`
114
ZAMONAVIY KOMPOZIT MATERIALLAR ASOSIDA AMALIY SAN’AT
ASARLARI YARATISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Abdukarimova Mubinabonu Bahtiyorjon qizi
Andijon Davlat Texnika Instituti 1-bosqich talabasi
abdukarimovamubina102@gmail.com
Abdijalilov Abdivohid Abdikhalimovich
Ilmiy rahbar: Andijon davlat universiteti
“Tasviriy va amaliy san’at” kafedrasi katta o‘qituvchisi.
vohidrahmon1@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15811380
Annotatsiya:
Ushbu maqolada zamonaviy amaliy san’at sohasida kompozit
materiallardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Art-instalatsiya, urban-san’at va
dizayn obyektlari misolida bu materiallarning afzalliklari va ularni jamiyat hayotiga tatbiq
etishdagi innovatsion yondashuvlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
kompozit materiallar, amaliy san’at, innovatsion yondashuv, art-
instalatsiya, urban-san’at, dizayn obyektlari, texnologik yangilik, milliy uslub, ekologik
materiallar, zamonaviy san’at.
Kirish.
Hozirgi kunda amaliy san’at yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. U nafaqat an’anaviy
usullarda, balki zamonaviy texnologiyalar, materiallar va yondashuvlar asosida ham
shakllanmoqda. Ayniqsa, urban-san’at, art-instalatsiyalar va dizayn obyektlari orqali ijtimoiy
va madaniy muhitga ta’sir qilish amaliyoti tobora kengaymoqda.O‘zbekistonda ham amaliy
san’atning yangi yo‘nalishlari shakllanib, milliy an’analar va zamonaviy innovatsiyalar
uyg‘unlashmoqda. Bu jarayonda zamonaviy kompozit materiallar alohida o‘rin tutadi.
Asosiy qism.
Kompozit materiallar – ikki yoki undan ortiq moddadan iborat bo‘lib, yengillik,
mustahkamlik, namlikka chidamlilik kabi afzalliklarga ega. Ular san’at asarlarida, ayniqsa,
haykaltaroshlik, dizayn va art-instalatsiyalarda keng qo‘llanilmoqda. Zamonaviy san’atda bu
materiallar orqali yangi shakllar, ifoda uslublari va texnikalar yaratish imkoni
mavjud.O‘zbekistonda ham urban-san’at va milliy dizayn obyektlarida kompozit
materiallardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Ular tashqi muhitga mosligi va ko‘p yillik
mustahkamligi bilan ajralib turadi. San’atkorlar uchun bu materiallar yangi imkoniyatlar
ochmoqda.
Kompozit materiallarning xususiyatlari va afzalliklari.
Kompozit materiallar–ikki yoki undan ortiq modda birlashmasidan hosil bo‘lib, har bir
komponent o‘z xususiyatlarini saqlab qoladi. Ular quyidagi ustunliklarga ega:
•engillik va mustahkamlik;
•havo va namlik ta’siriga chidamlilik;
•shakl va fakturalarda erkinlik;
•qayta ishlash imkoniyati;
•ekologik xavfsizlik.
Amaliy san’atda qo‘llanilishi.
Kompozit materiallar yordamida amaliy san’at obyektlari – haykallar, maketlar, interyer
va eksteryer bezaklari yaratishda qator afzalliklar yaratiladi. Xususan:
`
115
•Urban-san’atda mustahkam va engil instalatsiyalar;
•Tashqi muhitga chidamli haykallar;
•Yangicha geometrik va ekspressiv shakllar yaratish imkoni;
•Milliy uslub va modern texnologiyani uyg‘unlashtirish.
O‘zbekiston tajribasi.
O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda kompozit materiallardan foydalanilgan art-loyihalar
shakllanmoqda. Masalan, shahar muhitida o‘rnatilayotgan zamonaviy skulpturalar va milliy
uslubdagi obyektlar ulardan samarali foydalanilmoqda.Oxirgi yillarda Respublikamizda
kompozit materiallardan foydalangan holda yaratilgan zamonaviy san’at obyektlari
ko‘paymoqda. Xususan, shahar maydonlarida o‘rnatilayotgan haykallar va art-instalatsiyalar
zamonaviy texnologiyalar bilan milliy uslubni uyg‘unlashtirgan. Bu materiallar san’atkorlarga
tashqi muhitga mos, mustahkam va estetik asarlar yaratish imkonini bermoqda.
Xulosa va takliflar.
•Kompozit materiallar amaliy san’atda yangi vizual va texnologik imkoniyatlarni
yaratadi;
•Tahlil va tadqiqotlar asosida ularning milliy uslubdagi obyektlarga moslashuvi
rivojlanmoqda;
•Ilmiy va amaliy faoliyatda dizaynerlar va rassomlar ushbu materiallar bilan ishlash
ko‘nikmalarini rivojlantirishlari zarur;
•Talabalar va yosh mutaxassislar uchun maxsus kurslar tashkil etilishi maqsadga
muvofiq.
•Dizayner va rassomlar uchun kompozit materiallar bilan ishlash bo‘yicha treninglar
tashkil etish;
•Milliy dizayn markazlarida innovatsion san’at loyihalarini qo‘llab-quvvatlash.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ибрагимов А.Х. Замонавий санъат ва дизайнда инновацион материаллар. –
Тошкент: Иқтисодият нашриёти, 2021. – 154 б.
2.
Karimova D. & Ismoilov F. Urban san’atda zamonaviy materiallardan foydalanishning
nazariy asoslari. – “San’at va Ilm” журнали, 2022, №2(18), б. 45–52.
3.
Юнусов Р.А. Инновацион технологиялар ва амалий санъатдаги тенденциялар. –
Самарқанд: Барқа нашриёти, 2020. – 132 б.