`
89
SINESTEZIYA – STILISTIK HODISA
Eshimova Sharofat Kenjaboyevna
Samarqand davlat chet tillar instituti
Koreys filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15798775
Annotatsiya:
Ushbu maqolada metaforaning turlaridan biri bo‘lmish sinesteziya hodisasi
haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, uning o‘zbek va koreys tillaridagi ifodalanib kelishi misollarda
ko‘rsatilib berilgan.
Kalit so‘zlar
: sinesteziya, stilistik vosita, voqelik, tasvir, birikma, sezgi, omil.
Аннотация
В данной статье рассматривается явление синестезии, являющееся одним из видов
метафоры, и на примерах показано его выражение в узбекском и корейском языках.
Ключевые слова
: синестезия, стилистический прием, реальность, образ,
сочетание, интуиция, фактор.
Abstract
This article discusses the phenomenon of synesthesia, which is one of the types of
metaphor, and its expression in Uzbek and Korean languages is shown in examples.
Key words
: synesthesia, stylistic device, reality, image, combination, intuition, factor.
Ko‘plab mualliflarning fikriga ko‘ra, koreys tilida hissiy holatlarni yetkazib berishda
hissiyotlarga ko‘proq e’tibor beriladi, ularni farqlash uchun koreys tilida leksik va grammatik
iboralar anchagina. Shu bois sinesteziyadan foydalanishdagi misollarni koreys mualliflarining
ijodida ham ko‘p uchratish mumkin.
Koreys adabiyotida sinesteziya qo‘llanilishiga misol sifatida koreys klassik adabiyoti
namoyondasi
윤동주
(Yun Dong Ju) ijodini keltirishimiz mumkin. Adibning
죽는
날까지
하늘을
우러러
한
점
부끄럼이
없기를
,
잎새에
이는
바람에도
나는
괴로워했다
.
별을
노래하는
마음으로
모든
죽어
가는
것을
사랑해야지
그리고
나한테
주어진
길을
걸어가야겠다
[
윤동주
( Yun Dong-ju)]
오늘
밤에도
별이
바람에
스치운다
misralarida shoir tuyg‘ulardan foydalangan holda inson obrazini yaratadi, uning
mohiyatini tabiat hodisalari bilan qiyoslaydi. Koreys she’riyatida shuningdek
정호승
(Jeong Ho
Seung) ham sinestetik metaforadan keng foydalangan. Shoirning
첫눈
오는
날
만나자
`
90
어머니가
싸리빗자루로
쓸어놓은
눈길을
걸어
누구의
발자국
하나
찍히지
않은
순백의
골목을
지나
새들의
발자국
같은
흰
발자국을
남기며
첫눈
오는
날
만나기로
한
사람을
만나러
가자
she’rida muallif oq rangning soyalaridan biri bo‘lgan qor rangidan soflik, tozalikni
ifodalab sevgining nozik ohanglarini tasvirlashda oq rangdan foydalanadi va taxmin qilish
mumkinki, u ishqqa bo‘lgan munosabatni mana shu sinestetik taqqoslash yordamida
yetkazishga muvaffaq bo‘ladi.
Boshqa tomondan, sinesteziyani stilistik vosita sifatida nafaqat adabiyotda uchratish
mumkin, balki undan biz o‘zimiz ongsiz ravishda atrofdagi voqelikni tasvirlash uchun ham
lug‘atimizga mustahkam o‘rnashgan sinestetik birikmalardan foydalanamiz. Masalan: yorqin
ranglar, past, baland ovoz, issiq, sovuq rang, qattiq ovoz va boshqalar. M.N.Mileeva va
T.Yu.Dudkovalar «Sinesteziya va uning namoyon bo‘lish xususiyatlari» nomli maqolasida
sinesteziyani «ruhiy fotoalbom» deb atashib, bu holatni bizning atrofimizdagi dunyoni bizdan
butunlay boshqacha tarzda idrok etgan ajdodlardan qolgan merosdir, deya ta’riflashadi
[1,
294b]. Ushbu farazni isbotlash uchun maqolada “yakshanba” va “dushanba” so‘zlari odamlarda
turli xil ranglar assotsiatsiyasini keltirib chiqarishi masalasi qo‘llaniladi. Mualliflarning fikriga
ko‘ra dushanba qora, jigarrang singari quyuq ranglar bilan bog‘liq bo‘lib, yakshanba oq, sariq,
pushti kabi faqat ochiq ranglar bilan ifodalanadi.
Demak, sinesteziyaning til vositasi sifatidagi ahamiyati, asosan, u ona tilida
so‘zlashuvchilarga turli xil sezgilardan olingan tuyg‘ular va ma’lumotlar, tasavvurning o‘zaro
ta’siri natijasi bo‘lgan mavhum tushunchalarni nutqda mustahkamlashga imkon beradi.
Sinesteziyani aqliy va hissiy sohalar aks etgan holda bevosita kuzatish mumkin emas [2, 34b].
Koreys tilida ham xuddi o‘zbek tilidagidek beshta sezgi a’zosi yordamida tashqi omillar
inson tanasida seziladi va ular idrok qilinadi, bular: ta’m bilish
미각
, eshitish
청각
, ko‘rish
시각
,
hid bilish
후각
va teri orqali sezish
촉각
. Barcha sezgi a’zolarimiz bizga atrof-muhitning turli xil
ta’sirlarini seza olish, ularni ongimizda analiz-sintez qilish imkonini beradi. Ba’zi bir insonlarda
shunday holat ham kuzatilishi mumkinki, bir vaqtning o‘zida bir nechta sezgi a’zolari birgalikda
ishlaydi va ongda ma’lum bir holat kuzatiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Милеева М. Н., Т. Ю. Дудкова Синестезия и особенности её проявления, Вестник
гуманитарного факультета ИГХТУ. – 2009. – Вып.4. – С. 294-300.
2.
Миртожиев М. Лингвистик метафоралар таснифи. // Ўзбек тили ва адабиѐти. – Т.,
1973.- № 4. – Б. 33-37;. Ўзбек тили лексикологияси. – Т.: Фан, 1981; Усмонов С. Метафора
// Ўзбек тили ва дабиѐти. – 1964. - № 4.– Б. 34-36.
3.
https://ko.wikipedia.org/wiki/%EC%A7%81%EC%9C%AO