Авторы

  • Yulduz Ibragimova
    G‘allaorol tumani 23- maktab “Texnologiya” fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.112948

Ключевые слова:

texnologiya fani kreativ qobiliyat loyiha asosida o‘qitish ijodiy fikrlash axborot texnologiyalari muamolarni hal qilish jamoaviy ish.

Аннотация

Mazkur maqolada texnologiya fani darslarida o‘quvchilarning kreativ qobilyatlarini rivojlantirish mavzusi atroflicha yoritib berilgan. Muamolarni hal qilish, ijobiy fikrlash, texnik va dizayn bilimlarini shakllantirish kabi kompetensiyalar orqali o‘quvchilarni mustaqil qaror qabul qilishga va inovatsion yondashuvlar asosida ijodiy ko‘nikmalarini mustaxkamlashning samarali usullari ko‘rsatilgan. Maqola texnologiya fanining kreativlikni rivojlantirishdagi o‘rni va uning o‘quvchilarga kelajakdagi texnologik o‘zgarishlarga tayyorlanishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib o‘tadi.


background image

`

91

TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIDA O‘QUVCHLARNING KREATIV

QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISH

Ibragimova Yulduz Mamatqulovna

G‘allaorol tumani 23- maktab

“Texnologiya” fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15736136

Annotatsiya:

Mazkur maqolada texnologiya fani darslarida o‘quvchilarning kreativ

qobilyatlarini rivojlantirish mavzusi atroflicha yoritib berilgan. Muamolarni hal qilish, ijobiy
fikrlash, texnik va dizayn bilimlarini shakllantirish kabi kompetensiyalar orqali o‘quvchilarni
mustaqil qaror qabul qilishga va inovatsion yondashuvlar asosida ijodiy ko‘nikmalarini
mustaxkamlashning samarali usullari ko‘rsatilgan. Maqola texnologiya fanining kreativlikni
rivojlantirishdagi o‘rni va uning o‘quvchilarga kelajakdagi texnologik o‘zgarishlarga
tayyorlanishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib o‘tadi.

Kalit so‘zlar:

texnologiya fani

,

kreativ qobiliyat, loyiha asosida o‘qitish, ijodiy fikrlash,

axborot texnologiyalari, muamolarni hal qilish, jamoaviy ish.

Аннотация:

В данной статье всесторонне рассматривается тема развития

творческих способностей учащихся на уроках технологии. Показаны эффективные
методы, помогающие учащимся принимать самостоятельные решения и укрепляющие
их творческие навыки на основе инновационных подходов через такие компетенции,
как решение проблем, позитивное мышление, формирование технических и проектных
знаний. В статье показана роль технологий в развитии креативности и их важная роль
в подготовке учащихся к будущим технологическим изменениям.

Ключевые слова:

технологии, творческие способности, проектное обучение,

творческое мышление, информационные технологии, решение проблем, работа в
команде.

Abstract:

This article comprehensively covers the topic of developing students' creative

abilities in technology lessons. Effective methods are shown to help students make
independent decisions and strengthen their creative skills based on innovative approaches
through such competencies as problem solving, positive thinking, and the formation of
technical and design knowledge. The article shows the role of technology in developing
creativity and its important role in preparing students for future technological changes.

Keywords:

technology, creative abilities, project-based learning, creative thinking,

information technology, problem solving, teamwork.

Bugungi kun ta’lim tizimida o‘quvchilarni mustaqil, ijodkor va innovatsion fikrlaydigan

shaxs sifatida tarbiyalash eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Dunyo bo‘ylab
kechayotgan texnologik va ijtimoiy o‘zgarishlar inson faoliyatining barcha sohalarida
kreativlikka bo‘lgan extiyojini oshirmoqda. Shu sababli, ta’lim jarayonida kreativ qobilyatlarni
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kreativlik-bu yangi va orginal g‘oyalarni
yaratish, noan’anaviy yondoshuvlarni topish va muammolarni innovatsion usullarda hal qilish
qobilyati bo‘lib, zamonaviy ta’lim tizimida zarur bo‘lgan kompetensiyalardan biri hisoblanadi.
Bu jarayonda texnologiya fani darslari alohida ahamiyatga ega. Mazkur maqolada texnologiya
darslarida o‘quvchilarning kreativ qobilyatlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari,


background image

`

92

metodlari va usullari yoritilgan. Mazkur tadqiqot maqsadi-texnologiya fani darslarida
o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish imkonyatlarini aniqlash, ushbu jarayonni
tashkil etishdagi yondashuvlarni o‘rganish va tahlil qilishdir.

Texnologiya fani va kreativlikning o‘zaro aloqasi uzviydir. Texnologiya fani o‘quvchilarni

amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlab, ularning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda katta
ahamiyatga ega. Bu fan o‘quvchilarga o‘z fikrlarini yaratishda, yangi texnik yechimlarni
topishda va ijodiy loyihalar ishlab chiqishda yordam beradi. o‘quvchilarning kreativligi
nafaqat badiiy g‘oyalar yaratish, balki tizimli muammolarni hal qilishda yondoshuvlarini
o‘zgartirishda ham o‘z ifodasini topadi. Kreativlikni rivojlantirishda texnologiya fani ikki
asosiy jihatni o‘z ichiga oladi: birinchidan, o‘quvchilarga yangicha, ilg‘or texnologiyalarni
o‘rganish va ulardan foydalanish imkoniyatini beradi, ikkinchidan, bu texnologiyalar
yordamida o‘quvchilarning ijodiy va fikrlash qobilyatlarini shakllantiradi.

Texnologiya fanida o‘quvchilarga nafaqat matematik va fizika ko‘nikmalarini

o‘zlashtirish balki bu bilimlarni amaliyotda qo‘llash va kreativ yechimlar ishlab chiqish
imkoniyatlari beriladi. Kreativ kompetensiyalarni rivojlantirishda metodik yondashuvlar
qo‘llaniladi. Bu metodlar o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishda
samarali vostalar hisoblanadi. Loyiha asosida o‘qitish: bu metod orqali o‘quvchilar o‘z
bilimlarini amaliyotga tadbiq etib, turli texnik yechimlar yaratadilar. Loyiha asosida o‘qitish,
shuningdek o‘quvchilarga jamoaviy ish, ma’suliyat va muammolarni hal qilishda innovatsion
yondashuvlarni

qo‘llashga imkon beradi. Loyiha dasturlari orqali o‘quvchilar amaliy vazifalarni

yechishda o‘z kreativ qobiliyatlarini ko‘rsatadilar.

Muammoli ta’lim: bu yondashuvda o‘quvchilar real muammolarni tahlil qilib, ularni hal

qilishda ijodiy yondashuvlarni ishlab chiqadilar. Muammoli ta’lim o‘quvchilarga analitik
fikrlash, tanqiduy tahlil qilish va qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Interfaol
metodlar o‘quvchilarga dars jarayonida faol ishtirok etish imkonini beradi. “Aqliy hujum” ,
rolli o‘yinlar, guruhli faoliyatlar orqali o‘quvchilar o‘z g‘oyalarini ochiq ifodalash,
muammolarni turli nuqtai nazardan ko‘rib chiqish va boshqalar bilan hamkorlikda ishlashni
o‘rganadilar.

Texnologiya fani va axborot texnologiyalari chambarchas bog‘liq hisoblanadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli vositalar texnologiya fanida kreativlikni

rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Kompyuter dasturlari, 3D- modellash, elektron resurslar
va internet texnologiyalari o‘quvchilarga o‘z ijodiy g‘oyalarini amalga oshirishda yordam
beradi. Bu vositalar orqali o‘quvchilar amaliy loyihalar yaratishda, yangi texnologiyalarni
o‘rganishda va innovatsion yechimlar ishlab chiqishda o‘z ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
Texnologiya fanida zamonaviy dasturlar, masalan, CAD (kompyuter yordamida dizayn)
dasturlari, 3D printerning qo‘llanilishi va boshqa yuqori texnologiyalarorqali o‘quvchilar o‘z
g‘oyalarini ob’ektlarga aylantirish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Bu esa o‘quvchilarning ijodiy
imkoniyatlarini kengaytiradi va texnik fikrlashlarini rivojlantiradilar.

Kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish uchun darslarda pedagogik yondoshuvlar

muhim rol o‘ynaydi. o‘quvchilarni kreativ fikrlashga yo‘naltirishda quyidagi yondashuvlar
samarali hisoblanadi:


background image

`

93

Muammolarni tahlil qilish va innovatsion yechimlar topish. o‘quvchilarga real va hayotiy

masalalarni taqdim etish, ularni tahlil qilib kreativ yechimlar ishlab chiqishga undash. Bu
orqali o‘quvchilarning fikirlashini kuchaytirish va ijodiy qobiliyatlaruni rivojlantirish mumkin.
Jamoaviy ish va hamkorlik esa o‘quvchilarga guruh bo‘lib ishlash imkoniyatini berib, ularni
jamoaviy fikrlash va ijodiy qarorlar qabul qilishga rag‘batlantirish kreativlikni rivojlantirishda
muhimdir.

Fanlararo yondashuv: Kreativ kompetensiyalarni rivojlantirishda fanlararo

yondashuvining ahamiyati katta. Texnologiya fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi
o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi va yangi ijodiy g‘oyalar yaratishda yordam
beradi.

Texnologiya fani darslaridan kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish o‘quvchilarni

nafaqat amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi, balki, ularning kreativ fikrlash va innovatsion
yechimlar yaratish qobiliyatini ham rivojlantiradi. Shu bois texnologiya fanining o‘quv
jarayonidagi ahamiyatini kuchaytirish, darslarni innovatsion tashkil etish o‘quvchilarning
nafaqat ijodiy salohiyatini oshiradi, balki ularni zamonaviy jamiyat talablari darajasida
rivojlanishga yordam beradi. Texnologiya fanining ijodkorlik bilan bog‘liq imkoniyatlaridan
to‘liq foydalanish kelajakdagi innovatsion rivojlanishga mustahkam poydevor yaratadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdurasulova A.M “Texnologiya fani bo‘yicha kreativ qobilyatlarni rivojlantirish

metodik tavsiyalari” 2022. Samarqand ilmiy anjumanlar to‘plami.
2.

Iѕhmuradova G., Raхmatov A. Teхnologik ta’lim o‘qituvchiѕining didaktik va teхnologik

komрetenѕiyalarini takomillaѕhtiriѕh, monografiya INTELLEKT: 2022.-134 b.
3.

Kadirova N.M “ Texnologiya fani darslarida o‘quvchilar kreativ faoliyatini tashkil etish

masalalari” 2020 Toshkent

Библиографические ссылки

Abdurasulova A.M “Texnologiya fani bo‘yicha kreativ qobilyatlarni rivojlantirish metodik tavsiyalari” 2022. Samarqand ilmiy anjumanlar to‘plami.

Iѕhmuradova G., Raхmatov A. Teхnologik ta’lim o‘qituvchiѕining didaktik va teхnologik komрetenѕiyalarini takomillaѕhtiriѕh, monografiya INTELLEKT: 2022.-134 b.

Kadirova N.M “ Texnologiya fani darslarida o‘quvchilar kreativ faoliyatini tashkil etish masalalari” 2020 Toshkent