Авторы

  • Dilora Maxmudova
    Urganch davlat universiteti “Ekologiya va HFX” kafedrasi katta o’qituvchisi,
  • Maftuna Omonboyeva
    Urganch davlat universiteti Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.124028

Ключевые слова:

iqlim o‘zgarishi agrosanoat ekologik barqarorlik suv resurslari boshqaruv texnologiya.

Аннотация

Maqolada global iqlim o‘zgarishi sharoitida agrosanoat tizimining ekologik barqarorligini ta’minlash va suv resurslarini samarali boshqarish masalalari yoritilgan. Iqlim o‘zgarishining suv ta’minoti, yer unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, suvni tejovchi texnologiyalar, ekologik yondashuvlar va innovatsion boshqaruv mexanizmlari muhokama etilgan.


background image

`

63

GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA AGROSANOAT TIZIMIDA

EKOLOGIK BARQARORLIK VA SUV RESURSLARINI BOSHQARISH

Maxmudova Dilora Ibragimovna

Urganch davlat universiteti “Ekologiya va HFX” kafedrasi katta o’qituvchisi,

Omonboyeva Maftuna Hamro qizi

Urganch davlat universiteti

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo’nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15878270

Annotatsiya:

Maqolada global iqlim o‘zgarishi sharoitida agrosanoat tizimining

ekologik barqarorligini ta’minlash va suv resurslarini samarali boshqarish masalalari
yoritilgan. Iqlim o‘zgarishining suv ta’minoti, yer unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, suvni tejovchi texnologiyalar, ekologik
yondashuvlar va innovatsion boshqaruv mexanizmlari muhokama etilgan.

Kalit so‘zlar:

iqlim o‘zgarishi, agrosanoat, ekologik barqarorlik, suv resurslari,

boshqaruv, texnologiya.

Аннотация:

В статье рассматриваются вопросы обеспечения экологической

устойчивости агропромышленной системы и эффективного управления водными
ресурсами в условиях глобального изменения климата. Проанализировано влияние
климатических

изменений

на

водоснабжение,

плодородие

почв

и

сельскохозяйственное производство, а также обсуждаются водосберегающие
технологии и инновационные подходы к управлению.

Ключевые слова:

изменение климата, агропромышленность, экологическая

устойчивость, водные ресурсы, управление, технологии.

Abstract:

The article explores the issues of ensuring ecological sustainability of the

agro-industrial system and effective water resource management under global climate
change. It analyzes the impact of climate change on water supply, soil fertility, and agricultural
production, while discussing water-saving technologies and innovative governance
mechanisms.

Keywords:

climate change, agro-industry, ecological sustainability, water resources,

management, technology

Kirish.

XXI asrda insoniyat duch kelayotgan eng katta tahdidlardan biri bu — global

iqlim o‘zgarishidir. Ushbu jarayon nafaqat tabiiy ekotizimlarga, balki inson faoliyati bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lgan agrosanoat tizimlariga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Xususan, haroratning oshishi, yog‘ingarchilik rejimining o‘zgarishi, ekstremal ob-havo
hodisalarining ko‘payishi natijasida yer va suv resurslarining tabiiy holati o‘zgarib, qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishi beqaror holatga kelmoqda.

Iqlim o‘zgarishining eng og‘riqli oqibatlaridan biri — bu suv resurslarining qisqarishi

va

suv taqchilligining kuchayishidir. Jahon bo‘yicha qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan suv hajmi
70% dan ortiqni tashkil etadi. Shu bois suv resurslarining kamayishi bevosita oziq-ovqat
xavfsizligi, tuproq unumdorligi va aholi farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi ham iqlim o‘zgarishiga eng sezuvchan mintaqalardan biri

hisoblanadi. Respublikaning katta hududi arid va yarim arid iqlim sharoitida joylashgani
sababli, haroratning ortishi va yog‘ingarchilikning kamayishi bu yerda qurg‘oqchilik,
sho‘rlanish, eroziya, suv tanqisligi kabi ekologik muammolarni yanada kuchaytirmoqda.


background image

`

64

Ayniqsa, Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi suv resurslarining pasayishi qishloq xo‘jaligi
tarmoqlari, ayniqsa paxtachilik, g‘allachilik va sabzavotchilik uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Ushbu holatlarda agrosanoat tizimining barqarorligini ta’minlash uchun resurslardan

oqilona foydalanish

,

suvni tejash

,

ekologik yondashuvlar asosida ishlab chiqarish tizimlarini

qayta ko‘rib chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Agrosanoat tizimi — bu faqat
dehqonchilik va chorvachilik emas, balki ularga xizmat ko‘rsatuvchi, mahsulotni qayta
ishlovchi, saqlovchi va iste’molchiga yetkazuvchi butun bir tizimdir. Ushbu tizimning har bir
bo‘g‘inida iqlim o‘zgarishiga moslashuvchan, ekologik barqaror yondashuvlar zarurdir.

Shu munosabat bilan, mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi — global iqlim o‘zgarishi

sharoitida agrosanoat tizimida ekologik barqarorlikni ta’minlash va suv resurslarini
boshqarishning ilmiy asoslarini aniqlash, ularning samarali modellarini tahlil qilish va amaliy
tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.

Tadqiqotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

iqlim o‘zgarishining suv resurslari va agrosanoat tizimiga ta’sirini aniqlash;

suvni tejovchi texnologiyalar va ekologik muhofaza choralarini tahlil qilish;

zamonaviy boshqaruv modellarini o‘rganish va ular samaradorligini baholash;

O‘zbekiston sharoitida agrosanoat tizimini iqlimga moslashtirish bo‘yicha amaliy

tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqot obyekti — iqlim o‘zgarishi sharoitida faoliyat yuritayotgan agrosanoat

tizimlari va ularda qo‘llanilayotgan suv resurslarini boshqarish tizimlari.

Tadqiqot predmeti — suv resurslari boshqaruvi, agroekologik barqarorlikni ta’minlash

texnologiyalari, iqlimga moslashuv strategiyalari.

Ilmiy – amaliy ahamiyati. Mazkur tadqiqot global iqlim o‘zgarishi sharoitida ekologik va

iqtisodiy tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ilmiy asosda ochib berishga xizmat qiladi. Amaliy
ahamiyati – tadqiqot natijalari suv resurslarini samarali boshqarish, qishloq xo‘jaligida
ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy etish, iqlimga mos agroekotizimlar yaratish bo‘yicha
siyosiy qarorlar, strategiyalar va investitsion loyihalarni ishlab chiqishda qo‘l keladi.
Shuningdek, mahalliy fermer xo‘jaliklari va suv foydalanuvchi tashkilotlarga amaliy
maslahatlar beradi.

Shunday qilib, mazkur tadqiqot mavzusi zamonaviy ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy

tahdidlar sharoitida bevosita dolzarb bo‘lib, milliy va global darajada ahamiyat kasb etadi.

Metodologiya.

Tadqiqotda tahliliy usul, taqqoslash usuli, sistemali yondashuv usullari

asosida olib borildi:

Natijalar.

Iqlim o‘zgarishi so‘nggi o‘n yilliklarda inson faoliyatining global ekologik

oqibatlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Atmosferaga issiqxona gazlarining (asosan CO₂,
CH₄, N₂O) ortiqcha chiqarilishi natijasida Yer sharining o‘rtacha harorati barqaror tarzda
oshib bormoqda. BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ekspertlar guruhi (IPCC) ma’lumotlariga
ko‘ra, 1850–1900 yillardagi darajaga nisbatan global harorat hozirgacha 1,2 °C ga ortgan va
bu jarayon davom etmoqda [1].

O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi iqlim o‘zgarishiga nisbatan eng sezuvchan

hududlar sirasiga kiradi. Hududda haroratning yillik o‘rtacha ko‘rsatkichi 1960 yildan beri 1,5
°C ga oshgan, yog‘ingarchilik tartibi buzilgan, ya’ni bahor oylarida ko‘proq, yozda esa kamroq


background image

`

65

yog‘adi, qurg‘oqchilik va issiq to‘lqinlar ko‘paygan, daryolarning suv yig‘imi kamaygan
(Amudaryo va Sirdaryo havzalarida) [2].

Bularning barchasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga kuchli ta’sir ko‘rsatib,

hosildorlikning pasayishiga, zararkunandalar sonining ortishiga, vegetatsiya davri o‘zgarib
borishiga sabab bo’lmoqda

,

natijada oziq-ovqat xavfsizligi xavf ostida qolmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi yer fondining katta qismini — taxminan 4,3 million gektar

maydonni qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar tashkil qiladi, shundan 80% dan ortig‘i
sug‘oriladigan yer hisoblanadi [3]. Sug‘oriladigan yerlar mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Ammo, iqlim o‘zgarishi natijasida quyidagi muammolar
kuchaymoqda:

suv tanqisligi (daryolarning suv sathi pasaygan);

sho‘rlanish (yuzlab ming gektar yer o‘rtacha sho‘rlangan);

tuproq degradatsiyasi va eroziya (ayniqsa, noto‘g‘ri sug‘orish tizimlari natijasida).
Shu sababli sug‘oriladigan yerlarni saqlab qolish va ulardan oqilona foydalanish, suv

tejovchi texnologiyalarning joriy qilinishi bilan chambarchas bog‘liq.

Iqlim o‘zgarishiga moslashuv, resurslardan samarali foydalanish va hosildorlikni saqlab

qolish uchun raqamli texnologiyalar tobora keng joriy etilmoqda. Bu tizimlar “aqlli qishloq
xo‘jaligi” konsepsiyasiga asoslanadi. Hozirgi kunda “Agroplatforma”, “E-agriculture” kabi
loyihalar orqali fermerlar raqamli texnologiyalar bilan tanishmoqda.

Muhokama.

Global iqlim o‘zgarishi butun insoniyatni ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy

jihatdan jiddiy sinovlar oldida qo‘ygan. Ayniqsa, suv resurslariga bog‘liq tarmoqlar, jumladan
agrosanoat tizimi, bu jarayondan eng ko‘p zarar ko‘rayotgan sohalardan biridir. O‘zbekiston
va boshqa arid hududlarda qishloq xo‘jaligi bevosita suvga bog‘liq ekani sababli, ushbu
muammoni inkor etmasdan, unga moslashuvchan, zamonaviy va barqaror yondashuvlar

orqali javob berish lozim.

Ekologik barqarorlik — bu atrof-muhit holatining, xususan yer, suv va havo

resurslarining uzoq muddat saqlanishi va yangilanishini ta’minlovchi tizimlar barpo etishdir.
Agrosanoatning barqaror ishlashi uchun yerning unumdorligi saqlanishi

,

suv manbalari

ifloslanmasligi va tejab ishlatilishi

,

biologik xilma-xillik muhofaza qilinishi lozim.

Iqlim o‘zgarishi sharoitida agroekotizimlarning ekologik barqarorligini ta’minlashda

resurs tejamkor texnologiyalar

,

suvni integratsiyalashgan boshqaruv

,

va raqamli monitoring

asosiy vositalar sifatida e’tirof etilmoqda. Xususan, suv resurslarini tejash ekologik
barqarorlikning ajralmas qismidir.

Bugungi kunda O‘zbekistonda suv resurslarining asosiy qismini Amudaryo va Sirdaryo

daryolari tashkil etadi. Biroq ularning yuqori qismidagi davlatlarda (Qirg‘iziston, Tojikiston)
qurilayotgan GESlar, global isish tufayli muzliklarning qisqarishi, ichki sarflarning ortishi suv
oqimining kamayishiga olib kelmoqda. Shuningdek, suv taqchilligi hududiy tengsizlikni ham
kuchaytirmoqda — suv yetishmayotgan viloyatlarda hosildorlik pasaymoqda, resurslar uchun
raqobat kuchaymoqda.

Muhokama natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, iqlim o‘zgarishiga moslashish va suv

tanqisligiga qarshi kurashishda eng samarali vosita bu — innovatsion yondashuvlar va
texnologiyalarni agrosanoatga keng joriy etishdir

.

Jumladan, tomchilatib va yomg‘irlatib


background image

`

66

sug‘orish tizimlari suv sarfini 40–60% ga kamaytirish imkonini beradi. Bu esa ayni paytda
ekologik ta’sirni ham kamaytiradi.

Bundan tashqari raqamli texnologiyalar yordamida suv iste’moli, o‘simliklar holati,

tuproq namligi doimiy kuzatuv ostida bo‘ladi. Bu vositalar yordamida resurslar faqat zarur
bo‘lgan joy va vaqtda sarflanadi. Quyosh energiyasi bilan ishlovchi nasoslar orqali
energiyadan mustaqil va barqaror sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Resurslarni tejash va ekologik barqarorlikni ta’minlash orqali O‘zbekiston BMTning

Barqaror rivojlanish maqsadlariga

,

xususan, 6-maqsad (Toza suv va sanitariya), 13-maqsad

(Iqlim bo‘yicha harakatlar), 2-maqsad (Ocharchilikka barham berish) kabi ustuvor
yo‘nalishlarga faol hissa qo‘shmoqda.

Bu yo‘lda amalga oshirilayotgan “Yashil makon”, “Yashil iqtisodiyot”, “Raqamli qishloq

xo‘jaligi”, “O’zbekiston-2030” - suvdan oqilona foydalanish strategiyasi kabi milliy
tashabbuslar — istiqbolli yo‘nalishlar hisoblanadi.

Xulosa.

Agrosanoat tizimi global iqlim o‘zgarishi sharoitida yangi xavf-xatarlarga duch

kelmoqda. Suv resurslari tanqisligi va iqlim beqarorligi sharoitida ekologik barqarorlikni
ta’minlash va hosildorlikni saqlab qolish uchun kompleks yondashuv zarur. Bunga erishish
uchun suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, ekologik boshqaruv tizimlarini rivojlantirish,
ilmiy va raqamli yondashuvlarni keng qo‘llash, davlat siyosatini barqarorlik tamoyillariga
asoslash kabi yo‘nalishlar muhim ahamiyatga ega.

Kelgusida bu boradagi ilmiy izlanishlar va amaliy choralar iqlim o‘zgarishiga

moslashuvchan, barqaror va samarali agrosanoat tizimini shakllantirishda hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

IPCC Climate Change Synthesis Report. 2023.

2.

FAO. Water for Sustainable Food and Agriculture. 2022.

3.

UNEP Managing Water Resources under Climate Stress. 2023.

4.

Raximova S., Jalolov M. “Sug‘orishda innovatsion texnologiyalar: tajriba va istiqbol”. —

Agrotexnologiyalar jurnali, №4. 2022.
5.

Karimov A.Sh. Qishloq xo‘jaligida suvdan samarali foydalanishning ekologik asoslari

.

Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti. 2020.
6.

Jo‘rayev O., Sobirov D. Agrosanoat majmuasida suv resurslarini tejashga doir zamonaviy

texnologiyalar. // Ekologiya xabarnomasi jurnali, №3, 44–49. 2021.
7.

Qodirov U.A. Iqlim o‘zgarishi sharoitida agroekotizimlarni boshqarish

.

Samarqand:

SamDU nashriyoti. 2022.
8.

Mirzayev M.T. O‘zbekiston sharoitida tomchilatib sug‘orish tizimlarining agrotexnik va

iqtisodiy afzalliklari. // O‘zbek agrar fani jurnali, №4, 22–27. 2019.
9.

G‘ulomov N., Turg‘unov I. Raqamli qishloq xo‘jaligi: O‘zbekiston tajribasi va istiqbollari.

// Innovatsion texnologiyalar va fan

,

№2(19), 55–61. 2023.

10.

Ahmadaliev S.N., Mamatqulov R.T. Suv resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik

xavfsizlik. // Ekologiya fanining nazariy va amaliy masalalari, №1, 12–16. 2020.

Библиографические ссылки

IPCC Climate Change Synthesis Report. 2023.

FAO. Water for Sustainable Food and Agriculture. 2022.

UNEP Managing Water Resources under Climate Stress. 2023.

Raximova S., Jalolov M. “Sug‘orishda innovatsion texnologiyalar: tajriba va istiqbol”. — Agrotexnologiyalar jurnali, №4. 2022.

Karimov A.Sh. Qishloq xo‘jaligida suvdan samarali foydalanishning ekologik asoslari. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti. 2020.

Jo‘rayev O., Sobirov D. Agrosanoat majmuasida suv resurslarini tejashga doir zamonaviy texnologiyalar. // Ekologiya xabarnomasi jurnali, №3, 44–49. 2021.

Qodirov U.A. Iqlim o‘zgarishi sharoitida agroekotizimlarni boshqarish. Samarqand: SamDU nashriyoti. 2022.

Mirzayev M.T. O‘zbekiston sharoitida tomchilatib sug‘orish tizimlarining agrotexnik va iqtisodiy afzalliklari. // O‘zbek agrar fani jurnali, №4, 22–27. 2019.

G‘ulomov N., Turg‘unov I. Raqamli qishloq xo‘jaligi: O‘zbekiston tajribasi va istiqbollari. // Innovatsion texnologiyalar va fan, №2(19), 55–61. 2023.

Ahmadaliev S.N., Mamatqulov R.T. Suv resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlik. // Ekologiya fanining nazariy va amaliy masalalari, №1, 12–16. 2020.