Авторы

  • Jamoliddin Usarov
    Jizzax politexnika instituti Arxtekturaviy loyihlash katta o’qituvchisi
  • Aziz Abduqaxxrorov
    Jizzax politexnika instituti Arxitektura yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.112921

Ключевые слова:

Turizm turistik marshrut turistik resurs ziyorat turizmi ichki turizm tashqi turizm ziyoratgox diniy ziyorat.

Аннотация

Maqolada diniy ziyorat turizmni rivojlantirishda turistik marshrutlarning istiqbolli yo’nalishlarni aniqlash,turistik marshrutlarini ishlab chiqish va ulardan samarali foydalanish xamda bu yo’nalishni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari tadqiq etilib, turistik marshrutlarini ishlab chiqishning dolzarbligi bayon etilgan.


background image

`

66

TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA TURISTIK MARSHRUTLARNING AXAMIYATI

Jamoliddin Usarov Tulqinovich

Jizzax politexnika instituti

Arxtekturaviy loyihlash katta o’qituvchisi

Usarovjamoliddin332@gmail.com

Abduqaxxrorov Aziz Laziz o’g’li

Jizzax politexnika instituti Arxitektura yo’nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15734342

Annotasiya

: Maqolada diniy ziyorat turizmni rivojlantirishda turistik marshrutlarning

istiqbolli yo’nalishlarni aniqlash,turistik marshrutlarini ishlab chiqish va ulardan samarali
foydalanish xamda bu yo’nalishni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari tadqiq etilib, turistik
marshrutlarini ishlab chiqishning dolzarbligi bayon etilgan.

Abstract:

The article examines the identification of promising directions of tourist routes

in the development of religious pilgrimage tourism, the development of tourist routes and their
effective use, as well as the main directions of development of this direction, and the relevance
of developing tourist routes.

Kalit so’zlari:

Turizm, turistik marshrut, turistik resurs, ziyorat turizmi, ichki turizm,

tashqi turizm, ziyoratgox, diniy ziyorat.

Keywords:

Tourism, tourist route, tourist resource, pilgrimage tourism, domestic

tourism, foreign tourism, pilgrimage site, religious pilgrimage.

Kirish.

Turizm sohasida davlat siyosati istiqbolda hududlar va ularning infratuzilmasini

kompleks jadal rivojlantirishda turizm sohasi yetakchilik qilishi, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy
vazifalarni yechish, ish o’rinlarini ko’paytirish, hududlar diversifikasiyasi va rivojlanishini
ta’minlash, aholining daromadlari, yashash darajasi va sifatini oshirish hamda mamlakatning
investisiyaviy jozibadorligi va imidjini yaxshilashga qaratilgan.

Bugungi kunda turizm jahon iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylandi. Bu

borada O’zbekistonda turizm sohasini modernizasiya qilish, sohani barqaror rivojlantirish
bo’yicha normativ-huquqiy bazani rivojlantirish va takomillashtirish, xorijlik mehmonlarga
xalqaro andozalar asosida xizmat ko’rsatishni tashkil yetishga alohida ye’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikasiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish,
yangi ish o’rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish,
mamlakatning investisiyaviy jozibadorligini oshirishni ta’minlovchi strategik tarmoqlardan
biri sifatida rivojlantirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga
oshirilmoqda.

O’zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik bo’lgan masaladir. Bu

masalaning dolzarbligi shundaki, turizm bozorining xalqaro rivoji o’ziga xos xususiyatlarga ega
bo’lib, hozirgi kunda bu bozor munosabatlarini bilish, turizmni rivojlantirish muammolarini
to’g’ri aniqlashni talab qiladi.

Chunki, xalqaro turizmni bilmasdan dunyo turizmi hamjamiyatiga, hamkorligiga

qo’shilish va O’zbekistonda turizmni xalqaro va mahalliy darajada rivoj lantirish qiyin kechadi.

Xalqaro turizmni shuningdek, milliy turizmni rivojlantirishning asoslaridan biri esa

turistik marshrutlarni ishlab chiqish va bu marshrut larga turistlarni jalb qilish hisoblanadi.


background image

`

67

O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 5 yanvardagi “O’zbekiston

Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF
5611 sonli qarorida “2019-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasida turizm sohasini
rivojlantirish Konsepsiyasi”ga muvofiq Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan
tovar aylanmasi, tashiladigan yo’lovchilar soni va investisiyalarni ko’paytirish uchun
respublikadagi transport aloqa tizimini tubdan yaxshilash maqsadida xorijiy aloqalarni yanada
mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan [1].

Ziyorat turizmining rivojlanishini xar bir davlatda ikki yunalishga bo’lish mumkin.

Birinchi yo’nalish-ichki ziyorat turizmini tashkil qiladi. Bu yunalishda bir davlat ichidagi
xalqlar, elatlar, millatlar o’z davlati xududlaridagi ziyoratgox maskanlarni yaxshi bilishadi va
o’z dinidagi mashxur avliyolar, shayxlarga yoki muqaddas joylarga borib ziyoratni amalga
oshirishadi. Ziyorat turizmdagi ikkinchi yo’nalishni bir mamlakatdagi ziyoratchilarning boshqa
bir davlatdagi o’z dini raxnomalari, avliyolarining qabrlari yoki boshqa muqaddas joylarga
ziyorat, sig’inishi uchun qilgan safarlari tushuniladi [3].

Shuni qayd etish joizki, musulmon olamida ziyorat qilish makonlari ham anchagina.

Jumladan, Markaziy Osiyoda, qolaversa O’zbekiston Respublikasida ham aziz avliyolar yashab,
dafn etilgan qadamjolar, ziyorat maskanlari beqiyos ko’p. Ular qatoriga Janubiy Qozog’iston
viloyati, Turkiston shahridagi Axmad Yassaviy maqbarasi; Toshkent viloyati Zangiota
tumanidagi Zangiota majmuasi; Toshkent shahridagi Shayx Xivanda Taxur maqbarasi,
Qaldirg’och-biya maqbarasi, Yunusxon maqbarasi; Hazrati Imom majmuasi; Abubakr
Muhammad Kaffal Shashi maqbarasi; Shayx Zayniddin bobo maqbarasi; Samarqand viloyati
Payariq tumani Xartang qishlog’idagi Imom Al-Buxoriy majmuasi; Oqdaryo tumani Dahbed
qo’rg’onidagi Maxtumi A’zam maqbarasi; Samarqand shahridagi Shohi Zinda, Amir Temur,
Ruhobod, Xo’ja Doniyor, Motrudiy, Murod avliyo, Xo’ja Axror Vali, Oq saroy, Cho’ponota
maqbaralari; Buxoro shahridagi–Ismoil Samoniy, Chashmai Ayub, Sadriddin Buxarzi,
Bohovuddin Naqshbandiy, Buyon Kulixon, Chor Bakr maqbaralari; Xorazm viloyatida Uch
avliyo, Said Allovuddin maqbarasi; Qashqadaryo viloyatida–Jahongir, Dorus Saodat, Dorut
Tilovat majmuasi, Ko’k gumbaz masjidi; Surxondaryo viloyatida - Hakim at-Termiziy majmuasi;
Sulton Saodat ibodatxona yodgorligi, Fayoztepa ibodatxonasi; Jizzax viloyatida Sadr Vaqqos
avliyo (Avliyoota) majmuasi; Farg’ona viloyatida Daxmon Shaxon go’rxonasi, Mozorixon
maqbarasi kabilar ziyoratchi sayyohlarni o’ziga jalb qilib keladigan maskanlar bo’lib
hisoblanadi. [2]. So’ngi yillarda juda ko’pgina aziz, avliyolarning dafn etilgan joylari va qabrlari
qaytadan ta’mirlanib, asl holatiga keltirildi. Ushbu qadamjo joylar xushmanzara, obod,
ziyoratgoh maskanlarga aylantirildi. Ular qatoriga Bahoviddin Naqshbandiy, G’ijduvoniy, Imom
al-Buxariy, Mahtumi A’zam, Shohizinda, Motrudiy, Hakim at-Termiziy, Zangiota kabi aziz
avliyolar va imomlar maqbaralari musulmon ahlining beqiyos, go’zal ziyorat qiladigan va
ma’naviy ruhlanadigan joylariga aylantirildi.

Respublikamizda ziyorat turizmini rivojlantirishdagi yana bir muhim dolzarb masala

shundan iboratki, Respublikamizdagi ziyoratgoh joylar, maskanlarga turistik marshrutlar
ishlab chiqilmaganligidan, ziyorat turizmi imkoniyatlarimiz darajasida rivojlanmasdan
qolmoqda. Bu holatda muhim bir masalaga e’tibor berish zarurki, ziyoratgoh maskanlarga
turistik marshrutlarga tashkil qilishgina bu joylarda turistlarga xizmat qiluvchi
infratuzilmalarni yuzaga keltiradi. Chunki, ma’lum bir turistik obyektga turist oqimining


background image

`

68

ko’payishi albatta extiyoj nuqtai-nazaridan ularga xizmatlar qiluvchilarni chorlaydi. Natijada
turistlarning extiyojlarini sezgan mahalliy aholi turistlarga majmuali xizmatlarni taklif qila
boshlaydi.

Ziyorat turizmini rivojlantirish hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratishda

turistik marshrutlarni ishlab chikish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:
1.

Ziyoratgox manzillarning xalkning tarixiy-madaniy, milliy me’rosi ekanligini e’tirof etish.

2.

Barcha ziyoratgox mazillarni ruyxatga olish, ta’rif va tavsiflarini yozish,ommabop

risolalar, o’kuv uslubiy qullanmalar yaratish.
3.

Turizm tarmog’i uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish

tizimini yaratish.
4.

Ichki va tashqi turizmni xar tomonlama kengaytirish, yangi turizm yo’nalishlarini ishlab

chiqish.
5.

Ziyoratgox manzillaridagi joylashtirish, ovkatlantirish, dam olish va gid-ekskursiya

xizmatlari xakida xarita-sxema, axborotnomalarni yaratish.
6.

Ziyoratgox manzillarga ichki va xalkaro turistik marshrutlar ishlab chikish.

7.

Ziyoratgox manzillarining reklamasini ishlab chiqish.
Ziyorat turizmini rivojlantirish uchun dastavval har bir turistik resursga turistik

marshrut va uning reklamasi ishlab chiqilmog’i zarur. Turizmdagi reklamada 3 ta zaruriy
obyekt bo’ladi. Birinchisi– turistik obyekt (makon, manzil) ikkinchisi–turistik marshrut,
uchinchisi–turistik marshrutdagi xizmatlar. Turistni o’ziga chorlovchi reklamada qayd qilingan
3 ta obyekt tasvirlanishi kerak.

Xulosa:

O’zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishdagi yana bir muxim dolzarb

masala shundan iboratki, respublikamizdagi ziyoratgox joylar, maskanlarga turistik
marshrutlar ishlab chikilmaganligidan, ziyorat turizmi imkoniyatlarimiz darajasida
rivojlanmasdan qolmokda. Bu xolatda muxim bir masalaga e’tibor berish zarurki, ziyoratgox
maskanlarga turistik marshrutlarni ishlab chiqish orqali bu joylarda turistlarga xizmat qiluvchi
infratuzilmalarni yuzaga keltiradi. Chunki, ma’lum bir turistik obyektga turist oqimining
ko’payishi albatta extiyoj nuqtai-nazaridan ularga xizmatlar qiluvchilarni chorlaydi. Natijada
turistlarning extiyojlarini sezgan maxalliy axoli turistlarga majmuali xizmatlarni taklif qila
boshlaydi.

O’zbekistonda diniy ziyorat turizmi obyektlariga turistik marshrutlar ishlab chikish

turizmdagi istiqbolli yo’nalishlaridan xisoblanadi. Shuning uchun xam bunday muqaddas
ziyoratgoxlarni dunyo miqyosida reklama qilish O’zbekiston Respublikasining ichki va xalqaro
turizmning rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 5 yanvardagi “O’zbekiston

Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PF
5611 sonli qarori.
2.

Mamatqulov X.M., Bektemirov A.B., Tuxliyev I.S, Norchayev A.N. “Xalqaro turizm” Darslik.


background image

`

69

Toshkent-SamISI 2007.
3.

R. Hayitboyev, S. Haydarov, S. Abduxamidov, M. Daminov, M. Xamitov «Turizm

marshrutlarini ishlab chiqish».O’quv qo’llanma, Samarqand, Sam ISI, 2016.
4.

Ibodullayev N., O’zbekistonning turistik resurslari, Samarqand, 2008.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 5 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PF 5611 sonli qarori.

Mamatqulov X.M., Bektemirov A.B., Tuxliyev I.S, Norchayev A.N. “Xalqaro turizm” Darslik. Toshkent-SamISI 2007.

R. Hayitboyev, S. Haydarov, S. Abduxamidov, M. Daminov, M. Xamitov «Turizm marshrutlarini ishlab chiqish».O’quv qo’llanma, Samarqand, Sam ISI, 2016.

Ibodullayev N., O’zbekistonning turistik resurslari, Samarqand, 2008.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)