Авторы

  • Mahliyo Xusanova
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti filologiya va tillarni o ‘qitish o‘zbek tili yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.117210

Аннотация

Ushbu maqolada  qadimdan mavjud boʻlgan millat va elatlarning rasm rusumlari va  etnomadaniy muhiti va shakllanish jarayonlarini, etnografizmlarning tarqalish asoslarini va bu borada tadqiqot olib borgan olimlarning fikr-mulohazalari haqida so‘z yuritiladi.


background image

`

39

ETNOGRAFIZMLAR VA ULARNING TILIMIZDA TUTGAN OʻRNI

Xusanova Mahliyo Abdunazarovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar

fakulteti filologiya va tillarni o ‘qitish o‘zbek tili yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

husanovamahliyo582@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15770949

Annotatsiya

: Ushbu maqolada qadimdan mavjud boʻlgan millat va elatlarning rasm

rusumlari va etnomadaniy muhiti va shakllanish jarayonlarini, etnografizmlarning tarqalish
asoslarini va bu borada tadqiqot olib borgan olimlarning fikr-mulohazalari haqida so‘z
yuritiladi.

KIRISH

Qadimda insonlar xalq sifatida shakllanishida bir qancha yo‘llarni bosib o‘tishga to‘g‘ri

kelgan. Turli xildagi bosqinlar, ko‘chishlar va qabul qilingan qonunlar asosida ularning
turmush tarzi, madaniyati shakllanib, o‘zgarib bordi. O‘zbek xalqi etnomadaniy muhitining
shakllanishi va rivojida Surxon vohasi etnografiyasi, folklori va dialektologiyasining o‘rni
beqiyos. Buni so‘nggi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlar natijasi hamda xaqaro tashkilotlar
tomonidan berilayotgan e’tiroflarda ham ko‘rish mumkin. Etnografiyaga oid bilimlar qadim
zamonlardan paydo bo‘lgan bo‘lsada, lekin mustaqil fan sifatida XIX asrning o‘rtalarida
shakllanib bo‘ldi. O‘zbek tilining barcha qatlamlari qatori leksik qatlamlar ustida ham bir
qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Etnografiya yunoncha “etnos- xalq, grapho-yozaman”
tarzida tarixning yordamchi fani sifatida xalqlarning urf-odatlari, xo‘jaligi va madaniyatini
etnik birliklarning turli tiplari ularning kelib chiqishi, turmushi, tarixiy va madaniy
munosabatlarini o‘rganadigan ijtimoiy fan hisoblanadi[32]. Shu bilan birgalikda, Etnografizm-
muayyan xalq yoki ma’lum bir hududda istiqomat qiluvchi etnik guruhlarning madaniyati, urf-
odatlari, etnik qadriyatlari, turmush-tarzi, udum-an‘analari, irim-sirimlari, turli marosimlari
hamda diniy qarashlari bilan bogʻliq boʻlgan narsa yoki voqelikning nomlanishidir.
Etnografiya fani boshqa fanlar singari o‘ziga xos maxsus tadqiqot usllari va maxsus
atamalarga ega. Uning uslubi muayyan dunyoqarash va nazariyalar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z
tadqiqotlarini ayrim fan sohalari jumladan, antropologiya, arxeologiya, lingvistika,
sotsiologiya, san’atshunoslik bilan aloqador holda amalga oshiradi. Mazkur fanlarning o‘zaro
bog‘liqligi sababli keying yillarda qo‘shaloq ilmiy sohalar yuzaga keldi. Masalan,
etnikantropologiya, paleantropologiya, etnolingvistika kabilar. Etnografiya xalqlarning
turmush-tarzi, madaniyatlarini so‘zlarini o‘rganadigan fandir. Demak, etnografiya
o‘rganadigan obyektlar “Etnografizmlar” deyiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Etnografizmlarni ilmiy jihatdan tadqiq etish o‘zbek tili leksik sathini Sistema sifatida

o‘rganish asosan 2000- yillarda kuzatildi. Shuningdek, Surxondaryoning xilma-xil va boy
etnomadaniy yarusini o‘rganish hamda tadqiq etish jarayonida tarixchi va tilshunos
olimlarimiz tomonidan qimmatli ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan. Xususan, K. Shoniyozovning
ma‘lumotlari Suxondaryo hududida yashagan xalqlarning shakllanishiga oid manbalarni
o‘rganish jarayonida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayot - mahalliy aholining etnik
tarkibi, etnomadaniy aloqalari haqida ma’lum ilmiy ma’lumot berishga undaydi. Qadimgi Oks
(Amudaryo) surxon ( chig‘onrud) va Sheroboddaryo o‘zanlarida sak, massagetlar, xioniy,
baxtar, toxar va boshqa xalqlar yashaganligini manbalarda qayd etishadi[117,120].


background image

`

40

Surxondaryo tarixi keng sathda o‘rganib kelayotgan olim Tursunov ham surxon xalqlarining
etnomadaniy turmush tarzi haqida qimmatli fikrlar bildirgan. Oʻrganilgan tadqiqotlar mazkur
hududda chig‘atoy, miyon, qarshilik, turk, toqchi, barlos, qatagʻoni, xataki, laqay, qoʻngʻirot,
juz, qovchin, doʻrmon, nayman, mangʻit, xitoy kabi urugʻlar etnik tojiklar, arablar, hamda
turkman millatiga mansub aholi shu bilan birga kelib Hindistonga borib taqaladigan loʻlilar
istiqomat qilib kelayotganini koʻrsatadi. Bu urugʻlar mushtarak etnomadaniy hayot tarzi va
kundalik hayoti bilan ham farqlanadi[48,50]. Surxondaryo viloyatining turli mintaqalarida,
xususan, choʻl qishloqlaridan tortib, togʻli ovullargacha boʻlgan hududda oʻtkazilgan
etnografik-dialektologik oʻrganishlar davomida urugʻ-qabila, elat nomlari, ularning oʻziga xos
fel-atvori, yashash tarzi, shug’ullanadigan kasbi bilan bog’liq etnografizmlarning ko’plab
uchratasiz. Bundan ma’lum boʻladiki, voha aholisining urugʻ-qabila munosabatlariga oʻziga xos
yondashuvi hudud etnomadaniy hayotida alohida oʻrin tutadi. Vohada boʻlib o‘tadigan turli
xalq o‘yinlarida xususan, Kurash va Koʻpkari musobaqalarida polvon va chopagʻonlarning
qaysi urugʻdan va ovuldan ekanligi surishtiriladi. Har xil urugʻ va ovul vakillari bir-birining ori
uchun oʻzaro kurash tushishadi hamda ot choptirishadi. “Or-nomus uchun kurash bolalikdan
boshlanadi. Qishloq odamlari olchin, togʻchi, paritoʻp, qovchin, go‘rkov, yuz…” deya atalmish
urugʻ-aymoq nomlari, xarakteri, turmush tarzi hamda etnomadaniyatini aks ettiruvchi
etnografik maqol va matallar, aytimlar talaygina. Masalan, “ Qotagʻon ham qotti jov o‘rtadan
juz boʻmasa. Oʻtinding yaxshisi Jonto’ra, xotindning yaxshisi qolmoqda. Urib boʻlmas xoʻjani,
so‘kib bo‘lmas xoʻjan, xudo ursin xoʻjani. Joʻgining yeshshagini suv-lada pulini o. Ot olsang
Oboqlidan ol, xotin olsangiz Irgʻalidan ol” kabi. Surxon vohasida etnomadaniy hayotining
shakllanishi va rivojlanishida hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik,
bogʻdorchilik va boshqa bir qator yashash manbai hisoblangan mashg’ulot turlari katta oʻrin
egallaydi. Bu mashg’ulotlarini aksariyat turlariga bugungi kunda hayot kechirish manbai
sifatida emas, balki qadriyat sifatida qaralmoqda[12]. Misol tariqasida aytish mumkinki,
oʻtovlardan oʻtgan asrning 70-80 yillarigacha voha chorvadorlari keng foydalanishgan hamda
oʻtovsozlik yaxshi rivojlangan. Uning qismlari bilan bog’liq holda oʻsha davrda dialekt sifatida
tasniflangan bo‘lsada, hozir etnografizm hisoblanadi. Bu kabi etnografizmlarga temirchilik,
boʻyrachilik, gilamdoʻzlik, kigiz to‘qish, chirozchilik, quroqchilik, kashtachilik va
boshqalar.Vohada chorvachilik alohida ahamiyat kasb etadi. Aytish mumkinki, voha
etnomadaniy hayotini chorvasiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Hududda chorvadorlar va ularning
faoliyati bilan bog‘liq koʻplab termin, atama, ibora va matallar, maqol hamda aytishuvlar, irim-
sirim bilan bog‘liq etnografizmlarni uchratamiz. Misol uchun, Hut keldi kadi-kadi sut keldi.
Shishak soyding pishak soyding, qoʻy soʻyib mardlik qilding, kallapocha qoʻyib nomardlik.
Tuvacha, toʻla, shishak, axta, tusoq, koʻrgʻoʻza, quvushquloq, oqshoq, gadigoʻy, kuyunki,
gambik, toʻqli, digil, sangach, chibich, shovuloq, joʻlpin, moltoyoq, dagar, toʻshayil, qoʻm,
bostirma, qoʻshxona, qoʻra, qo‘ton, chagana, moshiq, choʻpanpichaq kabilar[49,50]. Tilda bu
soʻzlarning muqobili yoʻq. Bular lakunalar hisoblanadi. Lakuna so‘zi alohidalik, ekvivalentiga
ega emas degan ma’nolarni bildiradi[41]. Etnografizmlar orasida voha ichida o‘tkaziladigan
quda-andachilik, qoʻshnichilik, qarindosh-urugʻchilik odatlari alohida oʻrin tutadi. Quda-
andachilik bilan bog‘liq rasm-rusumlar masalan, “bir-biriga ataldi”, “ quloqtishlatar”, “belgi
qilib qoʻymoq”, “ beshikkerti”, “ roʻmol boʻylamoq”, “la‘li bermoq”, “ qoyillashmoq” kabi
odatlar unashtirilganlik belgisi sifatida talqin qilingan. Katta bo‘lgach yoshlar shu qadriyat


background image

`

41

boʻyicha turmush qurishgan[47,48]. Oʻzbek tilshunosligida dialektologik tadqiqotlar doirasida
etnografizmlar qisman o‘rganilgan va bu borada tadqiqotlar davom etmoqda. XX asrning
boshlarida bir guruh tilshunos va tarixchi olimlar tomonidan etnodialektal va etnografik
sohalarga oid qator izlanishlar olib borildi. Xususan, V. Bortold, L. Oshanin, A. Borovkov,
Polivanov, V. Reshetov kabi olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda oʻzbek
xalqining etnografiyasi, jonli so’zlashuv tili, urf-odatlari va madaniyati haqida qimmatli
ma’lumotlar berilgan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib oʻzbek olimlari tomonidan
etnografizmlar tadqiqotga oid ilk ishlar ko‘zga tashlana boshladi. Hududiy etnografizmlarni
yigʻish va ularni tavsiflash borasida oʻsha davrda qator olimlarning xizmatlari ahamiyatli
bo‘ldi. Sh. Abdurahmonov, A. Ishayev, A. Shermatov, X. Doniyorov, F. Abdullayev va yana
boshqa o‘nlab olimlar oʻz tadqiqotlarida mahalliy dialektlarni oʻrganish asnosida etnografik
leksemalarga ham ma’lum darajada murojaat qilganligidan guvoh bo’lamiz. Surxon
shevalarini tadqiq etgan olim S. Rahimov oʻz ilmiy ishida etnografik leksemalarni quyidagi
oltita mavzuviy guruhga ajratadi: “ qarindoshligini bildiruvchi, odam uzvini ifodalovchi, uy-
roʻzgʻor buyumlarini ifodalovchi, oziq-ovqatga oid so’zlar, chorvachilik va u bilan bog’liq
boʻlgan soʻzlar hamda etnografiyaga oid soʻz va terminlar”. Ma’lumki oʻzbek xalqi o‘zining
murakkab etnik tarkib, xilma-xil urf-odat va marosimlarida boyligi hamda sershevaligi bilan
boshqa turkiy xalqlardan ajralib turadi. Tilshunos olim K. Marqayevning ma’lumotlariga koʻra.
“ Oʻzbek xalqining millat boʻlib uyushishida ko’pgina etnik guruhlarning ishtirok etgani
ma’lum. Oʻzbek millati etnik tarkibining serqirra va murakkabligi bilan boshqa turkiy
xalqlardan ajralib turadi. Bu hol o’zbek tilining koʻp shevali til boʻlishiga ham asos boʻlgan. Bu
shevalar O‘zbekiston hududida va undan tashqarida yashovchi turli etnoslarning mahalliy tili.
Etnonimlarni tadqiq qilish mana shu lahza va shevalar tarkibida va lisoniy xususiyatlari
haqida yanada batafsilroq ma’lumot olishga ko‘maklashadi”.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Etnografizmlar bevosita xalq ogʻzaki ijodi bilan bog‘liq. Folklorning asosiy negizni tashkil

etuvchi, Alpomish, Kuntugʻmish, Ravshan, Goʻroʻgʻli kabi dostonlar xalqning og‘izdan og‘izga
oʻtib kelayotgan merosi namunasi hisoblanadi. Folklorshunos olim M. Joʻrayev “Alpomish”
dostonini oʻzbek xalqining ko‘hna marosimlarida, urf-odatlari va tabularining qomusi deb
atadi”[13,137]. Bu birliklarni oʻrganish maxsus tadqiqotlarni talab etishini ta’kidlaydi. Shu
o‘rinda B. O‘rinboyning dostonlari etnografizmlarga bagʻishlangan ishi e’tiborlidir[14,52].
Etnografizmlarning lingvokultrologik tomonlariga e’tibor qaratish til va madaniyat uyg’unligi
tekshirish xalq madaniyatining asl mohiyatini ochish imkonini beradi. M. Joʻrayev dostonda
uchragan marosim nomlarini qo‘llanishiga koʻra maishiy turmushda ijro o‘rniga ega boʻlgan
eposda ham badiiy aks etgan va maishiy turmushda ijro oʻrni unitilib, badiiy holatga ko‘chgan
marosimlar sifatida oʻrganish kerakligini yozadi[12,138]. Qiziqarli tomoni shundaki,
dostonlari ko‘pgina enografizmlar hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Biz oʻrganayotgan
doston variantlarida suyunchi, beshikkerti, to’qqiz tovoq, qiz ob qochdi, vakil, kampir oʻldi, it
irillar, igna koʻrsatdi, oyna tutdi, qiz soʻylatar, yuz ochar kabi etnografizmlar uchraydi. Bu kabi
etnografizmlar qadimdan hozirgacha kundalik hayotimizda saqlanib qolganini guvohi
boʻlishimiz mumkin.

Xulosa oʻrnida aytish kerakki, etnografizmlar milliy madaniyatimizning koʻzgusi

hisoblanadi. Bu orqali xalqimizning udum-analalari hamda barcha millat va elatlarning


background image

`

42

turmushda tarzi, rasm-rusumlari aniqlanadi. Qisqa qilib aytganda, etnografizmlar milliy
qadriyatlarimizning asosiy negizni tashkil qiladi va biz uchun juda ham muhim manba
hisoblanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdiyev. A. “Alpomish dostoni tilning leksik, semantik va stilistik xususiyatlari” Nukus,

2007
2.

Mahmud Sattor. “Oʻzbek udumlari”. Toshkent, Cho’lpon 2007

3.

Rahmonov. B. “Surxondaryo etnografizmlarining lingvomadaniy tadqiqi”. Termiz 2024

4.

Tursunov. S. Qobilov. E. Murtazov. B. “Surxondaryo tarixi” Toshkent 2004y

5.

Togʻay Murod. “Yulduzlar mangu yonadi”. Toshkent, 2019

6.

Jabborov. I. “Oʻzbek xalqimizning etnografiyasi” Toshkent,1994.

7.

Xudoyberganova. D. “Lingvokultrologiya terminining qisqacha izohli lug’ati” Toshkent,

Turon zamin ziyo,2015.

Библиографические ссылки

Abdiyev. A. “Alpomish dostoni tilning leksik, semantik va stilistik xususiyatlari” Nukus, 2007

Mahmud Sattor. “Oʻzbek udumlari”. Toshkent, Cho’lpon 2007

Rahmonov. B. “Surxondaryo etnografizmlarining lingvomadaniy tadqiqi”. Termiz 2024

Tursunov. S. Qobilov. E. Murtazov. B. “Surxondaryo tarixi” Toshkent 2004y

Togʻay Murod. “Yulduzlar mangu yonadi”. Toshkent, 2019

Jabborov. I. “Oʻzbek xalqimizning etnografiyasi” Toshkent,1994.

Xudoyberganova. D. “Lingvokultrologiya terminining qisqacha izohli lug’ati” Toshkent, Turon zamin ziyo,2015.