Авторы

  • Barno Raxmatullayeva
    NavDU tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.117268

Ключевые слова:

onlayn platforma raqamli ta’lim interaktiv dars masofaviy o‘qitish mustaqil o‘qitish elektron resurs til kompetensiyasi raqamli metodika til o‘qitish mexanizmi.

Аннотация

Mazkur tezisda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7–8-sinf o‘quvchilari ingliz tilini o‘rganish jarayonida onlayn ta’lim platformalaridan foydalanishning samarali usullari yoritiladi. Tadqiqotda mavjud raqamli platformalarning imkoniyatlari, ularni dars jarayoniga moslashtirish mexanizmlari va o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, darslarni interaktiv tashkil etish, topshiriqlarni avtomatik tekshirish, real vaqt rejimida baholash va o‘quvchiga individual yondashuv imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Tezisda amaliy tavsiyalar asosida onlayn platformalardan foydalanish jarayonini samarali tashkil etish yo‘llari, o‘qituvchi va o‘quvchi uchun qulay interfeys yaratish, texnik talablar va motivatsiyani oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar keltirilgan. Bu mexanizmlar umumiy o‘rta ta’limda ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

`

69

7–8-SINFLARDA INGLIZ TILI O‘QITISHDA ONLAYN PLATFORMALARDAN

FOYDALANISHNING AMALIY MEXANIZMLARI

Raxmatullayeva Barno Baxtiyor qizi

NavDU tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15798411

Annotatsiya:

Mazkur tezisda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7–8-sinf o‘quvchilari

ingliz tilini o‘rganish jarayonida onlayn ta’lim platformalaridan foydalanishning samarali
usullari yoritiladi. Tadqiqotda mavjud raqamli platformalarning imkoniyatlari, ularni dars
jarayoniga moslashtirish mexanizmlari va o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini
rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, darslarni interaktiv tashkil etish,
topshiriqlarni avtomatik tekshirish, real vaqt rejimida baholash va o‘quvchiga individual
yondashuv imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Tezisda amaliy tavsiyalar asosida onlayn
platformalardan foydalanish jarayonini samarali tashkil etish yo‘llari, o‘qituvchi va o‘quvchi
uchun qulay interfeys yaratish, texnik talablar va motivatsiyani oshirishga qaratilgan metodik
yondashuvlar keltirilgan. Bu mexanizmlar umumiy o‘rta ta’limda ingliz tilini o‘qitish sifatini
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar:

onlayn platforma, raqamli ta’lim, interaktiv dars, masofaviy o‘qitish,

mustaqil o‘qitish, elektron resurs, til kompetensiyasi, raqamli metodika, til o‘qitish
mexanizmi.

Hozirgi davrda umumiy o‘rta ta’lim tizimida ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirish

zamonaviy raqamli texnologiyalarni, xususan, onlayn platformalarni o‘quv jarayoniga
integratsiya qilish bilan bevosita bog‘liqdir. 7–8-sinflarda ingliz tili darslarini interaktiv va
samarali tashkil etishda onlayn platformalardan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil ishlashga,
til materiallarini o‘zlashtirishni chuqurlashtirishga va bilimlarni mustahkamlashga xizmat
qiladi.

Bugungi kunda ingliz tili o‘qitishda qo‘llanilayotgan onlayn platformalar turli xil:

LearningApps, Kahoot, Quizlet, Google Classroom, Edmodo, Moodle kabi vositalar o‘qituvchiga
darsni interaktiv tashkil etish, topshiriqlarni onlayn berish va avtomatik baholash
imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, o‘quvchi uchun individual tempda ishlash, mustaqil test
topshirish va uyda ham mashg‘ulotni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.

Tadqiqot davomida 7–8-sinflarda onlayn platformalarni amaliy qo‘llashning bir nechta

mexanizmlari ishlab chiqildi. Jumladan, mavzuni tushuntirish bosqichida o‘qituvchi raqamli
resurslar, animatsion materiallar va interaktiv slaydlar orqali asosiy tushunchalarni yoritadi.
Keyin o‘quvchilar uchun interaktiv testlar, onlayn viktorinalar va mashqlar platformaga
joylanadi. Shu tarzda o‘quvchi darsdan keyin ham platformaga kirib, mustaqil ishlaydi,
natijalarni real vaqt rejimida o‘qituvchi nazorat qiladi.

Onlayn platformalarni qo‘llashda asosiy diqqat e’tibor qulay interfeys, oson boshqaruv,

texnik talablarning kamligi va mobil moslashuvchanlikka qaratiladi. Shu bilan birga, raqamli
savodxonlik darajasi past bo‘lgan o‘quvchilar bilan tushuntirish ishlarini tashkil etish, ota-
onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, onlayn platformalardan foydalanish 7–8-sinflarda ingliz tilini

o‘qitish jarayonini zamonaviylashtiradi, o‘quvchining mustaqil ishlash ko‘nikmalarini
rivojlantiradi va bilimni baholash jarayonini soddalashtiradi. Bu esa umumiy o‘rta ta’lim


background image

`

70

maktablarida ingliz tili darslarini yanada interaktiv va samarali tashkil etish imkoniyatlarini
kengaytiradi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Dudeney, G., & Hockly, N. (2012). How to Teach English with Technology. Pearson

Education Limited.
2.

Kukulska-Hulme, A. (2009). Will Mobile Learning Change Language Learning?. ReCALL,

21(2).
3.

Warschauer, M. (2000). The Changing Global Economy and the Future of English

Teaching. TESOL Quarterly.
4.

Beatty, K. (2013). Teaching and Researching Computer-Assisted Language Learning.

Routledge.
5.

Bax, S. (2003). CALL—Past, Present and Future. System, 31(1).

6.

Raxmatullaeva, B. (2023). Ingliz tili darslarida raqamli texnologiyalarni metakognitiv

yondashuv asosida qo‘llash. Академические исследования в современной науке, 2(26),
124–128.
7.

Narzikulova, D., & Raxmatullayeva, B. (2016). Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni

o‘qitish turlari bo‘yicha qo‘llash. International Scientific Review, (1), 86–89.

Библиографические ссылки

Dudeney, G., & Hockly, N. (2012). How to Teach English with Technology. Pearson Education Limited.

Kukulska-Hulme, A. (2009). Will Mobile Learning Change Language Learning?. ReCALL, 21(2).

Warschauer, M. (2000). The Changing Global Economy and the Future of English Teaching. TESOL Quarterly.

Beatty, K. (2013). Teaching and Researching Computer-Assisted Language Learning. Routledge.

Bax, S. (2003). CALL—Past, Present and Future. System, 31(1).

Raxmatullaeva, B. (2023). Ingliz tili darslarida raqamli texnologiyalarni metakognitiv yondashuv asosida qo‘llash. Академические исследования в современной науке, 2(26), 124–128.

Narzikulova, D., & Raxmatullayeva, B. (2016). Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘qitish turlari bo‘yicha qo‘llash. International Scientific Review, (1), 86–89.