`
149
MILLATNING YAQIN TARIXI
Abdusamatova Ozoda Xolmamat qizi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat
universiteti 1-kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15751972
Annotatsiya
Ushbu maqola Togʻay Murodning badiiy mahorati va “Otamdan qolgan dalalar”
romanining mavzusi va ahamiyati haqida boʻlib, roman haqidagi ilmiy -nazariy fikrlar
oʻrganiladi, voqealar tahlil qilinadi.
Kalit soʻzlar:
Oʻzbek adabiyoti, millat, tarix, uslub, inson, jamiyat, erk, qullik, ayol.
Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani vatanparvarlik, erk, millat va
ozodlik mavzulari qalamga olingan, ulugʻlangan, eʼtirof etilgan oʻziga xos asardir.
Roman mavzusining oʻziyoq bosh qahramon Dehqonqulning yurti boʻlgan Surxon,
Denov va Vodiy dalalari yohud yurtimizdagi har bir otalarimiz, bobolarimizdan qolgan sof,
koʻm-koʻk tabiati, sharqirab oqayotgan suvlari, ariqlari va xokisor yerlarimizning musaffo
havosi, begʻubor tabiatimizni oʻquvchining koʻz oldida gavdalantirib qoʻyadi.
Ha, chindan-da, bu yerlarimiz bizga otalarimizdan, bobolarimizdan-da qolgan.
Shu oʻrinda, Jamoliddin ketmon obraziga diqqat qilaylik:
“… Bobomiz chordona qurib oʻtiradi. Ariqqa non botirib- non botirib tushlik qiladi.
Ariqdan qoʻshhovuchlab- qoʻshhovuchlab suv olib tushlik qiladi…”
Halol, pokiza, zilol suvni va tuproqni aziz bilgan, bu tuproqqa kechayu- kunduz tinim
bilmay bor kuchini, mehrini bergan dehqon, yurtiga bostirib kelgan bosqinchi Oqpodsholarni
koʻradi va kutilmaganda shunday bir manzaraga duch keladi:
“… Ana shu un tuproqda bir juft Oqpodsho (rus podshohlariga nisbatan qoʻllaniladigan
atama) yalpayib- yalpayib yotadi! Oqpodsho qip-yalangʻoch yotadi. Oqpodsho onadan endi
tugʻilmishday yotadi!..
Ayolzot oqpodsho mammalari osma qovunday- osma qovunday osilib yotadi… ”
Jamoliddin ketmon dalada ishlayotgan paytida, tuproqda quyoshga toblanib yotgan
kiyimsiz, bir juft yaʼni ayol va erkak Oqpodshoga koʻzi tushib qoladi.
Teskari qaraydi, ularni koʻrmaslik uchun koʻzlarini bilaklari bilan berkitadi, nima
qilishiniyam bilmay qoladi. Keyingi oʻrinlarda Oqpodsholarning dalani oralab kelib, oʻzlarini
suvga tashlab, shaloplatib choʻmilgan oʻrinlari keltirilgan.
Endi bu holatda Jamoliddin ketmonning holatini tasavvur qilib koʻraylik.
“… Kofir yumalab yotar dalada fayz qoladimi?! … Boʻldi, endi u daladan baraka koʻtarildi.
… Dalamda musulmon oyoq bosar yer qolmadi, dalamda dehqon oyoq bosar yer qolmadi.
Boʻldi endi qaytib oyoq bosmayman…”
Ushbu parchada dehqonning, Jamoliddin ketmonning dalani, tuproqni qanchalik aziz
bilishini, oddiy dehqon boʻlsa-da, dushmanga boʻlgan nafratini, koʻksida joʻsh urib turgan
erkakcha gʻururini, orini oʻquvchi nafaqat koʻrishi balki, his qilishi mumkin.
Toʻgʻri, mustabid davri yoki oʻtgan asrimiz haqida yozilgan asarlar bor, ammo “Otamdan
qolgan dalalar”da muallif oddiygina, jaydarichasiga, dehqonchasiga tushuntiradi, birovga
`
150
qaram boʻlgan el nima boʻlishini, bosqinchi qoʻlida qolgan xalqning ahvoli qanday boʻlishini
oʻquvchi beixtiyor anglaydi.
Kitobxon, mustaqillik, erk va ozodlik haqida oʻy suradi, roman voqealari bilan bugungi
kunni hayolida solishtiradi va qalbida shukronalik, kelajakka boʻlgan umid paydo boʻladi.
Yangi maqsadlar, yangi reʼjalar, hayotga muhabbat uygʻonadi. Mana shu narsa adabiyotning
vazifasi, asarning kuchi, Yozuvchining maqsadi deb bilaman.
Bosqinchi, kerak boʻlsa, “Ibodin soqov” ni- da ayab oʻtirmadi. Qatiq sotib kun
kechiradigan, qatiq sotib onasiniyam boqadigan Ibodin soqovni qishloqdagilar yaxshi koʻradi,
el yaxshi koʻradi, boshini silab qoʻyardi. Koʻngli toza birovga zarari yetmagan, qatiq sotishdan
boshqa narsani oʻylamaydigan, gapirolmaydigan, ojiz Ibodin soqovni Oqpodsho otib
tashlagan oʻrnini esga olaylik:
“Toʻxta chuchela!
Toʻxta, deyman!
Ibodin soqov pir-pir chopib qoʻya beradi.
Shunda Oqpodsho miltiq peshlaydi. Ibodin soqov chuydasini koʻzlaydi.
Oʻq dol nishonlaydi.
Juldur-juldur Ibodin soqov chalpak boʻlib uchadi…
“ Endi ayamga nima deyman?”
Ibodin soqov qatiq sotib, pulini onasiga olib borishi kerak edi, shuning uchun ham uning
soʻngi soʻzlari “Endi ayamga nima deyman”- boʻldi.
Yurtga kelgan yov beshikdagi boladan tortib, maktab bolasiyu, ayol- erkak, yosh- qari
hatto ojiz, bechorahol bir soqovni-da chetlab oʻtmadi, inson zoti chidab boʻlmas yaqin
tarixdagi bu xoʻrliklar, azoblar jamiyatdagi har bir katta- kichikka taʼsir qilmay qolmadi. Siz- u
bizning millatdoshlarimiz onalarimiz, otalarimiz, bobolarimiz bosqinchilar ixtiyorida edi.
Aslida ular ham Yaratganning bandasi emasmidi?!
Ular ham dunyoga bir marta kelmaganmidi?!
Paxta dalasida butifos hididan zaharlanib oʻlgan Dehqonqulning doʻsti 5- sinf bola Ziyod
ham kimnidir bolasi emasmidi?!
Oʻziga oʻt qoʻygan Dehqonqulning xotini-chi?!
U ham kimningdir onasi, qizi, opasi yo singlisi emasmidi?!
Nima, uning ham ayol boʻlib yashashga, kerak boʻlsa, baxtli boʻlishga haqqi yoʻqmidi?!
bu kabi savollar oʻquvchining ich etini yeydi.
Ziyod obrazi haqida fikr yuritaylik :
Bir qari onasidan boshqa hech kimi yoʻqligi uchun, direktor 5-sinf Ziyodni tanlaydi.
Nimadir boʻlsa, oʻlib netib qolsa, orqasidan soʻrab keluvchisi, u yoq bu yoqqa yozadigan,
murojaat qiladigan odami yoʻqligi uchun direktor bechora Ziyodni tanlaydi. Butifos zaharli
dori boʻlgani uchun, paxta dalasida dori sepadigan odam oʻlib qolishi mumkinligi uchun,
direktor Ziyodni tanladi va shunday boʻldi ham:
“ Ziyod qani?!- deyman.
Ziyod ketdi?! –deyapmanku, Ziyod ketdi…
Ziyod qayoqqa ketdi?!
Ziyod…norasida ketdi!
`
151
Bolalar duv-duv yigʻlaydi. Bolalar hoʻng-hoʻng yigʻlaydi.
Yigʻlamagan bola qolmaydi.”
Bir qari onaning yolgʻizgina 11 yoshli oʻgʻli paxta dalasida, dorining oʻtkir hididan
zaharlanib halok boʻldi. Va bu voqeadan bolalardan boshqa hech kim taʼsirlanmadiyam,
bezovtayam boʻlmadi, hayoliga ham kelmadi.
Maktab direktorining taʼbiri bilan aytganda, “Paxta front, front esa qurbonsiz
boʻlmaydi…”
Ahamiyatli boʻlgan yana bir narsa shuki, “Otamdan qolgan dalalar” realistik roman.
Undagi voqealar real yaʼni boʻlgan kimnidir emas, millionlab odamlar, insonlarning boshiga
tushgan, xalqning, elning koʻrguliklari aks etgan voqealardir.
Bular oʻylab topilgan emas, qahramonlarning bari hayotda boʻlgan va bor edi.
Men asar xususida soʻz yuritar ekanman, ochigʻi voqelar goʻyo, birmuncha
boʻrttirilganday tuyuldi. Negaki, inson aqli bovar qilmas voqealardan bugungi kun kishisi
ozgina oʻylanib qolar ekan.
Toʻgʻri, adabiyotda voqealar badiiy tasvirlanadi, toʻqima obrazlar kiritilishi mumkin.
Lekin, men bu maqolaga tayyorgarlik jarayonida bir muddat yoshi kattalar bilan, asar
voqealari aks etgan davrni koʻrgan kishilar bilan, bu haqida yaʼni Mustamlakachilik siyosati
davrida millatimizning, oddiy xalqimizning hayoti haqida suhbatlashishga harakat qildim,
Dehqonqullarga, Ziyodlarga qiziqib koʻrdim.
Togʻay Murod oʻz kundaliklarida yozganiday, romanni yozishga tayyorgarlik
yillaridaSurxondaryoga, Denovga ketadi. Dehqonqullar bilan bir dalada ishlaydi, ular kiygan
kiyimlarni kiyadi, dehqonlardek dalaga suv taraydi, paxta teradi, Dehqonqul va uning
atrofidagi insonlar ichida yashaydi.
Va bu voqealarni oʻzining oʻtkir qalami, Vatani va millatining buguni va ertasi uchun
qaygʻurgan qalbi, kelajak avlodlarning bu voqealardan oʻz xulosasi boʻlishini istagan
millatsevar va Vatanparvar inson sifatida, bu moʻjizaviy romanni yaratishni oʻzining vazifasi
deb bildi, deya olamiz.
Shu oʻrinda, buyuk oʻzbek shoiri Usmon Nosirning:
“Qullar… Menman u qullarning oʻlmas avlodi,
Mana menman u qullarning hech soʻnmas yodi”
misralari yoki keyingi oʻrinlarda:
“Oʻlim yaxshi inson agar, shunday xor boʻlsa”
- degan hayqirigʻini eslaylik.
Togʻay Murod oʻz kundaliklarida:
“ Oʻttiz-oʻttiz besh yoshlargacha uylanmayman. Biror bir idorada faqat tirikchilik
kechirish uchun ishlayman. Faqat jahon adabiyotini oʻqiyman. Faqat jahon klassiklarini
oʻqiyman…”
deb yozadi.
Togʻay Murod oʻz romanlarini yozish uchun yillab tayyorgarlik koʻrdi. Izlandi, qidirdi,
ijod qildi. Buning natijasida esa oʻlmas hikoyalar, qissa va romanlar tugʻildi.
yana bir oʻrinda, adib:
`
152
“ Yozuvchi el-yurtning maʼnaviy askari boʻladi”- deb yozadi. Bu fikrni ijodkor oʻz yurti va
millatining maʼnaviy dunyosini: iymoni, eʼtiqodi, irodasi, tantiligi, mehnatkashligi, insoniyligi,
oʻziga xosligi va shu kabi fazilatlarini qoʻriqlaydi, ulugʻlaydi, qalamga oladi, eʼtirof etadi,
faxrlanadi deb tushunsak boʻladi.
Muallif romanda Oppoqsoch odam tilidan:
“…Bizning yurtga Amir Temurlar kerak, bizning yurtga Boburlar kerak, bizning yurtga
Ulugʻbeklar kerak. Juda-juda kerak…” - deydi.
Ayniqsa, millat boshiga tushgan bunday kunlarda, qolaversa, Amir Temur, Bobur va
Mirzo Ulugʻbeklar hamma zamonlarda, har doim, har kuni kerakligini uqtirib oʻtadi va
oʻquvchini bunga daʼvat etadi.
Adabiyotshunos olim, Professor Umarali Normatov romanga yozgan soʻzboshisida:
“… Mehnat insonni ulugʻlaydi deymizku, shunchalik fidoyi, mehnatkash inson
Dehqonqul koʻzimizga nega bir qahramon emas, ayanchli bir kimsa boʻlib koʻrinadi.
Oʻquvchida faxr-iftixor emas, oʻkinch, nadomat, achinish tuygʻusini uygʻotadi. Hamma gap
mana shunda. U kim uchun, nima uchun betinim mehnat qilayotganini, holi ne kechayotganini
oʻylab ham koʻrmaydi” – deb yozadi.
Ha, Dehqonqulning oʻzi, xotini hatto qari onasi ham paxta dalasida kecha-yu, kunduz
mehnat qiladi. Lekin qozoni goʻsht koʻrmagan, bolalari och-yupun, yetishmovchilik roʻzgʻorni
azoblab qoʻygan edi. U hayotni shunday tasavvur qiladi.
Hatto, bolasining ikki dona xurmo uchun ogʻzi burnini qon qiladi. “Kattalar uchun”
keltirilgan bozorliklar ichidan xurmo olib qochgan oʻgʻlining oʻgʻzi- burnini qon qilib uradi,
tuproqqa agʻanab xurmoni otasiga bermaslik uchun bor kuchi bilan mahkam ushlab tursa-da,
dehqonqul qorni och oʻgʻlining, oʻz bolasining qoʻlidan xurmoni tortib oladi. Dehqonqulning
oʻgʻli Nodir bunaqa narsalar yeb koʻrmagani uchun xurmoni pomidor deb oʻylaydi.
Dehqonqul mevalarni paxta dalasini tekshirish uchun keladigan “kattalar” oldiga qoʻydi.
Oʻzbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning:
“Oʻzi paxta ekadiyu, yostigʻi taxta”
degan misralari ham aynan kechayu- kunduz tinimsiz birov uchun mehnat qilgan,
gʻoʻzalar orasida bolasini tugʻgan ayollar haqidagi, Dehqonqulday oʻzi va jamiyat haqida, nima
uchun yashayotgani haqida oʻylab ham koʻrmagan, ongi ham oʻziga qoʻshilib qullashib ketgan,
odamlar haqida emasmidi?!
Asar bosh qahramonlaridan yana biri- Dehqonqulning xotini.
Xoʻsh, u nima uchun shirin joniga, tanasiga oʻt qoʻydi?!
Oʻlishdan qoʻrqmadimikan, kuyib oʻlish azobi uning hayoti, yashash tarzi oldida
yengilroqmidi ?!
Sochlaridan butifos hidi keladigan, uydayam, daladayam, uxlagandayam bitta koʻylak
kiyadigan, nonini kechasi yopadigan, ertalabdan qorongʻigacha paxta teradigan, daladan
qimirlashga joni qolmay charchab kelib, yana kechasi bilan beshik tebratib bola qaraydigan -
Dehqonqulning xotini va uning oʻlimi holatini eslaymiz:
“…Koʻylagi etagidan gugurt chaqibdi… Bir mahal oʻt hovlini aylanib chopdi!
… Oʻt chinqirib- chinqirib chopdi! Oʻt buralib-buralib chopdi!..
…Odam gurillab- gurillab yondi! Hamsoya qoʻllar kiyimlarini yulib oldi! Baribir odam
yondi!.. Odam tanasi yondi! Odam gur-gur yondi! Odam badanlari pish- pish yonar ekan!
`
153
Odam badanlaridan suv chiqib- suv chiqib yonar ekan! odam badanlaridan suv oqib- suv oqib
yonar ekan! Odam badboʻydan- badboʻy hid chiqarib yonar ekan!..”
Bu jumlalar oʻquvchini ham hayolan yonayotgan ayol tomon olib borib qoʻyadi, kitobxon
ham olovni qanday oʻchirish kerakligi haqida oʻylaydi.
Dehqonqulning xotini, bolalari va qaynonasining koʻz oʻngida yonib ketdi…
Romanda rais tilidan shu yil rayonda yetti yuz ellik uchta xotin- qiz oʻziga oʻt qoʻygani
aytiladi.
Bunday ayollarga qoʻyilgan oʻt, millat oʻqisagina, birlashsagina, ilmli boʻlsagina oʻchadi,
degan fikrni bermoqchidir, balki yozuvchi.
Dehqonqul – oʻzini, bola- chaqasini, xotinini, borini berib mehnat qildi, dalani hayoti deb
bildi, lekin natija nima boʻldi?!
Odam zoti chidab boʻlmas qiynoqlarga solindi, “Poraxoʻr “ degan tamgʻa bilan qamoqqa
olindi, erkaklik shaʼni toptaldi, gapirib boʻlmas holatlardan yana biri- oʻz tezagini oʻziga
yedirdi, oʻldirishdan battar azoblarga solindi!..
Muallif “Qullik, qaramlik mana shunaqa boʻladi”- demoqchi, menimcha.
Asar gʻoyasining markazida mana shu tushuncha turibdi.
Adabiyotshunos olim, Professor Dilmurod Quronov:
“ …Otamdan qolgan dalalar janrning risolaviy talablariga javob berishiga shubha ham
bildirdik… Togʻay Murodning oʻzi risoladagi romaniy qahramon emasmi?!...”
degan fikrni bildiradi, yaʼni olim bu yerda “ Otamdan qolgan dalalar” ning roman
talablariga javob bera olishini taʼkidlamoqda.
Bu izohga kamtarona fikrimni bildirmoqchiman:
Kitobxon sifatida menga janrning umuman ahamiyati yoʻq, qissa boʻladimi, ertakmi yo
hikoya va yoki romanmi buning farqi yoʻq. Sababi voqealar tizimi oʻz vazifasini bajarib boʻldi,
yozuvchining maqsadi amalga oshdi, romanni oʻqigan oʻquvchi qaysi kasb egasi boʻlmasin, u
endi qaramlikning qullikning qanday boʻlishini yaxshi biladi, oʻzi uchun yangi xulosalar oladi.
Ilmsizlik, ongsizlik ortida nimalar boʻlishini anglaydi, asar qahramonlari bilan birgalikda
voqealarni boshidan kechiradi.
“Otamdan qolgan dalalar” romaniga 1993- yilda Yozuvchilar ishtirok etgan oliy
darajadagi hukumat yigʻilishida, adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov “Mustaqillik
sharafiga bitilgan eng yetuk asar”- deb baho berdi.
1994- yilda asar Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida muhokama qilinadi va bir
ovozdan Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etiladi.
Maqolani romandan olingan, quyidagi sheʼr parchasi bilan yakunlamoqchiman:
“Ayollar yonmoqda Oʻzbekistonda,
Bu haqda yozilmas bizlar tomonda.
Bor dunyo soqovdir soʻz demas Xudo,
Inson kelajagi yonar dahr aro!
Ayollar yonmoqda Oʻzbekistonda!”
References:
Используемая литература:
`
154
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
T.Murod Otamdan qolgan dalalar.- Toshkent: 1994 3.
2.
“Men qaytib kelaman” Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida. To‘plovchi: Ma’suma
Ahmedova T.: 2008 2.
3.
O‘rozov A.”T.Murodning “Otamdan qolgandalalar” asarining til xususiyatlari haqida” Til
va adabiyot ta`limi, 2009, 5-son, 45-47 –betlar 4.
4.
Turopova, P. (2020). "Gulzor qishlogining gulduraklari" qissasida uslubiy o’ziga xoslik.
5.
Архив
Научных
Публикаций
JSPI,
19(1).
извлечено
от
https://science.iedu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/1627
5.
“MEN
QAYTIB
KELAMAN” Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida.