Авторы

  • S.R. Xolbekov
    Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Shahar infratuzilmasi” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi (PhD).
  • S.U. Rashidov
    Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Shahar infratuzilmasi” kafedrasi tayanch doktoranti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.117227

Ключевые слова:

zilzilabardoshlik konstruktiv tizim QMQ 2.01.03-19 instrumental tekshiruv karkassiz bino temir-beton karkas yirikpanelli bino g‘ishtli to‘ldirish me’yoriy baholash seysmik xavf zonasi rekonstruksiya kapital ta’mirlash.

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida keng tarqalgan turar-joy va jamoat binolarining zilzilabardoshlik darajasi, ularning konstruktiv tuzilishi hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi tahlil qilingan. Karkassiz, yog‘och yopmali, mahalliy qurilish materiallaridan barpo etilgan hamda temir-beton karkasli va yirikpanelli binolar misolida ularning seysmik xavfsizlik bo‘yicha zaif tomonlari ko‘rsatib o‘tilgan. Binolarning texnik holatini aniqlashda QMQ 2.01.03-19 va GOST 31937-24 me’yoriy hujjatlari asos bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada mavjud binolarni mustahkamlash zarurati, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilishning iqtisodiy jihatlari va instrumental texnik ko‘rikdan o‘tkazishning ahamiyati yoritilgan.   


background image

`

158

BINOLARNING SEYSMIK XAVFLILIK BO‘YICHA KONSTRUKTIV TAHLILI

Xolbekov S.R.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

“Shahar infratuzilmasi” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi (PhD).

Rashidov S.U.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

“Shahar infratuzilmasi” kafedrasi tayanch doktoranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15752027

Annotatsiya:

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida keng tarqalgan turar-joy va

jamoat binolarining zilzilabardoshlik darajasi, ularning konstruktiv tuzilishi hamda me’yoriy
hujjatlarga muvofiqligi tahlil qilingan. Karkassiz, yog‘och yopmali, mahalliy qurilish
materiallaridan barpo etilgan hamda temir-beton karkasli va yirikpanelli binolar misolida
ularning seysmik xavfsizlik bo‘yicha zaif tomonlari ko‘rsatib o‘tilgan. Binolarning texnik
holatini aniqlashda QMQ 2.01.03-19 va GOST 31937-24 me’yoriy hujjatlari asos bo‘lib xizmat
qiladi. Maqolada mavjud binolarni mustahkamlash zarurati, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya
qilishning iqtisodiy jihatlari va instrumental texnik ko‘rikdan o‘tkazishning ahamiyati
yoritilgan.

Аннотация:

В настоящей статье проведён анализ сейсмостойкости широко

распространённых в Республике Узбекистан жилых и общественных зданий, их
конструктивных решений и соответствия нормативным документам. На примере
бескаркасных зданий с деревянными перекрытиями, построенных из местных
строительных материалов, а также зданий с железобетонным каркасом и
крупнопанельных сооружений, рассмотрены уязвимые стороны конструкций в
условиях сейсмических нагрузок. В качестве основ нормативной базы для оценки
технического состояния зданий использованы документы КМК 2.01.03-19 и ГОСТ
31937-24. В статье освещаются вопросы необходимости усиления существующих
зданий, экономическая целесообразность капитального ремонта и реконструкции, а
также важность проведения инструментального обследования.

Kalit so’zlar:

zilzilabardoshlik, konstruktiv tizim, QMQ 2.01.03-19, instrumental

tekshiruv, karkassiz bino, temir-beton, karkas, yirikpanelli bino, g‘ishtli to‘ldirish, me’yoriy
baholash, seysmik xavf zonasi, rekonstruksiya, kapital ta’mirlash.

Ключевые слова:

cейсмостойкость, конструктивная система, КМК 2.01.03-19,

инструментальное обследование, бескаркасное здание, железобетон, каркас,
крупнопанельное здание, кирпичная кладка, нормативная оценка, зона сейсмического
риска, реконструкция, капитальный ремонт.


Kirish qismi:

O‘zbekiston seysmik faol hududda joylashgan davlat sifatida turar-joy va

jamoat binolarining zilzilabardoshligiga alohida e’tibor qaratadi. Afsuski, sobiq davrlarda
qurilgan ko‘plab binolar, ayniqsa, karkassiz, g‘ishtli va yog‘och konstruksiyali inshootlar
bugungi seysmik xavfsizlik talablariga javob bermaydi. Binolarning ekspluatatsion muddati,
texnik holati, ishlatilgan materiallarning fizik-mexanik xususiyatlari ularning seysmik
barqarorligiga bevosita ta’sir qiladi. Amaldagi QMQ 2.01.03-19 qurilish me’yorlari va GOST
31937-24 davlat standartiga ko‘ra, barcha inshootlar davriy ravishda texnik ekspertizadan
o‘tkazilishi lozim. Shu nuqtayi nazardan, mavjud binolarni baholash, tasniflash, ularning


background image

`

159

konstruktiv tizimlarini aniqlash va mustahkamlash usullarini taklif qilish ilmiy-amaliy
muammolardan biridir. Ushbu maqolada turli konstruktiv yechimdagi binolarning seysmik
xususiyatlari, me’yoriy asoslari, va ular bo‘yicha texnik qarorlar ishlab chiqish muhim masala
sifatida ko‘rib chiqiladi.

Asosiy qismi:

O‘zbekiston Respublikasining aksariyat hududlari kuchli seysmik faol

zonaga mansub bo‘lib, mavjud turar-joy va jamoat binolarining konstruktiv yechimlari
ularning zilzilabardoshlik darajasini aniqlashda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ayniqsa, 1966-
yilgi Toshkent zilzilasidan oldin qurilgan ko‘plab inshootlar hozirgi QMQ 2.01.03-19
talablariga javob bermaydi va seysmik xavf ostida qolmoqda.

Binolar quyidagi asosiy konstruktiv turlarga ajratiladi:

-

karkassiz binolar (pahsa, xom g‘isht, guvala);

-

yog‘och yopmali, mahalliy materialli binolar;

-

g‘isht devorli, o‘rta qavatli inshootlar;

-

yirikpanelli binolar (temir-beton panellar asosida);

-

temir-beton karkasli binolar (g‘ishtli to‘ldirishli).

1.

Karkassiz, bir qavatli va loyga asoslangan materiallardan qurilgan binolar.

Loyga asoslangan materiallardan qurilgan karkassiz bir qavatli binolar seysmik

xavfsizlik talablariga javob bermaydi. Bunday turdagi inshootlar quyidagi asosiy
materiallardan barpo etiladi:

-

pahsa (g'ishtsimon loy massasi);

-

xom g‘isht (qorishma quritilgan loy);

-

guvvala (somon aralash loy qorishmasi).
Mazkur materiallar O‘zbekiston Respublikasi hududining deyarli barcha viloyatlarida,

jumladan Toshkent shahrida ham qurilishda keng qo‘llaniladi (1-rasm).

1-rasm. Amaldagi QMQ 2.01.03-19 me’yorlariga muvofiq kelmaydigan, pahsadan

qurilgan yakka tartibdagi bir qavatli turar-joy binolari.

Mazkur konstruktiv yechim, asosan, xususiy turar joylar qurilishida qo‘llaniladi. Ushbu

binolar loyiha hujjatlarining ekspertizasiz barpo etilgan. Ayni vaqtda amaldagi me’yorlarga
ko‘ra, bunday binolar uchun to‘liq konstruktiv loyiha tuzish talab etilmaydi. Individual turar


background image

`

160

joylar uchun faqatgina me’moriy qism ishlab chiqilishi yetarli hisoblanadi. Konstruktiv qismni
ishlab chiqish talabi faqat quyidagi holatlarda yuzaga keladi:

agar binoning loyihalanayotgan qismi 500 m² dan ortiq maydonni egallasa;
yoki binoning balandligi **nolinchi belgi (0 otmetka)**dan 12 metrdan oshsa.
Pahsa qurilish materiali sifatida zamonaviy seysmik barqarorlik talablari darajasiga

javob bermaydi, sababi uning bosimga chidamliligi past. [QMQ 2.01.03-19, 3.7.1-band]ga
asosan, bosimga chidamliligi 3,5 MPa (35 kg/sm²) dan kam bo‘lgan mahalliy materiallar “past
mustahkamlikdagi materiallar” toifasiga kiradi. Shu sababli bunday binolar majburiy
mustahkamlash (usileniye) talab etiladi.

Mustahkamlash bo‘yicha talablar (QMQ 2.01.03-19) 3.7.7-band: Tuproq asosidagi (pahsa

va boshqa) binolarda antisezmik (zilzilabardosh) kamarlar yog‘och yoki monolit temir-beton
materiallardan yasalishi mumkin. Ushbu kamarlar qavatlararo yopma (peremychka)
darajasida joylashtirilishi va ular bilan mustahkam bog‘lanishi lozim.

3.7.8-band: Yog‘ochdan yasalgan antisezmik kamarlar, odatda, diametri 10×10 sm

bo‘lgan bir dona log yoki ikki dona burchakli yog‘ochdan tashkil topadi. Ular binoning tashqi
devorlarining yuqori qismiga qo‘yiladi va o‘zaro to‘g‘ri kesimli qismlar bilan har 500 mm
oralig‘ida mahkam bog‘lanadi. Burchak qismlar esa qattiqlik elementlari yordamida
mustahkamlanadi.

2. Mahalliy, past mustahkamlikdagi materiallardan qurilgan turar joylar.

Ba’zi hududlarda, jumladan Toshkent shahrida ham, mahalliy qurilish materiallaridan

foydalanilgan binolar barpo etilgan. Bunday binolar orasida nafaqat turar joylar, balki jamoat
inshootlari ham mavjud. Ammo ular ham seysmik xavfsizlik talablariga javob bermaydi.
Asosan quyidagi materiallar qo‘llanilgan:

tabiiy tosh;

kul asosidagi tsement bloklari;

qovurilgan (pishiq) g‘isht;

tsementli bloklar.
Mazkur materiallardan qurilgan binolar QMQ 2.01.03-19 me’yorlariga muvofiq

ishlatilishi mumkin bo‘lmagan holatlar sirasiga kiradi. Ular seysmik barqarorlik darajasi past
bo‘lgan inshootlar toifasida baholanadi va mustahkamlovchi chora-tadbirlarni talab etadi (2-
rasm).


background image

`

161

2-rasm. Amaldagi QMQ 2.01.03-19 me’yorlariga muvofiq kelmaydigan, mahalliy

turdagi aralash qurilish materiallaridan qurilgan yakka tartibdagi bir qavatli turar-joy
binolari.

Ushbu konstruktiv yechim xususiy sektor qurilishlarida ham qo‘llaniladi. Mazkur turdagi

binolarga qo‘yiladigan me’yoriy talablar oldingi holatdagi binolarga qo‘yiladigan talablar bilan
bir xil.

Amaldagi QMQ 2.01.03-19 me’yorlariga ko‘ra, bitta binoda yoki uning alohida

konstruktiv elementida (masalan, devorlar tarkibida) turli xil fizik-mexanik xususiyatlarga
ega bo‘lgan qurilish materiallaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu, ayniqsa, zilzila kabi
tabiiy ofatlar paytida binoning konstruktiv jihatdan eng zaif nuqtalariga aylanishi mumkin.

Ayni vaqtda, me’yoriy tartibga ko‘ra, konstruktiv qism uchun alohida loyiha hujjatini

ishlab chiqish majburiy emas, agar:

qurilayotgan bino individual turar joy toifasiga kirsa;

uning umumiy balandligi 12 metrdan oshmasa;

loyihalanayotgan umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan kam bo‘lsa.
Faqat yuqorida ko‘rsatilgan me’yoriy chegaralardan ortiq bo‘lgan hollarda, binoning

konstruktiv qismini loyihalash zarur bo‘ladi.

3–5 qavatli, yog‘och tom konstruksiyasiga ega, g‘ishtdan qurilgan, karkassiz

binolar.

3–5 qavatli, yog‘och tom konstruksiyasiga ega, g‘ishtdan qurilgan, karkassiz turar-joy va

jamoat binolari asosan quyidagi materiallardan tashkil topgan:

tsement bloklari

pishiq (yoqilgan) g‘isht.
Bunday binolarning zilzilabardoshlik xususiyatlari, ularning loyihasida yoki amalda

zilzilaga qarshi konstruktiv chora-tadbirlarning mavjudligiga qarab baholanadi (3-rasm).

3-rasm.

3–5 qavatli, yog‘och tom konstruksiyasiga ega, g‘ishtdan qurilgan,

karkassiz turar-joy va jamoat binolari.

Toshkent zilzilasidan avval qurilgan o‘rta qavatli turar-joy va jamoat binolari son

jihatidan muhim o‘rinni egallaydi. Ularning ekspluatatsion sifati bir-biridan keskin farqlanadi,


background image

`

162

chunki aksariyat binolar yillar davomida sifatsiz foydalanilgan. Ko‘pchiligi jiddiy darajada
jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan. Bir qator texnik parametrlar bo‘yicha ushbu binolar
amaldagi me’yoriy hujjatlarga, xususan QMQ 2.01.03-19 talablariga javob bermaydi.

Ularning aksariyati kapital ta’mirlash va modernizatsiyani talab qiladi, ya’ni amaldagi

me’yorlar darajasiga yetkazish uchun sezilarli miqdorda moliyaviy sarmoya zarur. Ushbu
avlod va turdagi binolarni rekonstruksiya qilish ko‘plab holatlarda iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiq emas, chunki ularning konstruktiv elementlari va umuman inshoot
jismoniy hamda ma’naviy jihatdan sezilarli darajada eskirgan. Shu sababli, bunday turdagi
binolar texnik holat toifasini va seysmik bardoshlik darajasini aniqlashtirish maqsadida
instrumental tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.

1–2 qavatli, yog‘och tom konstruksiyasiga ega, g‘ishtdan qurilgan, karkassiz turar-

joy binolari.

1–2 qavatli, yog‘ochdan tayyorlangan qavatlararo yopma va tom konstruksiyalariga ega,

mahalliy qurilish materiallaridan barpo etilgan turar-joy va jamoat binolari, ularning
zilzilabardoshlik darajasi aniqlashtirilishi zarur.

Asosiy qurilish materiallari:

-

tsement bloklari;

-

pishiq (yoqilgan) g‘isht.

Bunday binolarning seysmik xususiyatlari, ular tarkibida zilzilaga qarshi konstruktiv

chora-tadbirlarning mavjudligi yoki yo‘qligi asosida baholanadi.

4-rasm.

1–2 qavatli, yog‘och tom konstruksiyasiga ega, g‘ishtdan barpo etilgan,

karkassiz turar-joy binolari, ularning zilzilabardoshlik darajasini aniqlashtirish
maqsadida instrumental tekshiruvdan o‘tkazilishi talab etiladi.


background image

`

163

1–2 qavatli, yog‘och tom konstruksiyasiga ega turar-joy binolari, qurilgan vaqtidan qat’i

nazar, amaldagi me’yorlarga, xususan QMQ 2.01.03-19 talablariga ko‘ra, zilzilabardoshlik
shartlariga javob bermaydi.

Toshkent zilzilasidan oldin barpo etilgan ushbu binolar son jihatidan muhim ulushni

tashkil etadi. Ularning holati bir-biridan keskin farq qiladi, chunki uzoq yillar davomida
sifatsiz ekspluatatsiya qilingan. Ko‘pchilik binolar jiddiy jismoniy va ma’naviy eskirishga
uchragan bo‘lib, texnik parametrlarning bir qismi bo‘yicha amaldagi qurilish me’yorlariga
javob bermaydi.

Bunday binolarni zamonaviy me’yorlar darajasiga keltirish uchun kapital ta’mirlash va

modernizatsiya talab etiladi, bu esa katta miqdordagi moliyaviy sarmoyani talab qiladi.
Aksariyat hollarda ushbu avlod va turdagi binolarni rekonstruksiya qilish iqtisodiy nuqtayi
nazardan samarasiz, chunki ularning asosiy konstruktiv elementlari ham, umumiy
strukturaviy holati ham kuchli eskirgan bo‘ladi.

Xulosa:

O‘zbekiston Respublikasining seysmik faol hududda joylashgani mamlakatda

barpo etilgan turar-joy va jamoat binolarining konstruktiv xavfsizligiga doimiy e’tibor talab
qiladi. Ayniqsa, Toshkent zilzilasidan oldin qurilgan yoki amaldagi me’yoriy talablarsiz barpo
etilgan karkassiz, yog‘och yopmali, g‘ishtli va aralash materialli binolar katta xavf ostida
qolmoqda.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mamlakatda mavjud binolarni seysmik xavfsizlik

nuqtayi nazaridan baholash, tizimli ravishda inventarizatsiya qilish va normativ hujjatlarga
muvofiq holga keltirish — inson xavfsizligi va urbanistik barqarorlikning asosiy omillaridan
biridir.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbekiston Respeblikasi Prezidentining 17.04.2024 dagi “Bino va inshootlarning

zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ 161-sonli qarori.
2.

J. Gubbi, R. Buyya, S. Marusic, and M. Palaniswami, “Interne of things (IoT): a vision,

architectural elements, and future directions,” Future Generation Computer Syst., vol. 29, no.
7, pp. 1645-1660, 2013.
3.

F. Lamonaca, C. Scuro, P. F. Sciammarella, D. L. Carnì, and R. Olivito, “Internet of things

for structural health monitoring,” in Proc. IEEE Int. Workshop on Metrology for Industry 4.0
and IoT, Apr. 2018.
4.

R.S.Olivito, Francesco Lamanaca “IoT for Structural Health Monitoring” Article in IEEE

Instrumentation & Measurement MagazineDecember 2018 DOI: 10.1109/MIM.2018.8573586
5.

J. N. Al-Karaki and A. E. Kamal, “Routing techniques in wireless sensor networks: a

survey,” IEEE Wireless Commun., vol. 11, no. 6, pp. 6-28, 2014.
6.

Toshtemirovich Asadulla Khotamov. "Digital Simulation Model for Assessing the Level of

Earthquake Damage of Buildings." Miasto Przyszłości 54 (2024): 1413-1417.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respeblikasi Prezidentining 17.04.2024 dagi “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ 161-sonli qarori.

J. Gubbi, R. Buyya, S. Marusic, and M. Palaniswami, “Interne of things (IoT): a vision, architectural elements, and future directions,” Future Generation Computer Syst., vol. 29, no. 7, pp. 1645-1660, 2013.

F. Lamonaca, C. Scuro, P. F. Sciammarella, D. L. Carnì, and R. Olivito, “Internet of things for structural health monitoring,” in Proc. IEEE Int. Workshop on Metrology for Industry 4.0 and IoT, Apr. 2018.

R.S.Olivito, Francesco Lamanaca “IoT for Structural Health Monitoring” Article in IEEE Instrumentation & Measurement MagazineDecember 2018 DOI: 10.1109/MIM.2018.8573586

J. N. Al-Karaki and A. E. Kamal, “Routing techniques in wireless sensor networks: a survey,” IEEE Wireless Commun., vol. 11, no. 6, pp. 6-28, 2014.

Toshtemirovich Asadulla Khotamov. "Digital Simulation Model for Assessing the Level of Earthquake Damage of Buildings." Miasto Przyszłości 54 (2024): 1413-1417.