`
49
TA’LIM ORQALI MILLIY G‘OYANI SHAKLLANTIRISH MASALALARI
Bayeshanov Abdulla
Guliston davlat universiteti o`qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15729553
Annotatsiya.
Milliy g‘oya – jamiyatni birlashtiruvchi, fuqarolarda vatanparvarlik,
ma’naviy yuksaklik, g‘urur va mas’uliyat hissini uyg‘otuvchi g‘oyaviy tizimdir. Ushbu
maqolada ta’lim tizimi orqali milliy g‘oyani shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari
hamda ta’limning barcha bosqichlarida milliy g‘oya mazmunini singdirish, o‘quvchi-yoshlarni
milliy qadriyatlar va an’analarga sodiq, ongli va g‘oyaviy yetuk shaxs sifatida tarbiyalash
zarurligi asoslab beriladi.
Kalit so‘zlar:
Milliy g‘oya, ta’lim tizimi, ma’naviyat, qadriyatlar, mafkuraviy tarbiya,
yoshlar, Vatanparvarlik, milliy ong, mafkuraviy xavfsizlik, tarbiya, global tahdidlar.
Milliy g‘oyani yoshlar qalbi va ongiga singdirish ta’lim-tarbiyaning turli uslub, vosita va
shakllari orqali amalga oshiriladi. Ular orqali yoshlarga to`g‘ri yashashni, vatanparvar
bo‘lishni va buzg`unchi g‘oyalarga qarshi murosasiz kurashishni, erkin fikrlashni ko‘rsatish,
o‘rgatish zarur. Zero, o‘rgatish bir tomonlama jarayon bo‘lmay, u ustozlar namunasi orqali
tarbiyalanuvchining fazilatlarini shakllantiradi. Bunday murakkab ishni tashkil etishda har bir
ijtimoiy toifa yoki shaxsning individual pedagogik-psixologik xususiyatlarini inobatga olish,
tarbiyalanuvchiga shaxs sifatida qarash taqozo etiladi. Chunki, vatanimiz kelajagi bo`lgan aziz
farzandlarimizni tashqaridan noma’qul g`oyalarini singdirishga urunayotgan kimsalarni
qo`liga tashlab qo`yib bo`lmaydi.
Har bir inson tuzadigan rejalarning aksariyat qismi odatda farzandlariga taalluqli
bo‘ladi. Biz orzu-umidlarimiz ro‘yobi bo‘lgan farzandimizning o‘sib-ulg‘ayishi uchun,
naslnigina emas, ezgu orzularni ham davom ettiradigan bo‘lishi uchun jon kuydirishimiz
zarur.
Bugungi kunning yangi talablari asosida ta’lim jarayonida, turli tadbirlar, rituallar orqali
o‘quvchilarda milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasi shakllantiriladi.
Ta’lim muassasalarida bolalar va talabalarning yoshiga mos ravishda milliy g‘oyani
singdirishning differensial pedagogik-psixologik dasturlarini va yangi pedagogik
texnologiyalarini yaratish o‘quvchi- yoshlarda:
mustaqil fikrlash malakalarini shakllantirish;
yon-atrofdagi voqealarga daxldorlik tuyg‘usini rivojlantirish;
faol fuqarolar harakatini shakllantirish;
o‘ziga ishonchni mustaxkamlash;
tarixiy tafakkurini boyitish;
milliy g‘ururimiz manbai bo‘lgan intellektual salohiyatni shakllantirish;
ayrim ommaviy axborot vositalaridagi axloqsizlik targ‘iboti, o‘zining demokratiya
modelini olg‘a siljitishning asl maqsad- muddaolarini tushuntirish;
mafkuraviy immunitetni mustaxkamlash;
ongli yashashga o‘z aqli va fikriga, ezgu, insoniy mafkuraga, aniq, milliy g‘oyaga suyanib
yashashga o‘rgatish;
milliy g‘oyaga qiziqishlarini oshirishga imkon beradi.
`
50
Milliy g‘oya yoshlarimizning maqsadi, xatti-harakatlarining ma’naviy asosiga
aylantirilgandagina samarali bo‘ladi. Bu-eng avvalo fikr tarbiyasidir. Abdulla Avloniy
ta’kidlaganidek, «Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan,
muallimlarning diqqatlariga suyalgan muqaddas bir vazifadir», bu vazifaning muvaffaqiyatli
ado etilishi yoshlarni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. O‘qituvchi-muallimlar yoshlarni turli
yomon ta’sirlardan asrashda axloqiy qadriyatlardan foydalanishlari va bunda axloqiy ta’sir
ko‘rsatish texnologiyasini oqilona qo‘llashlari lozim bo‘ladi. Buning yo‘llari - o‘quvchi bilan
munosabatda gumanistik tamoyillarni joriy etish, erkin fikr almashinish muhitining
yaratilishi, «Yoshlar - yoshlarga» tamoyili asosida yoshlarni passiv tarbiya ob’ektidan o‘z-
o‘zini tarbiyalashning aktiv sub’ektlariga aylantirishdir. Zero, Birinchi Prezidentimiz Islom
Karimov ta’kidlaganlaridek, «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin
shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat,
iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan vatanparvar yosh avlodlarni tarbiyalash
imkoniyatiga ega bo‘lamiz».
Jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda o‘quvchi-talabalar ongiga milliy g‘oyani
singdirishni uzluksiz tarzda olib borish yuqori samara beradi. Yoshlarni imon-e’tiqodli, aql-
zakovatli, irodasi mustahkam, bilimli va dono, o‘z yurti tarixi, milliy qadriyatlari hamda buyuk
ajdodlar qoldirgan ilmiy va ma’naviy merosni ko‘z qorachig`iday saqlashga o‘rgatish oiladan,
ota-onalar o‘gitlaridan boshlanib, balog‘at yoshigacha bo‘lgan davr va undan keyingi
davrlarda ham izchil amalga oshirilishi lozim. Inson hayotining dastlabki davrlarida oddiy
maslahatlar, savol-javoblar, shaxsiy ibrat vositasida amalga oshirilgan ish keyinchalik
murakkab o‘qitish va tarbiya usullari yordamida, jumladan, interfaol usullar,
breynshtorminglar vositasida amalga oshiriladi. Demak, g‘oyaviy tarbiyaning uzluksizligi
barcha ishlarimizning izchilligi, hayotiyligi, ta’lim va ilm bilan uyg‘unligi, tizimliligi, shaxsga
yo`nalganligi, milliy manfaatlar ustuvorligi, jamoaning tarbiyalovchi rolini kuchaytirish
asosida ta’minlanadi.
XXI asr avlodi yuksak texnologiyalar va axborot kommunikatsiyalari erasida kamol
topmoqda. Mazmun-mohiyatiga milliy g‘oya singdirilgan kitoblarning inson kamoli va
intellektual salohiyatini oshirishdagi roli alohida ahamiyatga ega. Shu ma’noda o‘quv
dasturlari, darslik va qo‘llanmalarning yangi avlodini yaratish va ularda milliy g‘oya
tamoyillarini teran aks ettirish o‘ta muhimdir.
Maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarda mafkuraviy tarbiyani bugungi kun
talablari darajasiga ko‘tarish maqsadida aniq tarbiyaviy natijalari kafolatli loyixalashtirilgan
«Uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchi-yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash texnologiyasi»ni
ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadga muvofikdir. Shuningdek, har bir maktab,
akademik litsey, kollej, oliy ta’lim muassasasi ma’naviy- ma’rifiy ishlar dasturida «G‘oyaviy
tarbiya» bo‘limini rejalashtirish va amalga oshirishda tarbiyaviy maqsad va natija birligiga
erishish ta’minlanadi.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, Milliy mafkura bolalar bog‘chasidan
universitetgacha bo`lgan izchil milliy g‘oya asosidagi milliy tarbiya tizimiga tayanadi. Bu
borada erishgan yutuqlarimiz keng tan olinayotir. Hammamiz mana shu ishlarning
samaralarini ko‘rayapmiz.
`
51
Pedagog kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish ham muhim
tadbirlar sirasiga kiradi. Pedagogik kadrlar malaka oshirish tizimida maxsus, yangi pedagogik
texnologiyalarga asoslangan, tinglovchilarda mafkuraviy kurash, informatsion xurujlar
sharoitida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning eng yangi nazariy bilim, texnologik ko`nikma
va malakalarini shakllantirish zarur.Ana shundagina biz o`z ko`zlagan maqsadimizga erisha
olamiz.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimov I.A «Bizning yo`limiz - demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va
modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish». Prezident Islom Karimovning O‘zbekistan
Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.
// O‘zbekistan ovozi, 2011.08.12.
2.
Karimov I.A. “Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz” 9-jild. T.: O‘zbekiston.2001 y.
3.
Karimov I.A. “Sog‘lom avlod bizning kelajagimiz”. To‘plam-T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi
tibbiyot nashriyoti. 2000 y. 272b.
4.
Solieva N. “Yoshlar. Milliy g‘oya. Tarbiya”. Toshkent. “INFO CAPITAL GROUP”/ 2011 y.
5.
Каримова, С. (2021). Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning tarkibiy funksional
tahlili.
Общество и инновации
,
2
(11), 273-279.
6.
Bayeshanov, A. (2022). THE ROLE OF ARTISTIC LITERATURE IN THE EDUCATION OF
THE YOUTH IN THE SPIRIT OF THE NATIONAL IDEA. Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences, 2(1), 932-935.
7.
Saida, K. (2023). THE IMPORTANCE OF A TECHNOLOGICAL APPROACH TO PROVIDING
IDEOLOGICAL SECURITY.
Frontline Social Sciences and History Journal
,
3
(05), 119-124.
8.
Bayeshanov, A. (2024). BADIIY ADABIYOT-MILLI GOYANI SHAKLLANTIRISHNING
MUHIM OMILI.
Академические исследования в современной науке
,
3
(52), 47-50.