik udumlari ham bolani yomon ko‘zlardan, bevaqt
o‘limdan asrashga qaratilgan harakatdir. Masalan, o‘zbek ismlari orasida

Nomsiz, Oshsiz

kabi

ismlar uchraydi.

12.

Diniy tushuncha va e’tikodlar bilan bog‘liq nomdir. Bularga quyidagi kabi ismlarni misol

qilish mumkin:

, Abdurahmon, Abdusalom, Abdusattor, Xayrulla.

Ba’zi ismlarning yaratilishi yoki tanlashi ko‘p hollarda o‘sha nomni tanlagan yoki ijod

qilgan kishilar uchungina ma’lum bo‘ladi. Bunday ismlarning kengrok doirada, umummilliy
doirada ma’lum va tushunarli bo‘lishi ushbu nomning kengroq tarqalishi, umumudum
darajasiga ko‘tarilishi bilan bog‘liqdir. Lekin ba’zi ismlar bir oila doirasida va bir martagina
qo‘llanilib keyinchalik qo‘llanilishdan chiqib ketishi ham mumkin. O‘zbek tilidagi ismlarni qayd
qilingan xususiyatlarga ko‘ra quyidagi uchta guruhga bo‘lish mumkin.

1.

Umummilliy, umumudum ismlar

. Bunday ismlar o‘zbek xalqi antroponimiyasi uchun

mushtarak nomlar bo‘lib, ularning paydo bo‘lishi sabablari va bu bilan bog‘liq, ma’nolar
ko‘pchilikka tushunarli bo‘ladi. Chunonchi:

Tursun, Turdi, O‘lmas, Botir, Go‘zal, Xudoyberdi

va b.

2.

Mahalliy, mintaqaviy ismlar

. Ba’zi ismlar umummilliy doirada emas, balki mintaqa, hudud

doirasida keng tarqalgan va o‘sha hudud aholisi uchun tushunarli bo‘lishi mumkin. CHunonchi,
Qashqadaryoda

Qo‘zigul

ismi ko‘p uchraydi. Bu ism erta bahorda sariq rangli nozik gul ochuvchi

o‘simlik nomi bilan bog‘liqdir va "qo‘zigul" ko‘karganda, ochilganda tug‘ilgan qiz ma’nosidadir.
Ba’zi hududlarda

Cho‘tboy

ismi mavjud va u teshaning mahalliy-lahjaviy nomi

cho‘t

so‘zi bilan

aloqadordir hamda

Teshaboy

ismining sinonimidir va b. Mahalliy mintaqaviy ismlarning

ba’zilari keyinchalik keng tarqalib umummilliy ismlar doirasiga o‘tishi mumkin.

3.

Oilaviy doirada ma’lum ismlar

. Bunday ismlarning yuzaga kelishi, ma’nosi o‘sha nomni

tanlagan yoki ijod kilgan kishilar doirasi uchungina ma’lum bo‘ladi. Odatda, bunday nomlar ota-
onalarning ma’lum individual xohish-istaklarini ifodalaydi yoki favqulodda yaratiladi. Bu kabi
ismlar keyinchalik keng udum bo‘lishi, kengroq tarqalishi tufayli umummilliy yoki mintaqaviy
ma’lum nomlar qatoriga o‘tishi mumkin.

Yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, o‘zbek tilidagi ismlarning aksariyatida dunyoga kelgan

go‘dakni turli xavflardan himoya qilish g‘oyasi, niyati mujassamlashgan. Shu sababli bunday
ismlarning yuzaga kelishida qadimiy totemistiq animistik tasavvurlar, ko‘hna diniy aqidalar,


background image

`

131

sig‘inishlarning boshqa xil ko‘rinishlari, udumlar, keyinchalik esa islom dini ta’limoti bilan
aloqador bo‘lgan diniy, falsafiy qarashlar, e’tiqod va ishonchlar asosiy rol o‘ynagan.

Ayni vaqtda, o‘zbek tilidagi ismlarning ma’lum qismi o‘zbek xalqining yuksak madaniyati

va ma’naviyati, nozik didi, go‘zallik va nafosatga oid mayllar bilan bog‘liqdir.

Shuningdek, hozirgi o‘zbek tilidagi 300 dan ortiq ismlarning paydo bo‘lishi va bolaga

qo‘yilish asoslarini ism beruvchilarning axloqiy-tarbiyaviy omillar bilan bog‘liq istak-xohishlari
tashkil qiladi. Masalan, o‘z vatani, xalqi va zamonasiga munosib inson bo‘lib yetishsin deb niyat
qilinadi:

Elsevar, Elumi, Elyor, Elbek, Eldosh, Ulus, Ulusbek, Iftixor

1

.

Bolaga ism qo‘yishdagi erkinlik nomlarning milliy boyligidan muayyan ismni ixtiyoriy

tanlashda namoyon bo‘ladi. Lekin hech bir ota-ona o‘zi yashayotgan muhit, davr, ijtimoiy-
iqtisodiy sharoit, madaniy-ma’naviy turmush talablaridan tamoman chetga chiqib keta
olmaydi. Chunki bu omillar kishi ismlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi va rivoji uchun doimo
sezilarli ta’sir o‘tkazib turadi. Chunonchi, ibtidoiy jamoa va urug‘chilik davrida ijod qilingan
turkiy ismlarda ko‘proq botirlik, jasurlik ramzi bo‘lgan tushunchalar; chaqaloqning hayoti,
uning

sog‘ligi

, ulg‘ayishini orzu qilish bilan aloqador tasavvurlar; go‘zallik, o‘ktamlik, chevarlik

bilan bog‘liq, estetik qarashlar. Mana shunday ismlarning bir qismi o‘zbek tilida hozirda ham
saqlanib qolgan:

Arslon, Burgutboy, Yo‘lbars, Kumushoy v

a b.

Ism islomning turli-tuman g‘oyalari va aqidalarini ulug‘lovchi so‘z va atamalardan,

iboralardan tanlanishi ham ko’pchilikni tashkil etadi. Bular orasida Allohning nomi, sifatlari va
unga itoatkorlikni ifodalovchi iboralardan yasalgan ismlar:

Abdulla, Abduvali, Abduvahhob,

Abdujabbor, Abduqodir, Abdug‘ani, Abdug‘affor, Ollomurod, Otoqul;

payg‘ambar va xalifalarning,

shuningdek, aziz-avliyo va avliyozodalarning ism va laqablari:

Muhammad, Muhammadali,

Aliqul, Alisher, Usmon,

zamirida diniy tushunchalar, g‘oya va aqidalarni anglatuvchi so‘zlar

yotgan nomlar:

Ibodulla, Mo‘min, Mo‘mina, Ibodatxon

va b. asosiy o‘rin tutadi.

O‘tmish ajdodlarimiz ismlar boyligiga, bolani nomlash, yangi betakror ismlar ijod qilishga

intilish odatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lgan, uni asrash va ko‘paytirishga doimo
intilgan. Biz hozirda mana shu muqaddas an’analarga sodiq bo‘lmog‘imiz kerak. Buning uchun
kishilarda ismlarga va umuman nomlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish madaniyatini
tarbiyalashimiz lozim.

Ismlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish madaniyati yoki qisqacha qilib aytganda, nomlash

madaniyati nimalarda namoyon bo‘ladi?

Birinchidan, bolaga ism tanlash ishiga jiddiy o‘ylab, iloji boricha an’analarga bog‘lab

yondoshish kerak. Ikkinchidan, kishining ismi sharifi va ota ismini rasmiy hujjatlar (tug‘ilganlik
haqidagi guvohnoma, pasport va b.) da to‘g‘ri yozdirish lozim. Uchinchidan, kishining ismi
sharifini aniq va to‘liq aytish, to‘g‘ri talaffuz qilish, o‘rinsiz ravishda shaklan buzmaslikka
intilish kerak. To‘rtinchidan, chaqaloqka ism tanlaganda tildagi mavjud, tayyor nomlardan
foydalanish bilan bir qatorda yangi,diqqatni tortuvchi, o‘ziga xos ismlar ustida izlanish, ya’ni
yangi,
betakror ismlar ijod qilishga intilish lozim. Beshinchidan, ismlarimizda milliy ruhning
saqlanishi, ularning ona tilimiz qonuniyat va talablariga mos bo‘lishi uchun kurashmoq kerak

2

.

1

Бегматов Э. Ўзбек исмлари. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 1998, -Б. 587-594.

2

Бегматов Э. Ўзбек исмлари. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 1998, -Б. 596-597.


background image

`

132

Keltirilgan talablar nuqtayi nazaridan yondoshiladigan bo‘lsa, keyingi paytlarda ism

qo‘yishda ma’lum kamchiliklar yuz berayotganini qayd etish mumkin.

Ota-ona o‘z farzandiga munosib ism tanlashga, ismning mazmunan go‘zal, shaklan chiroyli

bo‘lishiga intilishi tabiiy bir hol. Bunday ismlarda, odatda, xolisona orzu-umidlar, farzandga
bo‘lgan mehr-muhabbat hamda ezgu orzular o‘z mujassamini topadi.

Lekin o‘zbeklarda ism tanlashning keyingi paytlarda yuzaga kelgan ba’zi xususiyatlari, bir

yoqlamalikka, faqatgina "chiroyli", "ko‘rkam" nomlar orqasidan quvib ketish tilimizdagi ismlar
boyligining miqdoran kamayishiga, bolani nomlash rasm-rusmlarining siyqalashuvi, tilda bir
xil o‘xshash ismlarning keng tarqalishiga, natijada jamiyatda bir xil ism bilan ataluvchi shaxslar
sonining ko‘payib ketishidek salbiy holga olib keldi.

O‘z tarixida bir necha minglab ismlarni ijod qilgan va ulardan atoqli ot sifatida foydalanib

kelgan xalqda bir guruh ismlarnigina "yaxshi nom" sifatida taqdim etish, yuqorida aytib
o‘tganimizdek, o‘zbeklar ismi doirasini torayib ketishidek salbiy natijalar ham berdi. Bugina
emas, eng muhimi, bolani nomlashda zaruriy rasm-rusmlar, milliy an’ana va talablar
unutilayozdi

3

.

3

Бегматов Э. Ўзбек исмлари. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 1998, -Б. 598.