`
31
SHARQ VA G’ARB MUTAFAKKIRLARINING YOSH AVLODNI TARBIYALASHGA
OID QARASHLARI
Shomurodova Sahiba
Urganch davlat pedagogika instituti I bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15844987
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Abu Nar Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy til va
nutqqa oid qarashlari. Abdulla Avloniyning yosh avlodga tarbiya berish haqidagi qarashlari.
Yan Amos Komenskiyning maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlantirishiga oid qarashlari
haqida bayon etiladi.
Аннотация.
В статье изложены взгляды Абу Нар Фараби, Абу Али ибн Сины,
Алишера Навои на язык и речь. Взгляды Абдуллы Авлони на воспитание
подрастающего поколения. Взгляды Яна Амоса Коменского на развитие детей
дошкольного возраста.
Abstract.
This article describes the views of Abu Nar Farabi, Abu Ali ibn Sina, Alisher
Navoi on language and speech. Abdullah Avloni's views on educating the younger generation.
Jan Amos Komensky's views on the development of preschool children.
Kalit so’zlar.
G’arb va sharq mutafakkirlar, ta’lim, tarbiya, til, nutq, maktab.
Ключевые слова
: западные и восточные мыслители, образование, воспитание,
язык, речь, школа.
Keywords:
Western and Eastern thinkers, education, upbringing, language, speech,
school.
Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino,Alisher Navoiy til va nutqqa oid qarashlari. Ta’lim va
tarbiya muammosi juda qadimdan mavjud. U o’rta asrlardagi g’arb va sharq
mutafakkirlarining asarlarida ko’rib chiqilgan. Aynan shunday maqsadlar Forobiyning shaxsni
tarbiyalash va ta’lim berish, uni takomillashtirish hamda uning ijtimoiy muammolami hal
etishdagi faol roliga nisbatan dunyoqarashlarining bosh mazmunini tashkil etadi. Forobiy
fikriga ko‘ra ta‘lim - bu nafaqat aqliy rivojlanish, balki amuman ma’naviy rivojlanish, shu
jumladan axloqan rivojlanish poydevoridir. Ta’lim va tarbiya o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib
ular shaxsni ma’nan kamolotga yetkazuvchi turli yo‘llar hisoblanadi.Forobiy ijtimoiy tarbiyani
tartibga solish, uni boshqarish masalalariga alohida e’tibor bergan. U mehnat faoliyati
tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi, degan xulosaga keladi. U fozil shaharni
bosvqaradigan hokim tabiatdan:
1 - sog‘-salomat bo‘lib, o‘z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchi ik sezmasligi;
2 - xotirasi mustahkam,
3- zehni o‘tkir,
4 - o‘z fikrini tushuntira oladigan notiq,
5 - bilim-ma’rifatga havasli,
6 - taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o‘zini tiya
oladiga bo‘lishi (qimor yoki boshqa o‘yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo‘lishi,
Ibn Sino (980-1037) pedagogika masalalariga ijodiy yondashgan. Ibn Sino taklif qilgan
tarbiya va ta’lim mazmuni aqliy tarbiya, jismoniy sog‘lomlashtirish, estetik tarbiya, axloqiy
tarbiya va hunar o‘rgatishni o‘z ichiga oladi. Ibn Sino bola tarbiyasining butun mashaqqati va
murakkabliklarini juda chuqur tushungan. “Tib qonunlari”ning “Tarbiya haqida” nomli
`
32
bo‘limida qo‘yilgan masalalar aniq hal etiladi, bola xarakterini tarbiyalash haqida qimmatli
fikrlar bildiriladi.Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik ijodida oilaviy tarbiyaga alohida e’tibor
qaratiladi va bunda bosh rol oila boshlig‘i - ya’ni otaga beriladi. Ibn Sino nima uchun bolani
onasi emas, balki tarbiyachi taribiyalashi lozimligini tushuntirib beradi. Uning fikrlariga
qaraganda, bolaning onasi o‘z farzandi tarbiyasida ko‘proq hissiyotlarga beriladi , va bola
tarbiyasida to‘g‘ri yo‘lni tanlay olmaydi. Ibn Sino tarbiyachi oldiga aniq vazifalami qo‘yadi: u
o‘z shogirdini qachon jazolashi yoki rag‘batlantirishi mumkinligini yaxshi bilmog‘i lozim. Ibn
Sino bola shaxsini hurmat qilish, bolaning tabiiy yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda
uning qiziqishlarini o‘rganishga chaqiradi. Ibn Sino bola tarbiyasining barcha murakkabliklari
va qiyinchiliklarini tushungan.
Alisher Navoiy asarlari besh yuz yildan buyon ko‘plab avlodlami hayajonga solib keladi.
Insonparvarlik, muhabbat g‘oyalari, insonning oliy maqsadlarini kuylash Navoiy merosida
asosiy o‘rin tutadi. Navoiyning pedagogik qarashlari o‘ta insoniyligi bilan ajralib turadi. U bola
shaxsini shakllantirish va tarbiyalash masalalariga juda katta ahamiyat bergan, Navoiy
farzandni oilaga quvonch va baxt keltiruvchi shamchiroq, deb bilgan. Navoiy bolaga uning
yoshiga qarab eng kichik yoshdan to‘g‘ri tarbiya berish zarur, fanlami o‘rganishni iloji boricha
barvaqt boshlash lozim, deya ta’kidlagan.
Abdulla Avloniy (1878-1934) -jam oat va siyosat arbobi, shoir hamda pedagog bo‘lib,
Abdulla Avloniyning yosh avlodga tarbiya berish haqidagi qarashlari. Abdulla 1908-yilda
kambag‘allarning ifarzandlari uchun maktab ochadi. Uning o‘zi shu maktabda yangi ta’lim
usullarini qo‘llagar. holda ona tilidan dars beradi. Avloniyning xalq ta’limi sohasidagi faoliyati
uning yozuvchi va shoir, iqtidorli yoshlar tef .trining tarbiyachisi hamda sahnalashtiruvchi
rejissyori sifatidagi faoliyati bilan uzviy bog‘liqdir. 1916-yilda Rossiyada va Turkistonda milliy
ozodlik harakatlari avj ola boshlaydi. A. Avloniy bunda harakat rahbarlaridan biri sifatida faol
ishtirok etadi. 1917-yilning yozidan boshlab Avloniy “Turon” gazetasini chiqara boshlaydi.
Ushbu gazeta sahifalarida Avloniyning xalq maktabini tashkil etish, o‘qituvchi kadrlami
tayyorlash va darsliklar chop etish masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalari bosiladi.
Yan Amos Komenskiyning maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga oid
qarashlari. Buyuk slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) G‘arbning buyuk
olimlaridan biri hisobla-nadi. Uning pedagogik tizimi o‘sib kelayotgan avlodni insoniylik,
tinchliksevarlik, tenglik va birodarlik ruhida tarbiyalash g'oyalari bilan yo‘g‘rilgan.Yan
Komenskiyning pedagogik merosi ulkan va ko‘p qirralidir. Onalar maktabi»ning bosh g‘oyasi -
oiladagi birlamchi tarbiyaning bola uchun quvonchli bo‘lishi, uning kelajagini baxtli, ota-
onalar uchun yoqimli va umidbaxsh, jamiyat uchun foydali qilishdan iboratdir.Komenskiy
tabiiy iqtidomi ilk yoshdan boshlab har tomonlama rivojlantirish g‘oyasidan kelib chiqqan
holda onalar maktabi oldiga qiyin vazifalarni, ya’ni: bolalarga bilish (bilimga ehtiyojmandlikni
tarbiyalash, bilimga chanqoqlik)ni, harakat qilish (mehnatkash bo‘lish, o‘zini boshqara olish
va yaxshi amallar qilish)ni va gapirish (nutq va fikrlashni rivojlantirish)ni o‘rgatish
vazifalarini qo’yadi. Xulosa Sharq va G‘arb mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid
qarashlari zamonaviy pedagogika uchun bebaho ma’naviy-ma’rifiy manba hisoblanadi.
Forobiy, Ibn Sino, Navoiy singari sharq allomalari ta’lim-tarbiyani inson kamolotining asosi
sifatida qarasalar, Avloniy bu qarashlarni amaliy faoliyatda davom ettirgan. G‘arb mutafakkiri
Komenskiy esa maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishda oilaning rolini markazga
`
33
qo‘ygan. Ularning qarashlarida yagona g‘oya – barkamol insonni tarbiyalash, uni jismoniy,
aqliy va ma’naviy jihatdan yetuk shaxs qilib voyaga yetkazish g‘oyasi mujassam. Bugungi
kunda bu qarashlar nafaqat tarixiy ahamiyatga, balki amaliy pedagogik qiymatga ham egadir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimov I. A. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori: O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqi, 1997 , 29-avgust // Barkamol avlod -
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.,1997, 4 b.
2.
Karimov I.A. 0 ‘zbekiston buyuk kelajak sari.-Т.: O‘zbekiston, 1998, 68 b.
3.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni.
// Barkamol avlod - 0 ‘zbekiston kelajagining poydevori. -Т.: 1997, 20-29 b.