`
26
O‘YIN TERAPIYASI ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA
JISMONIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISH: INNOVATSION PEDAGOGIK
YONDASHUVLAR
Sharipov Mirjalol Jamoladdin ogʻli
Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti
Maxsus pedagogika:logopediya yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15725792
Annotatsiya.
Maqolada o‘yin terapiyasining maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy
faolligini oshirishdagi roli yoritilgan. Jahon amaliyotlari (AQSH, Finlyandiya, Yaponiya) asosida
innovatsion yondashuvlar taqqoslab tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda qabul qilingan
qarorlar va dasturlar doirasida o‘yin terapiyasining pedagogik samaradorligi muhokama
qilinadi. Muayyan tajriba asosida o‘yinlar orqali bolalarning harakatchanligi, hissiy barqarorligi
va ijtimoiy faolligi oshgani isbotlangan.
Аннотация
: В статье рассматривается роль игровой терапии в повышении
двигательной активности детей дошкольного возраста. Инновационные подходы
сравнивались и анализировались на основе мирового опыта (США, Финляндия, Япония).
Педагогическая эффективность игровой терапии также будет обсуждаться в рамках
решений и программ, принятых в Узбекистане. На основе конкретного опыта доказано,
что игры повышают подвижность детей, эмоциональную устойчивость и социальную
активность.
Abstract
: The article discusses the role of play therapy in increasing the physical activity
of preschool children. Innovative approaches are analyzed in comparison based on world
practices (USA, Finland, Japan). The pedagogical effectiveness of play therapy is also discussed
within the framework of decisions and programs adopted in Uzbekistan. Based on specific
experience, it has been proven that games increase the mobility, emotional stability and social
activity of children.
Kalit so’zlar:
o‘yin terapiyasi, maktabgacha ta’lim, jismoniy faollik, innovatsion
yondashuvlar, harakatli o‘yinlar, bola rivojlanishi, sog‘lomlashtirish.
Ключевые слова
: игровая терапия, дошкольное образование, физическая
активность, инновационные подходы, подвижные игры, развитие ребенка, укрепление
здоровья.
Keywords
: play therapy, preschool education, physical activity, innovative approaches,
active games, child development, health promotion.
KIRISH
Zamonaviy ta’lim tizimida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishi,
ayniqsa ularning jismoniy sog‘lig‘i va faolligi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bugungi
raqamli muhit, texnologiyalarning haddan ortiq joriy qilinishi, bolalarda harakatga bo‘lgan
ehtiyojni kamaytirib, jismoniy passivlikka olib kelmoqda. Shu sababli sog‘lomlashtiruvchi
faoliyatlarni bolalarning tabiiy ehtiyojlari va qiziqishlariga mos holda tashkil etish dolzarb
masalaga aylangan. O‘yin terapiyasi – bu shunchaki o‘yin emas, balki bola organizmi va
psixikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, pedagogik va psixologik yondashuvlarni o‘zida mujassam
etgan metod hisoblanadi. Mazkur maqolada o‘yin terapiyasining maktabgacha yoshdagi bolalar
`
27
jismoniy rivojlanishidagi o‘rni, uning pedagogik imkoniyatlari hamda innovatsion metodlar
orqali bolalarni sog‘lom turmush tarziga undash masalalari yoritiladi. Tadqiqotning maqsadi –
o‘yin terapiyasini maktabgacha ta’lim muassasalarida samarali qo‘llash imkoniyatlarini
aniqlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir.
ASOSIY QISM
O‘yin terapiyasi – bu bolaning ruhiy va jismoniy rivojlanishiga mo‘ljallangan maxsus o‘yin
faoliyati bo‘lib, ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tabiiy rivojlanish muhiti
hisoblanadi.
1
Bu uslub bolaning harakatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan birga, ularning
hissiy, ijtimoiy va aqliy faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. O‘yin terapiyasida bolaning o‘zini erkin
tutishi, o‘zi istagancha harakat qilish imkoniyati uning ruhiy holatini ijobiy tomonga
o‘zgartiradi.Maktabgacha yosh davrida bola uchun harakat – bu asosiy faoliyat shaklidir.
Jismoniy faollik orqali bolaning mushaklari, asab tizimi, yurak-qon tomir tizimi, koordinatsiyasi
rivojlanadi. Ammo ko‘plab maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy mashg‘ulotlar
an’anaviy, standart va ko‘pincha bolalar uchun zerikarli shaklda tashkil etiladi. Shu bois o‘yin
terapiyasiga asoslangan, qiziqarli, interfaol va individual yondashuvlar dolzarb hisoblanadi.
Bolalar psixologiyasida bu atama 1920-yillarda psixoanalitik mutaxassislar (Z. Freyd A. Freyd,
, M. Klein, G. Hag-Helmut) tomonidan psixoterapiya vositasi sifatida qo`llanilgan. Ushbu
mutaxassislar o‘yin nafaqat o‘yin-kulgi yoki o‘rganish usuli, balki o‘zo‘zini ifoda etish va
muloqot qilish vositasi ekanligini ta’kidladilar. O‘yin terapiyasi psixoanaliz tamoyillariga
asoslanadi. Psixoanalitik yo'nalish vakillari bolalarning o'z tajribalarini og'zaki tasvirlashdan
ko'ra, ularni amalga oshirish osonroq ekanligiga e'tibor qaratdilar. Shuning uchun bolalar
psixoanalitiklari bolalar bilan ishlashda bolaning hissiy holatini o'yin jarayonida kuzatish
usulidan foydalanadilar. Bolalar bilan psixoanalizda o‘yindan foydalanib, M. Klayn bolaning
erkin o‘yin harakatlari psixika mazmunining ramziy ifodasi, ongsiz istaklar va fantaziyalar,
ya’ni erkin assotsiatsiyalarning analogi - psixoanalizning asosiy usuli, degan taxminni ilgari
surdi. M. Kleinning fikricha, o‘yinda ichki ziddiyatlarning tashqi ko‘rinishi mavjud bo‘lib, ular
shu tariqa yumshatiladi.
Innovatsion yondashuv sifatida quyidagi shakllar e’tiborga loyiq:
Harakatli rolli o‘yinlar: Masalan, “Qutqaruvchi bo‘l”, “Hayvonlar bog‘i” kabi o‘yinlarda
bolalar harakat bilan birga ijodiy rollarni ham bajaradilar. Bu esa harakatni ichki
motivatsiya bilan uyg‘unlashtiradi.
Musiqali-harakatli terapiya: Musiqa ostida erkin raqslar, harakatlar va mashqlar bolaning
ritmik sezgisini, muvozanatini rivojlantiradi.
Sensor-terapevtik o‘yinlar: Maxsus jihozlar yordamida bolalar harakatni sezgi bilan
uyg‘unlashtirib, neyro-harakatli rivojlanish darajasiga chiqadilar.
Tabiat bag‘rida o‘tkaziladigan sog‘lomlashtiruvchi o‘yinlar: Ochiq havoda yurish,
yugurish, tabiiy to‘siqlarni yengib o‘tish o‘yinlari nafaqat jismoniy, balki psixologik
sog‘lomlashtirishga ham xizmat qiladi.
Amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, o‘yin terapiyasi asosida tashkil etilgan darslar
bolalar tomonidan yuqori motivatsiya bilan qabul qilinadi. Tarbiyachilar bolalarning faolligi,
qatnashuvchanligi, bir-biriga yordam berishi, ijtimoiylashuvi kuchayganini ta’kidlaydilar. O‘yin
1
file:///C:/Users/User/Downloads/Raxmatullayeva+Zamira+Olimjonovna.pdf
`
28
orqali bola o‘zini anglaydi, harakatga bo‘lgan ichki ehtiyojini qondiradi va bu esa uni sog‘lom
turmush tarziga olib keladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, o‘yin terapiyasining jismoniy
tarbiya bilan integratsiyasi bo‘yicha ilmiy manbalar yetarli emas. Asosan xorijiy tajribalarda
(Rossiya, AQSH, Finlyandiya) o‘yin terapiyasi ko‘proq psixologik rivojlanishga yo‘naltirilgan.
Mahalliy adabiyotlarda esa jismoniy tarbiya ko‘proq an’anaviy shaklda ko‘rib chiqilgan. Shu
nuqtai nazardan, innovatsion sog‘lomlashtiruvchi metod sifatida o‘yin terapiyasini pedagogik
nuqtai nazardan chuqur tadqiq etish zarur.Metodologik jihatdan mazkur maqola
kuzatuv
,
taqqoslash
,
amaliy eksperiment
va
intervyu
asosida olib borildi. Maktabgacha ta’lim
muassasasida ikki guruh (eksperimental va nazorat) ishtirokida o‘yin terapiyasi asosida tashkil
etilgan darslarning samaradorligi tahlil qilindi. Tarbiyachilar va ota-onalar bilan suhbatlar
tashkil etildi, bolalar ishtiroki davomida harakat faolligi, ishtirok darajasi, emotsional holati
o‘rganildi.
Shuningdek, maqolada quyidagi asosiy manbalarga tayanilgan:
Vygotskiyning "O‘yin va rivojlanish" nazariyasi
Montessori metodikasi va uning harakatga asoslangan o‘yinlari
Zamonaviy xorijiy maqolalar (Google Scholar, ResearchGate asosida)
Bu metodologik yondashuvlar orqali o‘yin terapiyasining jismoniy rivojlanishga ta’siri
ilmiy asosda aniqlanib, amaliy tavsiyalar shakllantirildi. o‘nggi yillarda o‘yin terapiyasining
pedagogik jarayondagi ahamiyatini chuqur tadqiq etish xorijiy hamda mahalliy olimlar diqqat
markazida bo‘lib kelmoqda. Xususan, Rossiyalik psixolog A.V. Zaporozhets o‘yin faoliyatining
bola harakatlarining rivojlanishidagi rolini tahlil qilgan va o‘yin orqali harakat reflekslarini
mustahkamlash mumkinligini ta’kidlagan. Uning izlanishlarida bola ongining harakat bilan
uyg‘unlashuvi, tafakkur va koordinatsiya rivojlanishi o‘yin vositasida samarali kechishi
ko‘rsatiladi.Amerikalik tadqiqotchi M. Parten esa o‘z tadqiqotida o‘yinning ijtimoiy shakllari
orqali bola rivojiga ta’sirini o‘rgangan va o‘yin faoliyati orqali bola o‘z jismoniy imkoniyatlarini
anglash bilan birga, ijtimoiy ko‘nikmalarni ham egallashini isbotlagan. Shuningdek, D. Froebel
o‘yin orqali bolaning tabiiy imkoniyatlarini ochib berish, ularni harakat bilan uyg‘unlashtirish
pedagogikasiga asos solgan olimlardan biridir.O‘zbekistonda esa R. Xolmatova, M. Yusupova, Z.
Nishonova kabi olimalar maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va harakatli
o‘yinlarning bolaning jismoniy rivojiga ta’siri bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. R.
Xolmatovaning “Maktabgacha yoshdagi bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish”
mavzusidagi tadqiqotida, o‘yin shaklidagi jismoniy mashg‘ulotlar bolaning organizmiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan. Z. Nishonovaning izlanishlarida esa o‘yin vositasida
noan’anaviy mashqlar va sensor rivojlanishning integratsiyasi o‘rganilgan.Metodologik
jihatdan mazkur maqola empirik kuzatuv, taqqoslash, eksperiment, intervyu va kuzatuv jurnali
orqali olib borildi. Eksperiment jarayonida ikki guruh: eksperimental va nazorat guruhlari
shakllantirildi. Eksperimental guruhga o‘yin terapiyasiga asoslangan harakatli faoliyatlar taklif
etildi, nazorat guruhida esa an’anaviy mashg‘ulotlar davom ettirildi.
Natijalarda eksperimental guruhdagi bolalarda:
Harakat faolligi 25–30% ga oshgani,
Jamoaviy ishtirok va tashabbus ko‘rsatish darajasi yuqorilagani,
`
29
Ijtimoiy-emotsional holatda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgani aniqlangan.
Yuqoridagi diagrammada AQSH, Finlyandiya, Yaponiya, Rossiya va Germaniya kabi
mamlakatlarda o‘yin terapiyasi orqali bolalar orasida erishilgan ijobiy ko‘rsatkichlar grafik
ko‘rinishda aks ettirildi:
o
Jismoniy faollik oshishi: 28% dan 40% gacha
o
Emotsional holat yaxshilanishi: 40% dan 50% gacha.
WHO va UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra:
AQSH
: O‘yin terapiyasi asosida olib borilgan
dasturlar bolalarning jismoniy harakatchanligini 35% ga oshirishga xizmat qilgan.
Finlyandiya
: Maktabgacha ta’lim muassasalarida joriy etilgan harakatli o‘yin metodikasi 40%
hollarda bolalarda stress darajasini kamaytirgan.
Yaponiya
: Sensor va kognitiv o‘yinlar asosida
o‘tkazilgan terapevtik dasturlar 30% ga ko‘proq koordinatsiyani yaxshilagan.
MUHOKAMA
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘yin terapiyasi orqali bolalarda jismoniy faollikni
oshirish pedagogik jarayonga yangicha, individual yondashuvni talab qiladi. An’anaviy jismoniy
tarbiya mashg‘ulotlarida bolalar faollikka tashqi turtki orqali undaladi, holbuki o‘yin
terapiyasida esa ichki motivatsiya va zavq muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, bu uslub bolaning
ruhiy holatini tiklash, stressdan xalos bo‘lish, jamoada harakat qilish kabi ko‘plab yumshoq
ko‘nikmalarni shakllantiradi.
O‘yin terapiyasining yana bir muhim jihati – bu uning moslashuvchanligidir. Tarbiyachi
bolalar ehtiyojiga qarab o‘yin shaklini o‘zgartirishi, murakkablik darajasini oshirishi yoki
kamaytirishi mumkin. Inkluziv muhitda bu uslub ayniqsa muhim, chunki har bir bola o‘z
imkoniyati doirasida harakat qilishi va o‘zini muvaffaqiyatli his qilishi mumkin.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, o‘yin terapiyasi orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy
faollikni rivojlantirish – bu sog‘lomlashtiruvchi ta’limga innovatsion yondashuvdir. U nafaqat
bola salomatligini mustahkamlashga, balki uning shaxs sifatida rivojlanishiga, ijtimoiy
moslashuviga va emotsional holatining barqarorligiga ham xizmat qiladi. O‘yin terapiyasining
ijobiy tomoni – bu bolaning ichki motivatsiyasini faollashtirgan holda, uni harakatga undashi
va harakatdan zavq olishga o‘rgatishidir.Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yin terapiyasi
asosidagi sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarni metodik qo‘llanmalarda aks ettirish.
Tarbiyachilarni o‘yin terapiyasi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslaridan o‘tkazish,bolalarning
yosh, rivojlanish darajasi va qiziqishlariga mos innovatsion o‘yin modellarini ishlab
`
30
chiqish,tabiiy muhitdan foydalanib sog‘lomlashtiruvchi o‘yinlar tashkil etish amaliyotini
kengaytirish kabi muhim vazifalar amalga oshirilsa bu borada ijobiy natijalara yanada
yuqorilanadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullayeva, M. (2021). Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatli o‘yinlar orqali
jismoniy faollikni rivojlantirish. Toshkent: TDPU nashriyoti.
2.
Bozorov, S., & Holmatova, R. (2020). Bolalar jismoniy tarbiyasida innovatsion metodlar.
Pedagogika fanlari jurnali, №4.
3.
Brockman, R., Jago, R., & Fox, K. R. (2011). The contribution of active play to the physical
activity of primary school children. Preventive Medicine, 51(2), 144–147.
4.
https://doi.org/10.1016/j.ypmed.2010.06.008
5.
Frost, J. L. (2010). A history of children’s play and play environments: Toward a
contemporary child-saving movement. New York: Routledge.
6.
MEXT Japan. (2020). White Paper on Education, Culture, Sports, Science and Technology.
Tokyo: Ministry of Education, Culture, Sports, Science and Technology of Japan.
7.
8.
Nishonova, Z. (2022). O‘yin faoliyatining bolaning psixofiziologik rivojlanishiga ta’siri.
“Ilm va innovatsiya” ilmiy-amaliy jurnali,
9.
Sahlberg, P. (2015). Finnish Lessons 2.0: What Can the World Learn from Educational
Change in Finland? New York: Teachers College Press.
10.
Yo‘ldosheva, N. (2023). Maktabgacha ta’limda sog‘lomlashtiruvchi o‘yinlarning ahamiyati.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha Ta’lim Vazirligi materiallari.