`
34
INGLIZ TILIDA TINGLAB TUSHUNISH KOʻNIKMASINI RIVOJLANTIRISHDA
DICTATION(DIKTANT) TEXNIKASIDAN FOYDALANISH
Boboqulova Moʻtabar Xolmirzo qizi
Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti
1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15727547
Abstract:
This article analyzes the effectiveness of dictation in developing listening
comprehension skills among English learners. Dictation enhances language competence
through active listening, cognitive processing, and accurate transcription. It improves sound
recognition, vocabulary, grammar understanding, and writing accuracy. The study confirms
dictation's relevance in both traditional and modern language teaching.
Keywords:
Active listening, cognitive processing, accurate transcription, vocabulary
development, grammar recognition, writing accuracy.
Annotasiya:
Maqolada ingliz tilini o‘rganayotganlar uchun tinglab tushunish
ko‘nikmalarini rivojlantirishda diktant usulining samaradorligi tahlil etiladi. Diktant faol
tinglash, aqliy ishlov berish va aniq yozib olish orqali til ko‘nikmalarini yaxshilaydi. Shuningdek,
u tovushlarni eshitish, lug‘at va grammatikani o‘zlashtirish, yozma nutq aniqligini oshirishga
yordam beradi. Tadqiqot diktantning an’anaviy va zamonaviy til o‘qitish jarayonida
dolzarbligini ko‘rsatadi.
Kalit soʻzlar:
Faol tinglash, kognitiv (aqliy) qayta ishlov berish, aniq ko‘chirish, so‘z
boyligini rivojlantirish, grammatikani anglash, yozuvdagi aniqlik.
Introduction:
Har bir davlat oʻz mustaqil tiliga ega. Aholisi esa doimiy ushbu tildan foydalanishga
odatlangan. Bu orqali ular oʻzlarining fikrlarini namoyon etadi. Har bir tilni bilish uchun, asosan,
toʻrtta muhim koʻnikmalarni bilish kerak. Bular: ushbu tilda gapirish, yozish, tinglash hamda
oʻqish qobilyati. Mana shu til shakllarini bilganlar oʻrgananayotgan tilini mustaqil ravishda
muomalada qoʻllay olishadi. Hozirgi kunda koʻpchilik insonlarni oʻziga jalb qilib kelayotgan
tillardan biri bu ingliz tili hisoblanadi. Chunki deyarli barcha davlatlar oʻz fuqarolari yuqoridagi
tilni oʻrganishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Shuningdek, borgan sari
davlat imtixonlarining anchaginasi ingliz tilida olib borilishi yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu kabi
imtixonlarda eng murakkab hisoblangan koʻnikma tinglab tushunishdir. Bunda
foydalanilayotgan turli metodlar orasida diktant usuli yana bir bor samarali ta’lim vositasi
sifatida qayta e’tiborga tushmoqda. Ilgari bu usul asosan imlo va yozma aniqlikni tekshirishga
xizmat qilgan bo‘lsa, hozirgi tadqiqotlar diktantning faol tinglash, kognitiv jarayonlar va
sintaktik tafakkurni rivojlantirishdagi muhim rolini ko‘rsatmoqda. Tinglab tushunish
shunchaki eshitish emas, balki eshitilgan tovushlarni anglash, ularning ma’nosini tushunish va
xabarning umumiy mazmunini real vaqt rejimida qayta qurish jarayonidir. Aynan shu
murakkablik sabab, ingliz tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar ko‘pincha tabiiy tezlikda aytilgan,
aksentlari turlicha bo‘lgan yoki murakkab leksikaga ega nutqni to‘liq anglashda qiyinchiliklarga
duch kelishadi. Bunday hollarda diktant usulining maqsadga muvofiq qo‘llanilishi tinglovchi va
eshitilgan matn o‘rtasidagi passiv bo‘shliqni faol o‘zaro ta’sirga aylantirishi mumkin. Mazkur
maqolada diktant usulining tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi.
Unda bu metodning nazariy asoslari, kognitiv va lingvistik afzalliklari tahlil qilinadi,
`
35
shuningdek, uni zamonaviy ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish yo‘llari bosqichma-
bosqich ko‘rib chiqiladi.
Diktant (dictation) metodining turlari va ingliz tili boshlangʻich oʻrganuvchilarga
koʻrsatuvchi taʼsirlari
Tinglab tushunish chet tilini o‘zlashtirishda eng muhim va zaruriy til ko‘nikmalaridan biri
hisoblanadi. Chunki og‘zaki nutqni to‘g‘ri anglay olmaslik muloqotda tushunmovchiliklarga olib
keladi, o‘rganilayotgan tilga nisbatan ishonch va motivatsiyani kamaytiradi. Shu sababli ta’lim
jarayonida tinglab tushunish ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirib borish zarur. Bu borada
diktant usuli samarali vositalardan biri sifatida ajralib turadi.
Diktant, asosan, matnni eshitish, eshitilgan so‘zlarni yozib olish va ularni qayta tahlil
qilishdan iborat. Ushbu jarayon bir vaqtning o‘zida bir necha til ko‘nikmasini – faol tinglash,
diqqatni jamlash, fonetik tafakkur, grammatik sezuvchanlik va yozma aniqlikni rivojlantirishga
xizmat qiladi. Ayniqsa, interaktiv diktantlar, vizual diktantlar yoki onlayn audio diktantlar
yordamida o‘quvchilar murakkab til elementlarini eshitib tushunish, ularni yozma shaklga
keltirish, xatolarini aniqlash va o‘rganilgan bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega
bo‘ladilar.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, muntazam ravishda diktant ishlari bajarib borilgan
o‘quvchilarda:
•fonetik xatolar sezilarli darajada kamayadi;
•so‘z boyligi kengayadi;
•grammatik birliklarni eshitish orqali tezroq anglash qobiliyati
rivojlanadi;
•tinglab tushunish va yozib olish tezligi oshadi;
•o‘z-o‘zini tahlil qilish, ya’ni metakognitiv ko‘nikmalar shakllanadi.
Shu bilan birgalikda diktant usuli orqali o‘quvchilar o‘zlarining tinglashdagi
kamchiliklarini aniqlab, ularni tuzatishga intiladilar. Diktant yozib boʻlgach, natijalarni sinfda
birgalikda tahlil qilish, muhokama qilish va xatolar ustida ishlash – o‘quvchilarning tinglashga
bo‘lgan e’tiborini oshiradi, ularni faol fikrlashga undaydi.Bugungi kunda diktant usuli turli
shakllarda qo‘llanilmoqda. Masalan:
•Gapma-gap diktant – o‘quvchi har bir jumlani eshitib yozadi va uni qayta ko‘rib chiqadi.
•Bo‘shliq to‘ldirish diktanti – ayrim so‘zlar tushirib qoldiriladi va o‘quvchi eshitganiga
qarab ularni to‘ldiradi.
•Ko‘rinmas diktant – matn bir marta eshittiriladi, so‘ngra o‘quvchi eslab yozadi, bu esa
eslab qolish va diqqatni kuchaytiradi.
•Onlayn audio diktantlar – zamonaviy texnologiyalar yordamida tinglash jarayonini
mustaqil tarzda olib borish imkonini beradi.
Ushbu usullar o‘quvchilarning turli darajadagi ehtiyojlariga moslashtirilgan bo‘lib, ular
orqali o‘qituvchi interaktiv va individual yondashuvni ta’minlashi mumkin.
H. D. Brown
oʻzining
"Principles of Language Learning and Teaching"
kitobida
tinglash uchun mashqlarni rejalashtirish bo‘yicha 6 ta asosiy prinsiplarni sanab oʻtgan. Ular:
1. Tinglash ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratish:
Kurs tarkibiga tinglashni integratsiyalash orqali o‘quvchilarning tinglab tushunish
"intake"
darajasini oshirish.
`
36
2.
Ichki motivatsiyani
rag‘batlantiradigan metodlardan foydalanish:
Diktant ishlarining mavzusi va konteksi o‘quvchining qiziqishlariga mos bo‘lsa, ular
faolroq tinglaydi.
3. Avvalo kerakli bo‘lgan
haqiqiy materiallar
dan foydalanish:
Real hayotdagi nutq namunalarini (podkast, intervyu, suhbat) diktant orqali tinglash
orqali talaffuz, ritm va aksentni organish.
4. Tinglangan materialga
qayta ishlov berish
shakli:
Diktant yakunida notalarni tekshirib, xatolarni aniqlash va tuzatish orqali tinglash
natijasini mustaqil tahlil qilish.
5.
Nutqni rivojlantirish strategiyalari
ni rag‘batlantirish:
Diktant usuli orqali o‘quvchilar ovoz va so‘z birikmalarini anglashda mustaqil
strategiyalarni qo‘llashni o‘rganadi.
6.
Bottom-up (talaffuz asosida)
va
top-down (mazmun asosida)
jarayonlarni
uyg‘unlashtirish:
Diktant yozish orqali o‘rganuvchilar, avvalo, tovush va so‘z tuzilmasi bo‘yicha –
bottom-up; so‘ngra umumiy mazmun va kontekst – top-down yondashuvlariga moslashadi.
Bundan tashqari
Nation va Newton (2009)
fikricha, diktant faqatgina yozishdagi
aniqlikni emas, balki tinglash, yozma ifoda, so‘z tartibi va grammatik tuzilma kabi ko‘plab
ko‘nikmalarni bir vaqtda rivojlantiradi. Ular diktantni
"ko‘p darajali ishlov berish" (multi-
level processing)
talab qiladigan mashg‘ulot deb baholaydi. Bu usul orqali o‘quvchilar nafaqat
tovushlarni eshitish, balki ularni ma’noli birliklarga ajratish, matnni anglash va sintaktik
tuzilmani shakllantirishda faol qatnashadilar.
Mualliflar, shuningdek, diktantning bir necha xil variantlarini tavsiya qiladilar, jumladan:
oddiy diktant, bo‘shliq to‘ldirish diktanti, gap bo‘yicha diktant va dicto-comp k
abi
shakllar. Ayniqsa dicto-comp texnikasi — ya’ni butun matnni tinglab, eslab, qayta yozish orqali
tuziladigan faoliyat — o‘quvchilarning nutq tuzilmasi va mazmunini anglash ko‘nikmalarini
rivojlantirishda alohida samara beradi.
Hornby (1959/1968)
shaxsiy yondashuvi asosida
Situational Teaching
metodikasida
grammatik strukturalar va og‘zaki faoliyat asosiy o‘rin oladi. Diktant usuli esa bu yondashuvni
qo‘llab-quvvatlaydi, chunki:
1.
Strukturalarni nazoratli mashq qilish
orqali sintaksis shakllari o‘rganiladi.
2.
Og‘zaki va yozma ko‘nikmalar
ni integratsiya etadi, chunki o‘quvchi avval eshitadi,
so‘ng yozma ifodalaydi.
3.
Avtomatiklikni shakllantirish
ni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa tez va aniqlik bilan gap
tuzishga olib keladi.
4.
Fonetika, stress va intonatsiya
ga e’tiborni jamlab, tinglab tushunish qobiliyatini
chuqurlashtiradi.
Ushbu yondashuv natijasida o‘quvchilar tilni nafaqat grammatika jihatdan, balki real
og‘zaki kontekstda ham yaxshi tushuna boshlaydi.
John Field (2008) "comprehension approach"
ning noaniqligini, ya’ni faqat matnni
tushunishga qaratilgan testlash metodikasining cheklanganligini tanqid qiladi va buning
o‘rniga chuqur, qat’iy fonda vazifa bajarishga asoslangan faoliyatchaning joriy etilishini tavsiya
qiladi. Dictation shakllari – gapma-gap yozish, to‘ldirish, diktokomponent (dicto-comp) – tilni
`
37
fonetik jihatdan tahlil qilish, sintaktik tuzilmani ajratish va matnni qayta tuzishni talab qiladi.
Bu usullar o‘quvchilarning
fonemalarni aniqlash, grammatik darajani tushunish va og‘zaki
nutqqa moslashish
ko‘nikmalarini yanada rivojlantiradi.
Lynch (2009)
o‘z asarida dictationni faqat matnni yozib olish vositasi sifatida
qaramasdan, balki fonemalar, intonatsiya va stressni aniqlash, grammatik tuzilmani tahlil qilish
imkonini beruvchi, chuqur
“process approach”
shaklida tavsiflaydi. Uning fikricha, nutq
mashqlari orqali o‘qitilayotgan bo‘sh lug‘aviy
segmentatsiya (lexical segmentation) – so‘z
chegaralarini aniqlash
– o‘quvchilarning real nutqni tushunishda dolzarb qiyinchiligi
hisoblanadi.
Xulosa
Diktant texnikasi ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘rganuvchilar uchun tinglab tushunish
ko‘nikmasini shakllantirishda samarali metod hisoblanadi. Ushbu usul orqali o‘quvchilar
fonetik birliklarni farqlash, so‘zlar segmentatsiyasini aniqlash, grammatik strukturalarni
tushunish va nutq tuzilmasini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, diktant(dictation) usuli nafaqat passiv tinglashni faollashtiradi, balki yozma va
og‘zaki ifoda qobiliyatlarini integratsiyalash orqali o‘quvchining umumiy til kompetensiyasini
oshiradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Brown, H. D. (2007). Principles of Language Learning and Teaching (5th ed.). Pearson
Longman. Til o‘rganishda tinglashni rivojlantirishga oid 6 prinsip taqdim etilgan.
2.
Nation, I. S. P., & Newton, J. (2009). Teaching ESL/EFL Listening and Speaking. Routledge.
Diktant usulining tinglash, yozma tahlil va gap tuzilmasi bilan bog‘liqligi yoritilgan.
3.
Hornby, A. S. (1961). The Teaching of Structural Words and Sentence Patterns. Oxford
University Press.Strukturalar asosidagi dars berish yondashuvi va diktant usulining o‘rni bayon
etilgan.
4.
Field, J. (2008). Listening in the Language Classroom. Cambridge University Press.Tinglab
tushunishni “process-based” (jarayonga asoslangan) yondashuv bilan o‘qitish metodikasi
keltirilgan.
5.
Lynch, T. (2009). Teaching Second Language Listening. Oxford University Press. Real
nutqdagi segmentatsiya muammolari va dictation orqali fonetik sezgirlikni oshirish metodlari
bayon etilgan.