Авторы

  • Roxila Abdullayeva
    Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.112925

Аннотация

Inson va uni ta’riflash, xoh ijobiy bo‘lsin, xoh salbiy jihatlarini nozik ma’no tovlanishlari bilan yoki turli ramzlar orqali ishoraviy tarzda aks ettirish dunyo adabiyotida keng tarqalgan usullardan biri hisoblanadi. Ya’ni insonni ta’riflash xilma-xil asosda, turli rakurslarda aks etadi va bu tilning milliy lisoniy manzarasidan chuqur o‘rin oladi, paremiologik fondda turli hayvon, narsa-predmet, holat, kasallik, taom nomlari orqali ayni inosn obraziga ishora qilish bu jarayonga dalolat qiladi. Insonni aks ettirish uning tashqi yoki xususiyatlarini ta’riflash asosida kechishi mumkin. Insonning mazmuniy jihatlari, tabiiy ravishda, ijobiy yoki salbiy qatordan, yoki oraliqni tashkil qiluvchi birliklardan iborat bo‘ladi.


background image

`

52

DUNYO TAJRIBASIDA XARAKTER IFODALOVCHI BIRLIKLARNING

O‘RGANILISHI

Abdullayeva Roxila Yusufjon qizi

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15729590

Inson va uni ta’riflash, xoh ijobiy bo‘lsin, xoh salbiy jihatlarini nozik ma’no tovlanishlari

bilan yoki turli ramzlar orqali ishoraviy tarzda aks ettirish dunyo adabiyotida keng tarqalgan
usullardan biri hisoblanadi. Ya’ni insonni ta’riflash xilma-xil asosda, turli rakurslarda aks etadi
va bu tilning milliy lisoniy manzarasidan chuqur o‘rin oladi, paremiologik fondda turli hayvon,
narsa-predmet, holat, kasallik, taom nomlari orqali ayni inosn obraziga ishora qilish bu
jarayonga dalolat qiladi. Insonni aks ettirish uning tashqi yoki xususiyatlarini ta’riflash asosida
kechishi mumkin. Insonning mazmuniy jihatlari, tabiiy ravishda, ijobiy yoki salbiy qatordan,
yoki oraliqni tashkil qiluvchi birliklardan iborat bo‘ladi. Ya’ni insonning mazmuniy jihatlarini
aks ettirish uning xarakterini ta’riflash asosida kechadi. Xarakter ifodalovchi birliklar miqdoran
ko‘pchilikni tashkil qilib, metaforik usulda ayrim birliklar ma’nosi ko‘chishi hisobiga yanada
ko‘payadi. Shuning uchun tilshunoslikda xarakter ifodalovchi birliklar alohida termin ostida –
antropominant birliklar deb yuritiladi, zamonaviy tilshunoslikda qiyosiy va chog‘ishtirma,
sotsiopragmatik, lingvokulturologik, psixolingvistik, kognitiv, sotsiolingvistik, struktur-
semantik va h. aspektlarda o‘rganiladi. O‘zbek tilshunosligida mazkur birliklarni
antroposentrik paradigm sohalari asosida monografik planda o‘rganishga ehtiyoj bor. Chunki
antropominant birliklar, ayniqsa metaforik usulda hosil qilingan bunday birliklar o‘zida xalq va
uning o‘tmishi, tarixiy taraqqiyot yo‘li, madaniyati, mentaliteti, e’tiqodi va h. haqida axborot
saqlaydi. Bundan kelib chiqadiki, o‘zbek tili uchun ham antropominant birliklar tadqiqi dolzarb.

Tilshunoslikda xarakter ifodalovchi birliklarning o‘rganilishiga oid tadqiqotlar sharhiga

o‘tishdan avval qadimiy xarakter va nutq masalasiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq.
Psixologlar va tilshunoslar o‘rtasida xarakterning inson nutqiga ta’sir qilishi, ma’lum
temperament vakillariga xos bo‘lgan umumiy jihatlarning mavjud bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariy
qarashlari ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. Bugungi kunda ham mavzu doirasida
olib borilayotgan tadqiqotlarni istisno qilib bo‘lmaydi. Jumladan, Rus olimi Rubinshteyn S.Lga
ko‘ra, temperament eng birinchi navbatda psixik jarayonlarning kechishida namoyon bo‘ladi.
Kuch, tezlik, ritm, inson psixomotorikasi temperamentning namoyon bo‘lish shakllaridir

1

.

Mazkur hodisalar insonning tashqi olam bilan aloqador bo‘lgan har qanday reaksiyasida, xatti-
harakatlarida, shu jumladan, nutqida ham namoyon bo‘ladi. Demak, Rubinshteynga ko‘ra
nutqning tashqi faktorlari: nutq tezligi, ritmi va tempi, balandligi temperament ko‘rsatkichi
bo‘lishi mumkin

2

. Bugungi kunda xarakterning nutq, til o‘zlashtirish jarayoni va tildan

foydalanish ko‘nikmalariga ta’siri masalasida kelingan so‘nggi xulosa shu. Chunki xarakter
moslashuvchanlik xususiyatini aks ettirib, u ijtimoiy muhit ta’sirida to‘liq namoyon bo‘lmasligi
mumkin.

Xarakter ifodalovchi birliklarni o‘rganish jarayonida tilning leksik sathi tahlilga tortiladi.

Shu jumladan, tilning paremiologik fondi ham. Dunyo tajribasida antropominant so‘zlarni tahlil

1

Рубинштейн С.Л. Учение о темпераменте / Библиотека. https://www.psychology-online.net/49

2

Abdullayeva R. Temperament va til-nutq aloqadorligi xususidagi mulohazalar

//

Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar. –

2024, №6. 30-34-betlar


background image

`

53

qilish bilan birga xuddi shunday iboralarni tahlil qilish tajribasi ham bor. Jumladan, rus
tilshunosligida Voloshkina I.A. fransuz tilida inson xarakterini aks ettiruvchi frazeologik
birliklarning frazeosemantik maydoni haqida tadqiqot olib borgan

3

. E’tiborga molik jihati

shundaki, xarakter ifodalovchi frazeologik birliklar aksar turkiy tillarda tadqiq qilingan.
Jumladan, Gergokova J.X qorachoy-bolqor, ingliz va rus tillaridagi “inson” tushunchasining
frazeologik konseptualizatsiya jarayoni haqida yozadi

4

. Temirxanova Gulnora esa qo‘miq

tilidagi xarakter ifodalovchi frazeologik birliklarni tahlil qiladi

5

. Xarakter ifodalovchi birliklarni

tadqiq qilishda leksik va lug‘aviy birliklar tadqiqi birinchi planda turadi. Shuningdek, mazkur
birliklarni so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra ham tadqiq qilish an’anasi mavjud.
Tabiiy ravishda, xarakter ifodalovchi birliklar salbiy va ijobiy xarakterni aks ettiradi. Bunday
holat esa ularni aks ettiruvchi so‘zlarning antonimik munosabatda bo‘lishiga asos bo‘ladi.
Ba’zan bir xarakter ifodalovchi birlik graduonimik yoki uslubiy xoslanganlik nuqtayi nazaridan
sinonimik qator hosil qilishi mumkin. Dunyo tilshunosligida ayni hodisani inobatga olgan holda
xarakter ifodalovchi so‘zlar va frazeologizmlarni shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra tahlil
qilish an’anasi bor

6

.

Xarakter ifodalovchi birliklarni o‘rganish jarayonida ikkinchi asosiy tadqiqot yo‘nalishi

qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda yondashishdir. Qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda rus tilining
ingliz, fransuz, nemis, veytnam va fors-tojik tillari bilan solishtirilgan holda tadqiq qilingan.
Bunda til fondidagi ma’lum bir birlik yoki guruh obyekt sifatida olingan. Masalan, rus va tojik
tillarini solishtirish jarayonida “mehmonnavozi” – “mehmondo‘stlik”

7

, fransuz va rus tillarini

qiyoslashda “vijdon” so‘zi tahlili keltirilgan.

Zamonaviy tilshunoslikda xarakter ifodalovchi birliklar aksar lingvokulturologik planda

keng tahlil qilingan. Shuningdek, obraz-konsept bosqichiga chiqish lingvokognitiv asoslari
keltirilgan. Biroq hodisa antroposentrik paradigm yo‘nalishlari uchun aksar yangi. Bizningcha,
hodisani sotsiolingvistik, sotsiopragmatik, diskurs nuqtayi nazaridan tahlil qilish imkoniyatlari
bor. O‘zbek tilshunosligida antropominant birliklarni antroposentrik asosda o‘rganish amaliyot
monografik planga chiqmagan. Biroq o‘rganilishi uchun zaruriyat bor. Chunki xarakter
ifodalovchi birliklar, ayniqsa ko‘chma, obrazlar, ma’lum bir ishoralar orqali aks ettirilsa, unda
xalqning madaniyati, mentaliteti haqida ma’lumot saqlanadi. Shuning uchun antropominant
birliklarni antroposentrik asosda tadqiq qilish dolzarblik kasb etadi, u tilning imkoniyatlari va
tarixi haqida noyob ma’lumotlar beradi.

References:

3

Волошкина И.А. Фразеосемантическое поле «характер человека»: на материале французкого языка. Авто… кан.

фил. наук. – Воронеж, 2009.

4

Гергокова Ж.Х. Фразеологическая концептуализатция понятия «человек»: На материале карачаево-балкарского,

английского и русского языка. Авто… кан. фил. наук. – Нальчик, 2004.

5

Темирханова Г.К. Объективация характеристики человека во фразеологических единицах кумыкского языка.

Авто… кан. фил. наук. – Нальчик, 2021.

6

Мордвина-Щодро О.А. Антонимо-синонимические блоки прилагательных, называющих черты характера

человека: лингвокультурологический аспект. Авто… кан. фил. наук. – Санкт-Петербург, 2007.

7

Тазаева Ф. Лексико-семантическое поле «гостепримство-меҳмоннавози” в русском и таджикском языках.

Авто… кан. фил. наук. – Душанбе, 2022.


background image

`

54

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdullayeva R. Temperament va til-nutq aloqadorligi xususidagi mulohazalar // Ta'lim

va innovatsion tadqiqotlar. – 2024, №6. 30-34-betlar
2.

Гергокова Ж.Х. Фразеологическая концептуализатция понятия «человек»: На

материале карачаево-балкарского, английского и русского языка. Авто… кан. фил. наук.
– Нальчик, 2004.
3.

Волошкина И.А. Фразеосемантическое поле «характер человека»: на материале

французкого языка. Авто… кан. фил. наук. – Воронеж, 2009.
4.

Мордвина-Щодро О.А. Антонимо-синонимические блоки прилагательных,

называющих черты характера человека: лингвокультурологический аспект. Авто… кан.
фил. наук. – Санкт-Петербург, 2007.
5.

Тазаева Ф. Лексико-семантическое поле «гостепримство-меҳмоннавози” в русском

и таджикском языках. Авто… кан. фил. наук. – Душанбе, 2022.
6.

Темирханова Г.К. Объективация характеристики человека во фразеологических

единицах кумыкского языка. Авто… кан. фил. наук. – Нальчик, 2021.
7.

Рубинштейн С.Л. Учение о темпераменте / Библиотека. https://www.psychology-

online.net/49

Библиографические ссылки

Abdullayeva R. Temperament va til-nutq aloqadorligi xususidagi mulohazalar // Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar. – 2024, №6. 30-34-betlar

Гергокова Ж.Х. Фразеологическая концептуализатция понятия «человек»: На материале карачаево-балкарского, английского и русского языка. Авто… кан. фил. наук. – Нальчик, 2004.

Волошкина И.А. Фразеосемантическое поле «характер человека»: на материале французкого языка. Авто… кан. фил. наук. – Воронеж, 2009.

Мордвина-Щодро О.А. Антонимо-синонимические блоки прилагательных, называющих черты характера человека: лингвокультурологический аспект. Авто… кан. фил. наук. – Санкт-Петербург, 2007.

Тазаева Ф. Лексико-семантическое поле «гостепримство-меҳмоннавози” в русском и таджикском языках. Авто… кан. фил. наук. – Душанбе, 2022.

Темирханова Г.К. Объективация характеристики человека во фразеологических единицах кумыкского языка. Авто… кан. фил. наук. – Нальчик, 2021.

Рубинштейн С.Л. Учение о темпераменте / Библиотека. https://www.psychology-online.net/49