`
22
ANDIJON VILOYATI SHAROITIDA INGICHKA TOLALI TUT IPAK QURTI
(BOMBYX MORI L.) SANOAT DURAGAYLARINI SAMARALI PARVARISHLASH
AGROTEXNIKASI VA UNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Muzaffar Alimqulov
doktorant (PhD)
Jaloliddin To‘ychiev
q.x.n., dotsent
Ergashali Asronov
katta o‘qituvchi
Soliyeva Madina
katta o‘qituvchi
Andijon qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalar instituti
Ulug‘bek Aqilov
q.x.f.f.d. (PhD),
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15761744
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Andijon viloyatining agroekologik sharoitida sanoat ahamiyatiga ega
ingichka tolali tut ipak qurti (Bombyx mori L.) duragaylarining biologik va texnologik
ko‘rsatkichlari 3 yil davomida o‘tkazilgan laboratoriya tajribalari asosida tahlil qilingan.
Tadqiqotda “Mayin tola-1”, “Mayin tola-2”, “Navbahor-1”, “Navbahor-2” hamda nazorat sifatida
“Yapon × Xitoy” duragaylari parvarishlanib, ularning hayotchanligi, ipakchanligi va ozuqadan
foydalanish samaradorligi baholandi. Olingan natijalarga ko‘ra, “Mayin tola-1” va “Navbahor-2”
duragaylari yuqori biologik barqarorlik va pilla hosildorligi bilan ajralib turgani aniqlandi.
Shuningdek, kichik yoshdagi ipak qurtlarini plyonka ostida parvarishlash agrotexnikasining
takomillashtirilgan usuli pilla mahsuldorligini oshirish hamda tut bargidan foydalanish
samaradorligini yaxshilashga xizmat qilishi isbotlandi.
Kalit so‘zlar:
tut ipak qurti, duragay, ekologik moslashuv, pilla sifati, agrotexnika,
Annotation
In this article, a thin-fiber mulberry silkworm of industrial importance in the
agroecological conditions of the Andijan region (Bombyx mori L.) biological and technological
indicators of hybrids were analyzed on the basis of laboratory experiments conducted over 3
years. The study looked after” fine fiber-1“,” fine fiber-2“,” Navbahor-1“,” Navbahor-2“, as well
as” Japanese × Chinese " hybrids as controls, assessing their viability, silkiness and effectiveness
in using feed. According to the results obtained, it was found that the hybrids “tender fiber-1”
and “Navbahor-2” are distinguished by high biological stability and cocoon yield. It has also
been proven that an improved method of agrotechnics for the care of small-aged silkworms
under a film serves to increase the productivity of sawdust as well as improve the efficiency of
the use of mulberry leaf.
Kirish
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoatini sifatli xomashyo bilan
ta’minlash maqsadida ipakchilik tarmog‘ini modernizatsiya qilish, intensiv rivojlantirish va
eksportbop mahsulotlar yetishtirishga qaratilgan izchil islohotlarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-maydagi PF-72-sonli «Pilla
yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo‘yicha
`
23
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi farmoni, 2023-yil 24-fevraldagi “Ipakchilik
tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ–73-son qarorida
belgilangan ustuvor yo‘nalishlar buni yaqqol tasdiqlaydi.
Ushbu hujjatlarda ipak qurti parvarishlash texnologiyalarini takomillashtirish, pillaning
sifat va texnologik ko‘rsatkichlarini oshirish, resurslar samaradorligini ta'minlash bo‘yicha aniq
vazifalar belgilab berilgan.
Adabiyotlar tahliliga ko’ra tut ipak qurtining kichik yosh davrlarida (I–IV yosh) plyonka
ostida parvarishlash texnologiyasi orqali maqbul gigrotermik muhit yaratilganda tut bargining
tez qurishi oldi olinadi, ozuqa sarfi keskin kamayadi va lichinkalarning bir tekis rivojlanishi
ta'minlanadi. Bu usulda barg berish soni kuniga 8–10 martadan 3–4 martagacha kamayib, hosil
bo‘lgan pillalar sifati va navdorligi oddiy usul bilan boqilgandagiga nisbatan 6–8 % ga oshishi
aniqlangan [1].
Boshqa ilmiy tadqiqotlarda ipak qurtining hayot siklini qisqartirish maqsadida olib
borilgan seleksiya ishlari samaradorligi tahlil qilingan. Jumladan, Liniya 42 va Liniya 101/1
tizimlarida o‘ralgan pillalar og‘irligi 1,76–1,95 g ni, ipak chiqimi esa 22,1–23,6 % ni tashkil
etgan bo‘lib, bu xorijiy zotlarga nisbatan sezilarli ustunlikni ko‘rsatadi [2].
Bundan tashqari, lichinkalik davr davomiyligi bilan xo‘jalik belgilari o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik o‘rganilgan tadqiqotlarda lichinkalik davr uzaygani sari pillaning og‘irligi va
kapalaklarning pushtdorligi ortishi, biroq tuxumdan chiqish va hayotchanlik
ko‘rsatkichlarining pasayishi kabi qarama-qarshi bog‘liqliklar aniqlangan [3].
Tajriba ma’lumotlari asosida plyonka ostida yaratilgan optimal muhitda ipak qurti
parvarishlanganda namlik 80–90 %, harorat esa 22–25 °C bo‘lgan. Bu sharoitda barg berish
chastotasi va miqdori kamaygani holda yemning hazm bo‘lishi va biologik konversiyasi yuqori
bo‘lgan. Natijada, bir quti urug‘dan 54 kg gacha navli pillalar olinib, navdorlik darajasi 90–95 %
ni tashkil etgan. Ish unumdorligi esa an’anaviy usulga nisbatan ikki barobar yuqori bo‘lganligi
aniqlangan [4].
Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tut ipak qurtini plyonka ostida maqbul agroiqlim
sharoitida parvarishlash texnologiyasi kichik yosh lichinkalarda barqaror rivojlanish, ozuqa
resurslaridan samarali foydalanish, yuqori sifatli pilla yetishtirish va umumiy hosildorlikni
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, seleksiya ishlari va biologik belgilarni
chuqur o‘rganish asosida yuqori mahsuldor, sanoatbop duragaylarni aniqlash imkonini beradi.
Ushbu holatlar Andijon viloyati sharoitida tut ipak qurti yetishtirish agrotexnikasini
takomillashtirish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Tadqiqot materiali va uslubiyoti
. Tadqiqot ishlari 2022–2025 yillar davomida Andijon
viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani hududida joylashgan ipakchilik klasteri bazasida olib borildi.
Tajribalar uchun Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan yuqori sanoat ahamiyatiga ega
duragaylar — “Mayin tola-1”, “Mayin tola-2”, “Navbahor-1” va “Navbahor-2” tanlab olindi
hamda ular “Yapon × Xitoy” duragayi bilan nazorat guruhi sifatida solishtirildi.
Parvarishlash jarayonida ipak qurti lichinkalarining I–III yosh bosqichlarida optimal
gigrotermik sharoitni yaratish maqsadida qurtlar namlangan mato ustiga yopilgan plyonka
ostida boqildi. Tajriba davomida tut barglari qurtlarga kuniga to‘rt mahal — 07:00, 11:00, 15:00
va 19:00 da berildi. Har bir barg berilgach, so‘rilarning chetlari va ustki qismlariga xona
haroratidagi suv bilan mato namlangach solinib, ustidan to‘liq yopuvchi plyonka bilan qoplandi.
`
24
Bu usul orqali boqish hududida barqaror namlik (85–90%) va salqin harorat (22–24 °C)
saqlanib turildi. Namlangan matoning ta’sirini kuchaytirish maqsadida bo‘sh idishlarga suv
to‘ldirilib, namlikni uzoqroq saqlab qolishga erishildi.
Uchinchi yoshning birinchi kunida har bir guruhdan 220 donadan ipak qurti lichinkasi
tanlab olinib, alohida kuzatuvga olindi. Ushbu usulda boqish uchinchi yoshning oxirgi kuni va
to‘rtinchi yoshning birinchi kunigacha davom ettirildi. To‘rtinchi va beshinchi yosh
bosqichlarida esa qurtlar ochiq usulda, ipak qurti uchun me’yorlangan mikroiqlim (harorat 24–
26 °C, namlik 75–80%) sharoitida, xuddi yuqoridagi vaqt intervalida barg bilan oziqlantirildi.
Tadqiqot natijalari va ularning tahlili
Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi — tut ipak qurtining kichik yosh lichinkalarini
optimal agroiqlim sharoitida parvarishlash orqali tut bargi sarfini kamaytirish, ozuqa
resurslaridan tejamli foydalanishni ta’minlash hamda yuqori sifatli va navli pilla yetishtirish
imkoniyatlarini aniqlashdan iborat bo‘ldi.
Olib borilgan tajriba kuzatuvlari shuni ko‘rsatdiki, lichinkalarning I–III yosh bosqichlarida
plyonka ostida, namlangan mato yordamida yaratilgan barqaror mikroiqlim sharoiti tut
bargining so‘lishini oldini olishga xizmat qildi. Bunda kunlik barg berish chastotasining 8–10
martadan 3–4 martagacha kamayishi hisobiga ozuqa sarfi 20–25% ga tejaldi. Natijada,
qurtlarning bir tekis rivojlanishi, hayotchanlik ko‘rsatkichlarining oshishi, kasalliklarga
chidamliligi va umumiy biologik rivojlanish jarayoni barqaror kechganligi kuzatildi.
Shuningdek, pilla hosildorligi va texnologik ko‘rsatkichlari ham nazorat guruhiga
nisbatan yuqori bo‘ldi. Ayniqsa, “Mayin tola-1” va “Navbahor-2” duragaylari yuqori biologik
faollik, pilla og‘irligi, navdorligi va ipak chiqimi bo‘yicha ustunlik ko‘rsatdi. Ushbu natijalar
plyonka ostida parvarishlash texnologiyasi kichik yoshdagi ipak qurtlari uchun nafaqat ijobiy
mikroiqlim yaratishini, balki xo‘jalik samaradorligini oshirishda ham muhim omil ekanini
tasdiqlaydi.
Tajriba natijalari tafsilotlari 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Barg tanqisligida yangi texnologiya asosida boqilgan ingichka tolali ipak qurti
duragaylari o‘ragan pillalarning biologik ko‘rsatkichlari
T/r
Tut ipak qurti
duragaylari
Tajriba
olib
borilgan
yillar
Qurtlarning
hayotchanligi
%
O‘rtacha og‘irligi
Pillaning
ipakchanligi,
%
Pilla, g
Pilla
qobig‘i,
mg
1
Mayintola-1
2023 y
93,2
2.06
433
21.3
2024 y
91,8
1,96
468
23,9
2025 y
96,4
2,10
495
23,6
O`rtacha
93,8
2,04
465,3
22,9
2
Mayintola-2
2023 y
94,1
1.76
410
22.7
2024 y
90,9
2,06
431
20,9
2025 y
96,2
2,02
450
22,3
O`rtacha
93,7
1,95
430,3
22,0
3
Navbahor-1
2023 y
92,3
1.83
420
22.6
`
25
2024 y
90,0
1,96
433
22,1
2025 y
90,0
1.76
421
22.6
O`rtacha
90,7
1,85
424,6
22,4
4
Navbahor-2
2023 y
90,1
1.76
433
24.6
2024 y
93,2
1,76
421
23,9
2025 y
95,5
2,05
480
23,4
O`rtacha
92,9
1,86
445
23,9
5
Yapon x Xitoy
(Qiyoslovchi)
2023 y
87,7
1.82
375
20.6
2024 y
90,0
1,96
402
20,5
2025 y
91,8
1.66
333
20.1
O`rtacha
89.8
1,81
370
20,4
1-jadvalda tahlillar shuni ko‘rsatadiki, parvarishlashda qo‘llangan usul qurtlarning
hayotchanligi, pilla og‘irligi, ipak qobig‘i vazni va ipakchanlik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir
ko‘rsatgan.
Hayotchanlik ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori natija “Mayin tola-1” (o‘rtacha 93,8 %) va
“Mayin tola-2” (93,7 %) duragaylarida qayd etilgan bo‘lib, ular nazorat guruhi — “Yapon ×
Xitoy” duragayiga (89,8 %) nisbatan 4,0–4,1 % yuqori natija ko‘rsatgan. Bu esa plyonka ostida
yaratilgan barqaror gigrotermik muhitning lichinkalarning yashovchanligiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatishini tasdiqlaydi.
O‘rtacha pilla og‘irligi bo‘yicha “Mayin tola-1” duragayi (2,04 g) eng yuqori ko‘rsatkichga
ega bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich nazoratga nisbatan 12,7 % ga yuqori. Shuningdek, “Mayin tola-2” va
“Navbahor-2” duragaylarida ham pilla og‘irligi nazorat guruhiga nisbatan 7,7–8,0 % farq bilan
ustunlik qilgan.
Pilla qobig‘i massasi bo‘yicha ham eng yaxshi natija “Mayin tola-1” (465,3 mg) va
“Navbahor-2” (445 mg) duragaylarida kuzatildi. Bu holat ushbu duragaylarning yuqori ipak
chiqimiga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Ipakchanlik (%) ko‘rsatkichi bo‘yicha “Navbahor-2” (23,9 %) va “Mayin tola-1” (22,9 %)
duragaylari nazoratga (20,4 %) nisbatan mos ravishda 3,5 % va 2,5 % ga yuqori bo‘lib, bu ipak
chiqish darajasining iqtisodiy samaradorligini oshiruvchi asosiy omillardan biri sifatida
namoyon bo‘ladi.
Xulosa
Yangi agrotexnik yondashuv asosida, ayniqsa kichik yoshdagi ipak qurtlarini plyonka
ostida parvarishlash texnologiyasi ozuqa sarfini kamaytirish, optimal mikroiqlim yaratish,
qurtlarning biologik rivojlanishini barqarorlashtirish va sifatli pilla yetishtirishda samarali
vosita ekani isbotlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, “Mayin tola-1” va “Navbahor-2” sanoat
duragaylari yuqori biologik faollik, pilla og‘irligi va ipak chiqimi bo‘yicha nazorat
namunalaridan ustun bo‘lib, istiqbolli duragaylar sifatida tavsiya etiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Bekkamov Ch.I., Mirzaliyeva D.B., Alimjonova Sh.Sh., Abdullayeva M.J. Plyonka ostida
`
26
boqish jarayonini lichinkalarning biologik va yetishtrilayotgan pillalarning texnologik
ko`rsatkichlariga ta`siri. International scientific and practical conference “Application of
innovative technologies and effective use of genetic-selection achievements in increasing
livestock productivity” february18, 2025.201-205
2.
Nasirillaev B.U., Xudjamatov S.X., Abdiqodirov M.A. Tut ipak qurtining hayot siklini
qisqartirish davomida pilla mahsuldorligi ko`rsatkichlarining o`zgarishi. Research and
education,
(2024).
3(2),
43–49.
Retrieved
from
https://researchedu.org/index.php/re/article/view/6283
3.
Nasirillayev B.U., To‘xtamurodova M.M., Xudjamatov S. X. Tut ipak qurtining rivojlanishida
lichinkalik davri qisqa bo`lgan zotlarni yaratish istiqbollari. Research and education, (2025). 4
(1), 33-41. https://researchweb.uz/index.php/researchedu/article/view/344
4.
Mirzaxadjayev M., Mirzaxadjayev B., Umarov Sh., Sodiqov D. Ipak qurtini choyshab ostida
boqish so`kichagining konstruktsiyasi va sinov natijalari .// O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi.
.Toshkent. 2019. №2.38 b.
5.
Yakubov A.B. Ingichka tolali ipak qurti duragaylarini barg tanqisligida, yangi texnologiya
asosida parvarishlash. Chorvachilik va naslchilik ishi jurnali №4 (32) son,2023yil 51-53 b.