Авторы

  • Mashhura Po’latova
    Alfraganus univeriteti “Sharq filologiyasi “ fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2-kurs talabasi
  • N. Mamajonova
    Alfraganus univeriteti Ilmiy rahbar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.117215

Ключевые слова:

sifat asliy va nisbiy sifat tub sifat yasama sifat qo'shma sodda juft takror sifat xususiyat bildiruvchi sifat holat bildiruvchi sifat.

Аннотация

Ushbu ilmiy maqola o'zbek tilida sifat so'z turkumining o'rganilish jihatlari yuzasidan bir qancha olimlarimizning sifat so'z turkumi doirasidagi fikr va mulohazalari tahliliga bag'ishlanadi.


background image

`

33

SIFAT SO'Z TURKUMINING QIYOSIY TAHLILI

Po’latova Mashhura Bahodir qizi

Alfraganus univeriteti

“Sharq filologiyasi “ fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2-kurs talabasi

e-mail.mashhurapolatova9@gmail.com

N.Mamajonova

Ilmiy rahbar

https://doi.org/10.5281/zenodo.15770422

Annotatsiya

:Ushbu ilmiy maqola o'zbek tilida sifat so'z turkumining o'rganilish jihatlari

yuzasidan bir qancha olimlarimizning sifat so'z turkumi doirasidagi fikr va mulohazalari
tahliliga bag'ishlanadi.

COMPRAVITE ANALYSIS OF A CLASSUM QUALITY

Annotation

: About the views and opinions of several schoolars on the study of the

adjective word class in the uzbek language.

Kalit so'zlar

: sifat,asliy va nisbiy sifat, tub sifat, yasama sifat, qo'shma, sodda, juft, takror

sifat, xususiyat bildiruvchi sifat, holat bildiruvchi sifat.


Otga bog'lanib,uning belgisini bildiradigan va "qanday?" , "qanaqa?" so'roqlariga javob

bo'ladigan so'zlarga sifat deyiladi.Sifatlar tarkibiga ko'ra tub va yasama sifatlarga
bo'linadi.Tarkibida so'z yasovchi qo'shimchalar bo'lmagan sifatlar tub sifatlar,asos va so'z
yasovchi qismdan iborat bo'lgan sifatlar yasama sifatlar hisoblanadi.Yasama sifatlar asosga
qo'shimchalar qo'shish yoki so'z qo'shish yo'li bilan hosil qilinadi.-li,-ser,-dor,-siz,no-,-chan,-
ma,-iy(-viy) kabı qo'shimchalar sifat yasovchi qoʻshimchalar hisoblanadi.-li,-dor,ba-,-ser,-mand
qo'shimchalari asosda ifodalangan belgiga egalikni bildiradi.Bu qo'shimchalar (-mand
qo'shimchasidan tashqari)asosda ifodalangan belgiga ega emaslikni bildiruvchi no-, -siz,
be- qoʻshimchalari bilan zid ma'nolidir.-gi(-ki,-qi,)qo'shimchasi payt va o'rin bildiruvchi
otlarga qo'shilib,payt va o'ringa xos belgini, -simon qo'shimchasi o'xshashlik belgisini,-(v)iy
qoʻshimchasi xoslik belgisini bildiruvchi sifatlar yasaydi.Sifatlar tuzilishiga ko'ra: sodda,
qo'shma, juft,takroriy bo'ladi.Bir asosdan iborat bo'lgan sifatlar sodda sifatlar sanaladi.Ikki va
undan ortiq asosdan tarkib topgan sifatlar qo'shma sifatlar deyiladi.Qo'shma sifatlar,
asosan,qo'shib yoziladi. O'zaro yaqin va zid ma'noli ikki asosning juft kelishidan hosil bo'lgan
sifat juf sifat hisoblanadi.Juft sifat qismlari chiziqcha bilan yoziladi.Juft sifat qismlari -u,-yu
vositasida bog'lansa,ular ajratib yoziladi:yakka-yu yagona.Bir asosning aynan takrorlanishidan
hosil bo'lgan sifatlar takroriy sifat sanaladi.Takroriy sifatlar belgini ta'kidlab,kuchaytirib
ifodalaydi. Takroriy sifat qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi.Sifatning to'rta darajasi bor
bular:1)oddiy daraja,2)qiyosiy daraja,3)orttirma daraja,4)ozaytirma daraja.Belgining odatdagi
me'yorda ekanligini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun asos bo'lib xizmat qiluvchi sifat
shakli oddiy daraja shakli deyiladi.Belgining me'yordan ortiq ekanligini bildirgan sifat shakli
orttirma daraja shakli deyiladi.Sifatning orttirma daraja shakli quyidagi yo'llar bilan hosil
bo'ladi:

1)oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan eng, g'oyat, juda, nihoyatda, bag'oyat so'zlari

keltiriladi: juda qizil, g'oyat shirin.


background image

`

34

2)oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo'g'ini tovush o'zgarishi bilan takrorlanadi:

bus-butun,kap-katta,to'ppa-to'g'ri.

Belgining me'yordan biroz oz yoki ko'p ekanligini qiyosang ifodalaydigan sifat shakli

qiyosiy daraja shakli deyiladi. Qiyosiy daraja shakli -roq qo'shimchasi yordamida yasaladi.
Beligining me'yordan kam ekanligini bildiruvchi shakl sifatning ozaytirma daraja shakli
hisoblanadi. Ozaytirma shakl sifatning oddiy daraja shakli oldiga sal, biroz, picha, xiyla, nima
so'zlafini qoʻshish oraliq hosil qilinadi.Rang-tus bildiruvchi ayrim sifatlardan -(I)mtir,-ish
qoʻshimchalari yordamida ham ozaytirma daraja shakli yasaladi.Sifatlar qanday belgini
ifodalashiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi: 1)xususiyat sifatlari; 2)rang-tus sifatlari;
3)maza-ta'm sifatlari; 4)hajm-o'lchov sifatlari; 5)hid bildiruvchi sifatlar; 6)makon-zamon
sifatlar.

Qalandar Sapayev sifat so'z turkumi bo'yicha quyidagi fikrlarni ilgari suradi: Predmetning

belgisini bildiruvchi mustaqil so'zlar sifat deyiladi:masalan yaxshi yigit,kamtar qiz.Sifatlar
belgini o'zichaa ayrim olingan holda bildirmasligini,balki borliqdagi u yoki bu narsa va
hodisalarga tegishli holda anglatishini aytib o'tadi.Shuning uchun sifat,odatda,narsa va
hodisalarning nomi bo’lmish otlarni aniqlab keladi:kuzgi shamol,aqlli bola,malla soch kabi.Sifat
odatda otga bog’lanib keladi,uning biron belgisini aniqlashga xizmat qiladi.Ba’zan ot so’z ham
hech qanday morfologik belgisiz sifatlovchi boʻlib keladi.Lekin belgi ma’nosini anglatib kelgan
bunday ot tamoman sifat turkumiga o’tib ketmaydi,balki ot turkumi doirasida
qoladi.Masalan:tosh yo’l,taxta ko’prik,oltin soat,atlas ko’ylak , kumush qoshiq kabi.O’zbek tilida
sifat boshqa so’z turkumlaridan o’ziga xos ma’nosini,maxsus sifat yasovchi affikslar ha va shakl
yasovchi affikslarga ega ekanligi bilan farqlanib turadi.Grammatik jihatdan narsa belgisini
boshqa narsa belgisi bilan qiyoslab,darajalab ko’rsatish yoki narsa belgisini kuchaytirib va
kamaytirib ko’rsatish xususiyatiga ega.Masalan:katta-kattaroq,eng katta,ko’k-ko’kroq,eng
ko’k,ko’kimtir.Sifatlat ko’pincha sifatlovchi vazifasida keladi:Masalan:Ochil buva o’tkir,qora
ko’zli,serqosh,chiroyli yigit bo’lgan.Bundan tashqari kesim,hol vazifasida ham keladi.Masalan:
Xo’jalik madaniyatning,madaniyat xo’jalikning yana chiroyliroq,kuchliroq gullashiga sababchi
bo’ladi.Sifat otlashib kelganda gapda ega,to’ldiruvchi va qaratiqchli aniqlovchi vazifasida keladi.
Masalan: Yomonning yaxshisi bo’lguncha, yaxshining yomoni bo’l.Sifatlar anglatgan ma’nolatga
ko’ra bir xil emas.Ba’zi sifatlar bevosita,to’g’ridan-to’g’ri narsa belgisini ko’rsatsa, ba’zilari esa
belgi ma’nosini bir narsaning boshqa narsaga munosabatiga ko’ra anglatadi. Belgini bevotisa
anglatadigan sifatlarga asliy sifat deyiladi. Masalan:oq,qizil,sariq,pushti.

Belgini bir narsaning boshqa narsaga bo’lgan munosabatiga ko’ra anglatadigan sifatlarga

nisbiy sifat deyiladi. Nisbiy sifat maxsus so’z yasovchi affiks vositasida boshqa so’z
turkumlaridan yasaladi. Masalan:bilimli qiz,tonggi shabada , suvsiz yer.

Nisbiy sifatda yasash asosidan anglashilgan narsaga xoslanganlik, qiyoslash, o’xshatish,

o’rin yoki paytga nisbatlash kabi ma’nar ifodalanadi, sifat yasovchi affiks go’yo ikki narsa
orasidagi munosabatlarning ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. Masalan:kechagi kun,mevali
daraxt,qadimgi tarix,harbiy unvon.

Nisbiy sifatlar ma’no jihatdan belgini:
1)narsaga nisbat berish bilan ifodalaydi:g’ayratli kishi,ilmiy ish kabi.
2)vaqtga nisbat berish bilan ifodalaydi:kuzgi shamol ,hozirgi zamon kabi.
3) o’ringa nisbat berish bilan ifodalaydi:Toshkentlik yigit,shaharlik talaba.


background image

`

35

Sifatlar narsaning belgi- xususiyatini turli nuqtai nazardan anglatishi mumkin.Bu belgilar

bevosita insonga yoki borliqdagi jonli va jonsiz narsalarga tegishli bo’lishi mumkin.Sifatlat shu
xususiyatiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

a)narsaming rangini,tusini bildiruvchi sifatlar:qizil,sariq,oq.
b)narsa yoki shaxsning xususiyatini bildiruvchi sifatlar:kamtar,sho’x,tetik,xasis.
v)narsaning shakl ko’rinishini,hajm-o’lchovini bildiruvchi sifatlar:novcha,oriq,egri,tor.
g)narsa yoki shaxsning holatini bildiruvchi sifatlar:shod,xursand,goʻzal ,eski,quruq.
e)narsaning vaqti va o’rni belgisini bildiruvchi sifatlar:qadimgi,bugungi,devoriy ,avvalgi.
j)narsaning hidini bildiruvchi sifatlar:xushbo’y,sassiq,qo’lansa
z)narsaning vaznini bildiruvchi sifatlar:og’ir,yengil,zildek.
Sifatlar otga bog’lanib, narsaga xos belgini bildiradi.Ammo ba’zan fe’lga bog’lanib,

harakatning belgisini bildiradi va gapda hol vazifasida keladi. Masalan: Bir narsani qadrlash
uchun uni avval yaxshi bilish kerak.

R.Sayfullayeva boshqa so’z turkumi ham belgi ifodalaydi.Ammo sifat barqaror va turg’un

belgi ifodalashi jihatidan ulardan ajralib turishini aytib o’tgan.Masalan:Gul qizil deganda
turg’un belgi,Gul qizardi deganda esa o’zgaruvchi belgi namoyon bo’lgan.Sifat anglatgan belgi
boshqa turkum anglatadigan belgidan xususiyati bilan farqlanadi. Masalan:qizg’ish – qizil –qip-
qizil.Boshqa turkum anglatuvchi belgida esa bunday xususiyat yo’q.Shu asosda sifatning UGM
sini “asosan predmetning,qisman harakatning belgisini bildirib,gapda asosan sifatlovchi
aniqlovchi,ba’zan kesim,ayrim hollarda hol vazifasida kelish”ko’rinishida tiklash mumkin.Belgu
tushunchasi o’z ichiga rang-tus,hajm-shakl,xarakter,vazn,maza kabini qamrab oladi.Belginung
xususiyatiga ko’ra sifat ikkiga bo’linadi: asliy va nisbiy sifat.Asliy sifat predmetning turgʻun,
nisbatlanmaydigan va darajalanadigan belgisini ifodalaydi: qizil, katta, ko’p,oz

Nisbiy sifatlar belgini qandaydir bir predmet,belgi,miqdor,o’rin va harakatga nisbatan

ifodalaydi:moddiy yordam,siniq piyola.Nisbiy sifatda darajalanish,qiyoslanish bo’lmaydi.Lekin
u daraja belgisiga ega bo’lgan ravishdan asosan predmet belgisini bildirishi bilan farqlanadi.

Darslik va qo’llanmalarda sifatning 9 ta LMG si ajratiladi:
1) Xususiyat bildiruvchi sifat.
2)Holat bildiruvchi sifat.
3)Shakl bildiruvchi sifat.
4)Rang-tus bildiruvchi sifat.
5)Maza-ta’m bildiruvchi sifat.
6)Hid bildiruvchi sifat.
7)O’lchov bildiruvchi sifat.
8)O’rin bildiruvchi sifat.
9)Payt bildiruvchi sifat.
Xususiyat bildiruvchi sifat narsa mavjudotning xarakter-xususiyatini ifodalashda ko’p

qo’llanadi:yoqimtoy,badjahl,muloyim.

Holat bildiruvchi sifat narsa mavjudotning holat va vaziyatini turgʻun belgi sifatida

ifodalaydi. Holat bildiruvchi sifat o’z o’rnida hana ichki guruhlarga bo’linadi:

1)tibiiy holat bildiruvchi sifat:go’zal,bukri,cho’loq;
2)jismoniy holat bildiruvchi sifat:bardam,baquvvat,yosh;
3)ruhiy holat bildiruvchi sifat:xafa,ma’yus,shod;


background image

`

36

4)iqtisodiy holat bildiruvchi sifat:boy,badavlat,nochor;
5)harorat holatini bildiruvchi sifat:iliq,salqin,issiq;
6)tozalik holatini bildiruvchi sifat:kir,ozoda,musaffo;
7)eskilik,yangilik holatini bildiruvchi sifat:eski,ko’hna,juldur;
8)ho’l-quruqlik holatini bildiruvchi sifat:ho’l,nam,quruq;
9)tinch va notinch holatni bildiruvchi sifat:bezovta, jim,osuda;
10)etilganlik holatini bildiruvchi sifat:xom,puxta ,pishiq;
Shakl bildiruvchi sifat narsa predmetning tashqi koʻrinishini ifodalaydi: novcha, yassi,

uzunchoq.

Rang-tus bildiruvchi sifat:oq,qora.
Maza-ta’m bildiruvchi sifat:taxir,nordon.
Hid bildiruvchi sifat:xushbo’y,badbo’y.
O’lchov bildiruvchi sifat:keng,uzun,tor
O’rin bildiruvchi sifat:ichki,tashqi,qishloqi.
Payt-bildiruvchi sifat:kuzgi,chillaki,ertapishar.

Xulosa.

Biz ushbu maqolamizda sifat so’z turkumi borasidagi ikki olimimizning turli xil

qarashlarini ko’rib chiqdik.Bundan ko’rinadiki,Ra’no Sayfullayeva darslik va qo’llanmalardagi
singari sifatni 9 ta LGM ga ajratib o’rgangan hamda sifatni barqaror va turg’un belgi ifodalashi
jihatdan ulardan ajralib turishini aytib o’tgan. Qalandar Sapayev esa R.Sayfullayevadan farq
qilgan holda sifat belgini o’zichaa ayrim olingan holda bildirmasligini, balki borliqdagi u yoki
bu narsa hodisalarga tegishli holda anglatishini aytib o’tgan va nisbiy sifatlarni o’z navbatida 3
ta narsaga nisbat berib ifodalagan..

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyev “Ona tili 6 darslik” Toshkent 2017.133-

152-bet.

2.

Q.Sapayev “Hozirgi o’zbek tili” o’quv qo’llanma Toshkent 2009 94-96-bet.

3.

R.Sayfullayeva, Mengliyev B.R, Raupova L.R, Abuzalova M.Q , Yo’ldosheva D.N “Hozirgi

oʻzbek tili” Toshkent 2021 226-227-bet.

Библиографические ссылки

N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyev “Ona tili 6 darslik” Toshkent 2017.133-152-bet.

Q.Sapayev “Hozirgi o’zbek tili” o’quv qo’llanma Toshkent 2009 94-96-bet.

R.Sayfullayeva, Mengliyev B.R, Raupova L.R, Abuzalova M.Q , Yo’ldosheva D.N “Hozirgi oʻzbek tili” Toshkent 2021 226-227-bet.