`
4
YUSUF SARYOMIY IJODIDAGI AYRIM BADIIY VOSITALAR LEKSIK TAHLILI
Kamolova Sadoqat Jabbor qizi
Alisher Navoiy nomidagi O’zbek tili va adabiyoti Universiteti
1-kurs tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15752212
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada tilshunoslikda tasavvufiy-lug‘aviy janrning o‘rni, uning asl mohiyatiga
urg’u berib o’tilgan. Tasavvufiy-ramziy leksemalarni tahlil qilish uchun XIX asr oxiri XX asr
boshlarida ijod qilgan Yusuf Saryomiy ijodiga e’tibor qaratilgan. Tasavvufiy- ramziy
leksemlarni tahlil qilish jarayonida Yusuf Saryomiy g‘azallaridan, baytlaridan misollar
keltirish orqali tahliliy fikrlar yoritib berilgan.
KALIT SO’ZLAR
: milliy uyg‘onish adabiyoti, tasavvufiy-lug‘aviy qatlam, Yusuf Saryomiy
she’riyati, tasavvufiy g‘oyalar, ramziy leksemalar, jom, mayparast, timsollar tahlili.
ANNOTATION
. In this article, the author touched on the place of the tasavvufi -
vocabulary layer in linguistics, its original essence. For the analysis of tasavvufisymbolic
lexemes, Yusuf Saryomiy, a representative of the national renaissance, created at the end of
the 19th century at the beginning of the 20th century, chose and tried to analyze their work.
In the process of analyzing tasavvufi - symbolic lexemes, Yusuf Saryomius explained by giving
examples from his ghazals, bytes.
KEYWORDS
: national renaissance literature, tasavvufi-vocabulary layer, poetry of Yusuf
Saryomiy, tasavvufi ideas, symbolic lexemes, jom, maimatian, embodiment analysis.
Tasavvuf – islom dinida insonning ruhiy olamini poklovchi, komillikka yetaklovchi yo‘l.
Barcha ilmlar qatorida tasavvuf ham o‘ziga xos, o‘zgacha bir ilmdir. Uning ham adabiyoti,
mutasavvif shoir-u olimlari, shu bilan birgalikda, ramziylik ifodalovchi tili mavjud. Ya’ni
tasavvuf o‘z atamalari, o‘z terminlari, umuman olib qaraganda, o‘z leksik qatlamiga ega
bo‘lgan ilm sanaladi. Nafaqat adabiyotga, balki o‘z leksik qatlami bilan tilshunoislikka ham
bog‘liq. Hozirgi kunda tasavvufiy lug‘aviy qatlamni o‘rganish, boshqa insonlarga ham undagi
Haqiqat, Ma’rifat g‘oyalarini yetkazish bo‘yicha izlanish va tadqiqotlar kundan-kunga
ortmoqda. Tasavvufiy lug‘aviy qatlamni boyitadigan eng muhim manba ramziy, timsol
darajasiga ko‘tarilgan leksemalardir. Shuningdek, ramziy birliklarni mutasavvif shoirlarning
she’r-u g‘azallaridan bilishimiz mumkin.
Milliy uyg‘onish davrida ham diniy-tasavvufiy she’rlari bilan xalq orasida shuhrat
topayotgan ijodkorlar mavjud edi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ilohiy ishq, tasavvufiy
g‘oyalar haqida qo‘rqmasdan yoza olgan, shu bilan birgalikda, diniymistik shopir sifatida
sobiq hukumat tomonidan qoralangan mutasavvif shoirlardan biri Yusuf Saryomiydir.
“…Mavlaviy Yusuf Saryomiy islom diniga samimiy e’tiqod qo‘ygan, tasavvuf maslagiga mehr-
muhabbat bog‘lagan komil musulmon shoiridirki, uning she’riyatidan islom va tasavvuf
dunyoqarashining hayotbaxsh va donishmand zakovati ufurib turadi”.[1] Uning ijodida turli
mavzudagi she’rlarni ham uchratish mumkin. “Yusuf”, “Yusufiy” taxallusi bilan she’rlar yozib,
zamonasida katta shuhrat qozongan bu shoirning she’riyati tasavvuf doirasida qolgan emas.
Unda “ishqi majoziy” yo‘nalishidagi she’rlar, muayyan tarixiy shaxslar, voqealarga
bag‘ishlovlar, hatto hajviyalar ham bor”. [2] Yusuf Saryomiy ijod qilgan davr adabiy tili (XIX–
`
5
XX) bilan, Alisher Navoiy (XV), Adib Sobir Termiziy (XI–XII) lar ijod qilgan davr adabiy tili,
albatta, leksik, morfologik, fonetik, grammatik jihatdan ham, farqlangan. Yozilish tili, uslubi
ham bir-biridan farq qilishi tabiiy. Tasavvuf g‘oyalarini anglash, o‘rganish uchun esa ularni
tahlil qilishimiz, asl ma’nosini ochiqlashga harakat qilish lozim. Bu tilshunoslikda, xususan,
leksikografiya sohasida ham katta bir yutuq bo‘ladi. Gardishi bu jomdur hayyu huviyat
halqasi, Mayparastdin davrig‘a yo‘q ibtidou intiho.[3] Bu misrada ramziy ma’no tashuvchi
so‘zlar jom va mayparast so’zlaridir. Bularni tahlil qilish jarayonida u so‘zlarning asl
ma’nosiga bog‘liqligi bor yoki yo‘qligini aniqlab olish kerak. Jom– tasavvuf adabiyotida eng
ko‘p ishlatiladigan ramziy leksema. Uning asl lug‘aviy ma’nosi “sharob ichiladigan idish,
qadah”. Tasavvufiy-ramziy so‘z sifatida Orifning ma’rifat bodasiga to‘la ko‘ngli va ahvoli
timsolidir. Ma’rifat sarxushligiga g‘arq bo‘lgan komil inson nazarda tutilyapti. Ba’zi o‘rinlarda
uni modiiy dunyo ramzi sifatida ham qo‘llashgan. Mayparast – tasavvuf adabiyotidagi bu
istilohni ilohiy ishq mayidan mast bo‘lgan, mayxonada, ya’ni Piri Murshid ostonasida
haqiqatni topish yo‘llarini qidirgan, Alloh vasliga yetmoq uchun yo‘lga chiqqan solik
timsolidir. Baytning umumiy mazmuni quyidagicha: “Orif insonning ma’rifatga to‘lgan ko‘ngli
asl mohiyat, haqiqat (huviyat) halqasidir, Alloh oshiqlarining boshlanish va tugash davri yo‘q,
ular har doim Yaratganga oshiqdir”.
Bas, bu foniy kulfotobodini asbobig‘a band Bo‘lmag‘il, chun ankabuti(o’rgimchak)
ro‘zg‘or(davr) dar pechutob (siqilish) Yusuf Saryomiy ijodida boshqa shoirlarda deyarli
uchramaydigan, yangi tasavvufiy-ramiy leksemalar ham qo‘llangan. Bu so‘zning yangi ma’no
qirralarini ochib berishga ham yordam beradi. Shuningdek, baytning, yoxud g‘azalning
qiymatini ham oshiradi. Yuqoridagi misrada keltirilgan kulfatobod va ankabut so‘zliklarini
misol tariqasida keltirish mumkin. Kulfatobod – so‘zning o‘zagidan ham ma’no anglashilib
turibdi, ya’ni balo-yu kulfatlarga to‘la joy. Foniy dunyo ramzi. Ankabut – lug‘aviy ma’nosi
o‘rgimchak, o‘rgimchak to‘ri. Bu so‘z o‘tkinchi dunyoda insonlarni asl maqsadidan
adashtiruvchi, behudaga vaqt sarflashini taminlovchi tashvishlari-yu foniy dunyodagi
asboblar ramzidir. Xulosa qilib aytganda, milliy uyg‘onish adabiyoti vakili Yusuf Saryomiyning
so’z san’atkorligi nihoyatda go’zal. Shoirning axloq, odob, tabiat, ilm- ma’rifat, o‘tkir hajviyot
kabi mavzularga bag’ishlangan she’rlaridagi ma’noni anglab olish nisbatan oson. Ammo uning
she’riyatida yetakchilik qiladigan din va tasavvufni anglash mushkul. Tasavvufiy go’yalar aks
etgan she’rlari zamiridagi orifona ma’noni anglashga ozgina tahayyul va tafakkur qilish,
tasavvufiy bilimlarga qisman bo’lsa-da ega bo’lish talab etiladi. Yusuf Saryomiy ijodida
tasavvuf g‘oyalarini, asosan, ochiqdan-ochiq bayon qilish ko‘zga tashlanadi, ya’ni ramzlar
orqali tushunilishi qiyin bo‘lgan mohiyat va g‘oyalarni o‘z holicha ifoda etishni ma’qul
ko‘radigan mutasavvif shoirdir Yusuf Saryomiy. Shubhasiz, tasavvuf g‘oyalarini anglash uchun
tasavvuf ilmi, din ilmi talab etiladi. M. Tojiboyeva, B. Qosimov kabi bir qator olimlar shoirning
ijodi bo‘yicha tahsinga loyiq ilmiy ishlarni amalga oshirishgan.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Tojiboyeva M. Yusuf Saryomiy hayoti va ijodi. –Toshkent: 2004.
`
6
2.
Qosimov B, Yusupov SH, Dolimov U, Rizayev SH, Ahmedov S. Milliy uyg‘onish davri
adabiyoti. –Toshkent: Ma’naviyat, 2004. 3. Yusuf Saryomiy. Tanlangan asarlar. – Toshkent:
Ma’naviyat, 2002.
3.
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 10-jild (Sharq — Qizilqum). Toshkent: „Oʻzbekiston
milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2005 — 656-bet.
4.
Zufarov S. Saryomiy izidan. „Toshkent oqshomi“, 1988-yil 18 iyun.
5.
Qosimov B. Muhabbat ahlining gulshani. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, 1990-yil 5
oktabr.