`
34
“FLIPPED CLASSROOM“ TEXNOLOGIYASI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARIDA KOGNITIV FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI
Ismailova Nozima Umaraliyevna
NamDU tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15867376
Annotatsiya.
Ushbu maqolada kognitiv faollik idrok, tafakkur, xotira, e’tibor va tasavvur
singari psixik jarayonlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiruvchi
ichki resurs hisoblanishi, bu jarayonni boshqarish uchun didaktik muhit, emotsional xavfsizlik
va o‘quvchining subyektiv ishtirokini ta’minlovchi metodikalar zarurligi haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
kognitiv faollik, reflektiv yondashuv, metakognitiv ko‘nikmalar, autogen
topshiriqlar, emotsionallik, harakatchanlik, tasavvurga boylik
Аннотация:
В данной статье рассматривается вопрос о том, что познавательная
деятельность неразрывно связана с такими психическими процессами, как восприятие,
мышление, память, внимание и воображение, рассматривается как внутренний ресурс,
повышающий эффективность обучения и воспитания, для управления этим процессом
необходима дидактическая среда, эмоциональная безопасность и методики,
обеспечивающие субъективное участие учащегося.
Ключевые
слова:
когнитивная
активность,
рефлексивный
подход,
метакогнитивные навыки, аутогенные задачи, эмоциональность, мобильность,
богатство воображения
Annotation:
This article talks about the fact that cognitive activity is inextricably linked
with psychic processes such as perception, thinking, memory, attention and imagination, as
well as the calculation of an internal resource that increases the effectiveness of education,
the need for a didactic environment, emotional security and methodologies that provide
subjective participation of the student to control this process.
Keywords:
cognitive activity, reflective approach, metacognitive skills, autogenic
assignments, emotionality, mobility, wealth of imagination.
“Kognitiv faollik” tushunchasi shaxs taraqqiyotining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib,
u nafaqat bilim olishga, balki bilimni anglab o‘zlashtirish, tahlil qilish, muammoni mustaqil hal
etish va refleksiya qilish qobiliyatlariga asoslanadi. Pedagogik va psixologik adabiyotlar tahlili
shuni ko‘rsatadiki, kognitiv faollik idrok, tafakkur, xotira, e’tibor va tasavvur singari psixik
jarayonlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiruvchi ichki resurs
hisoblanadi. Bu jarayonni boshqarish uchun didaktik muhit, emotsional xavfsizlik va
o‘quvchining subyektiv ishtirokini ta’minlovchi metodikalar zarur.
Kognitiv faollik o‘quv faoliyatining asosiy samaradorlik omilidir, chunki u o‘quvchining
intellektual, emotsional va motivatsion salohiyatlarini uyg‘un holda faollashtiradi. O‘quv
jarayonida bilimlarni tayyor qabul qilishdan ko‘ra, o‘quvchining bilimni izlab topishi,
muhokama qilishi, savol qo‘yishi, taxmin qilishi va xulosa chiqarishi – ta’limda chuqur
o‘zlashtirishga olib keladi. Bu esa kognitiv faollikni o‘stirishga xizmat qiladigan texnologiyalar,
metodlar va psixologik usullarning zarurligini belgilaydi.
Xorijiy va mahalliy tadqiqotlar kognitiv faollikni rivojlantirishda faol o‘rganish
texnologiyalari, reflektiv yondashuv va o‘z-o‘zini baholash metodlarining ustuvorligini
`
35
ta’kidlaydi. AQSh, Finlandiya, Janubiy Koreya, Yaponiya tajribasida “bilimni izlash orqali
o‘zlashtirish”, “problemani anglash orqali fikrlash” tamoyillari asosida o‘quvchining faol
ishtirokiga
tayaniladi.
Mahalliy
olimlar
(T.Yo‘ldoshev,
N.Jo‘rayev,
M.Zokirova,
F.Abdug‘opirova, M.Tashibekova) esa kognitiv faollikni tarbiyalashda kompetensiyaviy
yondashuvning, emotsional qo‘llab-quvvatlash va didaktik moslashtirishning muhimligini
asoslaganlar.
“O‘qish savodxonligi” fanida Flipped classroom texnologiyasidan foydalanish
o‘quvchining axborotni mustaqil qabul qilish, uni ongli qayta ishlash va dars davomida
tahliliy, reflektiv faoliyatga kirishish salohiyatini rivojlantiradi. Mazkur texnologiya
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini an’anaviy passiv qabul qiluvchi emas, balki bilim ishlab
chiqaruvchi faol ishtirokchiga aylantirishga xizmat qiladi. Darsga tayyorgarlik uy sharoitida
multimedia materiallar, hikoyalar, videodarsliklar orqali mustaqil amalga oshiriladi. Darsda
esa muhokama, munozara, tahlil va fikr almashish faoliyatlari orqali bilim chuqurlashtiriladi.
Autogen xususiyatli topshiriqlar o‘quvchining ruhiy holatini muvozanatlashtirgan holda,
e’tibor, idrok, refleksiya va metakognitiv ko‘nikmalarni uyg‘unlashtiradi. Bu esa kognitiv
faollikning tashqi va ichki omillarini birgalikda faollashtirishga xizmat qiladi. Tajriba-sinov
ishlari shuni ko‘rsatdiki, autogen mashqlar – nafaqat ruhiy-relaksatsiya vositasi, balki
o‘quvchini fikrlashga tayyorlovchi, ichki motivatsiyani uyg‘otuvchi kuchli didaktik
mexanizmdir. “Nafas va tinchlik”, “Ichki ko‘zgu”, “Kayfiyat doirasi” kabi topshiriqlar
o‘quvchining emotsional barqarorligini tiklab, uni tafakkurga yo‘naltiradi. Bu topshiriqlar
orqali bola o‘z ichki nutqini, tasavvurini, idrokini va reflektiv bahosini shakllantira boshlaydi.
Kognitiv faollikni rivojlantirishda “Flipped classroom” texnologiyasi, autogen
topshiriqlar tizimi va fanlararo integratsiyalashgan metodik yondashuvlar uyg‘unligi asosida
faoliyatga yo‘naltirilgan kompleks pedagogik muhitni shakllantirish mumkin. Bu
yondashuvning samaradorligi uning komponentlarining o‘zaro uyg‘unligida namoyon bo‘ladi:
autogen topshiriqlar orqali ruhiy tayyorgarlik, Flipped texnologiya orqali kognitiv sathda
mustaqil axborotni qabul qilish, integratsiyalashgan darslar orqali bilish faoliyatini
kontekstual va hayotga yaqinlashtirish. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchisining yosh
xususiyatlari – emotsionallik, harakatchanlik, tasavvurga boylik – bilan mazkur tizimlar
uyg‘unlashganda, o‘quvchi o‘zini darsda faol ishtirokchi sifatida his qila boshlaydi.
“Flipped classroom” yondashuvining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
o‘quv jarayoni moslashuvchan tarzda tashkil etiladi;
o‘quvchilar o‘zining o‘rganish sur’atini belgilash imkoniga ega bo‘ladi;
mustaqil ta’lim orqali o‘quvchilarda o‘z-o‘zini boshqarish malakalari rivojlanadi;
bilim olish jarayoni darsda axborotni ilk bor eshitishdan farqli o‘laroq, chuqur tahlil va
amaliy faoliyat orqali yuzaga chiqadi;
yuqori darajadagi kognitiv faoliyatni shakllantirish uchun ko‘proq imkoniyatlar
yaratiladi;
o‘qituvchi dars vaqtida faqat ma’lumot yetkazish bilan shug‘ullanmasdan,
o‘quvchilarning mustaqil o‘rganilgan bilimlarini tahlil qilishga ko‘proq e’tibor qaratadi;
o‘qituvchilar va yordamchi pedagoglar o‘quvchilar bilan bevosita ishlash imkoniga ega
bo‘lib, har bir o‘quvchining ehtiyojlarini chuqurroq anglaydi;
o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlik va muloqot kuchayadi.
`
36
“Flipped classroom” modelini to‘liq yoki qisman qo‘llash mumkin. Barcha holatlarda
quyidagi bosqichlarga amal qilish zarur:
1. Sinf vaqtini qanday tashkil etishni belgilab olish va tegishli o‘quv faoliyatlarini
loyihalash. Agar sizda darsni teskari shaklda tashkil qilish uchun aniq pedagogik asos
bo‘lmasa, boshqa faol ta’lim strategiyalaridan foydalanish yoki bu modelni keyinga qoldirish
maqsadga muvofiq.
2. O‘quvchilar uchun uyda mustaqil foydalanishga mo‘ljallangan resurslarni topish yoki
yaratish. Bular o‘quv qo‘llanmalari, audio yozuvlar, video materiallar yoki veb-saytlar
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Agar siz bu resurslarni o‘zingiz yaratayotgan bo‘lsangiz, u holda
o‘quvchilarning fikr-mulohazalarini inobatga olib ularni takomillashtirib borish muhimdir.
3. O‘quvchilarga ushbu materiallardan qanday samarali foydalanishni o‘rgatish.
Darsdagi ma’ruzalardan farqli o‘laroq, mustaqil o‘qish vaqtida o‘quvchi darhol savol berish
imkoniga ega emas. Shu sababli, eslatmalar olish, muhim jihatlarga e’tibor qaratish va
e’tiborni jamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda o‘quvchilar turli media
vositalaridan muntazam foydalanayotgan bo‘lsalar-da, ularni ta’limiy maqsadda samarali
qo‘llash ko‘nikmalari doimo mavjud emas. Shuning uchun uydagi mustaqil faoliyatlarni
rag‘batlantirish uchun baholash, sinf muhokamalari va amaliy mashg‘ulotlar kabi vositalardan
foydalanish zarur.
O‘quvchilarning kognitiv faolligini bosqichli rivojlanish asosida baholash va kuzatib
borish ta’lim jarayonining individuallashtirilgan, shaxsga yo‘naltirilgan, samaradorlikka
asoslangan bo‘lishini ta’minlaydi. Baholash mezonlari orqali o‘quvchilarda qaysi kognitiv
ko‘nikmalar rivojlanganini aniqlab, ularni keyingi bosqichga yo‘naltirish mumkin. Bu esa,
o‘qituvchining strategik rejalashtirishiga, o‘quvchi esa o‘z bilish faoliyatining egasiga
aylanishiga zamin yaratadi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kognitiv faolligini rivojlantirish
zamonaviy pedagogikaning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘quvchining bilim
olishga bo‘lgan faol munosabati, mustaqil fikrlashi, izlanishga intilishi va ijodkorlik
salohiyatini yuzaga chiqarish aynan kognitiv faollik orqali namoyon bo‘ladi. Bu esa ta’lim
jarayonini faqat bilim berish emas, balki bilimni o‘zlashtirish, undan foydalanish va uni
mustaqil shakllantirishga qaratilgan faoliyat sifatida tashkil etishni talab etadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Коменский Я. А. Избранные педагогические сочинения: в 2 т. Т. 1. М.: Педагогика,
1982. 656 с.
2.
Боброва И.А. Развитие познавательной активности студентов в образовательном
процессе педагогического вуза: дис. канд. пед. наук. – СПб., 2008. – 142 с.
3.
Коробова
Е.В.
Формирование
познавательной
активности
студентов
экономических специальностей средствами игровых технологий (на опыте обучения
иностранному языку и во внеаудиторной работе): автореф. дис. канд. пед. наук. –
Москва, 2003. – 27с.
`
37
4.
Философский энциклопедический словарь / Ред.-сост. Е.Ф. Губский и др. – М.:
ИНФРА-М, 2007. – 576 с.
5.
Психология развития. Словарь: ред.-сост. Л.А. Карпенко; под общ. ред. А.В.
Петровского, под. ред. А.Л. Венгера // Психологический лексикон. Энциклопедический
словарь: В 6 т. – М.: ПЕР СЭ, 2006. – 176 с.
6.
Рубинштейн С. Л. Основы общей психологии / С.Л. Рубинштейн. – СПб.:
Издательство «Питер», 2000. – 712 с.
7.
Леонтьев А.Н. Деятельность. Сознание. Личность.- М.: Смысл; Изд. центр
Академия, 2004 с.153.