`
46
AJRALISHNING BOLALARGA PSIXOLOGIK TA’SIRI VA AMALIY TAVSIYALAR
Nigora Yo’ldasheva Sodiqjon qizi
Alfraganus Universiteti, Pedagogika fakulteti,
Psixologiya (faoliyat turlari ) yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Zamira Bilolova Baxtiyarovna
Ilmiy rahbar: “Alfraganus Universiteti”
Pedagogika fakulteti, Psixologiya fanlari doktori, Phd
https://doi.org/10.5281/zenodo.15780740
Annotatsiya
: Ushbu maqolada oilaviy ajralishning bolalarga ko‘rsatadigan psixologik
ta’siri va uning oqibatlari haqida fikr yuritilgan. Ajralish natijasida bolalarda psixologik
buzilishlari, aybdorlik va emotsional stress holatlari rivojlanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek
maqolada bolalarning yosh xususiyatlariga qarab ajralishga reaktsiyalari ham tahlil qilingan.
Kalit so’zlar:
Oila, oilaviy ajralish,
psixologik buzilishlar, aybdorlik hissi, emotsional
stress, depressiya, tashvishlanish, Freyd nazariyasi, Bowlby nazariyasi, Erikson nazariyasi,
psixoterapiya.
Hozirgi kunda oilaviy ajralishlar sonining ortib ketayotgani jiddiy muammolarga olib
kelmoqda. Albatta ajrimlar natijasida oiladagi farzandlar yo otasining yoki onasining qoʻlida
qolishga toʻgʻri keladi. Oiladagi ajirimlar ota onadan ham koʻra koʻproq bolaga psixik zarba
boʻlib, uning rivojlanish hayot tarzida kamchiliklarni, nuqsonlarni keltirib chiqarmoqda. Psixik
rivojlanishiga ijtimoiy moslashuv jarayonlariga, hissiy holatiga salbiy tasir koʻrsatadi.Chunki
ota-ona o‘rtasidagi munosabatlar bolaning psixologik rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Oilaviy ajralish
bu muhitning buzilishi bo‘lib, bola o‘z hayotining asosiy tayanchlaridan
birini yo‘qotadi. Bu esa unda turli ruhiy muammolarni yuzaga keltiradi.
Ajralish bolaning turli yoshida turlicha taʼsir qiladi. Masalan:
Maktabgacha boʻlgan yoshda yaʼni 3–6 yoshli bolalar ajralish sabablarini tushunmaydi,
lekin bolaning xulq-atvorida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi. Haddan ziyod yig‘loqi, juda ham
qo‘rqoq boʻlib qoladi.
Kichik maktab yoshi yani 7–11 yoshdagi bolalar ota-onasi ajralganini anglaydi, lekin uni
hal qilish imkoniga ega emas.
O‘qishdagi qiyinchiliklar, diqqat buzilishi, tushkunlik holatlari kuzatiladi.O‘ziga ayb
yuklash ehtimoli yuqori boʻladi.
O‘smirlik yoshi yani 12–18 yoshdagi bolalar uchun mustaqil fikrlash kuchaygan davr
hisoblanadi. Bu yoshdagi bolalarda agressivlik yuqori boʻlish holatlari kuzatiladi. Isyonkorlik
avj oladi.
Oilaviy ajralishdan soʻng bu oila farzandlarida oʻz oʻziga boʻlgan munosabati, hurmati past
boʻladi, koʻpincha bu bolalar oʻzlarini qadrsiz va keraksiz deb hisoblashadi. Ular yosh ulgʻaygani
sari jamiyatda shaxslararo munosabatlarda bir qator muammolarga duch kelishadi. Doʻst
orttirish yoki juft tanlashda unga ishonchszlik yuzaga kelaveradi va natijada bu borada
qiyinchilikka uchraydi. Ajralish natijasi oʻz oʻzidan bolalarni taʼlim jarayoniga ham oʻz taʼsirini
koʻrsatadi. Bilim olishi sustlashib o’qishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Ajralish natijasida bolalarda psixologik buzilishlari, aybdorlik hissi va emotsional stress
kabi holatlar kuzatiladi. Ajralishdan so‘ng bolalarda yuzaga keladigan ruhiy buzilishlarga
quyidagilarni koʻrsatish mumkin.
`
47
Bolalarda tashvishlanish va xavotirning kuchayishi. Bola ota-onasining ajralishidan so‘ng
o‘zini xavfsiz his qilmaydi. Shuningdek bola kechasi uxlay olmaslik, doimiy qo‘rquv, xavotirli
orzular va kelajagiga nisbatan noaniqlik hissi kabi holatlar qurshovida qoladi.
Kuchli depressiyaga tushib qolishi: Ota yoki onadan ajralish bolalarda chuqur g‘amginlik,
qiziqishning pasayishi yokida butunlay yo‘qolishi, ishtahaning pasayishi, passivlik va hayotga
nisbatan umidsizlik kabilar kuzatiladi.
Bolaning xulqida ogʻushishlar paydo boʻladi, ularda juda tajovuzkor bo‘lib qolishi,
maktabda intizomsizliklarni koʻpaytirishi, do‘stlariga nisbatan zo‘ravonlik qilishlari va bularni
oddiy holatdek qabul qilishi kuzatiladi.
Bolada aybdorlik hissini shakllanishi.
Ko‘plab bolalar ota-onasining ajrashishida
ularning munosabatlarini yomonlashuvida o‘zlarini aybdor deb hisoblaydilar. Bu quyidagi
sabablarga bog‘liq:
Bola ota-onasi janjallashganiga guvoh boʻladi, va bunga “men sababchi bo‘ldim” “Agar
men yaxshi bola bo‘lganimda, urishmasdilar va ajrashmasdilar” degan notoʻgʻri fikrlar bilan
yashaydi. Baʼzi hollarda ayrim ota-onalar bexosdan bolaga qarata aybdorlikni anglatadigan
gaplar aytib qo‘yishi mumkin. Bu holat bolaning o‘ziga boʻlgan munosabati yomonlashuviga,
ruhiy iztiroblanishiga va o‘zini jazolashga urinishlariga sabab bo‘lishi mumkin.
Ajralish bolada turli emotsional stress holatlarini paydo qiladi.
Ikki tomon yani ota-
ona o‘rtasida qolish: Bola qaysi birini tanlash kerakligini bilmaydi. Bu holat ichki ziddiyatni
kuchaytiradi.
Bolalarda yolg‘izlik hissini paydo boʻlishi: Ajralishdan keyin ota yoki onadan birining
yetishmasligi bolaning yolg‘izlikni kuchli his qilishiga sabab bo‘ladi. Bola ajralishni
tushunmaydi va ota-onasiga nisbatan norozilik, g‘azab yoki nafrat paydo boʻladi. O‘sib
borayotgan bolalar uchun barqaror oilaning yo‘qligi jinsiy yoki ijtimoiy rolini belgilashda
muammolar tug‘diradi.
Ko‘plab psixologik nazariyalar oilaviy ajralishning bolaning ruhiy salomatligiga oʻz
ta’sirini koʻrsatishini izohlaydi.
Freyd nazariyasiga
ko‘ra,
bolaning ilk yillardagi ota-onaga bo‘lgan bog‘lanish hissi ruhiy
barqarorlikni shakllantiradi. Ajralish bu bog‘lanishni izdan chiqaradi.
Bowlby’ning bog‘lanish nazariyasi
bola va ota-onasi o‘rtasidagi doimiy yaqinlikning
uzilishi xavotir, stress va ishonchsizlikni keltirib chiqarishini ta’kidlaydi.
Eriksonning ijtimoiy rivojlanish bosqichlari nazariyasida
bola har bir bosqichda
muayyan psixologik muammolarni yengib o‘tadi. Ajralish bu jarayonni buzishi mumkin.
Shu kabi nazariyalarni misol qilib keltirish mumkin.
Bolalarning ajralishga bo‘lgan munosabatlari:
Ota-onaning ajrashuvi bolani oila
muhitidagi barqarorlikdan, hotirjamlikdan mahrum qiladi. Bola uchun oila – bu xavfsizlik,
qo‘llab-quvvatlash manbai hisoblanadi.
Ajralishni bola ko‘pincha shaxsiy yo‘qotish sifatida qabul qiladi, u onasini yoki otasini
yo‘qotganini his qiladi.
Shuningdek bola ajralishni sabablarini noto‘g‘ri tushunadi yoki noto‘g‘ri talqin qilib
reaksiya bildiradi.
Bola ijtimoiy muhitda ajralgan oila farzandi bo‘lishidan uyaladi, ayniqsa do‘stlari yoki
maktabda boshqa bolalar tomonidan turli bosimlar va munosabatlar kuzatilgan paytda va
`
48
natijada bolalarda keskin reaksiya bildirishlar kuzatiladi. Masalan: umidsizlik, oʻzini yakkalash,
ijtimoiy hayotdan chekinish; – O‘z joniga qasd qilish fikrlari (og‘ir holatlarda).
Shuningdek: avvalgi bosqichlarga qaytish: bola qayta siydik chiqarib qo‘yadi, ona mehrini
doimiy talab qiladi, nutqida orqaga ketish bo‘ladi.
Somatik reaksiyalardan bosh og‘rig‘i, qorin og‘rig‘i, tez-tez kasal bo‘lish;
Uyqu va ishtaha buzilishi kabi holatlar kuzatiladi.
Yuqoridagi holatlar kuzatilayotgan bolalarga psixologik yordam koʻrsatish juda
muhimdir.
Avvalo bolalar psixologi bilan suhbatlar tashkil qilish kerak.
Art-terapiya, biblioterapiya, rolli o‘yinlar orqali emotsiyalarni chiqarib yuborish lozim;
Oilaviy psixoterapiya olib borish kerak: Ajralish jarayonida ota-ona va bolani birgalikda
nazorat qilish.
Bola bilan yakka tartibda ish olib borish katta ahamiyatga ega.
Psixolog yordamida Bolaning salbiy fikr va his-tuyg‘ularini ijobiy yo‘nalishga o‘zgartirish
lozim.
Ajralishning bolalarga ta’sirini yengillashtirish uchun, bolani psixologik zarbalardan
asrash uchun ochiq va samimiy muloqot olib borish kerak
Ota-onalar bolalarga ajralish sabablarini ularning yoshiga mos tilda tushuntirishlari
zarur. Bolalar savollariga ochiq va toʻgʻri javob berishlari juda muhim.
Bolaga o‘z his-tuyg‘ularini ochiq ifoda etish imkoniyati berilishi kerak. Ota-onalar
bolaning psixik holatini inkor etmay, uni qabul qilishlari lozim.
Ajralishdan so‘ng bolalar uchun kundalik tartibni iloji boricha o‘zgartirmaslik, maktab,
do‘stlar va mashg‘ulotlar bilan bog‘liq hayot davomiyligini ta’minlash muhimdir.
Ajralgan ota-onalar o‘zaro munosabatda bolani janjal va nizolardan himoya qilishlari
kerak.
Xulosa qilib aytganda oilaviy ajralish — bolaning psixologik rivojlanishida chuqur iz
qoldiruvchi omildir. Bu holatda faqat ota-ona emas, balki psixologlar, pedagoglar va jamiyat
vakillari hamkorlikda ishlashi bolaning ruhiy holati tomonidan juda muhimdir. Ajralishning
salbiy oqibatlarini yumshatish, bolaning emotsional barqarorligini ta’minlash orqali uning
sog‘lom shaxs sifatida shakllanishiga, turli yomon oqimlarga kirib qolishidan asrashga yordam
berishi mumkin.Bolani ajralish jarayoniga asli tortmaslik undan vositachi sifatida
foydalanmaslik lozim.O‘zaro ota ona munosabatlarida bolani tarafkashlikka majburlamaslik
bolani psixik holati uchun muhimdir.
Ota onalar farzandlariga ajralish sababini yoshiga mos ravishda tushuntirishlari kerak.
Mana shundagina bolani depressiyaga tushib oʻz qobigʻiga oʻralib qolishidan asragan boʻladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mahmudova D. (2021). Oilaviy nizolarning bolalar psixologiyasiga ta’siri. – Toshkent:
“Psixologiya va hayot” jurnali, №2.
2.
Tadjibayeva G‘.X. Bolaning psixik rivojlanishida oilaning o‘rni. – Toshkent: O‘zbekiston
`
49
pedagogika nashriyoti.2020.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi. (2023-yil holatiga ko‘ra). – Toshkent: Adolat
nashriyoti.
4.
Bowlby J. Bog‘lanish nazariyasi asoslari (O‘zbek tarjimasi asosida). – Toshkent:
Psixologiya ilmiy markazi.1988.
5.
Erikson E. (1963). Bola rivojlanishining psixososial bosqichlari. – Tarjima maqola
asosida: “Psixologik meros” jurnali, 2020, №1.
6.
Freud S. (1920). Zavq prinsipidan nariga (psixoanalitik yondashuv sharhi). – Tarjima
asosida: “Psixoanaliz va zamonaviylik” to‘plami, 2021.
7.
Rasulova S. (2020). Ajralish va uning ijtimoiy-psixologik oqibatlari. – Buxoro: Ma’rifat
nashriyoti.